Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
ZAMONAVIY PODIUMGA 80-YILLAR MODASINING QAYTIB KELISHI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-l-189-195
Nishanova Sayyora Djuravayevna
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institute "Libos dizayni" kafedrasi o'qituvchisi ANNOTATSIYA
Maqolada eng jasoratli va ayni paytda engpragmatik o'n yillik sanalmish 80-yillar modasining podiumga qaytib kelishi va so'nggi mavsumlarda uning mashhurligi eng yuqori cho'qqiga yetganligi haqida ayrim mulohazalar yuritilgan. 80-yillarning yoshlarni aqldan ozdiruvchi barcha asosiy tendentsiyalari zamonaviy modada namoyon bo 'lishiga misollar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Moda, tendentsiya, zamonaviy liboslar, libos uslublari, materiallar, obraz, siluet, print, charm.
АННОТАЦИЯ
В данной статье приводятся некоторые размышления о возвращении на подиум моды 80-х годов, считающейся самым смелым и в то же время самым прагматичным десятилетием, и о том, что ее популярность в последние сезоны достигла своего пика. Приведены примеры того, как в современной моде проявляются все основные тенденции 80-х, сводящие с ума молодежь.
Ключевые слова: Мода, тренд, современная одежда, стиль в одежде, материалы, образ, силуэт, принт, кожа.
ABSTRACT
This article provides some reflections on the return to the catwalk of the fashion of the 80s, which is considered the boldest and at the same time the most pragmatic decade, and that its popularity has reached its peak in recent seasons. Examples are given of how all the main trends of the 80s, driving young people crazy, manifest themselves in modern fashion.
Keywords: Fashion, trend, modern clothing, clothing style, materials, image, silhouette, print, leather.
KIRISH
Moda - o'zgaruvchan hodisa. Bu malum bir vaqtda mashhurlik qozongan shakl, rang, uslub bo'lishi mumkin. Bu turdagi o'zgarishlar madaniy va siyosiy omillar ta'siri ostida davom etishi mumkin.
Scientific Journal Impact Factor
O
Moda ommalashgan degan ma'noni beradi. Biror bir libosni yoki dizayn maxsulini insonlar orasida ommalashuvi moda deb yuritiladi. Asrlar davomida rivojlanib, o'zgarib, yangilanib kelgan moda bugungi kunda insonlar hayotiga chambar-chas bog'liqdir. O'tmishda liboslar modasi bir necha asrda ham o'zgarmagan bo'lsa, hozirgi kunga kelib moda har mavsumda o'zgarib, yangilanib kelmoqda. Bu esa modani qanchalik jadal rivojlanayotganini ko'rsatib beradi [1].
Moda XII-XIII asrda paydo bo'lgan bo'lsa-da, hech qanday kontseptsiya yo'q edi. Keyinchalik zargarlik buyumlari paydo bo'ldi, shu bilan birga, tikuvchilik hunarmandchiligi faol rivojlanib, yangi kiyim modellari paydo bo'la boshladi. Moda odamlar bilan o'zgarib bordi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Zamonaviy podiumga 80-yillar modasining qaytib kelishi haqida mavzuni yoritish jarayonida D.R.Tursunpo'latovaning "Kiyimdagi "New look" uslubi, kelib chiqish tarixi va zamonaviy moda yo'nalishida aks etishi tahlili" sarlavhali maqolasidagi tahlil natijalari, U.M.Xodjayevaning "Libos dizayni ta'limida ekologik-innovatsion matolarning ahamiyati va zamonaviy moda-kostyum dizayn sanoatiga tadbiq etishning istiqbollari" nomli maqolasidagi fikrlar shuningdek, F. M. Raxmatilloevnaning "Creativity in Fashion Design" maqolasidagi ma'lumotlar, hamda internet sahifalaridagi ba'zi ma'lumotlar asos bo'lib xizmat qildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
XX asrning eng jasoratli va ayni paytda eng pragmatik o'n yilligi bir necha yil oldin podiumga qaytib keldi va so'nggi mavsumlarda uning mashhurligi eng yuqori cho'qqiga yetdi. 80-yillar yoshlarni aqldan ozdirgan va ularning kayfiyatini ko'rsatgan barcha asosiy tendentsiyalar zamonaviy modaga mos sanalmoqda. 80-yillarda ko'plab ayollar juda yorqin pardoz, hajmdor jingalak soch turmagi, eklektika va mini uzunlik bilan jamoatchilik fikrini e'tiborsiz qoldirishgan edi.
