Научная статья на тему 'FANLARNI O‘QITISHDA UZVIYLIK – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

FANLARNI O‘QITISHDA UZVIYLIK – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
akademik halollik / axloqiy me'yorlar / fan ta'limi / pedagogik muammolar / plagiat / o'qituvchilar tayyorlash / baholash usullari / ta'lim etikasi / halollik madaniyati / академическая честность / этические нормы / естественнонаучное образование / педагогические проблемы / плагиат / подготовка учителей / методы оценивания / образовательная этика / культура честности.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — J.N. Xudaykulov

fanlarni o'qitishda halollik axloqiy me'yorlarga rioya qilishni, ta'lim amaliyotida halollik va shaffoflikni o'z ichiga oladi. Bu ishonch, ishonchlilik va akademik mukammallik madaniyatini oshirish uchun zarurdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTEGRITY IN TEACHING SCIENCES AS A PEDAGOGICAL PROBLEM

честность в преподавании естественных наук предполагает соблюдение этических стандартов, честность и прозрачность в образовательной практике. это в ажно для формирования культуры доверия, авторитета и академического превосходства.

Текст научной работы на тему «FANLARNI O‘QITISHDA UZVIYLIK – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

'-<N3 13^

FANLARNI O'QITISHDA UZVIYLIK - PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

© J.N. Xudaykulov1^_

1Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi, Samarqand, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: fanlarni o'qitishda halollik axloqiy me'yorlarga rioya qilishni, ta'lim amaliyotida halollik va shaffoflikni o'z ichiga oladi. Bu ishonch, ishonchlilik va akademik mukammallik madaniyatini oshirish uchun zarurdir.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi fanlarni o'qitish kontekstida yaxlitlik tushunchasini o'rganish, o'qituvchilar oldida turgan asosiy muammolarni aniqlash va fan ta'limida yaxlitlikni saqlash strategiyalarini taklif qilishdir. Tadqiqot axloqiy amaliyotlarning ahamiyatini va ularning ta'lim sifati va talabalar rivojlanishiga ta'sirini ko'rsatishga intiladi.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqotda adabiyotlarni ko'rib chiqish, fan o'qituvchilari bilan suhbatlar va sinfdagi kuzatishlarni o'z ichiga olgan sifatli tadqiqot metodologiyasi qo'llaniladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: pedagoglar akademik halollik bo'yicha har tomonlama o'qitish, ishonchli baholash usullarini ishlab chiqish, ta'lim muassasalarida halollik va oshkoralik madaniyatini shakllantirish muhimligini ta'kidladilar.

XULOSA: tadqiqot fanlarni o'qitishda yaxlitlik ko'p qirrali pedagogik muammo bo'lib, pedagoglar, muassasalar va siyosatchilarning birgalikdagi sa'y-harakatlarini talab qiladi, degan xulosaga keldi.

Kalit so'zlar: akademik halollik, axloqiy me'yorlar, fan ta'limi, pedagogik muammolar, plagiat, o'qituvchilar tayyorlash, baholash usullari, ta'lim etikasi, halollik madaniyati

Iqtibos uchun: Xudaykulov J.N. Fanlarni o'qitishda uzviylik - pedagogik muammo sifatida. // Inter education & global study. 2024. №6. B. 301-307.

ДОБРОСОВЕСТНОСТЬ В ПРЕПОДАВАНИИ НАУК КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА_

© Ж.Н.Худайкулов1Н

1 Самаркандская область Центр педагогического мастерства, Самарканд, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: честность в преподавании естественных наук предполагает соблюдение этических стандартов, честность и прозрачность в образовательной

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

практике. это важно для формирования культуры доверия, авторитета и академического превосходства.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение концепции честности в контексте естественнонаучного образования, определение основных проблем, с которыми сталкиваются учителя, и предложение стратегий по поддержанию честности в естественнонаучном образовании. Исследование направлено на то, чтобы подчеркнуть важность этических норм и их влияние на качество образования и развитие студентов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в этом исследовании используется качественная методология исследования, которая включает обзор литературы, интервью с учителями естественных наук и наблюдения в классе.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: педагоги подчеркнули важность комплексного обучения академической честности, разработки надежных методов оценивания, формирования культуры честности и прозрачности в образовательных учреждениях.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование пришло к выводу, что честность в преподавании естественных наук является многогранной педагогической проблемой, которая требует совместных усилий преподавателей, учреждений и политиков.

