Научная статья на тему 'ERON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TILINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

ERON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TILINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ommaviy axborot vositalari / IRNA axborot agentligi / matbuot tili / lug’aviy birliklar / medialingvistika / media / Press language / dictionary units / medialinguistics

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Husainova, Gulnoza Shuxratovna

Maqola Eron OAV tilining o’ziga xos xususiyatlariga bagʻishlangan. Unda Eron islom respublikasining eng asosiy bo’g’ini hisoblangan OAVningkelib chiqish tarixi, unga doir qiziqarli ma’lumotlar va albatta OAV tilining o’rganilish xususiyatlarini o’z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES OF THE LANGUAGE OF IRANIAN MEDIA

The article is devoted to the peculiarities of the language of Iranian media. It contains the history of the origins of the media, which is considered the most important part of the Islamic Republic of Iran, interesting information about it and, of course, the features of studying the language of the media.

Текст научной работы на тему «ERON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TILINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

UO'K (UDK, UDK): 811.22.1: 81.2-5-98

ERON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TILINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.14510573

Husainova Gulnoza Shuxratovna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Sharq tillari kafedrasi o'qituvchisi gh usa i n o va u wed. uz

ANNOTATSIYA

Maqola Eron OAV tilining o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan. Unda Eron islom respublikasining eng asosiy bo'g'ini hisoblangan OAVningkelib chiqish tarixi, unga doir qiziqarli ma'lumotlar va albatta OAV tilining o'rganilish xususiyatlarini o 'z ichiga oladi.

Kalit soizlar: ommaviy axborot vositalari, IRNA axborot agentligi, matbuot tili, lug'aviy birliklar, medialingvistika

АННОТАЦИЯ

Статья посвящена особенностям языка иранских СМИ. В нем содержится история зарождения средств массовой информации, считающаяся важнейшей частью Исламской Республики Иран, интересные сведения о ней и, конечно же, особенности изучения языка средств массовой информации.

Ключевые слова: СМИ, язык прессы, словарные единицы, медиалингвистика

ABSTRACT

The article is devoted to the peculiarities of the language of Iranian media. It contains the history of the origins of the media, which is considered the most important part of the Islamic Republic of Iran, interesting information about it and, of course, the features of studying the language of the media.

Key words: media, Press language, dictionary units, medialinguistics

Ommaviy axborot vositalari dunyo miqyosida yangiliklar, xabarlarni saqlash va tezkorlik bilan yetkazib berishni o'z ichiga oladi. Butun dunyo ijtimoiy-siyosiy vaziyatining o'zgarib borishi natijasida matbuot vositalarining ahamiyati oshib borgani sari, uni chuqur o'rganish talabi ham oshmoqda. Ushbu maqolaning maqsadi - ommaviy axborot vositalarida til xususiyatlarining qo'llanilishini ko'rib chiqishdan

iborat Ommaviy axborot vositalarining tili bir qator xususiyatlarga ega bo'lib, matnning aniqligi, ixchamligi va o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlarning barchasi Eron telekanallarining axborot dasturlari tiliga tegishli. Biz ushbu maqolamizda ommaviy axborot vositalarining o'ziga xos xususiyatlarini Eron OAV misolida ko'rib chiqishni oldimizga maqsad qilib qo'ydik. Birinchidan Eronda ommaviy axborot vositalari ham xususiy, ham davlat mulki hisoblanadi. Hozirgi kunda Eronda 180 ta gazeta, 85 ta jurnal, 15000 ta ma'lumot saytlari va ikki million blog mavjud bo'lib, maxsus sud ommaviy axborot vositalarini kuzatishga vakolatli hisoblanadi, hakamlar hay'ati diniy yoki tuhmatga qarshi materiallar yoki milliy manfaatlarga zarar yetkazadigan ma'lumotlarni nashr etishda aybdor deb topgan maqolalar yoki jurnallarning nashr etilishini to'xtatishi yoki litsenziyalarini bekor qilishi mumkin. Eron ommaviy axborot vositalariga Eron hukumati talqinida Islom ta'limotini tanqid qilish ta'qiqlangan. Ko'pchilik Eron gazetalari fors tilida nashr etiladi, ammo ingliz va boshqa tillarda gazetalar ham mavjud. Eng keng tarqalgan davriy nashrlar Tehronda joylashgan. Eron matbuotini shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin, bu guruhga siyosiy kuchlarning butun spektri ham katta konvensiya kiradi. Bular islohotchilar, konservatorlar va pragmatistlar yoki markazchilardir. Eronda besh yuzdan oshiq gazeta va jurnallar nashr etiladi. Asosiy va yirik gazetalari: «Abror» (1985-yildan chop etiladi), «Keyhon» (1942-yildan chop etiladi), «Risolat» (1985-yildan chop etiladi), «Etteloat» (1925-yildan chop etiladi), «Etteloate haftegi» (1941-yildan chop etiladi). "Eron Islom Respublikasi ovozi" milliy radiosi 1971-yil tuzilgan.

