Научная статья на тему 'FAN VA TA’LIMDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR, YARATILGAN SHAROITLAR, NATIJALAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLARI'

FAN VA TA’LIMDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR, YARATILGAN SHAROITLAR, NATIJALAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
204
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Xalqaro hamkorlik / fan ta’limning milliy imiji / inson ongi / strategiya / fan ta’limni integratsiyalashuvi / intelektual madaniyat. / International cooperation / national image of science education / human consciousness / strategy / integration of science education / intellectual culture.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Lochinbek Farxod O‘G‘Li Do‘Stov

Ushbu maqolani yozishda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan fan ta’lim sifatini takomillashtirish, isloh qilish hamda zamonaviy ilmiy texnik bazani yaratish natijasida Fan rivojiga hissa qo‘shish,undagi turli xil mulohazalarga aniq yechim topish hamda ilmiy yaratuvchanlik raqobat maydonini yaratish masalalari yoritish orqali uni yanada isloh etish bo‘yicha mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan bu sohada oz bo‘lsa ham foydam tegsin degan yaxshi niyatda boshladim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFORMS, CONDITIONS, RESULTS, PROBLEMS AND SOLUTIONS IMPLEMENTED IN SCIENCE EDUCATION

In writing this article, I would like to highlight the issues of improving the quality of science education in the Republic of Uzbekistan, reforming and creating a modern scientific and technical base, contributing to the development of science, finding clear solutions to various problems and creating a competitive field of scientific creativity. I started with the good intention that the existing problems of reform and their solution would benefit at least a little in this area.

Текст научной работы на тему «FAN VA TA’LIMDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR, YARATILGAN SHAROITLAR, NATIJALAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLARI»

FAN VA TA'LIMDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR, YARATILGAN SHAROITLAR, NATIJALAR, MUAMMOLAR VA

YECHIMLARI

Lochinbek Farxod o'g'li Do'stov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filliali

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolani yozishda O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan fan ta'lim sifatini takomillashtirish, isloh qilish hamda zamonaviy ilmiy texnik bazani yaratish natijasida Fan rivojiga hissa qo'shish,undagi turli xil mulohazalarga aniq yechim topish hamda ilmiy yaratuvchanlik raqobat maydonini yaratish masalalari yoritish orqali uni yanada isloh etish bo'yicha mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan bu sohada oz bo'lsa ham foydam tegsin degan yaxshi niyatda boshladim.

Kalit so'zlar: Xalqaro hamkorlik,fan ta'limning milliy imiji,inson ongi, strategiya, fan ta'limni integratsiyalashuvi, intelektual madaniyat.

REFORMS, CONDITIONS, RESULTS, PROBLEMS AND SOLUTIONS IMPLEMENTED IN SCIENCE EDUCATION

ABSTRACT

In writing this article, I would like to highlight the issues of improving the quality of science education in the Republic of Uzbekistan, reforming and creating a modern scientific and technical base, contributing to the development of science, finding clear solutions to various problems and creating a competitive field of scientific creativity. I started with the good intention that the existing problems of reform and their solution would benefit at least a little in this area.

Key words: International cooperation, national image of science education, human consciousness, strategy, integration of science education, intellectual culture.

Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o'tmasin! Yoshlik - umrning eng bebaho davri. Ilm va bilim - o'tda yonmaydigan, suvda cho'kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo

unutmang!

