Научная статья на тему 'FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA O‘TKAZISH USULLARI'

FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA O‘TKAZISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

814
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA O‘TKAZISH USULLARI»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA MASHG'ULOTLARINI FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA O'TKAZISH USULLARI

A. M. Nortojiyev

1-O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

D. A. Begmatova

2-Toshkent arxitektura qurilish instituti, Toshkent, O'zbekiston.

a.nortojiev86@gmail.com

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaroriga ko'ra 2021/2022 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim tizimida fizika fanlarini sohalarga moslashtirilgan holda o'qitishni yo'lga qo'yish masalasi belgilangan. Shu sababli, ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida fizika fanidan tashkil etiladigan laboratoriya mashg'ulotlaridagi mavzularni bevosita qurilish sohalariga tadbiq etilishiga katta e'tibor qaratish lozim.

Umuman olganda, fizika fani qurilish sohasidagi quruvchi-muhandislarning ixtisosliklarini muvaffaqiyatli egallashda eng muhim fundamental fanlardan biridir [1]. Bundan tashqari, fizika fani bo'yicha olgan bilim va ko'nikmalarini kelgusi faoliyatida bevosita tadbiq etadi. Shuningdek, kelajakda maxsus mutaxassislik fanlarini muvaffaqiyatli o'zlashtirish uchun tayyorlaydi. Masalan, qurilish fizikasi va binolar energiya samaradorlik injineringi fani bino va uning qismlarida sodir bo'ladigan fizikaviy jarayonlarni hamda bu jarayonlarning binoga va insonga ta'sirini o'rganadi. Ya'ni, bir tomondan bino ichida insonning yashashi va muayyan faoliyati uchun maqsadga muvofiq bo'lgan ichki havo haroratini va namlikni yaratish bo'lsa, ikkinchi tomondan bino qismlarini uzoq muddatga xizmat qilishini ta'minlash uchun sharoit yaratishdir [2].

Ma'lumki, laboratoriya mashg'ulotlari fizika fanini samarali o'qitishning ajralmas va muhim qismidir. Shu sababli, Toshkent arxitektura qurilish institutida fizika fanidan bajarilayotgan laboratoriya mashg'ulotlarida talabalarni ko'proq qurilish sohasidaga yo'naltirishga va fanlararo integtatsiya jarayoniga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Masalan, "Egilish usuli orqali Yung modulini aniqlash" nomli laboratoriya ishida-deformatsiya hodisasi, Guk qonuni, Yung moduli, nisbiy va absolyut uzayishlar, mustahkamlik chegarasi, mexanik kuchlanish kabi tushuncha va kattaliklarni yaxshi o'zlashtirishlari, bo'lajak quruvchi-muhandislarning kelajakdagi

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ilmiy va mehnat faoliyatida muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, materiallar qarshiligi, temirbeton va tosh konstruksiyalar, metall konstruksiyalar, yog'och konstruksiyalari kabi fanlarni to'laqonli o'zlashtirishlari uchun zamin yaratadi. "Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash" nomli laboratoriya ishini bajarish orqali-mexanik tebranishlar, matematik mayatnik, garmonik tebranishlar va erkin tushish tezlanishi kabi tushunchalar haqida ma'lumotlarga ega bo'ladi. Shu bilan birga dars jarayonida, mayatniklarning qurilish sohasida qo'llanilish sohalariga ham qichqacha to'xtalib o'tish lozim deb hisoblaymiz. Bunga misol qilib, AQSh da qurilayotgan "111 West 57th Street" binosida ishlatilayotgan inersion dempferni keltirish mumkin. Bu "eng ingichka osmono'par bino" hisoblanib, balandligi 438 metr, eni 18 metr bo'lib, unga og'irligi 800 tonna bo'lgan inersion dempfer o'rnatish rejalashtirilgan. Bu dempfer binoning zilzila va shamol ta'sirlariga qarshi turishida muvozanatini saqlash uchun foydalaniladi. Inersion dempfer ikkita ustama-ust joylashgan yuklardan tashkil topgan bo 'lib, ulardan biri trosga osilgan, ikkinchisi esa asosga mahkamlangan.

