Научная статья на тему 'PROKATLASH JARAYONIDAGI TERMAL QATTIQLASHTIRISHNING AVTOMATIK BOSHQARUV NAZORATI'

PROKATLASH JARAYONIDAGI TERMAL QATTIQLASHTIRISHNING AVTOMATIK BOSHQARUV NAZORATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

46
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
prokatlash / asinxron elektr dvigateli / kontroller / datchiklar va chastota o‟zgartgich / rolling / asynchronous electric motor / controller / sensors and frequency variable.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ibrohimxon Saydijamol O’g’li Jalolov

Ushbu maqolada Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning avtomatik boshqaruv nazorati modulini shakllantirish bo‟yicha nazariy va laboratoriyadan olingan ma‟lumotlar yetarli asoslari keltirilgan. Metal mahsulotlarni (almatura, ugolny, shiveller, lerst va shunga o‟xshash metallar) Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning avtomatik boshqaruv nazorati prakatlanayokgan metalning to‟liq uzunligi bo‟yicha qattiqlik va zichlik sifatini, markasi aniq qiymatda ushlab turish va boshqarish, eng asosiysi yaroqsiz (brak) mahsulotlarni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikga erishib energiyani iqtisod qilishga ham erishiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides a sufficient basis of theoretical and laboratory data on the formation of a module of automatic control control of thermal hardening in the Rolling process. Automatic control control of thermal hardening in the process of rolling Metal products (almatura, ugolny and similar metals) prakatlanay, maintaining and controlling the hardness and density quality, brand accurate value over the full length of the metal, the main thing is to reduce unsuitable (brak) products and achieve economic efficiency, and energy economy has also been achieved.

Текст научной работы на тему «PROKATLASH JARAYONIDAGI TERMAL QATTIQLASHTIRISHNING AVTOMATIK BOSHQARUV NAZORATI»

PROKATLASH JARAYONIDAGI TERMAL QATTIQLASHTIRISHNING AVTOMATIK BOSHQARUV NAZORATI

Ibrohimxon Saydijamol o'g'li Jalolov

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali assistanti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning avtomatik boshqaruv nazorati modulini shakllantirish bo'yicha nazariy va laboratoriyadan olingan ma'lumotlar yetarli asoslari keltirilgan. Metal mahsulotlarni (almatura, ugolny, shiveller, lerst va shunga o'xshash metallar) Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning avtomatik boshqaruv nazorati prakatlanayokgan metalning to'liq uzunligi bo'yicha qattiqlik va zichlik sifatini, markasi aniq qiymatda ushlab turish va boshqarish, eng asosiysi yaroqsiz (brak) mahsulotlarni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikga erishib energiyani iqtisod qilishga ham erishiladi.

Kalit so'zlar: prokatlash, asinxron elektr dvigateli, kontroller, datchiklar va chastota o'zgartgich.

ABSTRACT

This article provides a sufficient basis of theoretical and laboratory data on the formation of a module of automatic control control of thermal hardening in the Rolling process. Automatic control control of thermal hardening in the process of rolling Metal products (almatura, ugolny and similar metals) prakatlanay, maintaining and controlling the hardness and density quality, brand accurate value over the full length of the metal, the main thing is to reduce unsuitable (brak) products and achieve economic efficiency, and energy economy has also been achieved.

Keywords: rolling, asynchronous electric motor, controller, sensors and frequency variable.

KIRISH

Ishlab chiqarish jarayonida, turli xil zavod, fabrikalarda va Energetika tizimida energiya sifati va uning iqtisodiy sarfi bo'yicha keltirilgan ma'lumotlarga tayangan holda barcha sohalarda kundan kunga yangi loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda, ular orasida energiya resurslaridan tejamkorona foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlariga energiya tejamkor uskunalarni tadbiq etish loyihalari katta ahamiyat kasb etgani holda, mamlakat

January, 2023

116

iqtisodiyotini rivojlantirishda hamda ishlab chiqarish sifatini oshirib, yangi bosqichga olib chiqishda katta ahamiyat kasb etadi. Energiya tejamkor uskunalardan foydalanish energiyani tejash bilan bir qatorda ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirib uning tannarxining arzon bo'lishiga ham asos bo'lib hizmat qiladi. Energiya tejamkor uskunalarni tadbiq etish loyihasini eng katta ishlab chiqarish tarmog'i hisoblangan sanoat korxonalariga tadbiq etish hamda u yerda qo'llaniladigan katta quvvatli uskuna va mexanizmlarni energiya tejamkor elektr qurilmalari bilan jihozlash juda katta iqtisodiy samaradorlikka erishishga hizmat qiladi. Jumladan hozirgi kunda juda jadallik bilan kengayib borayotgan metallarni prokatlash sanoatining elektr yuritmalarini energiya tejamkor qurilmalar bilan almashtirish va avtomatlashtirish orqali katta miqdordagi energiya tejamkorligiga hamda ishlash samaradorligini va sifatini sezilarli oshirishga erishish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish borasida hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlarning qay darajada muhim iqtisodiy asosga ega ekanligini ushbu sohaga doir chiqarilgan prezident farmonlari orqali ham bilish mumkin. Jumladan O'zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2020-yildagi 19-iyunda imzolangan "Energiyadan oqilona foydalanish to'g'risida"gi O'RQ-628 sonli qarori bunga yaqqol misol bo'la oladi. [1]