O'n yillik tarixida klassik kostyumlar va smokinglar bilan birgalikda jasur leopard printlari, yorqin toshlar va neon rangli bluzalar muvaffaqiyatli uyg'unlashgan. Ushbu o'n yillikning asosiy modellari - Maykl Jekson, Madonna, Modern Talking, Freddie Mercury, Queen boshchiligidagi o'nlab boshqa ijrochilar muxlislar stadionlarini osongina to'plashgan. Aynan shuning uchun, 80-yillar tendentsiyalari ro'yxatidagi disko va rok tasodifiy emas, mashxurlarga taqlid qilish tufayli hajmdor soch turmaklari, charmdan tayyorlangan liboslar va yorqin pardoz modaga kirishiga sabab bo'ldi.
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1-rasm. Zamonaviy liboslar.
Yves Saint Laurent, Sonia Rykiel, Givency, Versace.
80-yillarda ayollar ishda muvaffaqiyatga erishish uchun erkaklar bilan bir qatorda harakat qila boshladilar. 1979 yilda muvaffaqiyatli etakchining obrazi sifatida: "Iron Lady" - Margaret Tetcher Buyuk Britaniyaning birinchi ayol bosh vaziri mashxur bo'ldi. Ikki yil o'tgach, 1981yilda o'n yillikning yana bir mashxur obrazi -Diana Spenser shahzoda Charlzga turmushga chiqdi va Wales malikasi unvoniga sazovor bo'ldi.
Bunday misollar ayollarni juda ilhomlantirdi va ularni o'z ishlarida muvaffaqiyatga erishishga undadi. Tashqi ko'rinish orqali qiyin ahvol va jiddiy niyatlarni namoyish qilish oson, va buning uchun kariyeristlar o'zlarining uniformalarini yaratdilar - bu keng elka chiziqli klassik kostyumlar edi. Ranglar palitrasida hech qanday cheklovlar yo'q edi, lekin qizlar bosiqroq ranglarni afzal ko'rdilar: to'q qizil, quyuq binafsha, kulrang va qora (amaliylik va ishbilarmon ko'rinish istagi tufayli).
Ikkitalik komplektlar zamonaviy modaning yangi kollektsiyalarida ustunlik qilmoqda: jaket va yubka yoki jaket va shim (bir bortli yoki ikki bortli pidjag bilan). Bunday komplektlar sidirg'a, katakli yoki yo'-yo'l singari keng palitra turlarida Calvin Klein, Marc Jacobs va Jason Wu tomonlaridan ko'rsatildi.
Sanoqli yillar oldin leopard pritli va barcha hayvonot printlari noo'rin edi. Endi esa dizaynerlar deyarli boshdan oyoq leopard printli kiyinishni taklif qilishmoqda. Versace va Cavalli kuz-qish kollektsiyalarida eng radikal o'zgarishlar ko'rsatildi.
Scientific Journal Impact Factor
0
2-rasm. Gareth Pugh 3-rasm. Simonetta Ravizza
"Teskari uchburchak" silueti.
Keng elkali kiyimlar 80-yillar ishbilarmonlarining yangi markerlari sanalib, ular nafaqat jiddiy jaketlar, balki ko'ylaklar va paltolarni ham tashkil etgan. Elka qismning kengligi - bu martaba ustunlarini egallashda zaminning ahamiyati yo'qligini ko'rsatishning yana bir usuli va ish joyida ayol shubhasiz ustun mavqega ega bo'lishi mumkin. Obaz beldagi farqni ta'kidlash uchun keng belbog' bilan to'ldirildi. Ayollar uchun ilhom manbasi qo'shiqchi Grace Jons edi - u ko'pincha Yves Saint Laurentning katta hajmli elkalariga o'rnatilgan smokinglarida paydo bo'lgan.
