Научная статья на тему 'ELEKTROSTATIKA BO‘LIMIDAGI “KUCHLANISH”, “POTENSIAL”, “POTENSIALLAR FARQI” VA “ELEKTR YURITUVCHI KUCH (EYUK)” KATTALIKLARINI O‘QUVCHILARGA TUSHUNTIRISH USULLARI'

ELEKTROSTATIKA BO‘LIMIDAGI “KUCHLANISH”, “POTENSIAL”, “POTENSIALLAR FARQI” VA “ELEKTR YURITUVCHI KUCH (EYUK)” KATTALIKLARINI O‘QUVCHILARGA TUSHUNTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
388
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
taʼlim / tarbiya / bilim / metodika / darslik / oʻqitish / bilim / fan / umumta’lim maktab / akademik litsey / fizika / elektrostatika / kuchlanish / potensial / potensiallar farqi / elektr yurituvchi kuch (EYuK).

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Erkin Vоxidоv

Ushbu maqolada fizikaning elektrotexnika va elektronika bo‘limlariga oid materiallarda bir xil o‘lchov birliklari (Volt, V)da o‘lchanadigan fizik kattaliklar: kuchlanish, potensial, potensiallar farqi hamda elektr yurituvchi kuch (EYuK)larni o‘rganishda o‘quvchilar muayyan chalkashliklarga duch kelishlari sababli bu kattaliklarni o‘xshashlik tomonlari va farqlari to‘g‘risida qisqacha bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ELEKTROSTATIKA BO‘LIMIDAGI “KUCHLANISH”, “POTENSIAL”, “POTENSIALLAR FARQI” VA “ELEKTR YURITUVCHI KUCH (EYUK)” KATTALIKLARINI O‘QUVCHILARGA TUSHUNTIRISH USULLARI»

ELEKTROSTATIKA BO'LIMIDAGI "KUCHLANISH", "POTENSIAL",

"POTENSIALLAR FARQI" VA "ELEKTR YURITUVCHI KUCH (EYUK)" KATTALIKLARINI O'QUVCHILARGA TUSHUNTIRISH USULLARI

Erkin Voxidov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7932717

Annotatsiya. Ushbu maqolada fizikaning elektrotexnika va elektronika bo'limlariga oid materiallarda bir xil o'lchov birliklari (Volt, V)da o'lchanadigan fizik kattaliklar: kuchlanish, potensial, potensiallar farqi hamda elektr yurituvchi kuch (EYuK)larni o'rganishda o'quvchilar muayyan chalkashliklarga duch kelishlari sababli bu kattaliklarni o'xshashlik tomonlari va farqlari to'g'risida qisqacha bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, bilim, metodika, darslik, o'qitish, bilim, fan, umumta'lim maktab, akademik litsey, fizika, elektrostatika, kuchlanish, potensial, potensiallar farqi, elektr yurituvchi kuch (EYuK).

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2G22 yildagi Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi [1]da ta'lim sohasiga alohida to'xtalib o'tib, ushbu sohada boshlagan islohotlarni davom ettirish, ta'lim dargohlariga borib, o'qituvchi va murabbiylar bilan ko'proq muloqot qilish, sifatni oshirish bo'yicha ular qo'ygan masalalarni birgalikda hal qilish, ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchilikdan faol bo'lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini ta'kidladilar.

Prezidentimizning 2G23-yilga yurtimizda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb nom berish tashabbusini yig'ilganlar bir ovozdan qo'llab-quvvatladi.

Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog'lig'i joyida bo'lishi, yaxshi ta'lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo'lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo'ldan aslo to'xtamaymiz", - dedi davlatimiz rahbari.

Birinchi navbatda, e'tibor Yangi O'zbekiston uchun eng katta investitsiya bo'lgan ta'limni qo'llab-quvvatlashga qaratilishi ta'kidlandi. Najot - ta'limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.

O'qituvchilarning maqomini, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi. Kelasi yildan boshlang'ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo'yicha o'qitish yo'lga qo'yiladi" hamda "Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to'g'ri yo'lidir!" — dedi Prezident.

