Научная статья на тему 'ASINXIRON DVIGATELLI BOSHQARISH TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH'

ASINXIRON DVIGATELLI BOSHQARISH TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
374
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AVTOMATLASHTIRIASH / DVIGATELN / ELEKTR YURITMA / QUVVAT KOEFFISIYENTI / MIKROPROTSESSOR / ELEKTR ENERGIYA

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Fazliddinov Saloxiddin Baxriddin O’g’li

Maqolada sanoat korxonalarida qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron boshqarish va o’tayuklanishdan ximoyalash tizimni modernizatsiyalash to’g’risida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASINKHIRON ENGINE CONTROL SYSTEM MODERNIZATION

The article describes the modernization of the system of short-circuited rotor asynchronous control and overload protection in industrial enterprises

Текст научной работы на тему «ASINXIRON DVIGATELLI BOSHQARISH TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH»

Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan, O'zbekiston

E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Maqolada sanoat korxonalarida qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron boshqarish va o'tayuklanishdan ximoyalash tizimni modernizatsiyalash to'g'risida bayon etilgan

Kalit so'zlar: avtomatlashtiriash, dvigateln, elektr yuritma, quvvat koeffisiyenti, mikroprotsessor, elektr energiya.

ASINKHIRON ENGINE CONTROL SYSTEM MODERNIZATION

Fazliddinov Saloxiddin Bakhriddin oglu, Namangan Engineering and Construction Institute,

Namangan, Uzbekistan

E-mail: [email protected]

Abstract. The article describes the modernization of the system of short-circuited rotor asynchronous control and overload protection in industrial enterprises

Key words: automation, motor, electric drive, power factor, microprocessor, electric power.

Xozirgi paytda ishlab chiqarish korxonalariga yangi texnika va texnologiyalar keltirilmoqda, korxonalar yangi mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirilmoqda va ko'plab kichik korxonalar barpo etilmoqda. Bu korxonalarni elektr ta'minot tizimi va montaji ham yangi talablarga javob berishi lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori texnikiqtisodli energetik tizimni shu jumladan yangi talablarga javob beradigan elektr tarmoqlarini ishlab chiqish va barpo etish davr talabidir.

Hozirda ishlab turgan aksariyat korxonalarning elektr ta'minoti tizimi yuqori samara bilan ishlamaydi, ularda elektr energiya yuqotishlar belgilangan me'yordan yuqori va tez-tez avariya xolatlari sodir bo'ladi. Bunga asosiy sabab korxona elektr ta'minot tizimi va elekrt jixozlarini eskirganligi, montajini talabga javob bermasligi,

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

korxonalarning ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarini yuqori suratlar bilan o'zgarishidir. Hozirgi zamon elektr energetikasi soxasining asosiy vazifalaridan biri yuqori samara bilan ishlaydigan va energiya tejamkor elektr ta'minoti tizimini shakllantirishdir [1]. Ishlab chiqarish korxonalarida elektr yuritmani boshqarish, ya'ni avtomatik ravishda ishga tushirish, berilgan tezlikni o'zgartirmay saqlash, reverslash va tormozlab to'xtatish kabi vazifalarni elektromexanik qurilmalar bajaradi. Bunday qurilmalarga magnitli ishga tushirgichlar kirib u quyidagi ishlar uchun mo'ljallangan:

1. Dvigatellarni ishga tushirish, reverslash, tezligini rostlash, tormozlash va tarmoqdan uzish uchun;

2. Elektr energiya iste'molchilarini va elektr tarmoqlarni o'ta yuklanish, qisqa tutashuv shikastlanishlaridan himoya qilish uchun;

3. Elektr yuritma va mexanizm ayrim elementlarini blokirovka qilish uchun.

Rasm-1. Qisqa tutashtirilgan rotorli AD ni boshqarish sxemasi

Asinxron harakatlantirgicklarni boshqarish. Sanoat korxonalarida qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelni boshqarish sxemasi 1-rasmda ko'rsatilgan. Asinxron dvigatelni ishga tushirish uchun uzgich (U) ulanib ishga tushirish

knopkasi (IT) bosiladi. Bunda liniya kontaktori (K) ishga tushib u bosh zanjirdagi kontaktlarini (K) tutashtiradi va asinxron dvigatel elektr tarmog'iga ulanib harakatga keladi. [8] Asinxron dvigatelni elektrodinamik usulda tormozlash uchun to'xtatish knopkasi (T) bosiladi. Bunda boshqarish zanjiridagi kontaktor (K) elektr tarmoqdan uziladi, natijada, uni bosh zanjirdagi kontaktlar dvigatelni elektr tarmoqdan

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

ajratadi. To'xtatish knopkasi (T) bosilganda uni blok kontakti (T1) tormozlash kontaktorini (KT) tarmoqqa ulaydi, uni kontaktlari stator chulg'amini o'zgarmas tok manbasiga ulab, dvigatelni elektrodinamik rejimga o'tkazadi. Bunda tormozlash kontaktori yakoriga o'rnatilgan mayatnikli vaqt relesi ishga tushib mahlum (o'rnatilgan to'xtatish vaqti) kutish vaqtidan so'ng uni KT kontakti tormozlash kontaktorini elektr tarmog'idan ajratadi. Sxemaga dvigatelni qisqa tutashuv, o'ta yuklanish va qizishdan himoya apparatlari kiritilgan.

