Научная статья на тему 'ERKAK BARSETINI TURI VA SIFAT KO'RSATKICHLARI BO'YICHA BAHOLASH'

ERKAK BARSETINI TURI VA SIFAT KO'RSATKICHLARI BO'YICHA BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
44
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ASSORTIMENT / XOMASHYO / ESTETIKAVIYLIK / TABIIY CHARM / SUNIY CHARM / XROM TUZLARI / EKSTRAKTLAR / KIMYOVIY MODDALAR / RANG

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Ismatullayev N.A., Madalieva Yu.Yu.

Ushbu maqolada erkaklar barsetkasi turlari xozirgi kundagi moda yo’nalishlari va ularning turli xil shakllari, qulayliklari, afzalliklari, charm attorlik buyumlari xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Bunda asosan barsetkalarning turli xil kasb egalariga tegishli ekanligixam nazarda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT OF MEN'S BARSET BY TYPE AND QUALITY INDICATORS

This article provides information about the types of men's briefcases, current fashion trends and their various forms, conveniences, advantages, and leather accessories. It is also assumed that the barsetkas belong to different professions.

Текст научной работы на тему «ERKAK BARSETINI TURI VA SIFAT KO'RSATKICHLARI BO'YICHA BAHOLASH»

Ismatullayev N.A.

asistant

Namangan muxandislik texnologiya instituti

Madalieva Yu. Yu.

Namangan shahar 2-sonli kasb-hunar bilim yurti

O'zbekiston, Namangan

ERKAK BARSETINI TURI VA SIFAT KO'RSATKICHLARI BO'YICHA

BAHOLASH

Annotasiya: Ushbu maqolada erkaklar barsetkasi turlari xozirgi kundagi moda yo'nalishlari va ularning turli xil shakllari, qulayliklari, afzalliklari, charm attorlik buyumlari xaqida ma'lumotlar keltirilgan. Bunda asosan barsetkalarning turli xil kasb egalariga tegishli ekanligixam nazarda tutilgan.

Tayanch so'zlar: Assortiment, xomashyo, estetikaviylik, tabiiy charm, suniy charm, xrom tuzlari, ekstraktlar, kimyoviy moddalar, rang.

Ismatullayev N.A.

assistant

Namangan Institute of Engineering Technology

Madalieva Yu. Yu.

Namangan City Vocational Educational Institution No. 2

Uzbekistan, Namangan

ASSESSMENT OF MEN'S BARSET BY TYPE AND QUALITY

INDICATORS

Abstract: This article provides information about the types of men's briefcases, current fashion trends and their various forms, conveniences, advantages, and leather accessories. It is also assumed that the barsetkas belong to different professions.

Key words: Assortment, raw materials, aesthetics, natural leather, artificial leather, chromium salts, extracts, chemicals, color.

Barsetka va klatch moda yo'nalishi, dunyo moda yo'nalishi ta'sirida bo'lib, bunda shaxsning obro- e'tibori va mavqei muxim o'rin egallaydi. Modani yo'naltiruvchi bu- asosiy vaqt hisoblanib, xx asrning oxirgi uchligi xizmat qiladi. Lekin bu davrning modasi to'laligicha qaytarilmaydi, faqatgina o'sha davr uslubining zamonaviylashgan ma'lum elementlari qo'llaniladi. Barsetka va klatchlarda ham shu jarayon takrorlanadi. Moda olamida komplekt kiyimlarining to'ldiruvchi qismi bu albatta barsetka, klatch, sumka va Barsetkalardir.

Barsetka har bir erkak kishi uchun zarur bo'lgan buyumlardan biri. Unga ayollar kabi sanoqsiz narsalar solmasalar-da, erkaklar uchun baribir uning borligi ma'qul. Xo'sh, bugun qanday barsetkalar urfda va ular qanday tanladi?

Erkaklar barsetkasining o'lchami uning bajaradigan vazifasiga qarab, aniqlashtiriladi. Demak, erkaklar uchun barsetka turlari judaham keng tarqalgan Barsetka avval boshda ayollar uchun aksessuar sifatida ishlab chiqarilgan edi. Biroq vaqt o'tib, bu ixcham matoxning erkaklarga moslashtirilganlari ham paydo bo'ldi. Ayollar va erkaklar klatchi ranglari va vazifalariga ko'ra farqlanadi. Unga eng kerakli buyumlar joylanadi.

