O
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023
DINIY TA'LIMOTLARNING INSON KAMOLOTIGA TA'SIRI
Jumaniyozova Nasiba
Toshkent davlat transport universiteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Insoniyatning har qanday jaholatdan xalos bo'lishida diniy ta'limotlarning o'rni beqiyos. Shu bois "mamlakatimizda "jaholatga qarshi -ma'rifat" degan ezgu g'oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do'stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ'ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo'lib qolganligi ko 'rsatilib o 'tilgan.
Kalitso'zlar: Inson, jamiyat, anglash, bilish, ma'rifat, ezgulik, Din, musulmon, insonparvarlik, qadriyat.
ABSTRACT
In this article, the role of religious teachings in the liberation of mankind from all kinds of ignorance is incomparable. Therefore, it is shown that "in our country, on the basis of the noble idea of "enlightenment against ignorance," it has become one of the permanent issues on our agenda to promote the humanitarian nature of Islam and its service to noble goals such as peace and friendship. .
Key words: Man, society, awareness, knowledge, enlightenment, goodness, religion, Muslim, humanity, value.
KIRISH
Ma'rifat xususida ba'zi bir qancha yondoshuvlar mavjud. Chunonchi, Ma'rifat -arabcha sо'z bо'lib, tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi bilimlar, ma'lumotlar, ta'lim-tarbiya va maorif tizimi majmuini ifodalovchi tushuncha. Islom ensiklopediyasida esa ma'rifat (arabcha). - bilish, anglash, idrok etish ma'nolarida talqin qilinadi. Ma'naviyatshunos olim M. Imomnazarov ta'rificha: «Ma'rifat-ma'naviy kamolot yo'li, insonning ko'ngil ko'zgusini sayqallash jarayoni ya'ni har bir insonning butun ongli hayoti davomida o'zligini anglash, o'zining Borliq haqiqatiga nisbatini aniqlash va o'z ruhini Borliq haqiqati bilan uyg'unlashtirib borish yo'lidagi harakati» -deyiladi. Bizning ta'rifimizcha: «ma'rifat - ilm, va qalbdagi uyg'unligidir». Ya'ni, inson yer sayyorasidagi eng mukammal va barkamol mavjudod hisoblanadi. Uning mana shu barkamolligini ta'minlashda ma'rifat muhim o'rin tutganligini ko'ramiz.
Ma'rifat-ma'naviyat va ilmning uyg'unligi bo'lib, insonning ilmiy, axloqiy, ma'naviy dunyoqarashining eng yuqori cho'qqisiga(ma'naviy barkamollik, yuksalish ) erishishiga aytiladi. Bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodni ma'rifat asosida tarbiyalash jamiyat hayotining eng dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Shuni
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
etirof etishimiz joizki, hamma zamonlarda ham jamiyatning, xususan uning moddiy va ma'naviy taraqqiyotida ma'rifat ulkan ahamiyat kasb etgan.
Bugungi kunda, bir avlod voyaga yetishi uchun kifoya bo'lgan davr ichida misli ko'rilmagan kashfiyotlar insonning turmush tarzini ham, tafakkur va dunyoqarashini ham keskin o'zgartirib yubormoqda. Shu o'rinda o'rganilishi ko'zda tutilgan ilm-fan qachonki ezgulikka xizmat qilsagina, u o'z vazifasini to'la bajargan bo'ladi. Ming afsuslar bilan aytamizki, bugungi kunda inson tomonidan kashf etilgan ilm-fan yutuqlarining barchasi ham insoniyatga ijobiy tomondan xizmat qilmayapti.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Demak, ilm fan yutuqlarini yaxshilikka, ezgulikka yo'naltirishda ma'rifatning ahamiyati muhim. Hozirgi kunda, insonning intellektual salohiyati ijtimoiy hayotda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaqtda ma'rifatli inson muammosi dolzarb masalalardan biridir.
Ilm-fan yutuqlari va texnikaviy taraqqiyot inson tomonidan tabiatning o'zlashtirishdagi progressiv imkoniyatlarni yuzaga keltirdi hamda atrof-muhitga halokatli ta'sir ko'rsatdi. Fransuz sotsiologi J. Ellyulning taxminicha, tabiat endilikda bizning ko'rkam muhitimiz bo'lolmaydi. Texnikaning o'zi yaxlit yashash makoniga aylanadi, inson ana shu makonning ichida yashaydi . Olimlarning fikricha -texnoevolyusiya shunday darajaga aylanadiki, inson unda nemis faylasufi M. Xaydegger ta'biri bilan aytganda, o'zining asl mavjudligidan voz kechadi.
