4 90 45 135 0; 90 90; 135 135;180 л<ф>2л;
5 72 54 126 0; 72 72;126 126;180 л<ф>2л;
6 60 60 120 0; 60 60; 120 120;180| л<ф>2л:
Текширишларга кура куйидаги хулосаларни келтирамиз:
1. Роторнинг актив ва кисман актив холатларининг бир вактдаги умумий сони иккитадан ошмайди;
2. Канотлар сонинг ортиб бориш билан уларнинг ишчи холати интервали камайиб боради.
3. Канотлар сонинг олтитадан ортиши рентабеллик (самарадорлик) ни ортирмайди.
АДАБИЁТЛАР
1. Шефьтер Я.И. Ветроэнергетические агрегаты. Москва.:1998.-285 стр.
2. Шефьтер Я. И. Использование энергии ветра. Москва.: 2000.-168 стр.
3. Патент УзР ИДРР №2118/23.08.94.Исмоилов С., Дехконов У// Узбекистан Республикаси патенти, 1994.
4. Дехкоонов У.Е. Шамол худудининг энергетик потенциали. ФарПИ, Илмий-техника журнали, №3(4)-сон. Фаргона, 1998 й.
5. Жураев А., Дехконов У.Т., Шамол курилмасининг харакатлантирувчи моменти ва кувватининг хисоби, Механика муаммолари. Тошкент, №3-сон, 1997 й, УзФА «ФАН» нашриёти.
6. Dehqonov Ulugbek, Tillaboyev Yodgorjon. “Rotors Of Wind Aggregates and TheirConstruction Problems, International Journal of Progressive Sciences and Technologies (DPSAT)”. Vol. 27 No. 1 Junio 2021, pp.148-154.
7. Dehqonov Ulugbek, Zokirjon Mahmudov. “The use of non-conventional power sources is a requirement of the period”. Academicia Globe: Inderscience Research, Volume 2, Issue 7, July, 2021. pp. 121-126.
UDK. 629
ELEKTROMOBILLARNING JIZZAX SHAHRI HUDUDIDA ZARYADLOVCHI STANSIYALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Raxmatov Utkirjon Farxod o‘g‘li, JizPI, o’qituvchi
Annotatsiya:Ushbu maqolda avtomobilsozlikning rivojlanish tarixi va hozirda elektromobillarning mamlakatimiz va dunyodagi o‘rni haqida gap ketadi. Bundan tashqari elektromobillarning O‘zbekiston hududida ekspluatatsiyasini rivojlantirish uchun ularga mamlakat hududida zaryadlash stansiyalarini takomillashtirish usullari haqida so‘z yuritiladi.
Abstract: In this article discussed the history of the automotive industry and the current role of electric vehicles in our country and in the world as well. In addition, in order to develop the operation of electric vehicles in Uzbekistan, there is given several ways to improve charging stations in the country.
Аннотация: В статье рассмотрена история автомобилестроения и современная роль электромобилей в нашей стране и в мире. Кроме того, с целью развития эксплуатации электромобилей в Узбекистане рассказан о способах улучшения зарядных
станции в стране.
Kalit so‘zlar: Avtomobilsozlik, elektromobil, zaryadlash stansiyasi, ekspluatatsiya.
Keywords: Automotive industry, electric vehicle, charging station, operation.
Ключевые слова: автомобильная промышленность, эксплуатация, электромобиль, зарядная станция.
Kirish. Insoniyat kashfiyotchiligining mevasi bo‘lgan avtomobil, hozirgi kunda barcha sohalarni rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi globallashuv zamonda avtomobilsozlik juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib insoniyat hayotiga o‘zgarishlar olib kirdi. Avtomobilsozlik tarixiga nazar solsak XVIII asrga sayohat qilamiz.
Avtomobillarning birinchi avlodlari ot tortadigan aravalar shaklida ishlanib, unga oldingi g‘ildirakni aylantirish uchun bug‘ dvigateli o‘rnatilgan. Avtomobil kashflyotchilaming bug‘ dvigatelini rivojlantirish, takomillashtirish va uning ustida uzoq yillar moboynida tinimsiz ish olib borilishi natijasidir. Bir necha yillar davomida bug‘ dvigateli asosida bir qancha o‘ziyurar avtomobillar yaratildi. Birinchi mukammal harakatlanuvchi bug‘ avtomobilini 1769-yilda fransuz harbiy injeneri Nikol-Jozef Kyunyo yaratdi.