Ключевые слова: академическая честность, этические нормы, естественнонаучное образование, педагогические проблемы, плагиат, подготовка учителей, методы оценивания, образовательная этика, культура честности.

Для цитирования: Худайкулов Ж.Н. Добросовестность в преподавании наук как педагогическая проблема. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 301— 307.

INTEGRITY IN TEACHING SCIENCES AS A PEDAGOGICAL PROBLEM_

© Jamshid N. Xudoyqulov1®

Samarkand region Pedagogical skill center, Samarkand, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: integrity in science teaching involves adherence to ethical standards, honesty and transparency in educational practices. this is essential to foster a culture of trust, credibility and academic excellence.

AIM: the purpose of this study is to explore the concept of integrity in the context of science education, to identify the main challenges facing teachers, and to suggest strategies for maintaining integrity in science education. the study seeks to highlight the importance of ethical practices and their impact on the quality of education and student development.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

iccl (A

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MATERIALS AND METHODS: this study uses a qualitative research methodology that includes a literature review, interviews with science teachers, and classroom observations.

DISCUSSION AND RESULTS: pedagogues emphasized the importance of comprehensive teaching on academic honesty, development of reliable assessment methods, formation of a culture of honesty and transparency in educational institutions.

CONCLUSIONS: The study concluded that integrity in science teaching is a multifaceted pedagogical problem that requires the joint efforts of educators, institutions, and policy makers.

Key words: academic honesty, ethical standards, science education, pedagogical problems, plagiarism, teacher training, assessment methods, educational ethics, culture of honesty

For citation: Jamshid Xudoyqulov (2024), 'Integrity in teaching sciences as a pedagogical problem', // Inter education & global study, (6), pp. 301-307. (In Uzbek).

Dunyoda hech bir jamiyat yo'qki, uning rivojida ham tanazzulida ham inson omili hal qiluvchi rol o'ynamagan bo'lsin. Insonlarning jamiyatdagi o'rni esa, umumiy taraqqiyotga qo'shgan hissasi bilan belgilanadi.

Jamiyat rivojidagi yangilanish zarurati va ehtiyoji zaminida ta'lim-tarbiya omili poydevordir. Shu sababli har bir jamiyat kelajagi uning ajralmas qismi bo'lgan ta'lim tizimining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Keyingi yillarda uzluksiz ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, unga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda ta'lim berishning sifat va samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning: "...sohada olib borilgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta'lim-tarbiya bo'yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur... Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatilarini safarbar qilamiz" [10; 13-14- b.], - degan ta'kidlari ushbu mavzuni yanada mustahkam g'oyaga aylantirmoqda.

Xususan, o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimidagi yangilanishlar, yuqori talablar hamda uzluksiz ta'lim turlarining maqsadiga asosan ta'lim mazmunining belgilanishi, yangi avlod darsliklarining yaratilishi - ta'lim turlari va bosqichlari, o'quv fanlarini o'qitishga doir uzviylik muammosiga yangicha yondashuvni zaruriyatini paydo qiladi. Bu jarayon esa hozirga kelib, pedagogika, andragogika va o'qitish metodikasi oldida turgan vazifalardan biri - nafaqat ta'lim turlari hamda bosqichlarining, balki ma'lum fanlar doirasidagi ta'lim jarayonining uzviyligini ta'minlashning metodik tizimini takomillashtirishni ilmiy asoslab berishga qaratiladi. Fanlarni o'qitish uzviyligini ta'minlashning metodik tizimini takomillashtirish "Maktab o'quvchilarining bilimi va

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ko'nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o'qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o'quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, maktab ta'limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadi..." [134-F] sifatida uzluksiz ta'limni amalga oshirishning muhim bo'g'ini sifatida ko'zdan kechirildi. Shu jarayonda ona tili va o'qish fanlarini o'qitish uzviyligini ta'minlash o'quvchilarning intellektual salohiyati, fanlarni o'zlashtirish darajasi, badiiy-estetik va hissiy tafakkurining uyg'unligi boshlang'ich ta'lim samaradorligining muhim omili sifatida dalillandi.

