Научная статья на тему 'ENERGETIKADA ZAMONAVIY AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLAR'

ENERGETIKADA ZAMONAVIY AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Magnitli ishga tushirgich / Eruvchan saqlagichlar / Avtomatik uzgichlar / Datchiklar. / Magnetic starter / fuses / circuit breakers / sensors.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Baratov L.S., Majidov X.O

Zamonaviy avtomatika qurilmalari odam ishtirokisiz nazorat va himoya qilishni, avtomatik boshqarishni hamda rostlashni amalgam oshiradi. Avtomatik qurilmalar quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: datchiklar, kuchaytirgichlar, relelar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN AUTOMATED SYSTEMS IN ENERGY

Modern automation devices implement monitoring and protection, automatic control and adjustment without human intervention. Automatic devices consist of the following main elements: sensors, amplifiers, relays.

Текст научной работы на тему «ENERGETIKADA ZAMONAVIY AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLAR»

Baratov L.S.

Majidov X. O. assistenti Jizzax Politexnika instituti

ENERGETIKADA ZAMONAVIY AVTOMATLASHTIRILGAN

TIZIMLAR

Annotatsiya. Zamonaviy avtomatika qurilmalari odam ishtirokisiz nazorat va himoya qilishni, avtomatik boshqarishni hamda rostlashni amalgam oshiradi. Avtomatik qurilmalar quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: datchiklar, kuchaytirgichlar, relelar.

Kalit so 'zlar. Magnitli ishga tushirgich, Eruvchan saqlagichlar, Avtomatik uzgichlar, Datchiklar.

Baratov L.S.

Majidov H.O. assistant

Jizzakh Polytechnic Institute MODERN AUTOMATED SYSTEMS IN ENERGY

Abstract. Modern automation devices implement monitoring and protection, automatic control and adjustment without human intervention. Automatic devices consist of the following main elements: sensors, amplifiers, relays.

Key words. Magnetic starter, fuses, circuit breakers, sensors.

Avtomatika-fan va texnikani texnologik jarayonlarni inson ishtirokisiz boshqarish asosoari va nazariyasini oz ichiga olgan sohasidir. Avtomatlashtirish natijasida aqliy va jismoniy mehnat orasidagi farq bartaraf qilindi, mehnat unumdorligi ortgan holda mahsulot tan narhi kamayadi.. Avtomatlashtirilgan elektr yuritma deb boshqarish apparatlari bilan avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to'htatiladigan yoki malum tezlikni o'zgartirmay saqlab turadigan yuritmaga aytiladi. Texnologik talablarga ko'ra tezligi majburiy ravishda o'zgartoroladigan yuritma rostlanadigan elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanadigan elektr yuritmalarda va yuqoridagi asosiy qismlar (elektrodvigatellar, uzatmalar, boshqarish vositalari) dan tashqari datchiklar ham bolishi mumkin.

Elektr yuritmani avtomatik boshqarish va himoyalash vositalari. Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgichlar elektromagnit apparatlari hisoblanib, ular elektrodvigatellarni avtomatik bohqarish uchun ishlatiladi. Ular

'^KOHOMHKa h соцнумм №6(121)-1 2024

www.iupr.ru

130

elektrodvigatellarni kuchlanish yo'qolganda, 50...60%o gacha pasayganda avtomatik ravishda tarmoqdan uzib qoyadi.

Magnitli ishga tushirgichlar - maxsus konstruksiyali kontaktorlar hisoblanadi. Magnitli ishga tushirgichlar noverersiv va reversiv boladi. Reversiv magnitli ishga tushirgichlar yordamida elektrodvogatellar ishga tushirilibgina qolmay balki eskari tomonga ham aylantiriladi.

Eruvchan saqlagichlar elektr qurilmalari va elektrodvigatellarni qisqa tutashuv tokidan hamda ortiqcha yuklanishdan saqlaydi. Saqlagichlarni uzuvchi qismi bolib uni eruvchan qo'ymasa (mis, qo'rg'oshin) hisoblanadi. Qisqa tutashuv yoki ortiqcha yuklama sodir bo'lganda eruvchan quyma erib ketadi, natijada tarmoq uziladi. Saqlagichlarni sxemalaridagi shartli belgisi:

Issiqlik relelari elektro qurilmalarni davomli ortiqcha yuklanishdan saqlaydi.

Issiqlik relesi umumiy ko'rinishda zanjirga ketma-ket ulangan qizitgich hamda bimetall plastinka (invar-latun) va kontaklardan iborat. Ortiqcha yuklama sodir bolganda qizitgichdan ortiqcha tok o'tib undan chiqqan issiqlik bimetall plastinkani egilishiga sabab boladi va u richaglar yordamida kontaklarni uzib qo'yadi. Kontaklar dastlabki holiga "qaytarish" tugmasini bosish orqali yoki bimetall plastinkani sovigandan so'ng oz ozidan qaytish mexanizmi yordamida avtomatik ravishda qaytadi. Hozirgi paytda elektro dvigatellar cholg'amlarni ortiqcha qizishdan himoyalsh zamonaviy qurilmadir: UVTZ-1, UVTZ-4B kabi yarimoztkazgichli qurilmalar yordamida bajarilmoqda. Elektrodvigatelni magnitli ishga tushirgich orqali tarmoqqa ulanish sxemasi: PR-saqlagich; R-ulagich; RT1, RT2 issiqlik relelari; TYX, YURG to'htatish va yurg'azish tugmalari; K-g'altak va uni kontaktlari; VK-blok kontakti.