Shavkat Mirziyoyev

Hozirgi tez rivojlanadigan davrda, har bir mamlakatning ilmiy salohiyati uning iqtisodiy-ijtimoiy manfaatlarini qo'llab quvvatlashga qaratilgan va shu asnoda ilmiy texnikaviy zamon shakllanmoqda.Bu esa har bir davlatni Fan ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratishi va turli xil rivojlantirish strategiyalarini belgilash masal alari dolzarb ahamiyatga ega bo'lmoqda. Mamlakat qudrati, avvalo, ta'lim tizimi bilan belgilanadi.Jamiyatning ta'lim tizimiga qarab uning ma'naviy kamoloti, aql-zakovoti,ma'rifatlilik darajasi va uning kelajagi haqida fikr bildirish mumkin.Shu sababli ta'limning sifatini oshirishga intilish,integratsiyalashayotgan mintaqlar uchun ta'lim dasturlari va andozalarini birxillashtirish, "Butun umr uzluksiz ta'lim" strategiyasini amalga oshirish va globallashuv jarayonining yanada takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqgan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yosh avlodning ijodiy va intelektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash va ro'yobga chiqarish" masalalariga alohida e'tibor qaratmoqda va yoshlarga oid davlat siyosatini yuritilayotgani natijasida "Yoshlar bilan ishlash Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha -hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur" degan fikrni Yoshlar forumida ta'kidlab o'tdilar. Sababi, Har bir yosh avlod ertangi kunimizning, kelajagimizning poydevorlari deb qaralmoqda.Shu asnoda ularning ilm olishi uchun Fan ta'lim tizimida turli xil islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Uchinchi Renessansni Mamlakatimida joriy etilganini va buni yoshlar bunyod etishi ham yoshlarga katta e'tibor qaratilishidan dalolat beradi. Ya'ni, hozirgi jarayonlarda biz o'zimizga iqtisodiyotning barcha sohalarini innovatsion rivojlantirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilayapmiz. Bu esa innovatsion iqtisodiyotni innovatsion fikrlaydigan mutaxasislariga talab oshadi. Shuning uchun O'zbekistonda xalqaro andozalarga mos keladigan, yangi, uzluksiz ta'lim tizimini yaratish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Yaqqol misoli sifatida 2020 yilga " Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nomlanishi ham mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi qilib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishga ulkan ishlar qilindi. Prezidentimiz har safar so'zga chiqganlarida ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor berayotganliklari hamda O'zbekistonning 34,0 million aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil qilayotganini va ma'rifatparvar olim, yurtimizdagi ilk maktab asoschilaridan biri Abdulla Avloniy yoshlar haqida "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo xalokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan fikrlarni takidlab o'tmoqdalar. Ha albatta, mamlakat yoshlariga berilayotgan bilim hamda to'g'ri tarbiya mamlakat taraqqiyoti uchun har qanday moddiy va boshqa resurslardan afzaldur. O'zbekistonda fan ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham shu jumlasidandur. Xususan, 2017 yil O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilishi va "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi"ni tasdiqlanishi hamda 2030 yilgacha "Oliy ta'lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi" ham shular jumlasidandur. Bugungi kunda yangilanayotgan O'zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan barcha imkoniyatlarni barcha ko'rib turibdi va ularning intelektual zaxirasi, bilimi, izlanuvchanligi, salohiyati, eng avvalo marrani keng oladigan yoshlar dunyo tamaddudini o'zgartiragan Xorazmiy, Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Farobiy, Ibn Sino va mard, shijoatli Amir Temur singari buyuk bobokalonlarimizning munosib izdoshlari bo'la oladigan qiyofada namoyon bo'lishim biz uchun eng oliy maqsaddir.

Ta'lim va fan nafaqat ma'naviy,siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot omili, balki xalqaro munosabatlar vositasi hamdir. Bu bosqichda yuqori malakali mutaxasislarni istiqbolli ilmiy yo'nalishlarida axborot almashishi, hamkorlik asoslari orqali tadqiqot markazlarining faoliyatini shakllantirish dunyo mamlakatlarining yutuqlari hisoblanadi. Albatta, hozirgi vaqtda texnologiyani rivojlanishi va robotlashtirish jarayonida inson omillari kamayib bormoqda. Ammo, insonning yaratuvchanlik va izlanuvchanlik omili hech qachon yuqolib bormaydi, balkim kelajakda rivojlanishga ulkan tasir ko'rsatadi. Ana shu omilning mamlakatimiz fan ta'lim tizimining muammosidan biri hisoblanadi. Sababi, bizning ta'lim tizimimizda turli xil muammolar mavjud:

• Ta'lim sifati pastligi, moddiy texnika bazasi yetarli bo'lmagani.