Zero, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida qayd qilingan "...davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarning ta'lim darajasi va kasbiy tayyorgarligiga qo'yiladigan talablar bajarilishini ta'minlash; ta'lim jarayoniga o'qitishning ilg'or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'limning texnik va axborot vositalarini joriy etish;" [1;] talabini amalga oshirishda o'qitish uzviyligini ta'minlashning metodik tizimini takomillashtirish alohida o'rin tutadi. Ushbu paragrafda uzviylik tushunchasining shu davrgacha bo'lgan tadqiqiga to'xtalish lozim ko'rildi.

Pedagogikada ta'limning uzviyligi va uzluksizligi tamoyiliga alohida urg'u berilishi bejiz emas. "Bu tamoyil, - deb yozadi professor J.Hasanboev, - ta'limda zarur fiziologik-psixologik qonuniyat hisoblanib, bilimni mantiqiy bog'liqlikda o'rganishni ta'minlab beradi. Har bir fan bo'yicha dasturiy va uslubiy tavsiyanomalar yaratishda joriy qilinadi va ular tushunchalar, dalillar va boshqa fikrlar orasidagi aloqadorlikdan kelib chiqqan qonun va qoidalar bilan amaliy ishlarni bajarish o'rtasidagi mantiqiy bog'liqliklarni o'rganish orqali amalga oshiriladi" [Darslik; 324-325-b.].

Umuman olganda, uzviylik - ta'lim-tarbiya jarayonining muayyan ketma-ketlik asosida tashkil etilishini ifodalovchi muhim sifat bo'lib, u ma'lum bosqichda avvalgi bosqich o'quv faoliyati mazmunini tashkil etuvchi bilim, ko'nikma va malakalarning mustahkamlanishi, kengaytirilishi va chuqurlashtirilishini ta'minlaydi.

Ta'lim amaliyoti mavzulararo uzviylik uni o'zlashtirish samaradorligining muhim sharti bo'lib, falsafiy, psixologik va pedagogik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, "uzviylik" kategoriyasi falsafiy jihatdan "rivojlanish" kategoriyasi bilan chambarchas bog'liq hisoblanadi. Rivojlanish nuqtai nazaridan uzviylik ham sifat o'zgarishlari jarayoni, ham yangi sifatni hosil qilish maqsadida bir darajadan ikkinchi darajaga o'tish tarzida talqin etiladi, oldingi bosqichlarda qo'lga kiritilgan natijalarning rivojlanishini nazarda tutadi.

Demak, pedagogik jihatdan uzviylik, birinchidan, didaktik tamoyil, ikkinchidan, ta'lim jarayonini samarali tashkil etishga ko'maklashuvchi jarayon, harakatga keltiruvchi kuch (ta'lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi omil), ta'lim, rivojlanish va tarbiya jarayonida majburiy bajarilishi kerak bo'lgan talab sifatida izohlaniladi.

Psixologiyada esa uzviylik murakkab psixologik rivojlanish qonuniyatlari, yosh bilan bog'liq o'zgarishlarni o'rganish; bilimlarni bosqichma-bosqich o'zlashtirish; faoliyatning yetakchi turlari o'zgarishi doirasida ko'rib chiqiladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Izlanishlar Idavomida ta'lim tizimida uzviylik tushunchasi o'tgan asrning 50-yillaridan keng o'rganilgani, ba'zan uzluksizlik tushunchasi bilan bilgalikda talqin qilingani, ko'pgina hollarda o'zining alohida tavsifiga ega bo'lgani aniqlandi. Shuningdek, bugungi kungacha tadqiqi juda muhim bo'lib qolayotgan ushbu tushunchaga turlicha ta'riflar berilgani kuzatildi. Jumladan, taniqli rus olimi B.G.Ananev: "Ta'limdagi uzviylik o'quvchilar fan asoslarini egallashi jarayonida olgan bilimlar tizimining vaqt nuqtai nazaridan rivojlanishidir" [G.Anan; 23-25-b.], - deb yozsa, boshqa bir metodist Sh.I.Ganelinning fikricha, "...uzviylik - o'quvchilar tomonidan o'rganilayotgan o'quv materiali uchun tayanch bo'luvchi mavjud bilim, ko'nikma va malakalarning amalda shunday qo'llanishi va istiqbol rivojlanishidirki, ular asosida bilimlar o'rtasida turli aloqalar yuzaga keladi, kursning asosiy g'oyalari ochiladi, eski va yangi bilimlarning o'zaro aloqadorligi ta'minlanadi, natijada o'quvchilarda puxta va chuqur bilimlar tizimi shakllanadi" [Gan; 3-14-b.].

