DIZAYN YO'NALISHIDA TA'LIM BERISHNING MUAMMOLARI
Muqaddam Taxirovna Ahmedova
Toshkent shahridagi YEOJU texnika institutining "Libos dizayn" kafedra o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Dizayn moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini qamrab oladi va ilmiy-texnik va gumanitar madaniyatni birlashtirgan, yangi turdagi zamonaviy moddiy madaniyat - loyihalashtirish madaniyatining asosiy badiiy loyihalashtirish metodi hisoblanadi. Ushbu maqolada dizayn yo'nalishida ta'lim berishning muammolari xususida so'z yuritildi.
Kalit so'zlar: dizaynerlik; intellekt; estetik tarbiya; dizayn ta'limi.
ABSTRACT
Design covers all areas of material production and combines scientific, technical and humanitarian culture, a new kind of modern material culture is the main artistic design method of design culture. This article discusses the challenges of design education.
Keywords: design; intellect; aesthetic education; design education.
KIRISH
Dizayn — ingliz tilidan olingan bo'lib, shinam, yangi, chiroyli loyiha degan ma'noni anglatadi. Dizayner esa kuchli rassom, konstruktor. Buyum bilan tanishish ma'lum darajada unga baho berish bilan bog'liq. Baho berish funksional, estetik, sotsial-nufuzli bo'lishi mumkin. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug'ullanadigan kishi o'zining pirovard maqsadida chiroyli buyum yaratishga xarakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilish lozim. Buyumning tashqi formasi geometrik shakllar paralelepiped, prizma, silindr, konussimon. Ma'lumki, har qanday buyum uch o'lchovga ega bo'lib, bu o'lchovlar nisbatini biz hamisha his qilib turamiz. Shu sababli buyumning hajmiga doir xarakteristikalari uning asosiy o'lchovlariga bog'liq bo'ladi.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI
Material obyekt qanday materialdan tayyorlanganligi ham juda katta ahamiyatga ega. Garmonik forma go'zallik qonunlari asosida yaratiladi. U uzviy va yaxlit qismlari proporsional va ritmik bo'lib, u odamga va atrofdagi bo'limlarga mos plastik
bo'ladi., rangi ko'zni quvontiradi. Dizaynda kompozitsiya deganda ba'zan tugallangan obyektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi. Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o'z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi. Yaratilayotgan har qanday obyekt ma'lum vazifani (funksiyani) bajarishga qaratilgan. Obyektning shakli, o'lchami uning funksiyasiga shakl mazmuni va tashqi qiyofasiga mos kelishi kerak. Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo'lsa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo'lsa, u holda bunday tuzilishni faoviy tuzilish deyiladi.
Hozirgi kunda intellekt, intellektual ko'nikma va malaka, yuqori bilimdonlik, mustaqil fikrlash, mustaqil ravishda asosli qaror qabul qilish qobiliyati kabi mezonlar ta'lim jarayonida asosiy o'rinlarni egallayotganligi ko'rinib turibdi. Dizayn, dizaynerlik faoliyati zamonaviy madaniyatning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Dizaynerlik faoliyatida ilmiy, badiiy va texnik ijodkorlikning sintetik tarzda namoyon bolishini ko'ramiz, lekin dizayn ulardan mazmun va mohiyatan farqlanadi. San'at bilan dizayn o'rtasida umummiyliklar bor, lekin ular estetik faoliyatning turlari hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o'z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalami oladi. Yaratilayotgan har qanday ob'yekt ma'lum vazifani (funksiyani) bajarishga qaratilgan. Ob'yektning shakli, o'Ichami uning funksiyasiga shakl mazmuni va tashkiliy qiyofasiga mos kelishi kerak. Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo'Isa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo'Isa, u holda bunday tuzilishni fazoviy tuzilish deyiladi. Dizaynda kompozitsiya deganda ba'zan tugallangan ob'yektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi. Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi. Estetik faoliyatning asosiy xususiyatlari ham estetik ehtiyojlar bilan belgilanadi. Inson faoliyatining barcha turlari ijtimoiy hayot jabhalarida namoyon bo'ladi. Estetik faoliyat inson moddiy yoki ma'naviy faoliyatining o'zagi bo'lib, uning barcha shakllari inson kuch-qudrati mohiyatining yorqin ifodasi bo'lib borgan sari estetik mazmun kasb etaveradi. Shunday qilib, estetik faoliyat inson faoliyati boshqa shakllarining «insoniylik» mezoniga aylanadi. Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini tashkil qiladi. Lekin estetik omillar ilmiy ijodga tarkiban xos bo'lib, unga yordamchi omil vazifasini o'taydi. Juda ko'p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohlik berishlaricha,
olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning estetik madaniyati darajasiga bevosita bog'liq ekan. Estetik faoliyat ilmiy izlanishlaming hamma bosqichlarida ilmiy muammolaming qo'yilishi, ulaming yechimi, olingan ilmiy natijalami baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.