Avtomatik uzgichlar (AP50, AK63, A1000, AE2000) elektr qurilmalariqol bilan ulan ungani hamda ortiqcha yuklama va qisqa tutashuv sodir bolganda avtomatik ravishda uzib qo'yish uchun ishlatiladi. Avtomatik uzatgichdagi issiqlik ajratgichlari elektr qurilmalarini ortiqcha yuklamada ishlashdan saqlaydi, elektromagnit ajratgich esa qisqa tutashuv tokidan saqlaydi. Issiqlik ajratgichlari sozlanadi. Aralash ajratgichni sxemasi: 1-kontakt; 2-kalit; 3-cho'lg'am; 4-yakor; 5-bimetall plastinka; 6-qiziqticg; 7-prujina. Zanjirda qisqa tutashuv sodir bolganda yakor 4 cholg'amga tortilib richag tasirida kalitni ochib kontaktni uzib qo'yadi. Ortiqcha yujlama sodir bo'lganda esa bimetall plastinka egilib richag orqali kontaktni uzib qo'yadi.

Datchiklarni vazifasi fízik kattaliklarni o'lchanishi, masofaga uzatilishi, hamda boshqarilishi, nazorat qilinishi oson bolgan kattaliklarga aylantirish uchun hizmat qiladi. Avtomatik qurilmalarda bunday kattaliklar asosan elektr kattaliklar (tok, kuchlanish, EYUK, zaryad)ga aylantiriladi. Datchiklar ikki turga bolinadi: parametrik va generatorli. Parametrli datchiklarda fízik miqdorlarni o'zgarishi elektr miqdorlarini o'zgarishi olib keladi. Generatorli datchiklarda esa fízik miqdorlarni o'zgarishi elektr zanjirda EYUK hosil bolishiga sabab boladi. Masalan haroratni kuchaytirilishi termoEDS hosil boladi. Parametrik

мЭкономнка h соцнумм №6(121)-1 2024

www.iupr.ru

131

datchiklarni ishlashini ko'rib chiqamiz. Generatorli datchiklarda termopara va o'zgarmas tok mikromashinalari kiradi. Mashina tezligini o'zgarishi induksiyalanadigan EYUK miqdorini o'zgarishiga olib keradi.

Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani boshqarishda ko' rsatib o'tilganlardan tashqari kuchaytirgichlar, stabilizatorlar, relelar ham qo'llanishlari mumkin.

Kuchaytirgichlarni vazifasi datchikka kelayotgan kuchsiz signallarini kuchaytirib ijrochi qurilmaga uzatishdir. Kuchaytirgichlar lampali, yarimo'tkazgichli, magnitli, elektr mashinali turlarga bo'linadi. Kuchaytirgichlarni asosiy parametrlari uni kuchaytirish koeffisientidir.

Фойдаланилган адабиётлар руй^ати:

1. Суюн Л. и др. РЕАКТИВ КУВВАТ МАНБАЛАРИНИ НАЗОРАТ ВА БОШКАРУВИ УЗГАРТГИЧЛАРИНИНГ ТУРЛАРИ ВА УЗГАРТИРИШ ТАМОЙИЛЛАРИ ТАДЛИЛИ //INTERNATIONAL CONFERENCE DEDICATED TO THE ROLE AND IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATION IN THE 21ST CENTURY. - 2022. - Т. 1. - №. 4. - С. 202-207

2. Baratov L., Majidov X. ELEKTROMAGNIT O 'ZGARTGICH PARAMETRLARI //Talqin va tadqiqotlar. - 2023. - Т. 1. - №. 21.

3. Qurbanov A., Baratov L., Jalilov O. QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISHDA QUYOSH FOTOELEKTR O'ZGARTGICHLARINING AXAMIYATI //Interpretation and researches. - 2023. - Т. 1. - №. 6.

4. Qurbanov A., Baratov L., Jalilov O. SANOAT KORXONALARINING SAMARADORLIK KO'RSATKICHINI OSHIRISH MAQSADIDA ELEKTR YUKLAMALARI KARTOGRAMMASINI QURISH VA BPP NING O 'RNATILISH JOYINI ANIQLASH //Interpretation and researches. - 2023. - Т. 1. - №. 6.

5. Baratov L., Xoldorov B., Majidov X. CURRENT ISSUES OF ENERGY //Interpretation and researches. - 2023. - Т. 1. - №. 7.

6. Absalamovich N. B., Laziz B. The Concept of a Pumped Storage Power Plant //International Journal of Scientific Trends. - 2023. - Т. 2. - №. 5. - С. 1-6.

7. Наримонов Б. А., Баратов Л. С. ПЕРСПЕКТИВНОЕ РАЗВИТИЕ ВЕТРОЭНЕРГЕТИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2023. - Т. 15. - С. 7-10.

8. Baratov L., Parmonov S. WIND TURBINES AND ITS APPLICATIONS //Talqin va tadqiqotlar. - 2024. - Т. 2. - №. 1 (38).

9. Баратов Л. ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ПАРАМЕТРЛАРИНИНГ ЭЛЕКТРОМАГНИТ УЗГАРТГИЧЛАРИ //Interpretation and researches. -2024. - Т. 2. - №. 1 (23).

"Экономика и социум" №6(121)-1 2024

www.iupr.ru

132

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.