Научная статья на тему 'DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH DOIRASIDA QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK'

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH DOIRASIDA QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat-xususiy sheriklik / DXSH loyihalari / investitsiya / qishloq xo‘jaligi / suv xo‘jaligi.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Dusmuratov G‘Aniybay Davletbaevich

Maqolada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida qishloq va suv xo‘jaligi o‘rtasidagi bog‘liqlik yuzaga chiqarilgan va ularning mohiyati ochib berilgan. Qishloq va suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalarini amalga oshirish sohalari tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH DOIRASIDA QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH DOIRASIDA QISHLOQ VA SUV XO'JALIGI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK

Dusmuratov G'aniybay Davletbaevich

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy

tadqiqot universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11446319

Annotatsiya. Maqolada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida qishloq va suv xo'jaligi o'rtasidagi bog'liqlik yuzaga chiqarilgan va ularning mohiyati ochib berilgan. Qishloq va suv xo'jaligida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalarini amalga oshirish sohalari tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: davlat-xususiy sheriklik, DXSH loyihalari, investitsiya, qishloq xojaligi, suv xojaligi.

"Butun jahonda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoatida unumdorlikni oshirish va o'sishni rag'batlantirish mexanizmi sifatida eng ko'p marotaba davlat resurslari va innovatsion hamkorlik tajribalari cheklanganligi sharoitida biznes, hukumat va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtirish targ'ib qilinmoqda. Odatda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) deb ataladigan bu tashabbuslar infratuzilma, sog'liqni saqlash va ta'lim kabi sohalarda keng tarqalgan, biroq ularning qishloq xo'jaligi sohasida qo'llanilishi nisbatan yangi hisoblanadi". Shunday ekan, amalga oshirilayotgan agrar siyosat har doim davlat va biznesning o'zaro manfaatlariga, ularning strategik sherikligiga asoslanadi, ayniqsa bu sug'oriladigan qishloq xo'jaligi hududlari uchun o'ta muhimdir. Chunki, global iqlim o'zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining o'sishi, ularning suvga bo'lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan -yilga kuchayib bormoqda.

Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish yir ik kapital qo'yilmalar talab etishi, ushbu maqsadlar uchun yo'naltiriladigan budjet mablag'lari hajmining cheklanganligi, to'g'ridan -to'g'ri investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish masalasiga e'tibor qaratilmayotganligi oqibatida qishloq xo'jaligi yerlarining foydalanishdan chiqib ketishi, hududlarning resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan nooqilona foydalanish kabi holatlar yuzaga kelmoqda, bu esa o'z navbatida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va tarmoq eksport salohiyatini oshirishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Hozirgi vaqtda jahon qishloq xo'jaligida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) turli yo'nalishlarda tadqiq qilingan bo'lib, ular qishloq xo'jaligining xilma-xilligi hamda davlat organlari va xususiy tuzilmalar hamkorligining turli usullarini aks ettiradi. Qishlo q xo'jaligida DXSH bo'yicha tadqiqotlarda ishlab chiqarishdan tortib to mahsulotni yetkazib berishgacha bo'lgan qishloq xo'jaligi qiymat zanjirlarini qanday mustahkamlashi mumkinligiga e'tibor qaratilgan, qishloq xo'jaligi orqali qishloq taraqqiyotiga ko'maklashish va qashshoqlikni kamaytirish vositasi sifatida tadqiq etilgan, oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat ta'minotiga qanday hissa qo'shishi mumkinligini o'rganilgan, iqlim o'zgarishi, zararkunandalar va kasalliklar, bozor o'zgaruvchanligi va siyosiy beqarorlik kabi qishloq xo'jaligi risklarini boshqarishda qanday yordam berishi mumkinligi o'rganib chiqilgan, suvni boshqarishda davlat -xususiy sheriklik munosabatlarini yengillashtirish yoki cheklashda boshqaruv va tartibga solishning roli o'rganib

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

chiqilgan, suv, energiya va oziq-ovqat tizimlarining o'zaro bog'liqligi hamda ularni boshqarish bilan bog'liq muammolar va kelishuvlarni hal qilishda DXSHlarning rolini o'rganib chiqilgan.

Mamlakatimiz qishloq va suv xo'jaligida davlat-xususiy sheriklik iqtisodiyotga investitsiya jalb etishga, davlat tasarrufidagi mol-mulkdan foydalanish samaradorligini oshirishga, mavjud infratuzilmani modernizatsiyalashga imkon beradi.

Tadqiqotlar ko'rsatib turibdiki, qishloq va suv xo'jaligi, ayniqsa, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalarida chambarchas bog'liq. Mana bu ikki sektorni birlashtiruvchi jihatlarni quyidagicha ifodalaymiz (1-rasm). Bu jihatlar qishloq xo'jaligining barqaror rivojlanishini ta'minlash, suv resurslaridan samarali foydalanish imkonini bermoqda.