San'at, avvalo, ma'naviy ishlab chiqarishning turi bo'lib, u estetik ongning bilish sohasiga kiradi. U san'atning tub mohiyatini ifodalaydi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda o'quvchining dizaynga qiziqishini, ya'ni dizaynerlik tafakkurini oilada, maktabgacha talim muassasalarida shakllantirib, umumiy orta talim maktablarida rivojlantirib, kasb-hunar hamda oliy ta'limda yanada takomillashtirib borish maqsadga muvofiqdir. Estetik tarbiya inson ongli faoliyatidagi eng qadimiy mashg'ulotlardan biri. Zero, insonlar hamisha ish qurollarining qulay, turmush tarzining go'zal bo'lishiga e'tibor qaratib kelganlar. Qadimgi yunon faylasuflarining asarlari, shu jumladan, O'zbekiston hududidan arxeologik qazishmalar chogida topilgan tarixiy manbalar bunga misol bola oladi. Shuning uchun ham estetik tarbiya har doim tarbiyaviy tadbirlarning eng asosiylaridan bo'lganligini e'tirof etish mumkin. Zero, dizayn tarbiyasi o'quvchi-yoshlarning ilmiy dunyoqarashni shakllanishida alohida e'tiborga molik. O'quvchilarda dizaynerlik dunyoqarashni shakllantirishda turli omillarning ta'siri ham turlicha. O'quvchilarning dizaynerlik tasavvurlarini boshlang'ich sinflarda shakllantirishning eng optimal shakli badiiy loyihalash haqidagi, shuningdek, go'zallik, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik, madaniyatllilik, ma'rifatparvarlik to'g'risidagi ma'lumotlar, badiiy estetik qonuniyatlar haqidagi bilimlar vositasida elementar tasavvurlarni tarkib toptirib borishdan iborat. Bu borada musiqa, raqs, teatr, kino, tasviriy va amaliy sanat, milliy badiiy hunarmandchilik namunalarining tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyosdir. Ularning tarbiyaviy ahamiyatidan boshlang'ich sinflarda samarali foydalanish uchun esa ilmiy asoslangan, tajribada sinab ko'rilgan talimiy, tarbiyaviy tadbirlarning mazmuni, metodikasi, pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish talab etiladi. Bu bugungi kun pedagogika fanining ustuvor vazifasi, dolzarb mavzusi sifatida etirof etilishi lozim. Zero, o'quvchilarda dizaynerlik tasavvurlarni shakllantirish nafaqat oilada, balki umumiy orta talim maktablarida, maktabgacha talim muassasalarida olib borilishi lozim va shart, shuningdek, ularning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, tarbiyachi va muallim-o'qituvchilarning hamda keng jamoatchilikning ma'suliyatli vazifasi hisoblanadi. Ular uchun ilmiy asoslangan o'quv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish esa olimlarimiz zimmasidagi mas'uliyatli vazifalardir.
Dizayn va uning kelib chiqishi haqida ko'plab maqolalar, risolalar yozilgan bo'lsada, uning dastlabki nuqtalariga tarixiy haqqoniylik nuqtai nazaridan uzil-kesil oydinlik kiritilgan emas. Bugungi kunda uning terminologiyasi ham tartibga
solinganicha yoq. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiyada hisobga olinadigan jahon umumiy o'rta ta'lim tizimining asosiy yo'nalishlaridan biri - o'quvchilarga topshiriqlar, vazifalar berish emas, balki ularni rivojlantirish hisoblanadi. O'quv rejalari, dasturlari va darsliklarini murakkablashtirish va boyitish, taalimni jadallashtirish emas, balki ta'lim mazmuni nuqtai nazaridan an'anaviy tizimlarni qayta qurish, o'quv materialini hamda metodlarni o'zlashtirishni tashkil qilish o'quvchilarning umuman kognitiv sohasini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berishi isbotlangan. Dizayn ta'limi muammosi bo'yicha manbalarni tahlil qilish, ya'ni muammoning dolzarbligini asoslash, psixologik anglab etish, dizaynni o'qitishda to'plangan tajribalarni umumlashtirish, dizaynni faol ijodkorlik shakli sifatida qaralishiga, dizayn asoslarini o'rganish natijasiga esa yangi ijtimoiy-muhit dunyoqarashi deb hisoblanishiga asos boladi.
Dizaynerlik tafakurini shakllantirish - bu uyg'unlashgan predmetli muhitni yaratishga yo'naltirilgan emotsional-baholash va ijodiy yaratuvchilik faoliyatiga qodir insonni tarbiyalash muammosidir. Dizaynerlik tafakuri ongning o'ziga xos ko'rsatmasini, baholash mulohazalari va ijodiy faoliyat usullarini o'z ichiga oluvchi kompleks sifatida qaraladi, inson ularga amal qilib o'zida buyumlar dunyosiga va uni o'rab turgan muhitga taalluqli estetik munosabatni shakllantirishi mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar va mehnat bozori talab-ehtiyojlari kasbiy talimni takomillashtirish zarurligini talab etadi. Bugungi kunda dizaynerlik kasbi mehnat bozorida talabga ega va dizaynerlar iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan sohalarida faol mehnat qilmoqdalar.
XULOSA
Loyihalar metodi o'quvchilarning dizaynerlik tafakkurlarini rivojlantirishga, ularning materiallar bilan ishlash boyicha turli bilim va ko'nikmalarni egallashlariga yordam beradi, uyda texnika va madaniyatni o'rganish, kasbiy rejalarni anihlashtirishga imkon yaratadi. Mehnat ta'limda loyihalar metodi talimda shaxs va jamiyat manfaatlarini mos birlashtirishga, ohuvchilarda texnologik ta'limga qiziqishni shakllantirishga yordam beradi, bilim va malakalari sohasini kengaytiradi, bu o'quvchilarning bo'lajak mutaxassis hamda o'z vatani fuqarosi sifatida tashkil topishlariga yordam beradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturida"gi Qonuni // Oliy ta'lim: Meyoriy - huquqiy va uslubiy hujjatlar to'plami. - Toshkent: 2004.
2. Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta'lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007.
3. Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013.
4. N.A. Muslimov, M.Usmonboeva, M.Mirsolieva "Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik". Toshkent - 2016
5. Гаврилова Л.В. Дизайнерская культура будушикс специалистов / Л.В. Гаврилова, Ю.А. Кустов // Татишевские чтения: актуальные проблемы. 2010.