Ispaniyalik faylasuf Ortega-i-Gasset insonning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini tahlil etib, uning ikkiyoqlama ekanligini ko'rsatadi. Ilm-fan o'z oldiga yo ezgulikka, yoki yovuzlikka xizmat qilish vazifasini qo'yadi. Shu sababli ilmni yo'naltirib turish kerak, deb hisoblaydi faylasuf olim K. Yaspers. Nemis faylasufi A. Xun shunday ta'kidlaydi: "Biz hammamiz ishtirokchi sifatida dunyoning kelajagi uchun mas'uldirmiz. Shu bilan birga bizning mas'uliyatimiz to'xtovsiz o'sib bormoqda" . Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ilm-fan targ'ibotini ma'rifatga yo'naltirish falsafaning yana bir vazifasi sanaladi.
Hozirda ilmni vayronkorlikka yo'naltirish qanchalik qirg'inlarga sabab bo'layotganligini ham guvohi bo'lmoqdamiz. Shu o'rinda Germaniyalik bir maktab mudirining har yangi o'quv yilida o'qituvchilariga yozgan maktubida: «Men Gitlerning qiynoqqa tutilgan asirlar kampi-lagerida tirik qolgan oz sonli insonlarning biri edim. Men inson zoti ko'rmasligi lozim bo'lgan ko'p narsalarni ko'rdim:
- juda yaxshi ilm olgan muhandislarning odamlarni o'ldirish uchun gazli xonalar insho etganini;
- juda yaxshi ilm olgan doktorlarning yosh bolalarni zaharlab qancha muddatda o'lishini kuzatganini;
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
- o'ta tajribali hamshiralaming ukolidan chinqirab o'lgan chaqaloqlarni ko'rdim.
Maktabda a'lo baholarga o'qigan, universitetlarni imtiyozli bitirgan bilim egalarining inson avlodi ustida o'tkazgan o'ta vahshiyona tajribalariga guvoh bo'ldim. Vijdonsiz sifatli ta'limning shu jihatidan andisham bor! Sizlar o'quvchilaringizga bilimdan oldin insoniylikni o'rgating!
Sizning ta'limingiz ortidan o'ta bilimli «hayvonlar», o'ta qobiliyatli vahshiylar yuzaga chiqmasin! O'qish-yozishi, qo'shish-ayirishi kabi bilimlar farzandlarimizning insoniy axloqlari go'zal bo'lgandagina haqiqiy foydali bilim bo'la oladi».Ha, dindorlikni savodsizlik deb, vijdoniy tuyg'ularni past tabaqaga oid sifat deydiganlar ayni Gitler tuzumi tashkil etgan kamp-lageridagi vahshiy mutaxassislar kabi fikr yuritayotganlar hisoblanadi. Bu qobiliyatli yirtqichlardan ogoh bo'lish va farzandlarimizni insoniy tuyg'ular ostida tarbiya qilishimiz vijdoniy burchimizdir . Zero, Sharq mutafakkiri Abu Homid G'azzoliy Zayniddin hazratlari: «Bas, hech bir ma'rifat Haq taoloning ma'rifatidin sharifroq, azizroq va lazizroq emasdur» - deya ta'kidlaydi. Bundan ko'rinadiki, dunyoviy va diniy ilmni ayro holda emas, balki uyg'un holda targ'ib qilish maqsadga muvofiqdir. Ham diniy, ham dunyoviy ilm egasigina yuksak ma'naviyat va ma'rifat sohibi hisoblanadi. Aksincha, «Qayerda nodonlik, aqli zaiflik, ojizlik bo'lsa, o'sha yerda jaholat in quradi, urchiydi, ko'payadi. Kimda bilimsizlik, farosatsizlik, nodonlik mavjud bo'lsa, u johilga aylanadi. Shafqatsizlik, bemehrlik, zulm va sitam uning butun borlig'ini, vujudini qamrab oladi. Hech kim bilan kelisha olmaydi, hech kim bilan dardlasha olmaydi. Bu keng olam unga tor ko'rinadi, sig'maydi, olam rang-barangligini, hayot go'zalligini his qila olmaydi. U uchun hamma yoq zulmat, rangsiz, dilgir va dilxun» .
Ma'rifatli inson doimo Sharq falsafasi tarixida bosh mavzulardan biri bo'lib kelgan. Abu Nasr Farobiy insonning barcha ezgu fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson faqat baxtga ilm va ma'rifat orqali erishishi mumkinligini aytadi. Sharq mutafakkirlaridan Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan farqi uning aql va tafakkuri tufayli ekanligini asoslashga harakat qilganlar.