Haqiqatdan ham hozirgi kunda mustaqil O'zbekistonimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ichida ta'lim sohasiga ustuvor yo'nalish sifatida alohida e'tibor berilmoqda. 2017-2G22 yillar davomida nafaqat ta'lim turlarini, shuningdek, har bir alohida fanni rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari [2-6] qabul qilindi.

2G21 yil 19 mart sanasida imzolangan "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5G32-son Qarori [7] oliy va akademik fanni rivojlantirish, umumta'lim maktablarida ta'lim

sifatini oshirishga qaratilgan muhim hujjat sifatida fizika va astronomiya o'qituvchilarini behad quvontirdi.

Mazkur qarorda ta'kidlanganidek, "Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O'zbekiston zaminida keng rivojlanib, O'rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo'lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo'shdi.

Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an'analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O'zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo'ldi va xorijiy akademiyalar a'zolari bo'lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo'nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o'rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o'tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo'shdi.

Bugungi kunda ta'lim muassasalarida fizika fanini o'qitish sifatini oshirish, ta'lim jarayoniga zamonaviy o'qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o'quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo'naltirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta'lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko'rsatmoqda".

Fizika fani o'zining mavhumlik darajasi bo'yicha barcha fanlar ichida birinchi o'rinda turadi. Chunki fizika fani o'rganadigan mavzular (hodisa va jarayonlar) o'z ichiga inson tafakkuri qabul qilishi qiyin bo'lgan ko'rinmas elementar zarralardan (elektron, neytron, proton, yadro va h.k.) tortib, ulkanligi va o'ta uzoqda joylashgan galaktikalarni ham qamrab oladi. Bu ob'ektlarda yuz beradigan hodisa va jarayonlarni mukammal o'rganish umumiy nazariyalarni o'zlashtirish va masalalar yechishdan tashqari laboratoriya tajribalarini, shu jumladan, jarayonlarni matematik modellashtirish kabi o'ziga xos usullarni egallashni talab etadi. Bu esa o'quvchi yoshlarni darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ta'lim bilan jiddiy shug'ullanishlarini taqozo etadi. O'quvchi yoshlarni mustaqil ta'lim, jumladan, tajribalar o'tkazishi orqali fizika sirlarini bilishga va binobarin, fizika faniga bo'lgan qiziqishini ortishiga birinchi navbatda fan o'qituvchisining roli, kasbiy bilimi va pedagogik mahorati muhim o'rin egallaydi.

Elektrostatika bo'limida kuchlanish, potensial, potensiallar farqi kabi atamalar ishlatiladiki, ularning fizik ma'nolarini aniq tasavvur etish o'qituvchidan katta mahoratni talab etadi. Chunki, bu fizik kattaliklarning o'lchov birliklari bir xil bo'lsada, ular turli fizikaviy jarayonlarni tafsiflaydilar. Ikkinchi tomondan, ushbu bo'limdagi har bir alohida mavzuni o'tishda o'qituvchi elektrostatika bo'yicha to'liq bilim va amaliy ko'nikmaga ega bo'lishi zarur. Dars jarayonida o'quvchi tomonidan mazkur mavzuni chuqur o'zlashtirishi uchun keyingi mavzular doirasidagi savollarni berish ehtimoliyati yo'q emas [8].

Yuqoridagilardan kelib chiqib, umumta'lim maktablari hamda akademik litseylarning fizika fani o'qituvchilarining bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, iqtidorli o'quvchi yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirish, mustaqil va kreativ fikrlash, fizika fani

mavzularini o'tishda ularni bevosita amaliyotga yo'naltirish, fan va texnikada qo'llashga o'rgatish maqsadida "Elektrostatika" nomli uslubiy qo'llanma yaratildi.

