Научная статья на тему 'FARG’ONA VILOYATIGA INTRODUKSIYA QILINGAN ROSMARINUS OFFICINALIS L. O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASIGA OID DASTLABKI NATIJALAR'

FARG’ONA VILOYATIGA INTRODUKSIYA QILINGAN ROSMARINUS OFFICINALIS L. O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASIGA OID DASTLABKI NATIJALAR Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
12
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Introduksiya / Rosmarinus officinalis L / iqlim / vegetativ ko‘paytish / agrotexnika / dorivor o’simliklar

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — M.M.Mamajonova, V.M.Mahmudov

Mazkur maqolada Farg’ona viloyatiga introduksiya qilingan Rosmarinus officinalis o‘simligini vegetative ko‘paytirish agrotextikasiga oid dastlabki natijalar haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG’ONA VILOYATIGA INTRODUKSIYA QILINGAN ROSMARINUS OFFICINALIS L. O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASIGA OID DASTLABKI NATIJALAR»

FARG'ONA VILOYATIGA INTRODUKSIYA QILINGAN ROSMARINUS OFFICINALIS L. O'SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASIGA OID

DASTLABKI NATIJALAR 1M.M.Mamajonova, 2V.M.Mahmudov

12-bosqich magistranti, Farg'ona davlat universiteti, 2Biologiya fanlari nomzodi, dotsent,

Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10932177 Annotatsiya. Mazkur maqolada Farg'ona viloyatiga introduksiya qilingan Rosmarinus officinalis o'simligini vegetative ko'paytirish agrotextikasiga oid dastlabki natijalar haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Introduksiya, Rosmarinus officinalis L, iqlim, vegetativ ko'paytish, agrotexnika, dorivor o'simliklar

Аннотация. В статье представлена информация о предварительных результатах про агротекстиля вегетативного размножения Rosmarinus officinalis L интродуцированного в Ферганскую область.

Ключевые слов:. Интродукция, Rosmarinus officinalisL, климат, вегетативное размножение, агротехника, лекарственные растения

Abstract. The article provides information on the preliminary results of agrotechnics of vegetative reproduction of Rosmarinus officinalis acclimatized to Fergana region.

Keywords: Acclimatization, Rosmarinus officinalis L, climate, vegetative reproduction, agricultural technology, medicinal plants.

Kirish. Yer yuzida aholi sonining ortib borishi bilan birgalikda ulardagi kasalliklar soni ham sezilarli darajada ko'payib bormoqda. Bu esa farmasevtika sohasiga bo'lgan talabni, jumladan, dorivor o'simliklarga bo'lgan ehtiyojni yanada ortishiga sabab bo'lmoqda.Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.05.2022 yildagi PF-139-son " Dorivor o'simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo'llab- quvvatlash orqali qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari tog'risida" gi farmonida: dorivor o'simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o'simliklarni keng qo'llash, dorivor o'simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo'llab - quvvatlash orqali chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish maqsadida: tumanlar za'faron, lavanda, steviya, kovul, ravoch, qalampir yalpiz, qizilmiya, na'matak va boshqa dorivor o'simliklarni yetishtirish bo'yicha ixtisoslashtirish va 2022-yildan 2026-yilgacha 36000 gektar maydonda yangi dorivor o'simliklar plantatsiyalari tashkil etish nazarda tutilgan. Bundan ko'rininb turibdiki, dori-darmon ishlab chiqarishda farmasevtika sanoati uchun xom-ashyo bazasi sifatida dorivor o'simlik turlaridan foydalanish yildan-yilga ortib bormoqda, bu esa o'z navbatida respublikamizda mavjud mahalliy floradagi o'simliklar bilan birgalikda chet el florasiga oid o'simliklardan foydalanish imkonini beradi. Natijada chet el florasiga oid o'simliklarni respublikamiz sharoitiga moslashtirish, ularni ko'paytirishga doir bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinyapti. Shunday o'simliklardan biri Rosmarinus officinalisL - dorivor rozmarin bo'lib, shifobaxsh va manzarali o'simlik hisoblanadi. Uning asl vatani Vatani O'rta yer dengizi atrofidagi davlatlardir. . O'rta dengiz havzasida 1—3 turi o'sadi. Yevropa va Afrika davlatlarida qadimdan ekib o'stiriladi. O'simlikni madaniylashtirilganiga 2 ming yildan ortiqroq bo'lib, hozirda Ispaniya, Fransiya, Jazoir, Tunis, Yugoslaviya va Hindistonda asosiy efir -moyli o'simlik sifatida katta maydonlarda ekib o'stirib

foydalanilmoqda. O'simlik Rossiyaga 1816 -yilda Qrimdagi Nikitin botanika bog'iga keltirib ekilganligi ma'lum.

O'simlikning respublikamizga introduksiyasi haqida S. Kudryashov dastlabki ma'lumotlarni beradi va ushbu turni istiqbolli ekanligini aytib o'tgan.

