Научная статья на тему 'FARG’ONA VILOYATIDA AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMI BANDLIGINI TA’MINLASHDA UY MEHNATI VA KASANACHILIKNING O’RNI.'

FARG’ONA VILOYATIDA AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMI BANDLIGINI TA’MINLASHDA UY MEHNATI VA KASANACHILIKNING O’RNI. Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
35
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aholi bandligi / himoyaga muhtoj aholi / kasanachilik / uy mehnati / aholi farovonligi / oilaviy tadbirkorlik. / Занятость населения / население / нуждающееся в защите / домашнее хозяйство / домашний труд / благосостояние населения / семейный бизнес.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Mirzahamdamova Dildora Zafarovna

Ushbu maqolada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining bandligini ta’minlashda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotgani, shu bilan birga badlikni ta’minlashda kasanachilik va uy mehnatini rivojlantirishga doir prezident qaror va farmonlari hamda olib borilgan chora-tadbirlar, imtiyozlar va oilaviy tadbirkorlik shakillarini rivojlantirish Farg’ona viloyati misolida yoritilgan. Uy mehnati va kasanachilikni rivojlantirish orqali uy ho’jaligini rivojlanishiga, aholining himoyaga muhtoj qatlamini bandligi ta’minlashga olib keladigan muhim tadbirlardan biri ekanligi tadqiqotlar natijasida ushbu soha faoliyati bo’yicha hulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ ДОМАШНИХ ЗАДАНИЙ И ДОМАШНИХ ЗАДАНИЙ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ЗАНЯТОСТИ НАСЕЛЕНИЯ, НУЖДАЮЩЕГОСЯ В СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЕ, В ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ.

В данной статье в нашей стране последовательно реализуются экономические реформы по обеспечению занятости населения, нуждающегося в социальной защите, в то же время постановления и указы президента о развитии домашнего и домашнего труда в целях обеспечения благосостояния , а также меры, льготы и развитие семейного предпринимательства на примере материнского региона. В результате исследования представлены выводы о деятельности данного сектора о том, что одним из важных видов деятельности, ведущих к развитию домохозяйства через развитие домашнего труда и домоводства, и обеспечению занятости уязвимых слоев населения.

Текст научной работы на тему «FARG’ONA VILOYATIDA AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMI BANDLIGINI TA’MINLASHDA UY MEHNATI VA KASANACHILIKNING O’RNI.»

FARG'ONA VILOYATIDA AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMI BANDLIGINI TA'MINLASHDA UY MEHNATI VA

KASANACHILIKNING O'RNI. Mirzahamdamova Dildora Zafarovna

Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi ANNOTASIYA

Ushbu maqolada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining bandligini ta'minlashda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotgani, shu bilan birga badlikni ta'minlashda kasanachilik va uy mehnatini rivojlantirishga doir prezident qaror va farmonlari hamda olib borilgan chora-tadbirlar, imtiyozlar va oilaviy tadbirkorlik shakillarini rivojlantirish Farg'ona viloyati misolida yoritilgan. Uy mehnati va kasanachilikni rivojlantirish orqali uy ho'jaligini rivojlanishiga, aholining himoyaga muhtoj qatlamini bandligi ta'minlashga olib keladigan muhim tadbirlardan biri ekanligi tadqiqotlar natijasida ushbu soha faoliyati bo'yicha hulosalar keltirilgan.

Kalit so'zlari: Aholi bandligi, himoyaga muhtoj aholi, kasanachilik, uy mehnati, aholi farovonligi, oilaviy tadbirkorlik.

Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o'tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Ushbu o'tgan davr mobaynida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag'allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o'rinlari va kafolatli daromad manbai , malakali tibbiy va tahlim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta'minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi.

Shundan so'ng jahon miqiyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimizni bosib o'tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va mafaatlarini so'zsiz ta'minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakillantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilash maqsadida, "Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi[1]. Ushbu dasturda belgilangan barcha vazifalar aholi farovonligini oshirishga qaratilgandur.

O'zbekiston Respublikasining hududlari jihatidan Farg'ona viloyati o'zining boy resurslari va imkoniyatlari, tabiiy iqlimi, aholi joylashuvi va imkoniyatlari bilan mamlakat iqtisodiyotida muhim o'rin egallagan hududlardan biri hisoblanadi. 2017 yil

yanvar holatiga ko'ra viloyat aholisi 3564,8 ming kishini tashkil etgan. Aholining o'sishi va ko'payishida Farg'ona viloyatining hududlarida tafovutlar bo'lgan. Viloyatda aholi o'sishidagi tofovutlar o'z o'zidan mehnat resurslarining shahar va tumanlar kesimida taqsimlanishiga ham ta'sir etadi.

2009 yilda ko'rilgan amaliy choralar natijasida mamlakatimizda 940 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari yaratildi, ularning 500 mingga yaqini qishloq joylarda tashki etildi. Kichik biznes sohasida 390 mingdan ziyod, shu jumladan, xizmat ko'rsatish sohasida 270 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari ochildi[2].