Eronning eng yirik media korporatsiyasi Eron Islom Respublikasi teleradioeshittirish kompaniyasi (IRIB) hisoblanadi. Financial Tribune- ingliz tilidagi asosiy (onlayn) iqtisodiy jurnal. Eron Front Page (IFP News) ingliz tilidagi yangiliklar veb - sayti bo'lib, u o'z auditoriyasiga Eron ommaviy axborot vositalari tomonidan fors tilida nashr etilgan Eronning so'nggi yangiliklari va fikrlarining ingliz tilidagi versiyasini taqdim etadi. Eron televideniyesiga 1971-yil asos solingan va mamlakat hududi bir qator xorijiy dasturlarni, shu jumladan BBC Fors televideniyesi, Kol Isroil va Farda radiosining fors tilidagi dasturlarini namoyish etadi. Eronliklarning aksariyati - 80 foizdan ko'prog'i - davlat ommaviy axborot vositalaridan yangiliklar olishadi. Islom Respublikasi axborot agentligi (IRNA) 1934 yilda Eron tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatning rasmiy milliy yangiliklar nashri sifatida tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda (Xabargo'zoriye jo'mhuriye eslomiye Iron) IRNA faoliyati Eronning milliy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan. Agentlik yangiliklar, byulletenlar, tadqiqot ishlari, jamoatchilik fikri so'rovlari va umumiy qiziqish haqidagi hikoyalarni nashr etish orqali mamlakat ichida ma'lumot tarqatishning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, IRNA sa'y-harakatlari

butun dunyo bo'ylab xalqaro yangiliklar filiallarini kengaytirishga qaratilgan. Bunday filiallarning xodimlari o'zlari joylashgan mamlakatlarning radio, televideniye, sun'iy yo'ldosh va Internet tarmoqlarini kuzatish uchun javobgardir. IRNA hozirda yetti kunlik va davriy nashrlarni nashr etadi. Ushbu davriy nashrlar orasida "Eron" gazetasi fors tilida bo'lib, u o'rta sinf eronliklar orasida juda mashhur. IRNAga tegishli bo'lgan matbuot vositalari:

Al-Vefak Eronning Arab tilidagi ikkita kundalik gazetalari;

Iran Daily-mamlakatning uchinchi ingliz gazetasi, ushbu nashrda yangiliklar sayti ham mavjud;;

Iran Varzeshi-mahalliy va xorijiy sport yangiliklarini yoritishga ixtisoslashgan kundalik gazetasi;

Iron Javon-yoshlar orasida misli ko'rilmagan mashhurlikka erishdi;

Iron-e Sool-mamlakatning asosiy voqealari haqida xabar beruvchi gazeta;

Iron Sepid-yaqin Sharqdagi yagona nashr, ko'zi ojiz eronliklar uchun Brayl tilida nashr etiladi;

Iron Azin- dizaynerlikka oid agentlik;