• Fanlarning ilmiy adabiyotlardagi turli xil fikrlar,bir-biriga mos emasligi ya'ni aniq bir yaqqol nazariyaning mavjud emasligi, Nomutanosibligi.

• Ta'limda ilmiy-texnikaviy fikrlarni xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni mavjud emasligi.

• Xorijiy ilmiy,fan ta'lim konferensiyalarini barcha talabalar kesimida tadbiq etilmagani,yangicha fikrlar,yangicha dunyo bilan hamnafasda emasligi

• Fan ta'lim tizimida turli xil xorijiy ta'lim tizimlarining andozalari qo'llanilishi natijasida milliy tizimimizning Milliy andoza sifatida shakllanmasligi, "O'zbek ta'lim tizimining milliy andozasi" imijini mavjud emasligi

• Ta'lim - Fan - Ishlab chiqarish tamoyilini mavjud emasligi.

Bu muammolar faqatgina bir xil dars jarayonidagi bilim berilishi har bir yoshni izlanishdan to'xtatib qo'yadi va maqsadni bilim olishga emas balkim moddiy tarafni o'ylashga, oliy ta'limni tez yakunlab ishlay degan hayollar bilan vaqtni samarasiz o'tkazishga undaydi. Bunday jarayonni yechimi shundan iboratki, Hozirgi kunlarda mustaqillikga erishayotgan oliy ta'lim dargohlarini asosiy maqsadi etib o'ziga barcha korxonalarni jalb qilishi kerak va bu korxonalarning kelajakdagi texnologik, strategik, yangi mahsulot ishlab chiqarish jarayonini, mahsulotiga innovatsion yondashuv va ularga eng sara bilimli kadrlarni yetkazib berishni institutlar o'z zimmasiga olishi va zamonaviy tadqiqot markazlarini qurishi(ya'ni korxonalar ajratgan mablag'lari evaziga). Bu tadqiqot markazlariga barcha talabalarni va xorijiy bilimli professorlarni jalb qilinishi, boshqa xorijiy tadqiqot markazlari bilan bilim almashinuvini ta'minlashi orqali

iqtisodiy-innovatsion va fan ta'lim tizimiga eng samarali qadam bo'ladi degan umiddaman. Bu tizim orqali oliy ta'limda monopoliyani shakllantiramiz va kadrlar bozoriga yangi mexanizmni joriy qilinishimiz mumkin. Keyingi tomondan esa Korxonalarga ham afzal tomonlari juda ko'p. Sababi, korxona o'z mablag'ini reklama va boshqa marketing xizmatlariga jalb qilmaydi aksincha o'z mahsulotini yangicha andozasini ishlab chiqarishga jalb etadi va bu taraqqiyotning eng yangi turi tashkil topishga xizmat qiladi. Keyingi tomondan esa talabalarga eng katta imkoniyatlar ochiladi. Sababi, talabalarga bilimli professorlar dars o'tishi va olgan bilimini amaliyotda ko'rishi hamda hayotda tatbiq etilishini jarayonlariga guvoh bo'lgan talaba izlanadi, haqiqiy motivatsiya bo'lib xizmat qiladi va yangi ixtiro qilib korxona daromadini ko'payishiga sabab bo'lgan talaba ish bilan, bilim olishini korxona granti orqali davom ettirganiga guvoh bo'lgan boshqa talabalar albatta kurashga kirishadilar. Bu esa fan ta'lim tizimida, bozor iqtisodiyoti hamda innovatsion rivojlanish taraqqiyotda haqiqiy raqobat muhitining yaratilishiga sabab bo'ladi. Bu natija orqali biz turli xil ta'lim tizimizdagi muammolarga yechim topishimiz mumkin bo'ladi va keyinchalik Maktablarda ixtisoslashgan ta'lim yo'nalishlarini joriy etishimiz mumkin. Bu esa Ta'lim sohasiga kerakli mutaxasislarni yetkazib berishj Talim tizimidagi dasturiy ishlanmalarni ixchamlashtirish, Har bir yoshlarni intelektual salohiyatini shakllantirishdan iborat bo'ladi. O'zbekistondagi barcha maktablarni Ixtisoslashgan yo'nalishlarga o'qitish tizimi ham shakllanishi mumkin, ya'ni

