Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
'•'niäios
EMOTSIONAL INTELLEKTNING O'SMIRLAR KOPING STRATEGIYALARIGA TA'SIRI
© M.R. Boyqulova18_
Uzbekistan Milliy universiteti Jizzax filiali, Jizzax, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada o'smirlar orasida emotsional intellekt va coping (moslashuv) strategiyalari o'rtasidagi bog'liqlik tahlil qilinadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - emotsional intellektning o'smirlarning coping strategiyalariga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganish va ushbu omillar orasidagi bog'liqlikni aniqlashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: Tadqiqotda o'smirlarning emotsional intellekti va coping strategiyalarini o'lchash uchun so'rovnomalar va psixologik testlar qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatdiki, yuqori emotsional intellektga ega o'smirlar stressli vaziyatlarga yanada samarali moslashadi va konstruktiv coping strategiyalarini tanlaydi.
XULOSA: tadqiqot natijalari emotsional intellektning o'smirlar coping strategiyalarini tanlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Kalit so'zlar: emotsional intellekt, coping strategiyalari, o'smirlar, stress boshqarish, psixologik farovonlik, moslashuv qobiliyati, konstruktiv strategiyalar.
Iqtibos uchun: Boyqulova.M.R. Emotsional intellektning o'smirlar koping strategiyalariga ta'siri.// Inter education & global study. 2024. №8(1). B.495-501.
ВЛИЯНИЕ ЭМОЦИОНАЛЬНОГО ИНТЕЛЛЕКТА НА СОВРЕМЕННЫЕ СТРАТЕГИИ ПОДРОСТКОВ_
© М.Р. Бойкулова1И
1Джизакский филиал Национального университета Узбекистана, Джизак, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируется взаимосвязь между эмоциональным интеллектом и стратегиями совладания (копинг) среди подростков.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — изучить, как эмоциональный интеллект влияет на выбор копинг-стратегий подростков, и выявить взаимосвязь между этими факторами.
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE8(1)
fccilL
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании для измерения эмоционального интеллекта и копинг-стратегий подростков использовались опросники и психологические тесты.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что подростки с высоким уровнем эмоционального интеллекта лучше адаптируются к стрессовым ситуациям и выбирают конструктивные копинг-стратегии.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтверждают, что эмоциональный интеллект играет важную роль в выборе копинг-стратегий подростков.
Ключевые слова: эмоциональный интеллект, копинг-стратегии, подростки, управление стрессом, психологическое благополучие, адаптивность, конструктивные стратегии.
Для цитирования: Бойкулова.М.Р.Влияние эмоционального интеллекта на совладающие стратегии подростков.// Inter education & global study. 2024. №8(1). С. 495-501.
THE EFFECT OF EMOTIONAL INTELLIGENCE ON ADOLESCENT COPING STRATEGIES_
© Mohinur R. Boyqulova1®
1Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan, Jizzakh, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article analyzes the relationship between emotional intelligence and coping strategies among adolescents.
AIM: the main objective of the study is to examine how emotional intelligence affects adolescents' coping strategies and to identify the relationship between these factors.
MATERIALS AND METHODS: the study used questionnaires and psychological tests to measure adolescents' emotional intelligence and coping strategies.
DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that adolescents with high emotional intelligence adapt more effectively to stressful situations and choose constructive coping strategies.
CONCLUSION: the study results confirm that emotional intelligence plays an important role in adolescents' choice of coping strategies.
Keywords: emotional intelligence, coping strategies, adolescents, stress management, psychological well-being, adaptability, constructive strategies.
For citation: Mohnur R. Boyqulova. (2024) 'The influence of emotional intelligence on coping strategies of adolescents', Inter education & global study, (8(1)), pp. 495501. (In Uzbek).
Emotsional intellekt — bu shaxsning o'z va boshqalar hissiyotlarini aniqlash, anglash, boshqarish va foydalanish qobiliyatidir. O'smirlar davri inson hayotining muhim
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
bosqichi bo'lib, bu vaqt davomida hissiy va psixologik o'zgarishlar, shuningdek, stress va stressga moslashish strategiyalarini o'rganish katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada emotsional intellektning o'smirlar koping strategiyalariga ta'siri tahlil qilinadi.
