Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
ERGONIMLARNING SHAKLLANISH TAMOYILLARI VA TURLARI
Siddikov Jaxongir
ADU Fakultetlararo chet tillari (ijtimoiy-gumanitar) kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ergonimlar tashkilot va muassasa nomlari bo 'lib, onomastikaning turli sohalarida chuqur tadqiq etiladi hamda ularning o'raganilishi tarixiy manbalarni boyitadi. Maqolada ergonimlarning shakllanish tamoyillari va turlari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: erginim, muassasa, tashkilot, ergonim turlari, onomastika, ktematonim, savdoga xoslangan ergonimlar, savdoga xoslanmagan ergonimlar.
АННОТАЦИЯ
Эргонимы - это названия организаций и учреждений, которые углубленно изучаются в различных областях ономастики, а их изучение обогащает исторические источники. В статье рассматриваются принципы и виды формирования эргономики.
Ключевые слова: эргонимы, учреждение, организация, виды эргонимов, ономастика, ктематонимы, коммерческие эргонимы, некоммерческие эргонимы.
ABSTRACT
Ergonyms are the names of organizations and institutions that are studied in depth in various areas of onomastics, and their study enriches historical sources. The article discusses the principles and types of ergonomics formation.
Key words: ergonyms, institution, organization, types of ergonyms, onomastics, cthematonyms, commercial ergonyms, non-commercial ergonyms.
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin hayotimiz keskin o'zgardi, tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalar rivojlanish bosqichiga qadam qo'ydi. Natijada ko'plab fermer xo'jaliklari, firmalar, savdo-sotiqqa aloqador do'konlar, xususiy korxonalar paydo bo'la boshladi. Har bir obyekt paydo bo'lar ekan, u o'z nomiga ega bo'lishi kerak. O'tgan asrning 90-yillaridan boshlangan bu yangiliklar hozirda cho'qqisiga chiqdi. O'z navbatida, tilshunoslik ilmiga ko'plab yangi atamalar kirib keldi. E.Begmatov o'z tadqiqotida o'zbek tilida mavjud bo'lgan quyidagi atamalarni sanab o'tadi: antroponimiya, zoonimiya, teonimiya, toponimiya, kosmonimiya,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
fitonimiya, xrononim, politonim, ergonim, faleronim, dignitonim, poreyonim, mifonim, anemonim, stratonim, gemeronim, ideonim. Tadqiqotchi mana shu 19 ta atamaning 15 tasiga izoh berib, ularning aksariyati o'zbek tilshunosligida hali o'z tadqiqotchilarini kutib turganligini qayd qiladi [1]. Shularning orasida ergonimlar ham bor.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shu narsani ham ta'kidlab o'tish lozimki, hayotimizda ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlar negizida shakllanayotgan mazkur obyektlar o'zining munosib nomiga ega bo'lishi kerak. Bu masalada xalqning madaniy saviyasi, didi, farosati, umuman, Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta'lim texnologiyalari 67 millat mentaliteti katta rol o'ynaydi. G'arb davlatlarida, jumladan Rossiyada ham ergonimik atamalar mohiyat jihatidan e'tiborga loyiqdir. Odatda ergonimlar savdo-sotiqqa aloqador va aloqador bo'lmagan nomlar o'rtasidagi oraliq holatni ishg'ol qiladi. Uni biror tashkilotga qo'yish lozim degan yuridik qonun ham yo'q. Agarda asosiy atamalarni ko'rib chiqqanda va savdo-sotiqqa aloqador va aloqador bo'lmagan xarakterdagi nomlarni hisobga olganda uning tizimi quyidagicha bo'ladi.
"Ktematonim" atamasi urbanonimlar, savdo-sotiqqa aloqador nomlar va ergonimlar uchun umumiy yoki qarindosh atama hisoblanadi. Urbanonim savdo-sotiqqa aloqador bo'lishi ham, bo'lmasligi ham mumkin. Shu sababli ular savdo-sotiq nominatsiyasiga aloqador bo'lsa ham, to'la ravishda mazkur yo'nalishdan joy ola olmaydi. Urbanonimlarga oykodonimlar (istagan bir bino nomi) ham aloqadordir. To'la ravishda ergonimlarni quyidagicha guruhlash mumkin:
Savdo-sotiq nominatsiyasiga emporonimlar (savdo tashkilotlari nomi),
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
reklamaviy nomlar va firmonimlar ham kiradi.