Bu avtomobilida bug‘ dvigateli oldingi g‘ildiragiga o‘rnatilgan bo‘lib, oldingi g‘ildirak ham yetakchi ham boshqariluvchi bo‘lgan. Bug‘ dvigatelining bunday o‘rnatilishi aravani boshqarishda qiyinchiliklar tug‘dirardi, chunki g‘ildirak o‘ng yoki chap tomonga burilganda u bilan birga katta hajmga ega bo‘lgan bug‘ qozoni ham buriladi. Kyunyoning bug‘ avtomobili asosan yuk tashishga mo‘ljallangan bo‘lib ko‘proq harbiy maqsadlarda (artileriya qurollari va snaryadlarni tashishda) qo‘llanilgan. Avtomobilning umumiy og‘irligi 4 tonna bo‘lib, uning tezligi 3 tonna yuk bilan 2-4 km/soatni tashkil qilgan. Ushbu bug‘ avtomobilini dastlabki yuk avtomobili deyish mumkin. Avtomobil ikki ot kuchiga teng bo‘lgan quvvatga qiyinchilik bilan erishardi. Qozon katta hajmga ega bo‘lib, buning bosimi tez orada pasayib qolardi. Bosimni bir maromda ushlab turish uchun har chorak soatda to‘xtab olovni kuchaytirish kerak bo‘lgan. Bu muolaja «kochegar» tomonidan amalga oshirilgan va ko‘p vaqt talab qilar edi.[1]
Adabiyotlar tahlili va metodlar. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Bunda, elektromobillarga yurtimizda elektrostansiyalar yaratish va elektromobillarni ommalashtirish asosiy obyekt sifatida olingan. Maqolani yoritishda yengil avtomobillarning tarixi, tuzilish va ichki yonuv dvigatellar ishlash prinsplari va elektromobillarga mamlakat hududida ommalashtirishning usullarini targ‘ib qilish nuqatayi-nazaridan tahlil etildi.
Natija va tahlillar. ‘‘Hozirga davrga kelib ichki yonuv dvigatellarining mamlakatimiz miqyosida eng keng tarqalgan turi bu injektrli va karbyuratorli ta’minlash tizimiga ega turlaridir. Ya’niki benzin yonilg‘i turida harakatlanadigan. Hozirgi kunda yurtimizda yonilg‘ining muqobil turi metan va propan gazlaridan foydalanishmoqda, bu albatta haydovchiga iqtisodiy samaradorlikka erishishgan imkon yaratadi. Lekin, quyida metan gazining salbiy jihatlariniham sanab o’tishimiz kerak: (1-rasm)
Yuqoridagi keltirilgan sabablar avtomobilning metan gaz yonilg‘isida harakatlanishga bo‘lgan ishonchni keskin tushishiga olib keladi.
Benzin yonilg‘i turida harakatlanish aslini olganda ancha qulay va yuqorida keltirilgan holatlar yuz bermaydi, lekin hozirda iqtisodiy samaradorlik jihatidan qimmat yonilg‘i turi hisoblanadi.
Ayniqsa, 2021-yil, pandemayadan keyingi davrda benzinning narxi keskin ko‘tarildi va qo‘shni davlatlar bilan solishtirganda 2 barobar narxlar tafovuti yuzaga keldi. (1-jadval.)