Hozirda metalurgiya sanoatida, ishlab chiqarish korxonalarida qo'llaniladigan Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning ko'p qismi elektromexanik tizimda ishlaydi, bu uning foydali ish koeffitsenti past bo'lishiga hamda suv bosimining barqaror bo'lmasligi sababli mexanizmlarning jumlanan suv nasoslari, ventillar, elektr kabellari va yuritmalarning ish muddati kam bo'lishiga, tez buzulib ish to'xtab qolishiga va ta'mirlash harajatlarining oshishiga sabab bo'ladi. Amaldagi termal qattiqlashtirishning boshqaruvi rostlovchi kraniklarda qol orqali suvning oqimi o'zgartiriladi bu esa suv nasosi va uning yuritma divigatelini tez ishdan chiqaradi bunga sabab suv nasosining yuritma divigateli o'zgarmas tezlikda turadi bu degani suv chiqarish davleniyasi bir xildir, bu esa kerakli suv bosimini olishda ventillar orqali amalga oshiriladi bu esa nasos va ventil oralig'ida kuchli bosim xosil bo'lishiga va natijada yuritma kuyishiga olib keladi. [2]

Bu tizimni nazorat qilish xam qiyin kechadi va vaqt oladi va ishlab chiqarish samaradorligiga xalaqt beradi. Bu holatda suv nasosi yuritmasining foydali ish koeffitsenti 60^65 % dan yuqori bo'lmaydi. Bu ko'rsatgichlardan energiya samaradorligi past

January, 2023

117

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ekanligi ma'lum bo'ladi. Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning avtomatik boshqaruv nazoratini qollash orqaliy quyidagi afzalliklarga erishish mumkin: yuqori foizli foydali ish 94% gacha, qulay boshqaruv, ta'mirlash qulayligi, tezlikni silliq va chiziqli o'zgartira olish imkoniyati, kamandalarning tez bajarilishi va jarayon nazorati. [3,4,5]

NATIJALAR

Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning avtomatik boshqaruv nazorati, quyidagi natijalarni beradi. Isitish yoki eritish pechidan chiqgan metalni prokatlash yoli bilan tarkibi o'zgartirilgan issiq metalga malum shakil berib uni zichligini oshirib termik ishlov berishda ya'ni zichligi oshirilgan issiq metalni aniq vaqt oralig'ida, belgilangan suv bosimida avtomatik sovutish, maxsulotning sifatli bo'lishi, belgilangan markalar olish imkoniyatini oshirish va ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligi nazorati taminlanadi.

Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishni avtomatlashtirishda asosiy ish bajaruvchi qurilma bu suyuqlik bosimini o'lchovchi va signal beruvchi datchiklari, chastota o'zgartgich va kontrollerlar hisoblanadi. Tiristorli o'zgartgich tizimini va elektromexanik tizimdagi ko'rsatgichlarni o'zaro solishtiradigan bo'lsak, unda tiristorli qurilmada energiya samarador ko'rsatgichlar yuqori bo'lishini ko'rish mumkin. Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishni amalga oshiruvchi suv nasosining elektr yuritmasiga qarshilik ko'rsatuvchi momentlar mavjud. Bularga: ishchi mexanizm, ishqalanishda hosil bo'lgan qarshilik momenti va nasosdagi kuraklarning suvga bog'liq bo'lgan qarshilik momentlari ham inobatga olinadi. Termal qattiqlashtirishda ishlatiladigan suv nasosining elektr yuritmasiga eng katta qarshilik ko'rsatuvchi moment bu bosimni nazorat qilishdagi ventillar hisoblanadi. Sababi shundaki tarmal qattiqlashtirishdagi suyuqlikning bosimi ventillar orqali kamaytirilsa divigatel zo'riqadi va tok kuchi ortib duvigatel qiziy boshlaydi bu esa eskirishga va kuyishga olib keladi, Bundan tashqari suv quvurlari va nasos salniklari shikastlanishi kuzatiladi. Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning avtomatik boshqaruv nazorati o'rnatilsa bunday kongilsizliklar kuzatilmaydi va samaradorlik ortadi. Inson omili kam qatnashadi, xavsizlik oshiriladi, energiya tejashlishi va suv sarfi kamayishi kuzatiladi.