Bundan tashqari, IRNA media tadqiqot maktabini (News College) tashkil etdi, u tahrirlash, jurnalistika, yozish, fotojurnalistika va reportaj kabi turli sohalarda qisqa muddatli kurslar va treninglar o'tkazadi. IRNA yangiliklar mintaqalari quyidagilardan iborat. IRNA faoliyat zonasini to'rtta mintaqaga ajratdi, ularning har birida agentlikning bosh ofisi joylashgan:

Yaqin Sharq va Afrika-asosiy ofis Livanning Beyrut shahrida joylashgan. IRNA filiallari Anqara, Damashq, Abu-Dabi, Ummon va Quvaytda joylashgan.

Yevropa va Amerika-asosiy ofis Londonda joylashgan. IRNA filiallari Bonn, Vena, Parij, Rim, Sarayevo, Afina, Madrid, Nyu-York va Vashingtonda ishlaydi.

Osiyo va Okeaniya-Bosh ofis Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan. IRNA filiallari Tokio, Pekin, Islomobod, Olmaota, Dushanbe va Ashxobodda j oylashgan.

Uy mintaqasi-Bosh ofis Tehronda joylashgan bo'lib, mamlakatning barcha viloyatlarida filiallar ishlaydi.

OAV tili adabiy tilning, xususan uning leksikasining boyishiga hissa qo'shadi. Eronda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-maishiy turmush bilan bog'liq o'zgarishlar dastlab matbuotda aks etadi. Natijada yangi paydo bo'lgan yoki boshqa tillardan kirib kelgan so'zlar matbuot orqali keng iste'molga kiradi. Matbuot lug'aviy birliklar, ayniqsa, atamalarni qo'llashda muhim vazifani o'taydi. Eronda zamonaviy ommaviy axborot vositalari yangi til normalarini shakllantirishning asosiy manbai, jamiyatning til madaniyatining ko'rsatkichi bo'lib qolmoqda. Masalan, Eron televideniyesidagi yangiliklar kun davomida efirga uzatiladi. Qisqacha ma'lumot

deyarli har soatda, batafsil ma'lumot esa to'rt marta uzatiladi kuniga. Batafsil nashrlar uchun forscha zamon yarim qo'shimchasi [gahi] bilan sifatlar bilan maxsus nomlar mavjud. ^aI!^^ jUlI Axbore so'bgohi tonggi xabarlar ertalab soat 8 da, j^lI Axbore nimruzi soat 14 da va kechki xabarlar ^aIÍj^c jUlI Axbore asrgohi soat 20 da hamda tungi xabarlar ^aI!^ jI+lI Axbore shomgohi soat 24 da efirga uzatiladi.

Teleboshlovchining asosiy maqsadi - tomoshabinga kerakli ma'lumotlarni tez va to'g'ri yetkazish, uning e'tiborini jalb qilish va uni muayyan voqeaga qiziqtirishdir. Ba'zi hollarda matnning qisqaligi video material bilan qoplanadi. "Har qanday televizion nutq tomoshabinlarga qaratilgan bo'lib, u fíkrlarning ochiqligini, aniq dalillarni, misollar va dalillarning ravshanligini talab qiladi.

Forscha matn bilan uning o'zbekcha tarjimasi o'rtasida farq bor bo'lib u nomlarni to'g'ri taqdim etish usuli orqali aniqlanadi. Siyosiy va diplomatik matnda O'zbek tilida avval uning ismi va familiyasi so'ng elchining maqomi, (Muhammadali Iskandariy Eron Islom Respublikasining elchisi) beriladi.

Fors tilida esa tarjimada odatda birinchi elchining maqomi, uning ismi va familiyasi beriladi.

Yetarli miqdordagi Yevropa iboralari xalqaro voqealarni aks ettiruvchi dasturlarda taqdim etilgan. Masalan: konferans-konferensiya, seminor- seminar, hezemoni-gegemoniya, azans-agentlik, refrandom-referendum, parleman-parlament, enerziye atomi-atom energiyasi, ravabete estratezik-strategik munosabatlar, zeostratezik-geostrategiya va boshqalar shular jumlasidandir.