O‘zbekiston sharoitida Uzavtomotorsda ishlab chiqarilgan avtomobil Chevrolet spark benzin yonilg‘i turida harakatlansa 100 km uchun shahar sharoitida yoz kunlari kondetsionersiz 7 litr, kondetsioner qo‘shilsa 10 % gacha qo‘shimcha yonilg‘i sarfi yuzaga keladi, bu degani
taqriban 7,5-7,7 litrgacha yonilg‘i sarf qiladi. Agar ushbu ko‘rsatkichlarni yuqoridagi narxlarga bog‘lasak:
100 km masofa uchun benzinda sarf maksimum holda 70500 so‘mgacha (Ai-92 benzinda 7.5 litr uchun 9400 so’mdan hisoblansa). Ushbu holatni metan uchun qarab chiqsak 21000 so’mgacha (2800 so’mdan hisoblansa). Xiyotda ishlab chiqarilgan elektromobil Xpeng G3 ko‘rsatkichiga e’tibor qilsak battariya sig‘imi 57 kW va bu batariya sig‘imi bilan 460 km masofa bosadi. Bu ko‘rsatkichlar orqali 100 km uchun hisoblab chiqsak 3655 so‘mni tashkil qiladi .[8]
Havfsizligi - ushbu ekspluatatsiyaga joriy etilayotgan avtomobillar xarakatlanish jarayonida havfsizlik talablariga to‘laqonli javob beradi, shunigdek shovqinsiz. Bu esa haydovchi va yo‘lovchilarning harakat davomida ortiqcha shovqindan halos etadi, bu orqali haydovchining yo‘lda charchashini nisbatan kamaytiradi.
1-rasm. Gaz yonilg‘isining yengil avtomobillardagi salbiy oqibatlari.[2]
1-jadval.
BENZIN NARXI O'ZBEKNEFTGAZ LUKOYL MUSTANG METAN
АИ-80 6890 8 490 6800 2800
АИ-91
АИ-92 9400 9 990 9800
АИ-95 10000 10790 10500
Ekologik havfsizligi - elektromobil 100% atrof - muhitga zarasiz hisoblanib yevro ittifoqning texnik talablariga to‘liq javob beradi. [3]
Yuqoridagi hisob kitoblardan shu aniq bo‘ladiki, hozirda elektromobillarning ekspluatatsion harajatlari qolgan yonilg‘i turlariga nisbatan ancha arzon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Bu esa yaqin orada Respublikamiz hududida elektromobillarning soni oshishi ehtimoli mavjudligini bildiradi.
* - ya’ni bu yerda 1 kW elektr toki 295 so‘m qilib olindi
- Yuqorida berilgan ma’lumotlar 2022-yilningyanvar-fevral oylaridagi holatlardir
**
Ushbu yuqoridagi faktlarga asoslangan holda mamlakatimiz hududidagi zaryadlovchi stansiyalar sonini butun Respublika miqyosida to‘gri taqsimot qilgan holda o‘rnatish lozim. Agar biz elektromobillarning mamlakatimizga olib kirilishini o‘tgan 4 yil kesimida qaraydigan bo‘lsak.(2-jadval)
2-jadval.
O’zbekiston Respublikasiga o‘tgan yillar davomida import qilingan elektromobillar
soni.
Elektromobil Import qilingan yil Import qilingan elektromobillar soni
2018 13
2019 39
2020 131
2021 809
1-diagramma. 2018-yildan 2021-yilgacha import qilingan avtomashinalar soni foizda.[7]
Yuqoridagi jadval va diagramma asosida shuni ko‘rishimiz mumkinki hozirgacha mamlakat hududiga olib kirilgan elektromobillarning 82% qismi aynan 2021-yilda olib kelingan avtomobillarga tog‘ri kelmoqda. Albatta bu faktlarni inobatga olgan holda ularga elektr zaryadlovchi stansiyalar sonini mutanosib tarzda loyihalash zarur. Hozirda aynan shu holatda faqatgina Respublika miqyosida Toshkent shahridagina loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda va elektromobillar uchun qulaylikalar yaratilmoqda [4].