Ergonimlar esa urbanonim va savdo-sotiq nominatsiyalari oralig'idan joy oladi. Ular muassasa nomlarini ham o'z ichiga qamrab olishi mumkin. Bu jihatdan urbanonim va oykodonimlarga yaqinlashadi. Shu bilan birga ergonimlar to'garak, jamiyat nomlarini ham aglatishi mumkin.
Yuqorida ta'kidlab o'tilgan xususiyatlardan kelib chiqib, ergonimlarni unga yaqin bo'lgan atamalardan farqini quyidagicha belgilash mumkin: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya.
1. Ergonimlar savdo-sotiqqa xoslangan va xoslanmagan barcha muassasalarga nom sifatida tanlanishi mumkin.
2. Ergonimlar - kishilardan iborat barcha korxona birlashmalarining xususiy nomi sifatida tanlanishi mumkin. Bu korxonalar yuridik huquqqa ega bo'lishi shart emas.
3. Ergonimlar muayyan tashkilotlar (teatr, mehmonxona, magazin, kafe) nomi sifatida, shuningdek, turli to'garaklar, jamiyatlarga ham nom sifatida qo'yilishi mumkin.
4. Ergonimlar istalgan bir lingvistik atama kabi semiologik tizim birligi hisoblanadi.
Ergonim xususiy nom sifatida faoliyat ko'rsatganligi sababli predmetlarni nomlash va ularni bir-biridan farqlashga xizmat qiladi. Ular istagan bir so'z turkumidan hosil bo'lishi mumkin (sifat, fe'l, olmosh, ravish) Ushbu so'z turkumlari substantivatsiya natijasida ot turkumiga aylanadi. Ergonimlar bir so'zdan tortib, butun bir gap tarzida shakllanishi mumkin. O'z navbatida, bu hodisa o'zgaruvchan va kam yashovchandir. Shuningdek, ular, asosan, ramziy nomlash xususiyatiga ham ega. Ularning o'zgaruvchanligiga asosiy sabab obyekt nomlarining kengayishi, xizmat ko'rsatish usulining yangilanishi va bozordagi raqobatning kuchayishidir. Ushbu omillar obyekt nomlarining yangilanishiga, takomillashishiga, ba'zan esa kasodga uchrashiga olib keladi.
Ergonimlarning yasalishi turli tuzilmalar orqali amalga oshadi. Morfemizm doirasida turli qo'shimchalar yordamida shakllanadi: "Chorvachilik", "Kommunalchi", "Aloqachi", "Bog'bon", "Paxtakor" kabi.
Bir tomondan olib qaraganda ergonimlarning turli toifalari hayotimizdagi yangiliklarni ifodalash orqali leksik boyligimizning oshishiga ham o'ziga xos hissa qo'shayotir. Ikkinchi tomondan ushbu holat keng ommaga tushunarli emas. Ularning
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
katta qismi oddiy kishilarga tanish emas, balki mavhum tushuncha sifatida qabul qilinadi. Ularni izohlash, tadqiq qilish tilshunoslikning birinchi galdagi vazifasidir.
REFERENCES
1. Begmatov E. Toponimlar imlosi muammolari. // O'zbek tili va adabiyoti, №3, 1996. - B. 26-30
2. Норкулова М. Арабча узлашма исмлар семантикасига доир. // Узбек тили ва адабиёти, №4, 1997; Отажонова А.
3. Мухаммедов С. Узбек тили лексикаси ривожланишининг айрим семиотик хусусиятлари. // Узбек тили ва адабиёти, №, 1988. - Б.43-49;
4. Saloydinov, S. Q. O. G. L. (2021). PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISHNING TEXNIK-IQTISODIY MEXANIZMINI YARATISH. Academic research in educational sciences, 2(9),
5. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries.". Экономика и социум, 9(88), 147-149.
6. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. Экономика и социум", 12(91), 470-472.
7. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.
8. Салойдинов, С. К. У. (2022). С ПАРОВОЙ ТУРБИНОЙ 471 МВт НА ТАЛИМАРДЖАНСКОЙ ТЭЦ РАСЧЕТ ЭЛЕКТРИЧЕСКИХ РЕЖИМОВ ПРИ МАКСИМАЛЬНОЙ ЗИМНЕЙ НАГРУЗКЕ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), (Special issue), 116-121.
9. Сaлoйдинoв, С. К. Y. (2022). ИННОВАЦИОННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПOЛYЧЕНИЯ БИОГАЗА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 280-285.
886-889.