Rasm-2. Qisqa tutashtirilgan rotorli AD ni boshqaruvchini mikroprotsessorli sxemasi

Ma'lumki, mavjud releli ximoya qurilmalarini takomillashtirish va yangilarini yaratish energetik qurilmalardan samarali foydalanish omillaridan biridir. Elektronika va axborotlar texnologiyasi tez rivojlanayotgan hozirgi davrda energetik tizim va qurilmalarni avariyadan ximoyalash va avtomatik boshqarishda ko'p funktsiyali mikroprotsessorli qurilmalarni tadbiq etish davr talabidir [6].

Hozirda bir qator rivojlangan mamlakatlarda, shu jumladan Germaniyani «Siemens», Rossiyani «Signal» korxonalaridan energetik qurilmalarni avariyadan ximoyalovchi mikroprotsessorli qurilmalarni yaratish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. SHular jumlasidan Sanoat korxonalarda asinxron dvigatellarni turli shikastlanish va avariya xolatlaridan ximoyalovchi mikroprotsessorli qurilmalar (2-rasm) ishlab chiqarildi va amaliyotga tadbiq etilmoqda [8].

Qurilma o'lchov transformatori, analog-raqamli o'zgartkich va mikroprotsessor, bosh mikroprotsessor, doimiy va tezkor xotira qurilmalari, boshqaruv paneli hamda

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

energiya tahminoti bo'lgichi va elektromagnit relelar va uni komplektlaridan iborat [10].

Qurilma quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

- Fazalararo qisqa tutashuvdan dasturli uch pog'onali tokli ximoya;

- Bir fazali yer bilan qisqa tutashuvdan dasturli ximoya;

- Faza yo'qolishidan tokli ximoya;

- Oxirgi 10 ta avariya xolatlari to'g'risida axborotni yozib boradi va xotirada saqlaydi.

Qurilma quyidagi texnik imkoniyatlarga ega:

- Qisqa tutashuv yuz bergan joyini aniqlash;

- Energiya manbasida kuchlanish yo'qolganda mahlum vaqt davomida (t з 0,5 sekund) qurilmani ishchi xolatini tahminlash;

- Ximoya parametrlarini masofadan boshqarish va qurilmani ishlash to'g'risidagi axborotni EXM ga uzatish mumkinligi;

- Qurilmani keng harorat oralig'ida ishlash mumkinligi (-200S dan 500S gacha): Qurilmani ishonchli ishlashi, uni ximoyalanayotgan obhektni avariya xolati to'g'risidagi olingan signalni doimiy ravishda testlash, yahni tekshirib ko'rish bilan tahminlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Imomnazarov A.T. Sanoat korxonalari va fuqarolik binolarning elektr jixozlari. - Tolshkent, "ILM ZIYO". - 2006 y.

2. Соколовский. Г.Г. Электроприводы переменного тока с частотным регулированием. Москва: ACADEMIA, 2006, Высшее профессиональное образование.

3. Перспективные направления автоматизированного управления процесса производства, передачи и потребления электроэнергии / А.А. Даминов, Т.У. Атмирзаев, Н.М. Махмудов, Ф.Ф. Шарипов // Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2017. - № 2-3. - С. 59-62.

4. Даминов А.А. Автоматическое регулирование источников реактивной мощности / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов, Б.Б. Мамадалиев // Science Time. -2019. - № 4(64). - С. 68-71.

5. Даминов А.А. Функциональные возможности и преимущества микропроцессорной системы воздушных линий / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов // Science Time. - 2016. - № 3(27). - С. 159-161.

6. Даминов А.А. Применение бесконтактных аппаратов и логических элементов в схемах управления электроприводами / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов, Ф.Ф. Шарипов // Science Time. - 2016. - № 11(35). - С. 143-147.

7. Дьяков А.Ф., Овчаренко Н.И. Микропроцессорная релейная защита и автоматика электроэнергетических систем: учебное пособие. - М., МЭИ, 2000.

»

52

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

8. Даминов А.А. Автоматичечкое управление гидрогенератров и турбогенератров электростанции / А.А. Даминов // Инновационные подходы в современной науке: сборник статей по материалам LXXXII международной научно-практической конференции, Москва, 20 ноября 2020 года. - Москва: Общество с ограниченной ответственностью "Интернаука", 2020. - С. 32-37.

9. Daminov A.A. Transformatorlami kuchlanishini avtomatik rostlash / A.A. Daminov // Science Time. - 2021. - № 5(89). - P. 61-64.

»

53

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.