S.M.Godnik tadqiqotlarida esa uzviylik qonuniyat, tamoyil, omil, sharoit, usul, qoida, vosita sifatida e'tirof etiladi. Uning xulosasiga ko'ra, "tor ma'noda uzviylik jarayoni - bu ta'limning turli bosqichlari orasidagi ketma-ketlik uzilishlarini to'ldiruvchi pedagogik namoyishlarning tartibi. Keng ma'noda bu namoyishlar pedagogik faoliyatning umumiy kontekstiga kiritiladi" [god; 31-b.]. S.M.Godnik o'z fikrlarini davom ettirib "pedagogik jarayon va hodisalar orasidagi uzviylik deganda, eski va yangi, yangi va eski o'rtasidagi shunday aloqa tushuniladiki, bu sharoitda vujudga keladigan dialektik qarama-qarshiliklar mos jihatlarni tashkil qilgan aloqadorlik asosida hal qilinadi" [Godnik; 224-b.], deb ta'kidlaydi.

Taniqli psixolog S.L.Rubinshteynning fikricha, uzviylikning mohiyati shundaki, o'qitish jarayonining har bir bosqichi avvalgisining negizida yuzaga kelganligi, uning ichki sharoitini tashkil etganligi sababli barcha bosqichlar o'rtasida o'zaro aloqa mavjud [S.Rub; 416-b.].

Boshqa bir tadqiqotchi Yu.A.Kustov "o'quv bilishdagi uzviylikning mazmun-mohiyati yuqoriroq ilmiy asosdagi bilim, ko'nikma va malakalarni kengaytirish hamda chuqurlashtirishning bosqichli jarayonida eski, yangi va istiqbol o'rtasida zarur aloqalarni o'rnatishdan iboratdir" [Kustov; 63-b.] - deb ta'kidlaydi.

V.E.Tamarin va Ye.Yu.Zaxarovalar uzviylikning har bir yangi bosqichini o'quvchilarning mavjud tajribalariga asoslangan holda tashkil etish va shu asosda navbatdagi ta'lim o'quvchilarning ta'lim sharoitlariga moslashuvini yengillashtiruvchi maqsadlar, ta'lim mazmuni, metodlar, ta'lim-tarbiya vositalari o'rtasidagi munosabatlarini ta'minlovchi sharoit sifatida belgilagan bo'lsalar [T; 175-b.; Z; 157-b.], A.V.Batarshev tomonidan uzviylikning uch komponentli yaxlit pedagogik tizimi ishlab chiqilgan bo'lib, u quyidagilarni qamrab oladi: shaxs shakllanishidagi uzviylik (ta'lim jarayonining rag'batlantiruvchi-motivatsion komponentiga mos keladi); ta'lim mazmunidagi uzviylik (ta'lim jarayonining mazmunli komponentiga mos keladi); ta'lim shakllari, metodlari hamda vositalari orasidagi uzviylik (ta'lim jarayonining jarayonli-faoliyatli komponentiga mos keladi) [Batar; 90-b.].

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Yuqoridagi I qarashlardan anglash mumkinki, uzviylik deganda, bilimlarni o'zlashtirish, tushunchalarni hosil qilish, ko'nikmalarni shakllantirish jarayonida namoyon bo'luvchi muayyan tartib va ketma-ketlik tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ta'lim uzviyligi yangi bilimlar vujudga kelishining zaruriy sharti sifatida o'quv-biluv faoliyati uzluksizligini nazarda tutadi.

