Научная статья на тему 'DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP, PROVISION OF EMPLOYMENT AND REDUCTION OF POVERTY'

DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP, PROVISION OF EMPLOYMENT AND REDUCTION OF POVERTY Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
14
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ASSISTANT MAYOR / ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE NEIGHBORHOOD EDUCATIONAL CENTERS / "IRON BOOK" / "WOMEN'S BOOK" / "YOUTH BOOK" / FAMILY BUSINESS / PREFERENTIAL LOAN / SUBSIDY

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Kazakov M.

In this article, the priorities of the state policy on the development of entrepreneurship in the neighborhood, ensuring employment of the population and reducing poverty, the reforms being carried out in the strategic direction of the economic policy of our country, and the duties of the governor's assistants are given special importance.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP, PROVISION OF EMPLOYMENT AND REDUCTION OF POVERTY»

УДК: 334.021.1

Kazakov M.

Higher School of Business and Entrepreneurship

Uzbekistan

DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP, PROVISION OF EMPLOYMENT AND REDUCTION OF POVERTY

Summary. In this article, the priorities of the state policy on the development of entrepreneurship in the neighborhood, ensuring employment of the population and reducing poverty, the reforms being carried out in the strategic direction of the economic policy of our country, and the duties of the governor's assistants are given special importance.

Keywords: Assistant mayor, economic development of the neighborhood educational centers, "iron book", "women's book", "youth book", family business, preferential loan, subsidy

Relevance. Aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko'maklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini ta'minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambag'allikni qisqartirish, respublika, viloyat, tuman va shaharlarda ko'rsatiladigan davlat xizmatlari va manzilli moliyaviy qo'llab-quvvatlash instrumentlarini bevosita mahalla darajasiga tushirish maqsadida: 2022 yil 1 yanvardan boshlab har bir shaharcha, qishloq, shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi ( hokim yordamchisi) lavozimi ta'sis etildi.

Ma'lumki, har qanday mamlakatda aholining kam ta'minlangan qatlami mavjud. O'zbekistonda ham odamlarning muayyan qismi yetarli daromad manbaiga ega emas. Xalqimiz farovonligini oshirish maqsadida "Har bir oila -tadbirkor", "Yoshlar - kelajagimiz", "Obod qishloq", "Obod mahalla", tomorqani rivojlantirish kabi dasturlar qabul qilindi. O'tgan ikki yil davomida birgina oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida byudjetdan qariyb 10 trillion so'm imtiyozli kreditlar ajratildi. Albatta, bu aholi bandligini ta'minlash, oilalar uchun daromad manbai yaratishga xizmat qildi.

"Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadirlar" Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taminlash va kambag'allikni qisqartirish bugungi kunda nafaqat iqtisodiyotni yuksaltirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muxim bo'lgan bandlik va axoli daromadlarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Mazkur soha yangi bosqichga ko'tarilib ta'lim olish bilan birgalikda kichik biznes va tadbirkorlik bilan shug'ullanish imkoniyati berilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

2021-yil 3-dekabrdagi "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi -29-sonli Prezident Farmonining asosiy maqsadi mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi o'rinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini samarali tashkil etish axolini kambag'allikdan qutqarishga xizmat qiladi. Shuningdek mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o'rganish, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo'lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo'yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo'nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash,

doimiy daromad manbaiga ega bo'lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o'rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'rgatuvchi o'quv markazlariga yo'naltirish hamda o'qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta'minlashga yordam berish;

mahalladagi mavjud bo'sh ish o'rinlarini hamda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mavsumiy ishchilarga bo'lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, "temir daftar", "ayollar daftari" va "yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni bo'sh (vakant) ish o'rinlariga joylashtirish hamda haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;

mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan, ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va boshqa turdagi faoliyatni yo'lga qo'yishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda ko'maklashish;

mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish istagini b ildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishHH tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shug'ullanish tajribasiga ega bo'lmagan fuqarolarni o'z faoliyatini yo'lga qo'yishi uchun ularga biriktirish;

aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug'chilik, ko'chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo'lga qo'yishga ko'maklashish;

mahalladagi ish bilan band bo'lmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullanishini yo'lga qo'yish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sug'orish uchun vertikal sug'orish quduqlarini burg'ilash, qishloq xo'jaligi kooperativiga a'zo bo'lish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara to'lovi

hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qishi uchun subsidiyalar olishda ko'maklashish;

mahalladagi bo'sh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik sub'ektlariga ajratish bo'yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to'siq bo'layotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yo'lga qo'yish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, bo'sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun ajratish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish kabi masalalarni hal qilishda asosiy vazifalari hisoblanadi.

Endi kambag'allik tushunchasiga ham oydinlik kiritib o'tsak: Kambag'allik ko'rsatkichi aholining turmush darajasini baholash uchun foydalaniladigan mezonlardan biridir. Jahon amaliyotida kambag'allik darajasini ta'riflashga yondashishda uchta asosiy konsepsiya : mutlaq, nisbiy va subyektiv kambag'allik konsepsiyasidan foydalaniladi. O'zbekistonda insonning minimal ehtiyojlarini ta'riflash uchun shunday tirikchilik minimumi belgilanganki, uni hisoblab chiqishda kaloriyalar, oqsillar, yog'lar va uglevodlar zaruriy iste'molining fiziologik me'yorlaridan foydalaniladi.

Nisbiy kambag'allik konsepsiyasi asosiy mezon sifatida insonning minimal ehtiyojlaridan emas, balki uning farovonligi ko'rsatkichlarining u yoki bu mamlakatda ustunroq keluvchi moddiy ta'minlanganlik darajasi bilan bo'ladigan nisbatidan foydalanadi. Bunday yondashishda daromadlari mamlakat bo'yicha o'rtacha daromadning muayyan ulushidan oshmaydiganlar kambag'al hisoblanadi.

XULOSA "INSON QADRINI YUKSALTIRISH VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH ORQALI XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETISH" Yo'nalishida 12 maqsad ko'zda tutilgan. Bu maqsadlarnui amalga oshirilishi uchun belgilanga chora tadbirlarning sithi dildan bajarilishi, davlat rahbarlari, siyosat arboblari, barcha davlat hizmatchilari - eganlab o'tirgan lavozim amallarini qonunan bajarishi-tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirishning garovidir. Bugungi atrofimizdagi taxlikali zamonda O'zbekiston "Harakatlar strategiyasidan- taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasi asosida sog'lom g'oya bilan shiddat bilan rivojlanishiga yetarlicha asoslar mavjud.

References:

1.www.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi hukumat portal;

2.www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi;

3. Julia Fox-Rushby and John Cairns (editors), Economic evaluation, 2016;

4. B.Xodiyev, Sh.Shodmonov "Iqtisodiyot nazariyasi" Darslik-T.: "Barkamol fayz media", 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.