Zamonaviy podiumda Mark Jacobs elka chizig'ini kengaytirish masalasiga radikal yondashdi: uning katak printli jaketi va kuz-qish kollektsiyasidan hajmli paltolari "teskari uchburchak" siluetini aniq chizib berdi.
Hajmli kurtkalar.
80 - yillarda kaprondan tayyorlangan qalin kurtkalar va uzun qavilgan paltolar deyarli eng sevimli kiyimlar edi. Yorqin ranglarga murojat ustunlik qilgan, moda olamining asosiy rangi - kumush metal rangi bo'lgan.
Sport uslubidagi shishgan kurtkalar XXI asrning modasiga deyarli o'zgarishsiz kirdi: toza va yorqin ranglar, katta o'lchamli bichimlar - bu turdagi demokratik tendentsiya tufayli yangi tendentsiyalarga mos keladigan kiyimda sog'liqni xatarga qo'yishning hojati yo'q (juda mavsumga mos qalinlikdagi kiyimlar).
Romantika.
80 - yillarning eng taniqli ramzlaridan biri Malika Diananing to'y libosi bo'lib, usbu libos ampir uslubidagi yengi va 7,5 metrli ipak taftadan shleyfi, marvarid va krujevo bilan bezatilganligi bilan omma e'tiborini tortdi. Malika to'y liboslari bir
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
necha bor tanqid qilinganiga qaramasdan, uning kiyinish uslubi butun dunyo qarashlarini bog'ladi. Shu sababli ayollar garderobiga yangi romantizmning eng mashxur belgilari kirib keldi - ryush, volan va bantli bluzalar, goroxli ko'ylaklar, parcha va barxatdan tayyorlangan qimmatbaho obrazlar, dekolte va ochiq elka.
Zamonaviy brendlarning eng so'nggi kollektsiyalarida - ko'pincha neoromantika: midi uzunligi yengil liboslaridagi keng yelka chiziqlari, belbog'li va rubashka yoqali libos namunalari, ryush va oborkalar, gorox, gul nashri, barxat va parcha - xullas 80 -yillar dizaynerlarining ko'z o'ngida bo'lgan har bir narsa bizga yana qaytib keldi.
Zamonaviy modada 80-yillarning aksi haqida gapirganda, biz sport uslubidagi kiyimlarning ko'payganligini, ranglarning yorqin kombinatsiyasini va o'sha paytda juda mashxur bo'lgan keng elkali ishbilarmon ayollar qiyofasini misol keltirish mumkin.
4-rasm. Thornton Bregazzi, Marni, Balmain, Prada
Ultra yorqin ranglar ham 80-yilllarga borib taqaladi, ularning mashhurligini sirini aniqlaydigan bo'lsak, bunda Gollivudni ayblash mumkin: 70-yillarning orzular fabrikasi dahshatli realizmidan voz kechib, o'sha paytdagi yoshlarning sevgisiga erishdi. Yoshlar uchun neon ranglari energiya, dinamika va optimizmning ramzi bo'lgan. Ammo yana bir fikrga ko'ra bu ranglar sportga bo'lgan sevgining timsoli bo'lishi ham mumkin. Biroq, bugungi kunda, post-ironiya davrida, har qanday talqin to'g'ri bo'lishi mumkin. Biz faqat haqiqatni ta'kidlaymiz - neon ranglar yana mashhurlikning eng yuqori cho'qqisida [7].