Ushbu uslubiy qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy, o'rta maxsus va profetsional ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil 26 fevraldagi 1-son majlis bayoni bilan ma'qullangan hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021 yil 10 martdagi 110-son buyrug'i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturida akademik litseylarda fizikani o'qitish bo'yicha elektrostatika bo'limidan yettita mavzu tanlab olingan bo'lib, ushbu mavzularning asl mohiyatini to'laligicha tushuntirish uchun dasturga kiritilmagan uchta mavzu mustaqil ta'lim sifatida kiritilgan. Bu mavzularni o'zlashtirmasdan turib elektrostatikaning asosiy qonunlari, xususan, ularni qo'llanilishi to'g'risida amaliy bilimlarni egallash fizika fanini o'rtacha bilish darajasidagi o'quvchilarga muayyan qiyinchiliklarni tug'dirishi tabiiy [8].

Fizikaning elektrotexnika va elektronika bo'limlariga oid materiallarda bir xil o'lchov birliklari (Volt, V)da o'lchanadigan fizik kattaliklar: kuchlanish, potensial, potensiallar farqi va elektr yurituvchi kuch (EYuK) uchraydi. Bu fizik kattaliklarni o'rganishda o'quvchi va talabalar muayyan chalkashliklarga duch kelishadi. Bu kattaliklarni o'xshashlik tomonlari va farqlari to'g'risida qisqacha quyidagilarni o'quvchilarga tushuntirish lozim bo'ladi.

Fizikada elektr maydonning energetik xarakteristikalari quyidagi ketma-ketlikda o'rganiladi. Dastlab "potensial" tushunchasi kiritiladi, bu faqat nolinchi darajani tanlashda muayyan ma'noga ega bo'ladi. Keyin "potensiallar farqi" tushunchasi, undan keyin esa elektrostatikani o'rganishda "potensiallar farqi" tushunchasiga mos keladigan "kuchlanish" tushunchasi qaraladi.

Kuchlanish - maydonnning ma'lum qismida zaryadning ko'chishida birlik musbat zaryadga ta'sir etuvchi barcha kuchlarning (elektrostatik va tashqi) ishi sifatida aniqlanadigan tushuncha bo'lib, bu barcha holatlar uchun o'rinli hisoblanadi.

Potensial - elektrostatik potensial skalyar kattalik bo'lib, elektrostatik maydonning xarakteristikasi hisoblanadi va u birlik musbat sinov zaryadining maydonning biror nuqtasidagi energiyasini ifodalaydi.

Potensiallar farqi - ta'rifga ko'ra faqat elektrostatik kuchlarning ishi bilan o'lchanadi. Shak-shubhasiz, xususiy holda, uchastkada faqatgina elektrostatik kuchlar ta'sir etganda, kuchlanish va potensiallar farqi bir-biriga mos bo'ladi. Ular orasida farqni faqat, agar uchastkaga tashqi kuchlar ta'sir etgan holda hisobga olish lozim. Bu, xususiy holda, uchastka zanjiriga EYuK manbai ulangan holga ta'luqli bo'ladi.

Elektr yurituvchi kuch (EYuK) - skalyar fizik kattalik bo'lib, doimiy yoki o'zgaruvchan tok zanjirida bevosita tashqi kuchlarning (elektrostatik kuchdan tashqari) bajargan ishini ifodalaydi.

Shu sababli ham yuqorida nomi keltirigan uslubiy qo'llanma akademik litseylarning fizika fani o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, undan ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarining o'qituvchilari va o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin. Mualliflar tomonidan elektrostatika bo'limidan tanlab olingan bir nechta mavzular va ularga oid masalalar o'quvchi yoshlarni fizika fanining mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq o'zlashtirishlariga xizmat qilishi tabiiy.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5712-son Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-son Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi «O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-6108-son Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884-son "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risid"gi Qarori.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4910-son Qarori.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5032-son Qarori.

8. Kodirov M.K., Voxidov E.R., Quybakov X.R. Elektrostatika (Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablari va akademik litseylarning fizika fani o'qituvchilari hamda iqtidorli o'quvchilari uchun uslubiy qo'llanma). - Samarqand: SamDU nashri, 2022. - 80 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.