Научная статья на тему 'DON VA DONNI QAYTA ISHLASH SOHASIDA BOZOR MEXANIZMALARINI TO’LIQ JORIY ETISH MASALALARI'

DON VA DONNI QAYTA ISHLASH SOHASIDA BOZOR MEXANIZMALARINI TO’LIQ JORIY ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
193
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / donni qayta ishlash korxonalari / bozor mexanizmlari / birja savdolari. / маркетинг / зерноперерабатывающие предприятия / рыночные механизмы / биржевая торговля.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Boyjigitov Sanjarbek Komiljon O’G’Li

Mazkur maqolada bugungi kunda don va donni qayta ishlash korxonalarining faoliyatida bozor mexanizmlarini to’liq joriy etish masalalari, undagi muammolar, muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Qolaversa, bozor mexanizmlarining o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Проблемы полного внедрения рыночных механизмов в области обработки зерна и зерна

В данной статье разработаны научно-практические предложения и рекомендации, направленные на решение вопросов рыночных механизмов в деятельности зерновых и зерноперерабатывающих предприятий на сегодняшний день, проблем в ней. Кроме того, проводились научные исследования специфических характеристик рыночных механизмов.

Текст научной работы на тему «DON VA DONNI QAYTA ISHLASH SOHASIDA BOZOR MEXANIZMALARINI TO’LIQ JORIY ETISH MASALALARI»

DON VA DONNI QAYTA ISHLASH SOHASIDA BOZOR MEXANIZMALARINI TO'LIQ JORIY ETISH MASALALARI

Boyjigitov Sanjarbek Komiljon o'g'li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Marketing kafedrasi assistenti e-mail: boyjigitovsanjarbek@sies.uz

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda don va donni qayta ishlash korxonalarining faoliyatida bozor mexanizmlarini to'liq joriy etish masalalari, undagi muammolar, muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Qolaversa, bozor mexanizmlarining o'ziga xos xususiyatlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Kalit so'zlar: marketing, donni qayta ishlash korxonalari, bozor mexanizmlari, birja savdolari.

Аннотация. В данной статье разработаны научно-практические предложения и рекомендации, направленные на решение вопросов рыночных механизмов в деятельности зерновых и зерноперерабатывающих предприятий на сегодняшний день, проблем в ней. Кроме того, проводились научные исследования специфических характеристик рыночных механизмов.

Ключевые слова: маркетинг, зерноперерабатывающие предприятия, рыночные механизмы, биржевая торговля.

Mamlakat iqtisodiyotining har bir soha va tarmoqlarida faoliyat olib borayotgan korxonalar bugungi kunda bozor mexanizmlari asosida faoliyat olib borish raqobat sharoitida mijozlar bilan aloqalarni mustahkamlash, iste'molchilar ehtiyojlarini chuqurroq anglash, iste'molchilar daromadlariga ega tovarlar va xizmatlar taqdim qilish xususiyatlarini aks etadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktabrdagi "Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to'liq joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 866-son Qaroriga asosan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g'alla narxini hosildorlikdan kelib chiqib belgilashni nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etilgan, bozor munosabatlari iqtisodiyotning barcha jabhalariga keng joriy etilishi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining g'alla va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarga oshib borayotgan talablarni to'liq qondirish imkoniyatini yaratilgan bo'lib, sohaning bozor mexanizmlariga to'liq joriy etish imkoniyatlari, oliy navli un barcha iste'molchilarga birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotilishi, 2019-yildan boshlab tayyorlangan va un ishlab chiqarishga yo'naltiriladigan bug'doydan boshqa g'alla iste'molchilarining barcha toifalariga faqat birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotilishi belgilab berilgan [1]. Bu esa sohani bozor mexanizmlari asosida yanada rivojlantirish, korxonaning marketing, eksport va ichki sotuv bo'limi faoliyatini takomillashtirish, marketing xizmati samaradorligini aniqlash va baholash,

marketing xizmati orqali korxona iste'molchilari bilan uzviy aloqasini mustahkamlash muhim vazifalardan sanaladi.

Shu o'rinda bozor mexanizmlari asosida don, un va non yetkazib berish tizimini isloh qilish, sohada birinchi navbatda qolipli non ishlab chiqaruvchi va unning chakana savdosi bilan, ayniqsa, respublikaning chekka hududlarida unning chakana savdosi bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarning mahalliy unni sotish bo'yicha o'tkaziladigan birja savdolarida ishtirok etishiga imkoniyat yaratish va ularning ushbu savdolarga jalb etilishini ta'minlash hamda barcha aholi punktlarida iste'molchilarga un va qolipli nonning uzluksiz yetkazib berilishini ta'minlash bo'yicha qilinishi lozim ishlab belgilab berilgan.

Yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishda marketing, eksport va ichki sotish bo'limi faoliyatini takomillashtirish, marketing muhitini tahlil qilish va marketing xizmati samaradorligini baholash orqali korxona faoliyatini bozor mexanizmlariga to'liq o'tishini ta'minlash, don va donni qayta ishlash korxonalari faoliyatida marketing muhitini tahlil qilishning o'ziga xos xususiyatlarini ochib berish muhim omillardan hisoblanadi.