Rosmarinus officinalis L- dorivor rozmarin doimo yashil buta o'simligi bo'lib, poyasining balandligi 50-200 sm gacha boradi. Poyasi 4 qirrali, silliq tuksiz bo'lib, barglari qarama-qarshi joylashgan uzunligi 4-6 sm, to'q yashil rangda uzunchoq tilsimon, lansetsimon shakllarda, tuksiz bo'ladi. O'simlik asosan yilda ikki marotaba gullaydi: aprel-may va avgust-sentyabr oylarida.Gullari och binafsha rangda bo'lib, asosan ekilganidan so'ng ikkinchi yoki uchinchi yili gullaydi, gullari barg qo'tiqlarida navbatma-navbat jolashadi, mevasi jigarrang 2mm yong'oq meva hisoblanadi. Bizning sharoitda o'simlik urug' hosil qilmaydi va qalamchalaridan ko'paytiriladi. O'simlik tajriba maydonlariga 2022-yil 10-mart kuni bir yillik nihollari ekildi. Rozmarin o'simligi yaxshi o'sib rivojlanishi uchun albatta tuproq va iqlim omillarini inobatga olish lozim. Xususan o'simlik issiq sharoitda yaxshi rivojlanadi, tuproq sharoiti esa unumdor mineral va organic og'itlarga to'yingan bo'lishi lozim. Tajribadan shunisi aniq bo'ldiki, o'simlik sovuq sharoitda nobud bo'lishi mumkin, xususan, respublikamizda 2020-2021-yillarda kuzatilgan anomal sovuq davrida -10-15C sovuq haroratga bardosh bermasdan nihollari nobud bo'ldi. Shuni inobatga olgan holda, 2023-yil qish mavsumida ochiq maydonga ekilgan nihollariga sovuq ta'sir qilmasligi uchun qator oralariga chuqur ishlov berib, o'simlik poyalari bo'g'zigacha tuproq tortib, qatorlar ichiga esa chirindi mahsulotlari, qurigan barglar solinib ishlov berildi va ko'rilgan agrotexnik tadbirlar natijasida esa nihollar qishki mavsumdan yaxshi chiqdi. Rozmarin o'simligini ko'paytirish asosan bahor oyida kunlar iliganda amalga oshiriladi.

Farg'ona viloyatiga introduksiya qilingan o'simlikni ko'paytirsh ishlari 2024-yil fevral oyidan boshlandi. Buning uchun 2 yillik nihollarning pishgan novdalari 40-50 sm uzunlikda qalamcha shakllarda kesib olindi. So'ngra maxsus idishlarga biogumusli tuproq solinib, qalamchalarni korvinol eritmasiga botirib, ekila boshlandi. Bundan ko'zlangan maqsad qalamchalar yaxshi rivojlanib, tez ildiz hosil qilishi uchun edi. Bundan tashqari ko'chatlar yopiq sharoitda 15-20C iliq haroratda saqlandi va natijada 70 kun ichida ular ildiz hosil qila boshladi. Yaxshi rivojlangan ko'chatlarni ochiq maydonda tashqi muhit sharoitlarini inobatga olgan holatda olib chiqildi. Mart oyidagi iqlim sharoitlari hisobga olinib ko'chatlar 17-matr kuni ochiq maydonlarga ekila boshlandi. Ko'chatlar yaxshi rivojlanib, tezroq ochiq maydonga moslashishi uchun vaqti vaqti bilan korvinol eritmasi aralashtirilgan suv qator oralariga quyib turildi. Hozirda ularning holati ancha yaxshi bo'lib, qator oralariga ishlov berilmoqda.

O'simlik dorivorlik xususiyati bilan ham alohida ajralib turadi,jumladan, ko'zdagi infeksion kasalliklarida antibakterial ta'sir ko'rsatadi, u bosh, qorin va muskullar og'rig'ida, revmatizm, radikulit va fibromialgiyada, spazmda, oshqozon buzilganida, qon bosimi oshishini oldini oladi, mikrob va zamburug'larga qarshi kurashadi, antioksidant vositasini bajarib, miyadagi qarilik belgilari paydo bo'lishini sustlashtiradi. Bundan tashqari oziq -ovqat sanoatida, kulinariyada go'sht mahsulotlarini tayyorlashda eng kerakli ziravor sifatida, kosmetalogiyada esa soch va yuz parvarishida keng ishlatiladi.

Xulosa. Rosmarinus officinalis L - dorivor rozmarin o'simligi manzarali va shifobaxsh hisoblanib, Farg'ona viloyati sharoitiga yaxshi moslashmoqda. Kelgusida ushbu o'simlikni katta maydonlarga ekilib, ulardan xom-ashyo olish rejalashtirilmoqda, chunki o'simlik istiqbolli tur hisoblanadi.

REFERENCES

1. Кудряшев С.Н. Эфирно-масличные растения и их культура В Средней Азии. Ташкент, 1936. -С. 123-128.

2. Жизнь растений.ТТ.4-6. Москва: "Просвещение", 1978-1980

3. Лавренов В.К, Лавренова Г.В. Современная энциклопедия лекарственных растений. Санкт Петербург. Издельский дом : Нева, 2006, 271 стр

4. Усмонходжаев А.Х, Азизов С.З, Мухаммеджонова Н.Н. Атлас лекарственных растений Узбекистана. Тошкент: Янги авлод, 2014, 242стр

5. Murdaxayev Y.M . O'zbekistonda vatan topgan dorivor o'simliklar. Avtoreferat.-Toshkent: 1992, -42 b

6. Nasriddinova M.R, Yoziyev L,X. Rosmarinus officinalis L.ni Qarshi vohasi sharoitiga introduksiya qilish istiqbollari. QDU 152-154 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.