Tadqiqot mavzusi yuzasidan olib borilgan izlanishlar fan - texnika hamda ijtimoiy munosabatlarning shiddatli rivojlanishi, ta'lim mazmuniga qo'yilayotgan yangicha talablar ijrosi uzviylik muammosini hal etish bilan chambarchas bog'liqdir, degan xulosaga olib keldi. Izlanishlar umumiy o'rta ta'lim tizimida uzviylikni ta'minlash uzluksiz ta'limning takomillashgan shakl, metod, usul hamda vositalarini yaratish uchun poydevor vazifasini o'tashidan dalolat beradi.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim bosqichlari o'rtasida bir ta'lim turidan ikkinchi ta'lim turiga o'tish jarayonida, fanlarni o'qitish jarayonida uzviylikni ta'minlash o'quvchilar ongi va tafakkuri; bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish jarayonida, shuningdek, ularning ijtimoiy moslashishida o'zaro munosabatlarning ta'minlanishi bilan belgilanadi. Boshlang'ich ta'lim shaxs shakllanishining muhim bosqichi, o'quvchining aqliy qobiliyatlari, xususan, mantiqiy va ijodiy tafakkurining samarali rivojlanish davri hisoblanadi. Boshlang'ich ta'limda ona tili va o'qish savodxonligi fanlarini o'qitish jarayonida o'quvchilarda ushbu sifatlarni samarali rivojlantirishda o'qituvchilar tomonidan quyidagi omillarning inobatga olinishi ijobiy samara berishi ko'zda tutiladi:

birinchidan, 1-sinfdan 4-sinfgacha bo'lgan ona tili va o'qish savodxonligi fanlari mazmunidagi uzviylikni aniqlashtirish va uning nima maqsadda o'rgatilishi zarurligini asoslash.

Ikkinchidan, ona tili fani o'qish savodxonligi (yuqori sinflarda adabiyot) kursi bilan aloqadorligi, uzluksizligi, uzviyligi qanday mezonlarga asoslanishini ko'rsatish.

Uchinchidan, boshlang'ich ta'limda o'rganiladigan ona tili va o'qish savodxonligi fanlari mazmunida predmetlararo va fanlararo aloqadorlik qay darajada aks etganligini aniqlash hamda bosqichlararo uzviylikni ta'minlash.

A DABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистан давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: Узбекистан, 2017. - 56 б.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-son Farmoni. - QHMMB, 11.05.2022., 06/22/134/0407-son.

3. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. - QHMMB, 24.09.2020. 03/20/637/1313-son.

4. хасанбоев Ж ва бошкалар. Педагогика. Дарслик. - Т.: Ношир, 2011. - 456 б.

5. Ананьев Б.Г. О преемственности в обучении // Советская педагогика. - Москва, 1953. - № 2. - С. 23-35.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

6. Ганелин Ш.И. Педагогические основы преемственности учебно воспитательной работы в 4 - 5 классах // Советская педагогика. - Москва, 1955. № 7. - С. 3-14.

7. Годник С.М. Теоретические основы преемственности средней и высшей школы в условиях непрерывного образования: Автореф. дисс..доктора пед. наук. - М., 1990. - 31 с.

8. Годник С.М. Преемственность воспитательно-образовательной деятельности в условиях непрерывного образования. Перспективы развития системы непрерывного образования. Под ред. Б.С.Гершунского. - М.: Педагогика, 1990. - 224 с.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Xudoyqulov Jamshid Nishanovich, katta o'qituvchi, [Худойкулов Жамшид Нишанович, старший преподаватель], [Jamshid N. Xudoyqulov,senior teacher]; manzil: O'zbekiston, Shahar: Samarqand shahri H.Obiddinov ko'chasi 7-uy [адрес: Узбекистан, Город: Самарканд, ул. Х. Обиддинова, 7], [address: Uzbekistan, City: Samarkand, 7 H. Obiddinov street]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.