1. Sug'orish va suv ta'minoti:

Suv xo'jaligi qishloq xo'jaligida, ayniqsa sug'orma dehqonchilik hududlarida muliim roi o'ynaydi. DXSH loyihalari irrigatsiya tizimlarini rivojlantirish va qishloq joylarini barqaror suv ta'minoti bilan ta'minlashni o'z ichiga olishi muinkin. Davlat va xususiy investorlar o'rtasida

sug'orish tizimlarini qurish va ta'mirlashbo'yicha qo'shma loyilialar

3. Hamkorlikda tadqiqot va innovât siyalar:

DXSH suv resurslarini boshqarish bo'yicha liamkorlikdagi tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo 'llab-quwatlaslii mumkin. Bu suvni boshqarislming yangi texnologiyalari va usullarini islilab cliiqishga yordam beradi. Qishloq xo'jaligida samarali sug'orish, drenaj va suv ta'minoti tizimlari kabi yangi texnologiyalarni joriy etish loyilialari

—►

5. Moliyalashtirish va investitsiyalar:

DXSH qishloq xo'jaligi, jumladan, suv ta'minoti va infratuzilma loyilialarini moliyalashtirish uchun xususiy investorlarni jalb qilislii mumkin. Suv omborlari va suv ta'minoti tizimlarini qurishga qo'sluna investitsiya loyilialari amalga osliiriladi.

2. Suv resurlarini boshqarish:

DXSH suv resurslarini boshqarishni,

jumladan, sug'orish, drenaj, suv ta'minoti va meliorsiyani yaxshilashga yordam beradi. Bu qishloq xo'jaligining barqaror rivojlanishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat va xususiy kompaniyalarning suv resurslarini boshqarish bo 'yicha qo'shma loyihalari amalga oshiriladi.

4. Ekologik barqarorlik:

Qishloq xo'jaligi suv resurslaridan

barqaror foydalanishga bog'liq. DXSHlar ekologik toza sug'orish va tuproqqa ishlov berish usullarini joriy etishga yordam berishi mumkin. Tomchilatib sug'orish tizimlari va organik dehqonchilikni joriy etish bo'yicha qo'shma loyihalar amalga oshiriladi.

6. Ijtimoiy javobgarlik:

DXSHlar suv bilan bog'liq ijtimoiy dasturlarni qo'llab-quvvatlashi mumkin, masalan, fermerlarni o'qitish

va aholining suvdan foydalanish imkoniyatini oshirishga ko'maklashish. Qishloqda ijtimoiy infrastrukturaviy qo'shma loyihalar amalga oshiriladi.

7. Iqtisodiy samaradorlik:

Qishloq xo'jaligi sug'orish uchun suvning mavjudligiga va undan foydalanish imkoniyatiga bog'liq. DXSH suv xarajatlarini optimallashtirish va fermerlarning daromadlarini oshirishga vordam beradi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

1-rasm. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida qishloq va suv xo'jaligi o'rtasidagi bog'liqlik

Mamlakatimizda qabul qilingan me'yoriy huquqiy hujjatlar asosida qishloq xo'jaligida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish nazarda tutilayotgan tarmoqlar va sohalar: bo'rdoqichilik xo'jaliklarini tashkil etish, urug'chilik, qorako'lchilik, o'simliklar klinikasi, zamonaviy issiqxona xo'jaliklarini tashkil etish, ixtisoslashtirilgan omborxona imoratlari, omborlar, muzlatish kameralari, oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va qadoqlash bo'yicha zamonaviy yuqori texnologik, energiya samarador uskunalarni tashkil etish, qayta ishlash va saqlash sohasida, servis va dillerlik markazlarini tashkil etish va boshqalardan iborat.

Lekin, hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida DXSH loyihalari davlat reestrida ro'yxatga olinmagan, oldimizda mazkur mexanizmni qo'llash tajribasini umumlashtirish va tizimlashtirish vazifasi turibdi. Bunda mamlakat qishloq xo'jaligini qo'l lab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda agrar tarmog'i ilg'or bo'lgan mamlakatlar tajribasini hisobga olish zarur.

Xorijiy tajriba ko'rsatib turibdiki, turli tarmoqlarni, jumladan, chorvachilik va o'simlikchilikni rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik muhim o'rin tutadi. Keling, ba'zi rivojlanish strategiyalarini va xususiy kompaniyalar ishtirok etadigan tarmoqlardagi misollarini ko'rib chiqaylik:

1. Chorvachilik:

Fermer xo'jaliklarini modernizatsiya qilish: Xususiy kompaniyalar zamonaviy texnologiyalarni joriy etishi, hayvonlarning saqlash sharoitini yaxshilash va mahsuldorlikni oshirishi mumkin.