"Tovushning havoda tarqalish tezligini rezonans usuli bilan aniqlash" nomli laboratoriya mashg'ulotida-tovush to'lqinlari, tovushning havoda tarqalish mexanizmi, rezonans hodisasi kabi tushunchalarga ega bo'ladi. Bunda, rezonans hodisasini qurilish bino va inshootlariga salbiy ta'sirlarini va uni bartaraf etish usullari haqida qisqacha ma'lumot berish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Qurilish sohasida tovush to'lqini ya'ni, akustikaning asosiy vazifasi xonalarda nutqning yoki musiqaning ovozini aniqlaydigan sharoitlarni o'rganish, eshitish qobiliyatini qabul qilish uchun maqbul sharoitlarni ta'minlaydigan me'moriy rejalashtirish va dizayn yechimlarini ishlab chiqishdir.

Binolarning akustik sifati quyidagilarga bog'liq: xonaning shakliga; xonaning o'lchamiga; individual yuzalar profilidan, masalan, devorlar, shiftlar; ovozni yutuvchi materiallarni yaratish va joylashtirishdan iborat.

Shu bilan bir qatorda, virtual laboratoriyalardan ham samarali foydalanish mumkin. Virtual laboratoriyalardan foydalanganda, kelajakdagi qurilish muhandislarining barcha kasbiy malakalari bir vaqtning o'zida shakllanadi va rivojlanadi [3]. Ma'lumki, Karno sikli ko'plab issiqlik nasoslari va sovutish mashinalarining ishlashi asosida yuzaga keladigan qaytmas jarayonlarni tushunishda klassik na'munadir [4]. Qoida tariqasida ushbu siklning barcha bosqichlarini batafsil o'rganish va barcha tegishli parametrlarni hisoblash fizikada ushbu mavzu bo'yicha laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida eng samarali tarzda yuzaga keladi. Bizning

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

fikrimizcha, yuqoridagi talabalarning ortiqcha ma'lumot yuklashi va dars vaqtini tejash muammolarining yechimi hamdir. Shuningdek, gazdagi ko'chish hodisalariga bag'ishlangan va kelajakdagi quruvchi-muhandis talabalari bajarishi uchun taklif qilingan laboratoriya ishlarini tahlil qilishimiz mumkin [5]. Ushbu ishning nazariy materiallari kelajakdagi qurilish muhandislari uchun juda muhimdir, chunki bu yerda qurilish to'siqlari orqali issiqlik uzatish jarayonlarining barcha nazariy asoslari bevosita ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ma'lum bir qurilish yo'nalishining o'ziga xosligi, amaliy ravishda laboratoriya mashg'ulotlarida amalga oshiriladi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda fizika fani professor-o'qituvchisi va maxsus fanlarning professor-o'qituvchilari o'rtasida yaqin hamkorlikda olib borilishi maqsadga muvofiqdir [6].

Xulosa qilib atyganda, talabalarni kasbga yo'naltirishda ularning qurilish sohasiga ixtisoslashuvining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda laboratoriya mashg'ulotlarini samarali tashkil etilish bo'yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, bo'lajak quruvchi-muhandislarni kasbiy tayyorgarligining o'ziga xos xususiyati nafaqat fizikadan yangi bilimlarni olishdan iborat, balki kelajakdagi kasbiy faoliyatida olingan fizik bilimlardan foydalanishga bo'lgan ehtiyojini to'g'ri tashkil etish orqali ham oshirishdan iboratdir.

REFERENCES

1. Мирзабекова О.В., Соболева В.В., Агафонова А. Формирование проектной деятельности при обучении физике студентов инженерно-строительных специальностей // Человек и образование. -2013. -№ 1 (34). -113-116 стр.

2. Маракаев Р.Ю., Нуретдинов Х.Н., Кучкаров Р.А. Строительная физика, Учебное пособие. Часть I, Ташкент, 1996, -61 стр.

3. Д.И. Фахертдинова. Дис. канд. пед. наук., КНИТУ, Казань, 2011. 169 стр.

4. Д.И. Фахертдинова. Изучение цикла Карно идеальной тепловой машины, КГАСУ, Казань, 2014.11 с. [5]. Д.И. Фахертдинова. Диффузия в газах, КГАСУ, Казань, 2014. 10 стр.

5. Begmatova D.A., Nortojiyev A.M. "Qurilish sohasidagi oliy ta'lim muassasalarida fizika mashg'ulotlarini o'tkazishning integratsiyasi". Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali. 2020-yil 12-son. 40-45 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.