Klatch ish uslubidagi barsetkalar uchun mos sanaladi. Siz agar eng so'nggi moda ketidan quvadigan odamlar toifasidan bo'lmasangiz, klatchga talpinmay, barsetka xarid qilsangiz ham bo'laveradi.

An'anaviy barsetka belgacha tushib turadigan uzun tasmali ko'rinishda bo'ladi. U og'ir barsetkalarni ko'tarib yurishga toqati yo'q erkaklar uchun mo'ljallangan. Unga bemalol smartfon, turli kalitlar, pul, tashrif qog'ozlari va hakazolarni joylashtirish mumkin. Bunday barsetkadan nafaqat ish kunlari, balki katta charm Barsetka ko'tarib yurish shart bo'lmagan kunlarda ham foydalanish mumkin.

U casual uslubidagi barsetkalar uchun ayni muddao. Ish uslubidagi barsetkalar "o'tirmaydi". Erkaklar Barsetkai — bu doim o'z kar'yerasi bilan band bo'luvchi ishchan odamlarning asosiy hamrohi. Unga ish haftasida kerak bo'ladigan barcha buyumlarni joylashtirish mumkin. Erkaklar Barsetkaiga kitoblar, noutbuk va boshqa hujjatlarni bemalol sig'dirsa bo'ladi. Hatto sevimli rafiqasi tomonidan tayyorlangan ovqatlarni ham joylash mumkin.

Zamonaviy texnologiyalar ko'magi natijasida bugungi barsetkalar 80-90 yillardagi charm barsetkalardan ancha ixchamlashdi. Hozirda zamonaviy barsetkalar ko'proq teridan tayyorlanmoqda.

Bunday Barsetka ishga mos uslubdagi barsetkalar, hatto jinsiga ham tushaveradi.

POCHTACHI BARSETKASI

Bu barsetka haqida nomi ham so'zlab turibdi. Uning "ajdodlari"da pochtachilar xat-xabar tashishgan

Klassik pochtachi barsetkasi teridan tikiladi. Bu hozirda yigitlar orasida keng tarqalgan barsetkalardan biri sanaladi. Shaharda istiqomat qiluvchilar uni yaxshi ko'rishadi. Katta ochib-yopiladigan qismi, keng-mo'l cho'ntaklari, turli yozuvlarga boy ko'rinishi, yelkaga osib yurish uchun qulayligi ko'pchilikka manzur. Ayniqsa, buning asosiy xaridori talabalar.

Pochtachi barsetkasi ish barsetkaiga mos, bir oz to'ldirilgan casual uslubidagi barsetkaga ham yarashadi.

GAZETA TARQATUVCHI BARSETKASI

Uning pochtachilar barsetkasidan yirikroq o'chlami va turfa xil materiallardan tayyorlanishi bilan farq qiladi. Mazkur buyum yelkan osha osish

uchun mo'ljallangan. U asosan matodan tayyorlanadi va turli bezaklar bilan ham boyitish mumkin

Bunday aksessuarlar erkin uslubda kiyinuvchilar uchun mos, masalan, talabalar, ijod ahli. Unga bir necha gazeta, kitob, bloknot, iPad, sport uchun krossovka, idishda suv va boshqa buyumlarni joylash imkoni bor. Gazetachilar barsetkasi ryukzakning eng asosiy va munosib o'rinbosaridir.

HOLDALL BARSETKASI

Bu tipdagi barsetka bor narsasini o'zi bilan olib yuruvchilar uchun mo'ljallangan. HoldAll barsetkasi "bag'rikenligi" jihatidan harbiy-dengiz flotining Duffle barsetkasiga o'xshab ketadi.

Unga bemalol noutbuk, turli hujjatlar, sport barsetkalari va boshqa zaruriy buyumlarni joylash mumkin. Zamonaviy erkak uchun zarur bo'ladigan ko'p buyumlar uchun undan joy topiladi.