Chorvachilikni genetik jihatdan yaxshilash: Xususiy investorlar yuqori mahsuldor chorva zotlarini ko'paytirishga ko'maklashishi mumkin.

Veterinariya jihatdan qo'llab-quvvatlash: Xususiy kompaniyalar veterinariya xizmatlarini ko'rsatishi, kasalliklarni nazorat qilishi va mahsulot sifatini yaxshilashi mumkin.

2. O'simlikchilik:

Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish: Xususiy investorlar yerga ishlov berishning yangi usullarini joriy etishlari, zamonaviy ekin navlaridan foydalanishlari va hosildorlikni oshirishlari mumkin.

Organik dehqonchilik: Xususiy kompaniyalar organik mahsulotlarga ortib borayotgan talabni hisobga olgan holda organik dehqonchilikni rivojlantirishlari mumkin.

Infratuzilma va logistika: Xususiy investorlar qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va logistika tizimini ishlab chiqishlari mumkin. Xususiy kompaniyalar DXSH orqali qishloq xo'jaligini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi.

Suv xo'jaligi ob'ektlarining boshqarilishini bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berilishi qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug'oriladigan yerlarda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarining qayta tiklanishi, ularni rekonstruksiya qilish, suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishiga zamin yaratadi. O'zbekistonda 2019-2022-yillarda eng ko'p DXSH loyihalari suv xo'jaligiga to'g'ri keldi (turli tarmoqlardagi 423 ta DXSH loyihasidan 157 tasi), ularning qiymati $29,82 mln.ni tashkil etdi.

Qishloq va suv xo'jaligida DXSH loyihalarini tanlashda mintaqaning o'ziga xosligi, aholi ehtiyojlari va rivojlanish ustuvorliklarini hisobga olish muhim. Qishloq va suv xo'jaligida davlat -xususiy sheriklik (DXSH) loyihalari quyidagi sohalarda amalga oshirish uchun tavsiya etilishi mumkin:

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

1. Sug'orish va suv xo'jaligi: irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, suv ta'minoti va melioratsiyani yaxshilash bo'yicha loyihalar. Suv resurslaridan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqishda qo'llaniladi.

2. Qishloq xo'jaligi va agrosanoat: hosildorlik, mahsulot sifati va qishloq xo'jaligi barqarorligini oshirishga qaratilgan loyihalar. Innovatsiyalarni joriy etish, fermerlarni tayyorlash va qishloqlarni rivojlantirishda qo'llaniladi.

3. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash: zamonaviy qayta ishlash korxonalarini yaratish bilan bog'liq loyihalar. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotish zanjirlarini ishlab chiqishda qo'llaniladi.

4. Ekologik tadqiqotlar va barqaror rivojlanish: tabiiy resurslar, biologik xilma-xillik va ekotizimlarni saqlashga qaratilgan loyihalar. Barqaror ekin ekish va suvni boshqarish usullarini joriy etishda qo'llaniladi.

5. Qishloq hududlari va infratuzilmasini rivojlantirish: qishloq mahallalarini rivojlantirish, ish o'rinlari yaratish va aholi turmushini yaxshilashga hissa qo'shadigan loyihalar. Yo'llar, elektr energiyasi va telekommunikatsiyalar kabi infratuzilmani rivojlantirishda qo'llaniladi.

Shunday qilib, davlat-xususiy sheriklikning o'ziga xos xususiyati shundaki, u davlat va tijorat tashkilotining muayyan resurslari va imkoniyatlarini bir loyihada birlashtirish hamda umumiy ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadlarga erishish imkonini beradi.

Shunday ekan, qishloq va suv xo'jaligida DXShning turli mexanizmlarini qo'llash, bir tomondan, qishloq xo'jaligida suv resurslaridan foydalanish samaraligini oshirishga, boshqa tomondan esa biznes va davlat o'rtasidagi ishonchni mustahkamlashga imkon beradi, bu ko'rib chiqilayotgan iqtisodiy faoliyat sohasini barqaror rivojlantirishga ob'ektiv imkoniyatlarni shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida"gi O'RQ-537-son Qonuni. https://lex.uz/docs/4329270.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi "«O'zbekiston — 2030» strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.

3. "O'zbekiston - 2030" strategiyasida davlat - xususiy sheriklikni (DXSh) rivojlantirish maqsadlariga doir davra suhbati. 2024 yil 29 fevral. https://www.pppda.uz/uz/14360

4. https://www.fao.org/in-action/public-private-partnerships-boost-capacity-in-agriculture/ru/

5. PF-5742-son 17.06.2019. Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida (lex.uz)

6. Public-private partnerships for agribusiness development - A review of international experiences (fao.org)

7. http://cawater-info.net/yearbook/2022/12 yearbook2022 06 ru.htm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.