Научная статья на тему 'DETALLARNING TASHQI SILINDRIK YUZALARI VA ULARGA ISHLOV BERISH USULLARI'

DETALLARNING TASHQI SILINDRIK YUZALARI VA ULARGA ISHLOV BERISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3196
225
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vаllаr / vtulkаlаr / disklаr / silindrik yuza / tokarlik dastgohlari. / shafts / bushings / discs / cylindrical surfaces / lathes.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Farruhbek Farxodjon O‘g‘li Oxunjonov

Maqolada aylаnmа jism shаkligа egа bo‘lgаn dеtаllаrga ishlov berish ajribalari va samarador usullar haqida so’z yuritiladi. Detallarning tashqi silindrik yuzalariga ishlov berish dastgohlari bilan ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXTERNAL CYLINDRICAL SURFACES OF DETAILS AND METHODS OF THEIR PROCESSING

The article discusses the features and effective methods of processing parts with a rotating body shape. Practical skills in working with machining tools on the outer cylindrical surfaces of parts are described.

Текст научной работы на тему «DETALLARNING TASHQI SILINDRIK YUZALARI VA ULARGA ISHLOV BERISH USULLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

DETALLARNING TASHQI SILINDRIK YUZALARI VA ULARGA ISHLOV

BERISH USULLARI

Farruhbek Farxodjon o'g'li Oxunjonov

Magistr, Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada aylanma jism shakliga ega bo'lgan detallarga ishlov berish ajribalari va samarador usullar haqida so'z yuritiladi. Detallarning tashqi silindrik yuzalariga ishlov berish dastgohlari bilan ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: vallar, vtulkalar, disklar, silindrik yuza, tokarlik dastgohlari.

EXTERNAL CYLINDRICAL SURFACES OF DETAILS AND METHODS OF

THEIR PROCESSING

Farruhbek Oxunjonov

Master's degree student, Fergana Polytechnic Institute

ABSTRACT

The article discusses the features and effective methods of processing parts with a rotating body shape. Practical skills in working with machining tools on the outer cylindrical surfaces of parts are described.

Keywords: shafts, bushings, discs, cylindrical surfaces, lathes.

KIRISH

Zagotovkalarga mexanik ishlov berish metall kesuvchi asboblar yordamida metall kesuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Kesib ishlov berishda ishlov o'tayotgan zagotovkaning ma'lum qalinlikdagi qatlami (qo'yilma) kesib ajratiladi va qirindiga aylantiriladi. Bunda kesib olinayotgan metall kesish jarayonida plastik deformatsiyalanadi va yemiriladi.

Detallar ta'sir etuvchi kuchlarga qarshilik ko'rsata olishi uchun mashinasozlikda qo'llaniladigan konstruksion metallardan tayyorlanadi.

Bunday metall va qotishmalar (po'lat, cho'yan, jez, bronza, aluminiy qotishmalari va boshqalar) ularning kimyoviy tarkibi va struktura holatiga bog'liq bo'lgan turli mexanik xossalariga egadir. Keltirilgan ko'rsatkichlar majmuasi konstruksion materiallaming kesib ishlashga qarshiligini ifodalaydi.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

ASOSIY QISM

Aylanma jism shakliga ega bo'lgan detallarni uch sinfga bo'lish mumkin: vallar, vtulkalar va disklar.

Vallar sinfiga vallar, valiklar, o'qlar, barmoqlar, tsapfalar va shunga o'xshash detallar kiradi. Bunday detallar silindrik, bag'zida konussimon va bir necha toretsli sirtlarning tashqi aylanma sirtlaridan xosil bo'ladi.

«Vtulkalar» sinfiga vtulkalar, vkladishlar, gilzalar va shunga o'xshashlar kiradi. Bunday detallar tashqi va ichki silindrik sirtlari mavjudligi bilan harakterlanadi.

«Disk» sinfiga disklar, shkivlar, maxoviklar, halqalar, flanetslar va shunga o'xshashlar, yag'ni ularning diametri uzunligidan bir necha barobar katta va demak, torets sirti katta bo'ladi.Ko'pincha vallar prokatdan tayyorlanadi. Bu sinfga kiradigan boshqa detallar pokovka, shtampovka va ayrim xollarda quyma usulida olinadi. Prokat materiallar kichik va katta (150-200 mm) diametrli vallar tayyorlashda qo'llaniladi [13].

Silliq vallarning tayyorlamalari uchun tayyor val diametriga yaqin diametrli chiviq olinadi, yag'ni mexanik ishlov berish uchun minimal ruxsat etilgan qo'yim koldirgan holda. Pog'onali shakldagi vallar uchun, ayniksa ommaviy ishlab chiqarishda tayyorlamalar shtamplash yo'li bilan olingani maqsadga muvofiq bo'ladi, yag'ni qirindi kamroq xosil bo'ladi. Val va aylanma jism bo'lgan boshqa detallar tayyorlamalarini yo'nishning quyidagi ko'rinishlari mavjud: xoMaKH yo'nish, toza yo'nish, toza aniq va yupqa yo'nish.

Xomaki yo'nishda (yoki shilishda) - o'lcham aniqligi 10-12 kvalitetda, yuza tozaligi esa 4 sinfga etkazilishi mumkin;

Toza yo'nishda - o'lcham aniqligi 9-11 kvalitetda, yuza tozaligi esa 7 sinfga etkazilishi mumkin;

Yupqa yo'nishda - o'lcham aniqligi 5-7 kvalitetda, yuza tozaligi esa 10 sinfga etkazilishi mumkin;

Yuqorida ko'rsatilgan detallarni turli dastgohlarda: tokarlik-vint qirqish, tokarlik-revolg'verli, ko'pkeskichli, tokarlik-karuselli, bir va ko'p shpindelli tokarlik yarim avtomat va avtomatlarda ishlov beriladi.

