Научная статья на тему 'EKOTURIZM VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

EKOTURIZM VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ekoturizm / ekologik ta’lim / turistik resurslar / rekreatsiya / texnogen omillar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Asadov Samandarbek Asliddin Ogli, Normamatov Bekzod Otabek Ogli

Ushbu maqola turizmni tashkil etish va mamlakat imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda, ekoturizmdan daromad olish masalalariga bag’ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOTURIZM VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

EKOTURIZM VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

1Asadov Samandarbek Asliddin o'g'li, 2Normamatov Bekzod Otabek o'g'li

1,2QarshiDU talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11379075

Annotatsiya. Ushbu maqola turizmni tashkil etish va mamlakat imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda, ekoturizmdan daromad olish masalalariga bag'ishlangan.

Kalit so^zlar: ekoturizm, ekologik ta'lim, turistik resurslar,rekreatsiya, texnogen omillar.

Аннотация. Данная статья посвящена вопросам организации туризма и получения доходов от экотуризма, эффективно используя возможности страны.

Ключевые слова: экотуризм, экологическое образование, туристские ресурсы, рекреация, техногенные факторы.

Annotation. This article is devoted to the issues of organizing tourism and profiting from ecotourism, using the country's opportunities effectively.

Keywords: ecotourism, environmental education, tourist resources, recreation, man-made factors.

Jahonda global muammolar: suv tanqisligi, iqlimni o'zgarishi, havoning ifloslanishi,ozon qatlamini yemirilishi, ormonlarni qisqarishi, aholini va avtomabillarni ko'payishi kabilar yuzaga kelmoqda. Ushbu zamonaviy inqirozlihodisalarni hisobga olgan holda, "inson-tabiat" tizimidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishga imkon beradigan rivojlanishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu ekoturizm bo'lib, u so'nggi yillarda tez sur'atlarda rivojanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo hududidagi davlatlar orasida ekologik turizmni rivojlantirish bo'yicha katta imkoniyatlariga ega bo'lgan va bu borada raqobatbardoshligi yuqori mamlakatlardan hisoblanadi. Yuksak tog' cho'qqilarimiz, uch ming yillik insoniyat tamadduniga guvoh shaharlarimiz, cho'l va yashil vodiylarimiz, ming bir dardga shifo zilol suvlarimizning borligi ushbu sohani rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratib beradi. Mavjud imkoniyatlarda to'g'ri foydalanish uchun esa mamlakatimiz tabiatining xilma-xil va boy turistik-rekreatsiya resurslari salohiyatidan samarali foydalanish, tabiat va madaniyat meroslarini asrash va muhofaza qilish, mahalliy aholini ish bilan ta'minlash bo'yicha tegishli dasturlar ishlab chiqish zarur.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2016-yil 2-dekabrdagi PF-486-sonli Farmoni mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda tub burilishni, yangi bosqichning zaminini, turizmda istiqbolli islohotlarning sharoitlarini yaratdi. Prezident farmonida:

"Mamlakatda turizmi jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatdan yanada to'liq va samarali foydalanish, an'anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa salohiyatli turlarini ekalogik turizmni ichki, kirish va drigish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish" belgilangan. Ommaviy axborot vositalarida ekoturizmning o'rni va ahamiyatini ochib berishga qaratilgan ko'plab qarashlar olg'a surilmoqda. Xalqaro maqomdagi tashkilot va muassasalarning ma'lumotiga ko'ra, ko'pgina turizm turlari yiliga o'rtacha 5 foizga ortib borayotgan bo'lsa, ekoturizm yiliga o'rtacha 20-30 foizga o'sib bormoqda. Aksariyat mutaxassis va tadqiqotchilarning ilmiy tajriba va xulosalari shuni ko'rsatmoqdaki, ekoturizm turizmning yangi

va yosh yo'nalishi bo'lishiga qaramasdan, ommalashuvi boshqa turistik yo'nalishlarga nisbatan 2-3 barobar jadal kechmoqda.

M.R.Boltaboyev, I.S.Tuxliyev, B.SH.Safarov, S.A.Abduxamidov "Turizm: nazariya va amaliyot" darsligi ilg'or xorijiy tajribalardan foydalangan holda turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Xorijiy turizm bozorini rivojlantirish tendensiyalari, mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat siyosatining maqsadli vazifalari aniq misollar yordamida belgilab berilgan.

G.A.Alimova, A.A.Yodgarov, L.Sh.Egamberdiyeva, A.A.Kazakov "Ekologiya" darsligi fan va texnologiyalarni rivojlantirish qo'mitasining F-1-176 "Barqaror iqtisodiy rivojlanishni "yashil iqtisodiyot" asosida ta'minlashning konseptual asoslarini takomillashtirish" fundamental ilmiy granti doirasida bajarilgan bo'lib, darslikda ekologiya fanining mohiyati va vazifalari, biosfera, ekologik tizimlar, mineral xomashyo resurslaridan foydalanish, biologik resurslar va alohida muhofaza qilinadigan hududlar, inson ekologiyasi, atmosfera, gidrosfera, litosfera resurslari, ularni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchan energiya manbalari, oziq- ovqat muammosi va ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning davlat tomonidan boshqarilishini ta'minlash to'g'risida ma'lumot berilgan.

Tadqiqot jarayonida ekologik muammolarni bartaraf etish va turizmni rivojlantirish hamda uni tashkil etish bo'yicha izlanishlar bir qator usullar, jumladan, xorijiy tajribalarni monografik tahlillar natijalarini monografik tadqiqot, analiz va sintez, tizimli tahlil kabi iqtisodiy usullar asosida o'rganilgan.