Oxirgi paytlarda insonning murakkab vaziyatlardagi xulq-atvoriga ilmiy qiziqish ortib bormoqda. Ayniqsa, bolalarning bunday vaziyatlardagi xulq-atvori bo'yicha maxsus tadqiqotlar olib borilmoqda. Biz uchun muhim bo'lgan tadqiqotlar orasida maktab yoshidagi bolalarning qiyinchiliklarni yengib o'tish usullari bo'yicha tadqiqotlarni (Danilova, 1990), M. Tishkova tomonidan maktabda yuzaga keladigan qiyin vaziyatlarni yengib o'tish bo'yicha tadqiqot (Tishkova, 1990), shuningdek, muammoli vaziyatlar bilan bog'liq strategiyalarni o'rganish (Seiffge-Krenke, 1984; Kirsch, Meckelmann, 1995) keltirish mumkin.
Shuningdek, shaxsning muammolarni yengib o'tish strategiyasini tasniflash bo'yicha ham urinishlar mavjud. Masalan, insonning hissiy jihatdan murakkab vaziyatlardagi xulq-atvori "besh o'lchamli makon" deb ta'riflangan (Kocharian, 1986); muammoli vaziyatlarni "boshdan kechirish"ning to'rtta turi (Vasilyuk, 1984, 1995); mojaroni "qayta ishlash shakllari" (Pezeshkian, 1993); faol, ichki va chetlashuvchi xulq-atvorlar (Meckelmann, 1993); "mavjudlik texnikalari" (Thomae, 1994); ijtimoiy-psixologik moslashuv turlari (Nalchadzhyan, 1988; Dermanova, 1999); "hayotiy faoliyat darajalari" bo'yicha strategiyalar (Burlachuk, Korzhova, 1998) va boshqalar.
Biroq, bunday tadqiqotlarda shaxsning qiyinchiliklarni yengib o'tish strategiyasini tanlashda shaxsiy determinantlarga kam e'tibor qaratiladi. L.S. Vygotskiy esa o'z vaqtida tashqi ko'rinishlarni o'rganishdan ko'ra, ushbu ko'rinishlarning psixologik mexanizmlarini o'rganishga chaqirgan edi (Vygotskiy, 1983). Bolaga qiyinchiliklarni yengishda yordam berish uchun uning xulq-atvorini shunchaki o'rgatish emas, balki uning shaxsini rivojlantirish, avvalo, mas'uliyat hissini kuchaytirish kerak. Buning uchun mas'uliyatning psixologik mohiyatini aniqlash, uning turlarini tavsiflash, yoshga qarab o'zgarishini va shaxsning boshqa xususiyatlari hamda qiyinchiliklarni yengib o'tish strategiyalari bilan o'zaro bog'liqligini aniqlash lozim.
Emotsional intellektning asosiy komponentlari quyidagilar:
1. Hissiy anglash: O'z hissiyotlarini va boshqalar hissiyotlarini tushunish.
2. Hissiy boshqarish: Hissiyotlarni boshqarish va ifodalash qobiliyati.
3. Motivatsiya: O'z maqsadlariga erishish uchun ichki motivatsiyani rivojlantirish.
4. Empatiya: Boshqalar hissiyotlariga nisbatan sezgirlik va ularni tushunish.
Koping strategiyalari — bu stressni boshqarish va muammolarni hal qilish usullaridir.
O'smirlar o'z hissiy holatlarini va stressni qanday boshqarishlari, ularning psixologik salomatligiga ta'sir qiladi. O'smirlar uchun keng tarqalgan koping strategiyalari:
1. Muammoga yo'naltirilgan koping: Muammoni hal qilishga qaratilgan.
2. Emotsiyaga yo'naltirilgan koping: Stressni yengillashtirish uchun emotsional qo'llab-quvvatlashga tayyorlik.
3. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash: Do'stlar va oiladan yordam so'rash.
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Emotsional intellekt yuqori bo'lgan o'smirlar ko'proq samarali koping strategiyalarini qo'llashadi. Buning sabablari:
• Hissiy anglash: O'z hissiyotlarini tushunish, stressli vaziyatlarga moslashish qobiliyatini oshiradi.
• Hissiy boshqarish: O'z hissiyotlarini boshqarish qobiliyati, stressni kamaytirishga yordam beradi.