HoldAll barsetkasini tanlashda imkon qadar qora va jigarranglisi tavsiya etiladi. Uning rangi qancha to'q bo'lsa, shuncha yaxshi. Yaltiroq va yorqin ranglilari ayollarnikidek ko'rinadi. Shu bois, unday ranglardan qoching!

U barcha turdagi barsetkalarga mos keladi. Agar u yaxshi charmdan ishlangan bo'lsa, bahosi yanada qimmat bo'ladi. Sayru sayohat va xizmat safarlari uchun bemalol ola ketishingiz mumkin.

Shunday qilib, ta'kidlanganidek, ishingiz talabi, qiziqishlaringiz, iqtisodiy imkoniyatlaringizga qarab, barsetka tanlayverasiz. Eng muhimi, o'zingizga ma'qul bo'lsin va ko'p yillar sizga xizmat qilsin!

Erkaklar barsetkalarining sifat ko>satkichlari bo^yicha baholanishi

№ Guruhli va yakka sifat ko'rsatkichlarining nomi SK belgilanish SK ahamiyatliligi

TM-1 TM-2 TM-3 étalon

Iste'molchi SK K1 78, 98 66 63, 5

ljtimoiy K11 10, 94 11 11, 5

T Fimktsional K21 18, 25 10 11, 5

I Estetik K31 20, 41 16 15

Ergonomik K41 15, 26 16 13

Ekspluatatsion K51 14, 12 13 12, 5

Texnik-iqtisodiy SK K2 21, 02 32 32

тт Standartlash va unifikatsiyalash K12 8, 16 11 11

Konstruktsiyaning texnologikligi K22 8, 71 11 12

Iqtisodiy K32 4, 15 10 9

Jami 100 98 95, 5 100

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Коблякова Е.Б. и др. Основы конструирования одежды. М., 1988 г.

2. Единая методика конструирования СЭВ.

3. Madjidova SH.G., Rasulova M.K. Texnologik jarayonlarni loyihalash: Darslik. T.;TTYeSl, 2011.-177b.

4. Jabborova M.SH. «Tikuvchilik texnologiyasi», Oqituvchi, 1994 yil.

5. Кокеткин П.П., Кочегура Т.Н.и другие. Промышленная технология одежды. Справочник М., Легпромиздат, 1988 г.

6. Третьякова Л.И., Турчинская Б.П. «Методы обработки швейных изделий», К.: Высшая школа, 1988 г.

7.Ismatullaev, N.; Dadamirzaev, B. (2020) Naqsh turlari va uning o'ziga xosligi. Молодой исследователь: вызовы и перспективы. Сборник статей по материалам CXCII международной научно-практической конференции. 2020. Стр676-680. https ://elibrary.ru/item.asp?id=44466714

8.Ergashev, J.; Kayumov, J.; Dadamirzaev, B.;Ergasheva, R. (2020) Study of the Effect of Air Flow on the Release of Bare Seeds from the Working Chamber of the Saw Gin. International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29, No. 04, (2020), pp. 7570 - 7579. https://www.researchgate.net/publication/343008461_Study_of_the_Effect_of_ Air_Flow_on_the_Release_of_Bare_Seeds_from_the_Working_Chamber_of_th e_Saw_Gin

9.Манзура Р.А., Бахромжон Д.Б., Зухра Б.А. Использование практично -декоративных украшений в национальных костюмах. East European Scientific Journal (Warsaw, Poland) 2019 part 6, 13-16. https://eesa-journal. com/ wp-content/uploads/EESA_journal_6_part_0 -1.pdf

10.Parpiev, U.M.; Dadamirzayev, B.B.; Urinova, S. Analysis Of Vibration Effects On Sewing Machines. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research (ISSN-2642-7478) Published:January 31, 2021| Pages:65-69 Doi: https://doi.org/10.37547/tajiir/Volume03Issue01-11

11.Dadamirzayev B.B., Axmadjanov A.O. Bolalar sport uslubidagi kiyimlari uchun gazlama tanlash tadqiqi. ЭКОНОМИКА И СОЦИУМ, 6-2 (97), 2022, 57-60, https://www.elibrary.ru/item.asp?id=49231405

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.