Ekoturizm ( yashil turizm ) - antropogen ta'sirga nisbatan ta'sirlanmagan tabiiy hududlarga tashrif buyurishga qaratilgan barqaror turizmning bir shaklidir^.

Ekoturizmning tamoyillarini "Xalqaro ekoturizm" tashkiloti ishlab chiqqan. Bu tamoyillar jahondagi barcha davlatlarning rahbarlariga tarqatilgan bo'lib, har bir davlatlar ekoturizmni tashkil qilganda ushbu tamoyillarga amal qilish talab qilinadi:

1. Ekoturizm tabiatga qaratilgan va tabiiy resurslardan foydalanishgaasoslangan bo'lishi.

2. Ekoturizm ekologik barqaror rivojlanishga va yashash muhitimizgakeltirilayotgan ziyonlarni minimallashtirishga asoslangan bo'lishi.

3. Ekoturizm ekologik ta'lim va ma'rifatga yo'naltirilgan bo'lib, tabiat bilanteng hamkorlikka asoslangan bo'lishi.

4. Ekoturizm mahalliy ijtimoiy madaniyatni saqlashga va yordam berishgaasoslangan bo'lishi.

5. Ekoturizm faoliyat ko'rsatgan hududlarning barqaror rivojlanishini vaiqtisodiy samaradorligini ta'minlashiga asoslangan bo'lishi kerak.

Bugungi kunda ekoturizm jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo'lib, ekspertlarning fikricha, 2020-yilgi pandemiyadan oldin turizmning ushbu turi bir kunda 1 milliard dollargacha daromad keltirdi. Hozirda dunyodagi barcha sayyohlarning taxminan uchdan bir qismi ekoturistlardir.

Ekoturizmning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligini va barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun tabiatdan turistik yo'nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun «O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi»dagi dasturni keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada

respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan:

❖ ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;

❖ ekoturistik fan, ta'lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

❖ aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o'stirish;

❖ ekoturizm yo'nalishidagi ta'lim va tarbiyani yo'lga qo'yish;

❖ ekoturizm bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ekoturistik obyektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib boorish;

❖ ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo'lga qo'yish;

❖ milliy davlat hududlarini ekoturizm bo'yicha rayonlashtirish;

❖ davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va strategikdasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish;

❖ biologik xilma-xillikni saqlash.

Jahonda «2002-yil - ekoturizm yili», deb e'lon qilinishi bu sohaga yanada ko'proqe'tibor berish va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan yo'lning boshi bo'lgan. Negaki, hozirgi kunda ekologik muammolar yetarli bo'lib, tabiatni muhofazaqilish va ulardan oqilona foydalanish dunyo hamjamiyati oldida turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishi hozirgi bosqichining xarakterli xususiyatlaridan biri atrof- muhit ifloslanishining texnogen omillarining ortishi bo'lib, bu favqulodda holatlarda birinchi navbatda turistik resurslarning ekologik krizisiga olib keladi. Ekologik vaziyatning zo'rayishi butun dunyoda muammo darajasidagi holatdir.

Shuning uchun bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri tabiiy muhitni saqlash masalalarini hal qilishga yangicha yo'nalishlarni ishlab chiqishdir. Bunday yondashuvni kompleks darajada murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik tizim sifatida qaralishi muhimdir. Ushbu muammolarni hal qilishda yetakchi o'rinni turizm egallaydi va buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

1. Turizm dunyo xo'jaligida dinamik rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. U jahon milliy yalpi mahsulotida samarali o'rin egallaydi, jahon investitsiyalarining 7% ni o'ziga jalb qilgan holda katta miqdorda yangi ishchi o'rinlari yaratishi ko'p mamlakatlarda soliq tushumlarining muhim manbasi hisoblanadi.

2. Turizm zamonaviy davlat iqtisodiyotining barcha muhim bo'g'inlariga, rivojlangan jamiyat hayotining barcha tomonlariga ta'sir ko'rsatadi. Turizm iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishni ta'minlaydi va ijtimoiy taraqqiyot ustuvor almashuvining samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

Dunyoning qator mamlakatlari Turkiya, Yegipet, Tailand, Malaziya, Kipr, Hindiston, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda sayohatni rivojlantirish uchun qator tadbirlar bajarilmoqda. Bu mamlakatlarda turizmni rivojlantirishdan maqsad, mamlakat budjetiga chet el valyutasi tushumini ta'minlash. Bugungi kunda, o'lkamizda ham ekologik sayyohlikni rivojlantirishga keng shaqroitlar yaratilmoqda. Zero, respublikamiz viloyatlari boy sayyohlik imkoniyatlarga ega.

Vatanimiz ekoturizmining taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda oqilona foydalanish lozim. Shuning sababli, O'zbekistonda alohida hududlarda ekoturizmning rivojlanishini uchun bir qator

chora - tadbirlar ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi:

- mavjud tarixiy yodgorliklar, betakror tabiat haqida ma'lumot berish orqalijahon ekoturizm bozorida o'rin egallash

- jahon bozori talablariga mos keladigan loyihalar ishlab chiqib, amalgaoshirish

- mamlakatimiz ekoturizmini jahon andozalariga mos keladigan moddiy-texnika bazasi bilan ta'minlash

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYHATI

1. O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi, Ekologik xabamomasi, j. N 6, 2007, Toshkent 8-14-bb.

2. R. Xaitov "Ekologik turizm" oquv qollanma. - Toshkent: 2018. -248 b.

3. cyberleninka.ru.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.