Zavod tomonidan berilayotgan texnik ko‘rsatkichlarga e’tibor bersak elektromobillar 220V hamda 380V kuchlanishdaham zaryad olish imkoniyati yaratilgan ya’ni sekin va tez quvvatlash moslamalari o‘rnatilgan. Bilamizki xonadonlarda 220V kuchlanishga ega va ushbu holatda uydaham quvvatlash imkoniyati mumkindir, lekin bu holatda vaqt unumdorligi pasayadi, ya’ni to‘liq quvvatlash uchun o‘rtacha 8-9 soat (Xpeng G3 220Vda) vaqt davomida quvvatlash kerak bo‘ladi. 380V kuchlanishda esa 30 daqiqda 80% quvvat olish imkoniyati yaratilgan.[9]
Elektromobil Importi Foizda
■ 2018
■ 2019
■ 2020 2021
Jizzax shahri hududida 2021-yil Noyabr oyida birinchi elektromobil quvvatlash stansiyasi ishga tushirildi. Yangi ishga tushirilgan quvvatlash stansiyasi avtomobillar uchun Amir Temur MFY hududida joylashgan UZNEFTIGAZ yonilg‘i quyish shahobchasi hududida amalga oshirilmoqda. Va ushbu amalga oshirilayotgan loyihalar kelajak uchun qo‘yilgan poydevor misolidir.
XULOSA
Yuqoridagiga keltirilgan faktlar asosida shuni aytishimiz kerakki, 2022-yildan boshlab mamlakat hududiga olib kiriladigan elektromobillar soni bundanham yuqorilash kutiladi. Bundan tashqari prezidentimiz topshirig‘iga binoan hozirda Respublika hududida elektromobil ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilishi boshlangan va kelajakda mamalakatimiz o‘z elektromobiligaham ega bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki, hozirda yangi qurilayotgan avtomobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatishga bo‘lgan loyihalanadigan joylar ko‘p. Ushbu loyiha o‘rinda aytishimiz mumkin bo‘lgan elektr zaryadlash stansiyalarni bozorlar, supermarketlar, avtorurarghlar, ko‘ngilochar bog‘lar avtoturargohlari hududida, va savdo markazlari avtoturargohlari hududlarida tashkil etish maqsadga muvoffiqdir. (2-rasm.)
2-rasm. Elektromobillar uchun Jizzax shahri hududida qad rostlashi mumkin bo‘lgan
quvvatlovchi stansiyalar uchun xarita.
1- “Eski shahar” buyum bozori avtoturargohi.
2- “O‘rda ekologik” bog‘i hamda “Coworking” markazi avtoturargohi.
3- “Paradise” savdo markazi avtoturargohi.
4- “Korzinka” supermarketi avtoturargohi.
5- Islom Karimov Shoh ko‘chasi.
6- “Jizzax Politexnika Instituti” Texnopark markazi (Loyiha).
7- Ko‘k bozor avtoturargohiga.
Aynan ushbu, yuqorida ko‘rsatilgan joylarda quvvatlash stansiyalarini tashkil etish albatta kelajakda ushbu joylarga aholining tashrifini birmuncha o‘stiradi va ushbu joylar iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatini oshiradi. Albatta bunga o‘xshahs joylar talaygina lekin avtomobillar oqimiga ko‘ra loyiha kengayish ehtimoliham mavjud.
Foydalilik jihatlariga, ekologiyaga zararli ta’siri yo‘qligi, bundan tashqari avtomobillar “parkovkalash”dagi imkoniyatlarniham oshirishi. Yerosti qazilma tabiiy boyliklarni tejash imkonini beradi. Va yuqorida aytib o‘tilganidek, qish faslida hozirda mamlakat hududida tabiiy gazning barcha hududlarga “stabil” yetkazilishini ta’minlabgina qolmay balki narx navodagi ko‘tarilishni oldini oladi.
АДАБИЁТЛАР
1. Avtomobilning umumiy tuzilishi: Darslik / Akilov A.A.
va boshq. -T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. - 142 b.
2. Baxtiyorovich, A. I., & Ogli, R. U. F. (2021). YENGIL AVTOMOBILLARDA
YOQILGI SARFINI KAMAYTIRISH USULLARI. educational, natural and social sciences, 1(1).
Oriental
renaissance:
Innovative,
3. ЭКОЛОГИЯ АВТОМОБИЛИ. Доц О.К.Адилов,М.Абдурахманов, С.Имомназаров
4. Raxmatov, O., & Sotvoldiyev, X. R. O. G. L. (2021). AVTOTRANSPORT VOSITALARIGA MAVSUMIY SERVIS XIZMAT KO’RSATISH TURLARI VA
ULARNING XARAKAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(10), 1147-1151.