January, 2023

1-rasm Chastotnikdagi chastota o'zgarish grafasi Nasos Elektr yuritmani ishga tushirishini avtomatlashtirish orqali ishga tushirish tokini cheklash va chiziqli ishga tushirish imkonini beradi. Chiziqli ishga tushirish elektromexanik qurilmani ravon ishga tushirib unga berilayotgan kuchni ma'lum bir vaqt ichida yengib o'tish imkoniga ega bo'ladi.

2-rasm. Nasos Elektг yuгitmani o'tkinchi jarayonidagi tok kuchini vaqtga bog'liqlik gгafigi. Prokatlangan issiq metalni termal qattiqlashtirishning boshqaruvi uch xil usul yo'lida tajribalar o'tkazildi.

1-To'g'гidan to'g'гi termal qattiqlashtirish.

2-Qo'shimcha kraniklar, ventillar orqali termal qattiqlashtirish. 3- Dachiklar orqali avtomatik boshqaruv nazorati bilan termal

qattiqlashtirish.

January, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

119

Energetik ko'rsatgichlar (132 KW yuritma o'rnatilgan suv nasos) Prokatlangan issiq metalni termal qattiql ashtirishning boshqaruvi dagi unumdorlik.

To'g'ridan to'g'ri termal qattiqlashtirishdagi unumdorlik. Qo'shimcha qarshulik, kraniklar, ventillar orqali termal qattiqlashtirishdagi unumdorlik. Dachiklar orqali avtomatik boshqaruv nazorati bilan termal qattiqlashtirishdagi unumdorlik.

1-soatdagi elektr energa sarfi. 87 KVA 90 KVA 79 KVA

24-soatdagi elektr energa sarfi. 2088 KVA 2160 KVA 1896 KVA

energiya isrofi. (sutkalik) 15% 11% 3%

Termal qattiql ashtirilayotgan maxsulot isrofi. (sutkalik) 11% 5% 0.8%

MUHOKAMA

Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning boshqaruvida, Elektr yuritgichlarini ishga tushirish usullari uning qo'llanilayotgan sharoitdan kelib chiqqan holda tanlanadi. To'g'ridan to'g'ri ishga tushirish usuli past quvvatli va bosibli yurima va nasoslar uchun, qo'shimcha qarshiliklar ulash orqali ishga tushirish juda chang va sharoiti yoman bo'lgan joylar uchun qo'llaniladi. Ishga tushurish va boshqarishning avtomatik boshqaruvi ish jarayonida texnologik jarayonning o'zgarishini uzliksiz nazorat qilish va elektr yuritgich quvvatini shu asosda boshqarish katta unumdorlikka va energiya tejamkorligiga erishishga yordam beradi. Nasos elektr yuritgich tezligi va quvvatining nominalda bo'lmasligi ortiqcha energiya yo'qotilishiga olib keladi. avtomatik boshqaruv nazorati orqali elektr yuritgichni optimal parametrlarda ishlatishini ta'minlashimiz mumkin. Bu usul har tomonlama zamonaviy, iqtisodiy va energiya tejamkor usul hisoblanib, optimal parametrlarini saqlash orqali elektr yuritgich va texnologik qurilmalarni uzoq vaqt hizmat qilishiga zamin yaratadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq qilish orqali nafaqat katta samaradorlik va energiya tejamkorligiga balki ishlab

January, 2023

120

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

chiqarish jarayonini to'la avtomatlashtirishga erishishimiz mumkin. Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning avtomatik boshqaruv nazorati bilan texnologik jarayonining borishini to'la nazoratga olish, har qanday nonarmal o'zgarishlarni sezish va o'z vaqtida sozlash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish orqali ishchilarning mexnatini osonlashtirish, havfli va murakkab sharoitlarda qo'llaniladigan toblashni boshqarishni soddalashtirish va hizmat muddatini oshirish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2020-yildagi 19-iyunda imzolangan "Energiyadan oqilona foydalanish to'g'risida"gi O'RQ-628 sonli qarori 412-I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda;

2. Тогаев Ахрор Саъдулло угли, Эшонкулов Камол Эшниез угли,

Бакирова Дилбар Тагаевна Ганиев Элбек Улугбек Угли Зависимость рабочих характеристик насоса от частоты вращения Analytical Journal of Education and Development http://www.sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/3302

3. Shodiyev , O. A., Yuldashev , E. U., Yuldasheva, M. A., Jalolov , I. S. "Konveyer transportini elektr yuritmasini teskari aloqali datchiklari vositasida boshqarish". Academic Research in Educational Sciences, https://www.ares.uz/uz/maqola-sahifasi/konveyer-transportini-elektr-yuritmasini-teskari-aloqali-datchiklari-vositasida-boshqarish

4. A. Teshaboyev, S. Zaynobidinov , E. Musayev (2006) "Yarim o'tkazgichlar va yarimo'tkazgichli asboblar texnologiyasi" Toshkent 5 (323-234)

5. www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/440

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.