Hindistonning mashhur davlat arbobi, faylasufi Mohandas Karamchand Gandi ham ilmni ma'rifatga asoslanishi tamoyilini ilgari surgan. Aksincha, ilm, aql-idrok ma'rifat nuriga tayanmas ekan insoniyat boshiga ko'plab kulfatlar keltirishi mumkin. U shunday degan: «Aql-idrokning o'zi(ma'rifatga tayanmagan aql-idrok (F.M.)) ko'zimga balodek ko'rinib ketayotgan edi. Chunki jinoyatlarni yashirish uchun undan har qanaqangi iflos ishlarda foydalanish mumkin bo'lar edi» .
о
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
Islomda ilm ma'rifat juda qadrlangani barchaga ma'lum. YA'ni: "Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilmga berilganlarning darajalarini ko'tarur" -deyiladi Qur'oni Karimning "Mujodala" surasining 11-oyatida.
"Islom ta'limotida Alloh taoloni tanish "ma'rifat", "ma'rifatulloh" yoki "irfon" tushunchasi bilan ifodalanadi" . Islom ma'rifat, bilim, aql orqali haqiqatni anglashga chaqiradi. Shu o'rinda mo'taziliylikning yirik namoyandasi al-Johiz ( vafoti 868 y.) aqlning shaxs hayotidagi ahamiyatini quyidagicha ochib beradi: "Hayot ila qasamyod etamanki, ko'zlar yangilishadi va his- tuyg'u a'zolari aldaydi, faqat aqlgina haqiqatni bilishga qodir" .
Hadisi Sharifda: "Kimki o'zini yaxshi tanisa, Parvardigorini ham, albatta, tanib oladi", deyilgan. YA'ni, inson o'zining tuzilishi, murakkab tarkibi, jismoniy va ruhoniy vujudini qanchalik chuqur tafakkur bilan o'rganib, bilib borsa, Allohning ulug' hikmati va beqiyos qudratining buyuk ekanini shunchalik idrok etadi. Har bir inson o'z ma'rifatini bilimiga qarab yuqori darajalarga ko'tarishi mumkin" . Shu o'rinda aytib o'tish joizki, inson ma'rifatga faqat ilm orqali erishadi. Hadisi Sharifda ilm haqida: «Dunyoda ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay» - deyiladi.
REFERENCES
1. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-
2. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.
3. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.
4. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХ,ОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.
5. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).
612.
о
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
6. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.
7. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. "INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING." World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.
8. Ramatov, J., Baratov, R., Jurabayev, N., Umarova, R., & Mamajanova, G. (2022, June). Evolution of railway construction development in Uzbekistan: Past and prospects. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030011). AIP Publishing LLC.
9. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Academic research in educational sciences, 3(10), 591-597.
10. Baratov, R., Nuriddinov, S., Tokhtaboev, E., & Achilova, G. (2022, June). " One belt-one road" initiative-as a modern transport logistics. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030058). AIP Publishing LLC.11. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ^«TMMO™ AДOЛAТ BA KAДРИЯТЛAР ПЛЮРAЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.
11. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛAP 3AMOHAB™ МAДAНИЙ ^ИЁФACИ BA УМУМИНгаНИЙ KAДPИЯТЛAP ТУШУНЧACИНИНГ MA3MyH-MOXИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.
12. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.
13. Hasanov M., Tuhtaboev E. THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS) //Innovative Technologica: Methodical Research Journal. - 2021. - Т. 2. - №. 05. -С. 1-6.
14. М.Н.Хасанов, Д.А.Хафизов, Р.Х.Тоиров, & ХД.Болтабоев. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙ ЯШАГАН ДАВРДАГИ ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 137-140. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/new/articl e/view/62 7
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
15. Jumaniyoz Ramatov, Rozigul Umarova, Rashid Baratov, Mirshod Khasanov, Siroj Sultonov, & Fayzulla Kushakov (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3 (10), 582-586.
16. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). SOCIAL ASPECTS OF PROFESSIONAL QUALITY IMPROVEMENT (ON THE EXAMPLE OF THE RAILWAY SECTOR). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 969-976.
17. PaMaroB, ^.C., BanneB, T.A., & XacaHOB, M.H. (2022). XIX ACP^A XHHOHCTOHflArH H^THMOHH - OATCAOHH ^APAEHTAP. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1070-1078.
18. ^ypaöoeB, H. ro., KymaKOB, O. A., CyrnaHOB, C. X,., & XacaHOB, M. H. (2022). KОHOУЦHHTHK XYCYCHHTTAPH^AH XHTOH OATCAOACHHHHT KEHrAHHmH. World scientific research journal, 9(2), 3742.
19. Ruzigul, U., Nasirjan, J., Dilmurodkhakim, A., Mirshod, H., & Urozboy, E. (2020). Rationale and history of human reflections in the muslim philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1453-1458.