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 dekabrdagi 504 sonli qarori bilan tasdiqlangan "Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bolmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi to,g,risida"gi Nizomga muvofiq fuqarolarning ushbu toifasiga quyidagilar kiradi: o'n to'rt yoshga tolmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg'iz ota, yolg'iz onalar hamda ko'p bolali ota-onalar; ta'lim muassasalarini tamomlagan yoshlar, ular ta'lim muassasasini tamomlagandan keyin bir yil davomida; Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qushinlaridan bo'shatilganlar; nogironlar va pensiya yoshiga yaqinlashib kolgan shaxslar; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yo'sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar.

2005 yildan beri jadallashgan sanoat kasanachiligi va hududiy statistic hisobotchiligi 2011 yildan boshlab yo'lga qo'yilgan oilaviy tadbirkorlik ish o'rinlarini hisobga olish ma'lumotlari tahlili va prognozi bo'yicha bajarilgan hisob-kitoblar shundan dalolat beradiki, Farg'ona viloyatida mehnatga layoqatli aholining 2015 yildagi yuqori (96,7%) darajadagi bandligini ta'minlash uchun qo'shimcha yaratiladigan 25599 Kishilik yangi ish o'rinlarining 36,8% da kasanachilik, 23,9% yakka tartibdagi tadbirkorlik va 39,3% oilaviy tadbirkorlik hisobiga tashkil etildi [3].

Bugungi kunda kasanachilik va uy mehnati sohasi fuqarolarni birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa ko'p bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhum ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.

Farg'ona viloyatida 2017 yilda 400 dan oshiq yangi doimiy ish o'rinlari yaratilib, ish o'rniga ega bo'lganlarning asosiy qismi xotin-qizlar ekani yanada ahamiyatlidur. Mehnat qilish imkoniyati cheklangan fuqarolarning kasanachilik va uy mehnati bilan shug'ullanishi uchun keng sharoitlar yaratilayotganligi ular hayotida kata o'zgariaslarga sabab bo'layotir. Ayni paytda viloyatda 100 ga yaqin mehnat qilish imkoniyati cheklangan fuqarolar kasanachilik bilan mashg'ul. Bugun u nafaqa kutib yashayotgan nogiron emas, balki muqum ish o'rniga ega, buyurtma asosida qilgan ishi uchun vaqtida pulini olib, ro'zg'orini tebratayotgan faol fuqarodir.

Ular yangilangan loyihalar asosida qurilayotgan arzon uylardan xarid qilmoqda. Bu uylrarning boshlang'ich badali Prezidentimiz tomonidan to'lab berilayotgani esa nogiron fuqarolarga ko'rsatilayotgan g'amho'rlik ifodasidur.

Farg'ona viloyatinig Farg'ona shahrida 2017 yilda 158, Marg'ilon shahrida 68ta xonadon nogironligi bo'lgan, ehtiyojmand oilalrga imtiyozli tarzda uy-joylar berildi. 2018 yil may oyida II-guruh nogironi Ra'no Soliyva oilasiga Xotira va Qadrlash kuni arafasida farg'ona shahrining Qirguli mavzesidan arzon uy-joy berildi. Quvasoy shahrida yashovchi Mohigul Ermatovaning o'ksik qalbi quvonchga to'ldi. Unga Paxta sanoat korxonasi tomonidan tuhfa etilgan tikuv mashinasi va boshqa zarur xom-ashyo berilib, u buyurtma asosida terimchilar etagi tikmoqda. Endi u o'z uyida kasanachilik asosida ishlaydi, oylik ish haqiga ega bo'ldi. Bunday e'tibordan uning oila a'zolri ham mamnun bo'lishdi.

Viloyatda bunday bxtga erishayotgan kasanachilar soni kundan-kun ko'paymoqda. Ular o'zlarini jamiyatning teng huquqli a'zosi deb xis qilmoqda. Ham pulli, ham uyli bo'lgan bu ayollar mustaqil oilaning baxtli bekasi sifatida jamiyatimiz rivojiga hissa qo'shmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Temirova Mashkhura Mukhammadaminovna. Lecturer at Kokand State Pedagogical Institute, Kokand, Uzbekistan. Issues of origin, development and problems of radio in uzbekistan (1927-1941) International Journal of Information Research and Review Vol. 07, Issue, 02, pp.67236727, February, 2020.

2. Raxmatullyeva Saodat Ibragimovna. Reforms in the field of medicine in uzbekistan during the years of independence. International Journal of Information Research and Review Vol. 07, Issue, 09, pp.7087-7088, September, 2020

3. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-

iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889.

https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

4. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries.

"Экономика и социум", 9(88), 147-149.

5. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и

социум", 12(91), 470-472.

6. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика

и социум", 12(91), 473-476.

7. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ

расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian

Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

8. Сaрдoржoн Кoдиржoн Угли Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для

пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies

(CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

9. Saloydinov Sardorjon Qodirjon Ogli. (2022). Innovative solution for biogas production.

"Science and innovation", 1(A3), 57-60.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.