• Empatiya: Boshqalar hissiyotlarini tushunish va ularga yordam berish, o'smirning ijtimoiy aloqalarini mustahkamlaydi.
Tadqiqotlar va natijalar. Bir qator tadqiqotlar emotsional intellektning o'smirlar koping strategiyalariga ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Misol uchun, 2020 yilda o'tkazilgan tadqiqotda emotsional intellekti yuqori bo'lgan o'smirlar stressni boshqarishda samaraliroq usullarni qo'llashgani aniqlangan. Bu o'smirlar, shuningdek, ko'proq ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va muammoga yo'naltirilgan strategiyalarni afzal ko'rishadi. Biz o'z tadqiqot ishimizda quyidagi xulosalarga keldik.
1-jadval
Tavsiflovchi statistika
Ko'rsatkichlar N Minimal Maksimal Ortacha qiymat Standart ogish Asimetriya Ektses
Boshqa_odamlarning tuyg'ularini_tushunish 30 9.00 30.00 21.8333 5.50914 -.609 .221
Boshqa odamlarning tuygularini boshqarish 30 5.00 27.00 17.3667 5.67197 -.439 -.196
o'z his tuygularini tushunish 30 6.00 25.00 14.7667 5.01503 -.065 -.670
Tuygularingizni bohqarish 30 6.00 19.00 12.6000 3.58733 -.072 -.769
Ifodani nazorat qilish 30 7.00 49.00 14.0000 7.21588 4.122 20.256
Shaxslararo hissiy intelekt 30 8.00 53.00 33.3667 12.75088 -.466 -.791
Intrapersonal hisiy intellekt 30 8.00 57.00 37.3000 12.41565 -.714 .240
Tuygularni_tuhunish 30 21.00 56.00 39.1667 7.97878 -.188 .629
Tuygularni boshqarish 30 25.00 69.00 42.5667 8.33225 .689 2.551
Ummumiy hisiy aql 30 50.00 98.00 71.7000 13.38849 .341 -.796
Asimetriya va o'rtac ha qiymatlar: Statisti k tahlil natijalari ko'rsatkichlar o'rtasida
sezilarli farqlar mavjudligini ko'rsatmoqda. Ayniqsa, "Tuyg'ularni boshqarish" va "Ifodani nazorat qilish" ko'rsatkichlari o'rtacha qiymatlarning pastligi va yuqori standart og'ish bilan ajralib turadi. Bu, ushbu ko'rsatkichlardagi farqlar va o'zgaruvchanlik darajasini anglatadi.
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE8(1)
iccl (A
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Asimetriya va ekstsentriklik: Ba'zi ko'rsatkichlar, masalan, "Ifodani nazorat qilish" va "Tuyg'ularni boshqarish", yuqori ekstsentriklik ko'rsatkichlariga ega. Bu holat normallikdan ancha farq qilishini bildiradi. "Asimetriya" qiymatlari ko'rsatkichlarning simmetrikligini yoki simmetrik emasligini ko'rsatadi va muayyan ko'rsatkichlar taqsimotining xususiyatlarini belgilaydi.
Yuqori va past darajalar: "Tuyg'ularni boshqarish" ko'rsatkichi minimal (6) va maksimal (19) qiymatlar bilan eng past o'rtacha qiymatga ega bo'lib, o'ziga xos past darajada hissiy boshqaruvni ko'rsatadi. Shu bilan birga, "Tuyg'ularni tushunish" va "Ummumiy hissiy aql" ko'rsatkichlari yuqori darajalarni ko'rsatadi, bu esa emotsional intellekt va hissiy ko'nikmalarning rivojlanishini aks ettiradi.