Marketing muhiti - bu korxona marketing xizmati xodimlarining mijozlar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o'rnatish va bu munosabatlarning saqlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi subyektlar va kuchlarning majmui tushuniladi. Marketing muhiti umuman bozor kon'yunkturasiga va xususan korxona faoliyati, shu jumladan, bozorning boshqa subyektlariga bevosita ta'sir etuvchi kuchlar va omillar yig'indisidan iborat [2].

Marketing muhitidan samarali foydalanish asnosida korxonalar faoliyatini bozor mexanizmlariga to'liq o'tkazishni belgilab olish lozim. Chunki, muhit doimiy o'zgarishda, ya'ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli o'rganish, alohida jarayonlarni va ularning o'zaro aloqasini kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir bo'lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas o'zgarishiga e'tibor bermaslik yoki nazoratni susaytirish firmaning va bozorning boshqa subyektlari ishida juda og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxona marketologlarining muhit doirasida bo'layotgan o'zgartirishlarni alohida va mas'uldorlik bilan kuzatib borishlari nazarda tutiladi. Boshqalarga qaraganda ular yangi tendensiyalarni kuzatib qulay imkoniyatlarni topishlari lozim, chunki ular ixtiyorida maxsus marketing instrumentlari, ya'ni marketing tadqiqotlari mavjuddir [4].

Bozor iqtisodiyoti sharoitida monopolist korxonalar o'zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlash va daromadlarni ko'paytirish uchun raqobatni bartaraf etishga intiladi. Korxonalarning birlashishi, yirik sanoatchilar va savdogarlarning iqtisodiy kelishuvlari raqobatning zaiflashishiga va bozorning o'zini o'zi tartibga solish xususiyatlariga yordam beradi. Nisbatan kichik tovar ishlab chiqaruvchilar soni ham kamaymoqda, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni joriy etish asosida ishlab chiqarish kengaytirilmoqda, bu esa joriy ishlab chiqarish xarajatlarini keskin kamaytirish, iste'molchilar uchun arzonroq narxlarni belgilash va ishlab chiqarishning sezilarli qismini yo'q qilish imkonini beradi.

An'anaviy tushunchada firma, birinchi navbatda, sanoat va moliyaviy erkinlikka ega, yuridik shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan, bank hisobvarag'iga va boshqa ro'yxatdan o'tish belgilariga ega bo'lgan alohida bozor agenti hisoblanadi. Firma resurslarni qayta taqsimlash funksiyasini, shuningdek, bozor mexanizmini bajaradi. Ushbu funksiyani amalga oshirish bozorda resurslarni o'zlashtiradigan, ularni birlashtiradigan va tayyor mahsulotni xaridorlarga sotadigan "shartli model" ni tan olishga asoslangan [3].

Korxona bozor mexanizmlariga to'liq o'tish jarayonida korxonada mehnat resurslar ta'minoti, marketing muhiti orqali korxona ichki va tashqi muhit elementlarining uzviy bog'liqligini ta'minlash bugungi bozor elementlarining imkoniyatlarini oshiradi [5]. Har bir bo'lim xodimlarining o'z huquqlarini boshqaruvga topshirishga roziligi bozor mexanizmidan boshqasiga - kompaniyaga xos bo'lgan resurslarni qayta taqsimlash mexanizmiga o'tishi hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, xodimlar talab va taklifning ixtiyoriy muvozanati asosida emas, balki koordinatorning ko'rsatmalari asosida harakatlarni amalga oshirishlari to'g'risida fikrga egalar. Lekin shu bilan birga firma bozor mexanizmiga nisbatan xarajatlarni tejash imkoniyatlarini baholash kerak.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bozor mexanizmlariga to'liq o'tadigan korxonalar o'zlarining faoliyatini takomillashtirish, ayniqsa, marketing vositalaridan samarali foydalanish korxona uchun ko'proq foyda keltirishi, korxona mijozlari talab va ehtiyojlarini kengroq anglashi, korxona o'z imkoniyatlarini baholashda marketing ichki va tashqi muhit elementlaridan foydalanish korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini ortishini ta'minlashi mumkinligini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktabrdagi "Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to'liq joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 866-son Qarori.

2. Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik.-T.: Iqtisodiyot, 2018. - 315 b.

3. Soliyev A., Buzrukxonov S. Marketing. Bozorshunoslik. Darslik. -T.: Iqtisod-Moliya, 2010.-424 b.

4. Маркетинг: учеб. пособие / Ю.Ю.Суслова, Е.В.Щербенко, О.С.Веремеенко, О.Г.Алёшина. - Красноярск : Сиб. федер. ун-т, 2018. - 380 с.

5. Щегорцов В.А., Таран В.А., Шойгу И.А., Щегорцев М.В. Основы маркетинга: учебник для вузов. - М.: Дело, 2016.- 414 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.