Scientific Journal Impact Factor
0
5-rasm. Simone Rocha, Marni, Versace, Miu Miu (vinildan tayyorlangan liboslar)
30 yil oldingi uslubga xayoliy sayoxat qilib, brendlar u davrning yana bir mashxur kyimlaridan biri xisoblangan vinildan tayyorlangan buyumlarga murojaat qilishmoqda. To'g'ri, ularni faqat 80-yillarga tegishli deyish noto'g'ri. Dizaynerlar 60-larda murakkab materiallar bilan ishlashni boshladilar va futurizm Andre Courreges, Paco Rabanne va Pierre Cardinning sa'y-harakatlari bilan aniq uslub sifatida shakllandi. Andre Courreges vinildan mini yubkalar tikdi (vinildan mini yubkalarning muallifligi hali ham unga tegishli), A-siluetli ko'ylaklar, kostyumlar va hatto "Courréges boots" nomini olgan etiklarni tikdi. Vinil sintetik tarkibli material xisoblanadi.
Sintetik kiyim turlaridan ajratilgan mikroplastikani yuvishda atmosferada va tuproqda to'planadi va sayyoramizni ifloslantiradi. Har yili dunyoda 150 milliard kiyim ishlab chiqariladi, shulardan faqat yarmi sotib olinadi. Haddan tashqari ko'p miqdordagi ishlab chiqarish tufayli sotilmagan tovarlar hajmi oshib boradi, sotilmagan tovarlar yo'q qilinadi yoki chiqindilarga tashlanadi [6].
80-yil modasining qaytib kelishi haqida gapirganda vinil materiali kabi yoqin bo'lmasa ham Leopard naqshlarining mo'l-ko'lligini eslamaslikning iloji yo'q. Paltolarga keladigan bo'lsak, 20 yil davomida hozirgi mavsumda ham hayratlanarli darajada klassik uslubda jiddiyligicha qolmoqda (tinch va osoyishta). Shu bilan birga, Tom Fordning yorqin yashil rangdagi leopard kostyumi va Massimo Jiorgettining ko'k rangli leopard pijamasi etiborni tortmoqda.
Scientific Journal Impact Factor
О
XULOSA
Umuman olganda, ayni paytda 80-yillar modasi podiumga qaytib keldi va so'nggi mavsumlarda uning mashhurligi eng yuqori cho'qqiga yetdi, bu tendentsiya yangi emas, moda - doimo o'zgarib va takrorlanib turadigan jarayon. Biz esa bunga rozi bo'lishimiz yoki o'z fikrimizda qolishimiz kerak.
REFERENSES
1. Tursunpo'Latova, D. R. Q. (2021). KIYIMDAGI" NEW LOOK" USLUBI, KELIB CHIQISH TARIXI VA ZAMONAVIY MODA YO'NALISHIDA AKS ETISHI TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(10), 752-762.
2. Qizi, Y. S. M., & Muratovna, X. U. (2021). LIBOS DIZAYNI TA'LIMIDA EKOLOGIK-INNOVATSION MATOLARNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY MODA-KOSTYUM DIZAYN SANOATIGA TADBIQ ETISHNING ISTIQBOLLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(4), 240-251.
3. Raxmatilloevna, F. M. (2021). Creativity in Fashion Design. Pindus Journal of Culture, Literature, andELT, 7(11), 73-76.
4. Атаханова, Ф. З. (2021). УЗБЕК АНЪАНАВИЙ ЛИБОСИ ВА ЗАМОНАВИЙ МОДАНИНГ УЗАРО ИНТЕГРАЦИЯ ЖАРАЁНИНИ ТА^ЛИЛ ЭТИШДАГИ МЕТОДОЛОГИК МУАММОЛАР. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 4(6).
5. Зарипова, М. А. (2021). ТОЛАЛИ МОДДАЛАРДАН ТАЙЁРЛАНГАН МУЗЕЙ КОЛЛЕКЦИЯЛАРИНИНГ ТАД^ЩОТ ЖАРАЁНЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(Special Issue 2), 34-49.
6. Nargiza A.U. "Effective Options Of The Fashion Recycling In The Concept Of Environmental Sustainability Development". International Journal of Academic Management Science Research (IJAMSR) April - 2021, Pages: 71-73.
7. https: //www. marieclaire.ru/moda/epoha-kontrastov- 8