Keltirilgan dastgohlarda quyidagi operasiyalarni bajarish mumkin:

- tashqi silindrik, konussimon va shakldor yuzalarni yo'nish;

- silindrik va konussimon ichki yuzalarni yo'nib kengaytirish;

- yon yuzalarni yo'nish;

- kanavkalarni va faskalarni qirqish;tashqi va ichki rezbalarni qirqish;

- parmalash;

- zenkerlash;

- razvertkalash;

- zenkovkalash;

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

- markazlash;

- qirqib tushirish;

- rifleniya nakatlash

Tokarlik guruxidagi dastgohlarda ishlov berishda detal markazga o'rnatiladi yoki patronga va planshaybaga maxkamlanadi. Kalta silindrik detallar, pokovkalar, shtampovkalar va quymalar 3 quloqli patronlarga maxkamlanadi va ayrim hollarda 4 quloqli patronlar qo'llanilishi mumkin. Yirik o'lchamli detallar, asosan, 4 quloqli patronlarga mahkamlanadi.

Bikirligi past bo'lgan vallarni (yani diametrining uzunligiga nisbati 12 bo'lgan) tokarlik dastgohlarida ishlov berishda lyunetlardan foydalaniladi. Lyunetlar ikki xil qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas bo'lishi mumkin. Qo'zg'almas lyunet dastgoh staninasiga, qo'zg'aluvchan lyunet esa karetkasiga o'rnatiladi. Qo'zg'aluvchan lyunet bevosita keskich bilan izma-iz boradi va ishlov berilgan yuza lyunetning quloqlariga tayanib boradi. Agar ishlov berilayotgan yuzaning boshqa yuzaga nisbatan o'qdoshligini taminlash talab etilsa, lyunet keskichdan oldinda (ilgari ishlov berilgan yuzaga) joylashgan yuzaga o'rnatiladi.

Yuqori tezlikda yo'nishda lyunetning quloqlari sezilarli ishqalanishni hosil qiladi, ishqalanishni kamaytirish maqsadida ular aylanuvchi roliklarga almashtiriladi.

a) ijj/j/jjj 12 3 SSJSSJJJJ? SJ/J ,

\ f w s \ \ \ \ \ a A

1 \ H

¿¿¿¿¿J' b) fy J J/J ; j j v>v;> y 3 \\w/x v>>v)>> / ^

L-: A-

JU./ /\ UJ 1 3 > ; / />h J f;/;/; j j ; //////// Z / ? J / / / / / /

\<A\««<

U mm

1-rasm. Pog'onali valga ishlov berish sxemasi

Vallarni va boshqa aylanish detallarning tashqi yuzalarini yo'nish ikki bosqichdan iborat: xomaki (dastlabki) va tozalab (yakuniy) ishlov. Xomaki yo'nishda qo'yimning katta qismi olinadi, ishlov berish katta kesish chuqurligida, surishning katta qiymatida

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

bajariladi. Seriyali va o+mmaviy ishlab chiqarish sharoitlarida xomaki ishlov berish, quvvati kattaroq bo'lgan, aloxida dastgohda bajariladi [3-6].

Prokat zagotovkalardan pog'onali vallarni tayyorlashda ishlov berish quyidagi sxemalarda olib borilishi mumkin. l.-rasmda pog'onali valni tayyorlashning 3 ta sxemasi keltirilgan (bunda sonlar bilan o'tishlarning tartib raqami harflar bilan esa valning pog'onalari belgilangan).

Kombinasiyalashgan usulda c-sxema bo'yicha ishlov berganda C pog'ona 1-o'tishda yon yuzadan boshlab ishlov beriladi; 2-o'tishda A- pog'ona ham yon yuzadan boshlab ishlov beriladi va C yuza 3-o'tishda ishlov beriladi.

Qaysi usulda ishlov berishni tanlash har bir pog'onaga qo'yilgan quyimlarni miqdoriga va pog'onalar o'lchamlari nisbatiga (val va diametr) bog'liq holda tanlanadi. Ishlov berishda eng kam vaqt talab etiladigan usul nisbatan samarador usul hisoblanadi.

Tokarlik dastgohlarida ishlov berganda detalni va keskichni mahkam o'rnatishga e4ibor qaratish zarur.

REFERENCES

1. Л. В. Перегудов, A X. Хошимов. (1999). Автоматлаштирилган корхона станоклари, Т. Узбекистон.

2. Грановский Г.И. и др. (1985). Резание металлов: Учебник для машиностр. и приборостр. спец. вузов. М.: Высш. шк.

3. Detallarning ishlov berish. Reja. (2017, June 27). Hozir.Org. https://hozir.org/detallar-va-ularga-ishlov-berish.html

4. Технология обработки конструкционных материалов: Учебник для машиностр. спец. вузов. Под ред. П.Г. Петрухи. М.: Высш. шк., 1991.

5. Армарего И. (1977). Обработка металлов резанием. М.

6. Kosimov, L., & Kosimova, S. (2021). Optimization of the composition of dry slag-alkaline mixtures. Збгрник наукових працъ Логоа.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.