Umuman olganda, ushbu statistik natijalar emotsional intellekt va koping strategiyalari sohasidagi tadqiqotlar uchun muhim ma'lumotlarni taqdim etadi. Bu natijalar tadqiqotlarni davom ettirish va hissiy intellektni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
2-jadval
Kolmogorov-Smirnov__
Ko'ratkichlar Kolmagorov Smirnov Ishonchlilik darajasi P
Boshqa_odamlarning tuyg'ularini_tushunish 1.226 .099
Boshqa odamlarning tuygularini boshqarish .0.932 .350
o'z his tuygularini tushunish .801 .542
Tuygularingizni bohqarish .750 .628
Ifodani nazorat qilish .986 286
Shaxslararo hissiy intelekt .593 .874
Intrapersonal hisiy intellekt .649 .794
Tuygularni_tuhunish 1.593 .013
Tuygularni boshqarish .655 .785
Ummumiy hisiy aql .701 .710
Ushbu jadvalda keltirilgan Kolmogorov-Smirnov testining natijalari, ma'lumotlarning normal taqsimlanganligini aniqlash uchun muhimdir. Test natijalari p-qiymatlari yordamida har bir ko'rsatkichning normal taqsimlanganligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi:
Normal taqsimlanish: P-qiymati 0.05 dan katta bo'lgan ko'rsatkichlar (masalan, "Boshqa odamlarning tuyg'ularini tushunish", "Boshqa odamlarning tuyg'ularini boshqarish", "O'z his-tuyg'ularini tushunish", "Tuyg'ularingizni boshqarish", "Ifodani nazorat qilish", "Shaxslararo hissiy intellekt", "Intrapersonal hissiy intellekt", "Tuyg'ularni boshqarish", "Ummumiy hissiy aql") normal taqsimlanganligini ko'rsatadi.
Normal taqsimlanishdan farq: "Tuyg'ularni tushunish" ko'rsatkichi uchun p-qiymati 0.013, bu 0.05 dan kichik, demak, bu ko'rsatkich normal taqsimlanishdan farq qiladi.
Umuman olganda, ko'pchilik ko'rsatkichlar normal taqsimlanganligini tasdiqlaydi. Bu, keyingi tahlillarni o'tkazish uchun asosiy shartdir, chunki ko'plab statistik tahlil usullari normal taqsimlanish shartiga bog'liq. "Tuyg'ularni tushunish" ko'rsatkichining normal taqsimlanishdan farq qilishi esa, ushbu ko'rsatkich bo'yicha alohida yondashuvni talab qiladi.
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
3-jadval
Styudent t___
jinsi N Ortacha qiymat Standart ogish t P
Boshqa_odamlarning tuyg'ularini_tushunish 1.00 6 23.8333 2.56255 1.558 .135
2.00 24 21.3333 5.96123
Boshqa odamlarning tuygularini boshqarish 1.00 6 20.8333 3.06050 2.501 .*024
2.00 24 16.5000 5.88292
o'z his tuygularini tushunish 1.00 6 15.6667 6.25033 .485 .694
2.00 24 14.5417 4.79111
Tuygularingizni bohqarish 1.00 6 12.0000 2.82843 -.540 .655
2.00 24 12.7500 3.79072
Ifodani_nazorat_qilish 1.00 6 10.3333 2.65832 -2.394 .*025
2.00 24 14.9167 7.72864
Shaxslararo hissiy intelekt 1.00 6 32.8333 19.74251 -.113 .939
2.00 24 33.5000 10.96239
Intrapersonal_hisiy_intelekt 1.00 6 32.0000 19.12067 -1.177 .445
2.00 24 38.6250 10.28216
Tuyg'ularni_tuhunish 1.00 6 39.5000 7.17635 .123 .911
2.00 24 39.0833 8.30880
Tuyg'ularni boshqarish 1.00 6 42.5000 4.80625 -.022 .976
2.00 24 42.5833 9.08375
Umumiy hisiy aql darajasi 1.00 6 80.6667 8.31064 2.557 .*024
2.00 24 69.4583 13.59341
Boshqa odam arning his-tuyg'ularini boshqarish va ifodani nazorat qi
ko'rsatkichlari ayollarda erkaklardan yuqori statistika ko'rsatadi, bu emotsional intellektning ayollar o'rtasida kuchliroq ekanligini ko'rsatadi. Umumiy emotsional aqil darajasi esa erkaklar foydasiga farq qiladi. Boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha farqlar statistik jihatdan ahamiyatsizdir. Emotsional intellekt o'smirlar uchun muhim psixologik resurs bo'lib, ularning hayoti davomida ko'plab ijtimoiy va hissiy muammolarni hal qilishda samarali rol o'ynaydi. O'smirlar, o'z hissiyotlarini anglab, boshqarish va boshqalar bilan o'zaro aloqalarda yanada muvaffaqiyatli bo'lishlari uchun emotsional intellektni rivojlantirish zarur. Emotsional intellektning o'smirlar koping strategiyalariga ta'siri, ularning stressga munosabati va hayotiy vaziyatlarga qanday yondashishini belgilaydi. O'z hissiyotlarini tushunish va boshqarish qobiliyati, o'smirlarning muammolarni hal qilishda, stressli vaziyatlarga moslashishda, va ijtimoiy aloqalarini mustahkamlashda muhimdir. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, emotsional intellekti yuqori bo'lgan o'smirlar ko'proq muammoga yo'naltirilgan va emotsiyaga yo'naltirilgan koping strategiyalarini qo'llaydilar. Bu, o'z navbatida, ularda psixologik salomatlik va hissiy barqarorlikni ta'minlaydi. Shuningdek, yuqori emotsional intellektga ega bo'lgan o'smirlar, ijtimoiy muammolarni hal qilishda va stressni boshqarishda samaraliroq yondashuvlarni tanlaydilar, bu esa ularning o'zaro aloqalarini kuchaytiradi va o'zligini anglashlariga yordam beradi. Shu bilan birga, emotsional intellektni oshirish o'smirlarning umumiy
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ta'lim muassasalari va oilalar, o'smirlarning emotsional intellektini rivojiantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish orqali, ularni ijtimoiy hissiy ko'nikmalarini mustahkamlashda va stressni boshqarishda muvaffaqiyatli qila oladi. Emotsional intellektga oid treninglar, seminarlar va psixologik yordam, o'smirlarning o'z hissiy holatini anglashiga va ulardan samarali foydalanishga yordam beradi.
Natijada, emotsional intellektni rivojlantirish orqali, o'smirlar o'z hayotlarida ko'proq muvaffaqiyatga erishishlari, hissiy barqarorlikka ega bo'lishlari va muammolarga nisbatan yanada ijodiy va konstruktiv yondashishlari mumkin. Bu nafaqat o'smirlarning o'ziga ishonchini oshiradi, balki ularning ijtimoiy aloqalarini, o'qishdagi muvaffaqiyatlarini va umumiy psixologik salomatliklarini yaxshilaydi. Shunday qilib, emotsional intellektning o'smirlar koping strategiyalariga ta'siri, ularning hayot sifatini oshirishda va ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli shaxslar bo'lib shakllanishlarida muhim rol o'ynaydi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. 1 .Абульханова-Славская K.A. Развитие личности в процессе жизнедеятельности // Психология формирования и развития личности. - М., 1981, с. 19-44.
2. Абульханова-Славская K. А. Стратегия жизни. М.: Мысль, 1991 .-299 с.
3. Абульханова-Славская K. А. Субъект как символ российского самосознания // Сознание личности в кризисном обществе. М., 1995, с. 10-28.
4. Аверьянов А.Н. Системное познание мира: методологические проблемы. М.: Политиздат, 1985. - 263 с.
5. Агеев B.C. Атрибуция ответственности за успех или неудачу группы в межгрупповом взаимодействии. // Вопросы психологии. 1982, №6, с. 101-106.
6. Алексеева Е.В. Ответственность и особенности преодоления подростками трудных жизненных ситуаций // Наш проблемный подросток. СПб., 1999, с. 122 -131.
7. Ананьев б.г. Человек как предмет познания. Л.: Изд-во ЛГУ, 1969.-339 с.
8. Анисимов С.М. Мораль и поведение. М.: Мысль, 1985. -155 с.
9. Анцыферова Л.И. Психология повседневности: жизненный мир личности и «техники» ее бытия // Психол. журнал. 1993, т. 14, № 2, с. 3-16.
10. Анцыферова Л.И. Способность личности к преодолению деформаций своего развития // Психологический журнал. 1999, т.20, № 1, с. 6-19.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Boyqulova Mohinur Ravshan qizi,o'qituvchi,[ Бойкулова Мохинур Равшан, дочь, учительница], [Mohinur.R.BoyquIova teacher,];manzil: O'zbekiston,Jizzax viloyati, Jizzax shahri Sh.Rashidov shox ko'chasi, 259 uy [адрес: Узбекистан, ул. Джизакская область, город Джизак, ответвление улицы Ш. Рашидова, дом 259.], [address: Uzbekistan, Jizzakh region, Jizzakh city, Sh. Rashidov branch street, house 259.]
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)