Eron ommaviy axborot vositalarining, xususan, yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy dasturlarning stilistik tili ijtimoiy ierarxiya va an'anaviy qo'shimcha tizim bilan belgilanadigan lug'atning stilistik variantlarini taqdim etadi.

"Taarof': hurmatni ifoda etuvchi, neytral va kamsituvchi so'zlardan iborat. Diplomatik munosabatlar sohasida yashirin bayonotlar bilan bog'liq lug'atning turli xil stilistik variantlari mavjud. Bir qator so'zlar va

burilishlar yangiliklar dasturlarida, rasmiy bayonotlar, eslatmalar o'qilayotganda yoki yuqori martabali davlat amaldorlari bilan suhbatlarda eshitilishi mumkin. Ushbu lug'at ko'pincha kelishmovchilikning ma'nosini ifodalaydi, norozilik va yoki rozilik ma'nosini anglatadi.

Olimlar tomonidan aniqlangan ommaviy axborot vositalari tilining turli xil xususiyatlari zamonaviy tilshunoslikning yangi yo'nalishi - medialingvistikaning paydo bo'lishiga yordam beradi, uning doirasida bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining xususiyatlari va uning alohida tarkibiy qismlari: matbuot tili, televideniye, radio, reklama, PR faoliyati, Internet aloqasi.

Xulosa. Eron ommaviy axborot vositalari tilini o'rganar ekanmiz, nutqning standartlashuvini ta'kidlash mumkin va iboralarning ko'pligi, Yevropa tillaridan kirib kelgan so'zlar, jahon tashkilotlarining qisqartirilgan nomlari, juft sinonimlar, shuningdek lug'atning stilistik variantlari turlarini uchratish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Уразаев Ф. Иранская пресса после исламской революции.- Исламская революция: прошлое, настоящее, будущее( тезисы докладов). М. ИВРАН. 1999. Стр.56.

2. Antonova L. V. Media texts in modern mass communication: St. Petersburg State University, 2012. - pp. 74-80. 4. Тешабаева, Д. М. "ментальность языка в медиапространстве." Вестник Московского государственного лингвистического университета. Гуманитарные науки 2 (818) (2019): 192-198.

3. Amin C.A. The Press and Public Diplomacy in Iran, 1820-1940. - Iranian Studies. Vol.48. p.270.

4. Язык и стиль средств массовой информации и пропаганды / [Солганик Г. Я, Кохтев Н. Н, Розенталь Д. Э. и др.]; под ред. Д. Э. Розенталя. - Издательство Московского Университета, 1980 - 256с.

5. Толковый словарь: Язык газеты, радио, телевидения / Г. Я. Солганик. - М.: ООО «Издательство АСТ»: ООО «Издательство Астрель», 2004. - 749с. - ISBN 5-17-012237-3 ISBN 5-271-03613-8.

6. Персидско-русский словарь [около 60000 слов / сост. Ю. А. Рубинчик и др.] - М.: «Русский язык», 1985. - 864с. 4. Рубинчик Ю. А. Грамматика современного персидского языка / Рубинчик Ю. А. - М.: Издательская фирма «Восточная литература» РАН, 2001. - 600с. - ISBN 5-02-018177

7. Khusainova G. Zaynulobiddin mahmud husayni and art of his time //Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. - 2022. - Т. 12. - №. 1. - С. 60-65.

8. Gulnoza H., Odina O. ERON XALQINING QADIMIY BAYRAMLARI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2023. - Т. 3. - №. 6. - С. 22-24.

9. Husainova G. FORS TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O 'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2023. -Т. 3. - №. 12. - С. 538-543.

10. Husainova G. ERON MILLIY MUSIQASIDA DASTGOHLARNING O'RNI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2023. -Т. 3. - №. 5. - С. 746-750.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.