• Pedagogika yo'nalishi

• Jismoniy tarbiya yo'nalishi

• Iqtisodiyot yo'nalishi

• Matematika va Fizika yo'nalishi

• Xorij iy filalogiya yo 'nalishi

• Ona tili va adabiyotshunoslik yo'nalishi

• Axborot texnologiyalar yo'nalishi

• Huquqshunoslik yo'nalishi

Bu tizimning asosiy omili shundan iboratki bu kelajakda yangi g'oyalarni ishlab chiqishda, intelektual bilimlarni oshirishda va aniq bir yo'nalishdagi mukammal shaxsni tarbiyalashdan iborat bo'ladi.

Inson psixologiyasidan olib qaraydigan bo'lsak har bir inson yakka bir kasb egasi bo'lishni yoshligidan xohlaydi, ammo maktab tizimi turli xil yuklamalar(turli xil fanlar)ni o'qitish natijasida bolaga stress, chalg'ish, ayni bir yunalishni tanlay olmaslik natijalarida fanlarni yetarlicha o'zlashtiraolmaslikga olib keladi va kelajakda o'zi yoqtirmagan kasbga ishlashga majbur bo'ladi. Bu tizim esa ularni ajratib olish va kelajakda "O'zbek ta'lim tizimi"ning imiji shakllanishiga turtki bo'ladi. Bularning barchasi fan ta'lim tizimida yangicha andoza shakllanishiga va taraqqiyot uchun ulkan

hissa qo'shadi. Kelajakda "Ixtisoslashgan fan ta'lim tizimi"ning konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif bildiraman.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda yurtimiz yoshlarida ilmga bo'lgan qiziqishni, o'zlikni anglashni, mafkuraviy immunitetni, vatanparvarlikni,milliy g'ururni, fidoyilikni, Vatanga muhabbat ruhini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.Davlatning ijobiy imijini oshirish yosh avlod uchun katta axborot,ta'limiy tarbiyaviy rol o'ynaydi. Shunday ekan biz fan ta'lim sohasida ham "O'zbek imiji"ga ega bo'lishimiz va kelajakda yoshlarga ulkan ishlar uchun yo'llar ochib berishimiz va eng avvalo zamon bilan ham nafasda hayot kechirishini,boshqa tengqurlari bilan bilim,ilmiy-texnikaviy salohiyati bilan bellasha oladigan yoshlar jamiyatini qurishimiz kerak va bularning barchasi yoshlarni ruhlantirishga va kelajakda maqsadlarni katta olishga undaydi degan umiddaman.

REFERENCES

1.Salimov.O, Begimqulov.U, Quronboyev.Q, Bekmurodov.M, Halilov.N "Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari" - Toshkent : "Ta'lim nashriyoti" 2020. 320 bet 2.2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi" PF-4947 07.02.2017 (Elektron manba) https://lex.uz/docs/-3107036 (murojat qilingan vaqt: 15.03.2021) 3.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi (Elektron manba ) 29.12.2020 https://president.uz/uz/lists/view/4057 (murojat qilingan vaqt:15.03.2021)

4.«Fan va ta'lim» ilmiy-metodik, ma'naviy-ma'rifiy elektron jurnali 2020-yil 9-dekabrda № 1388 (Elektron manba) https://fanvatalim.uz/ (murojat qilingan vaqt:15.03.2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.