Научная статья на тему 'DARSLARDA TRENINGLARDAN FOYDALANISH TALABALAR KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURIY SHARTI SIFATIDA'

DARSLARDA TRENINGLARDAN FOYDALANISH TALABALAR KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURIY SHARTI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1055
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
trening / innovatsion xarakter / axborot almashinuvi / kasbiy kompetentlik / izyuminka / interfaol strategiya / debrifing (xulosa) / talabalar faoliyati. / training / innovative character / information exchange / professional competence / izyuminka / interactive strategy / debriefing (summary) / student activities.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Amirov, Nurbek Islamovich

Bugungi zamonaviy sharoitda o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalarning o‘quv-bilish faolligini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish hamda samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi hech kimga sir emas. Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim amaliyotida qo‘llanilayotgan amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Trening (ingliz tilidan training-train o‘qitmoq, tarbiyalamoq) interfaol mashg‘ulotlarni amalga oshirishning asosiy shakli bo‘lib, u o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida o‘zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi. Trening bu nafaqat ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Trening mobaynida o‘qituvchilar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari rivojlanib boradi. Bu o‘quvchi-talabalar faoliyatiga mo‘ljallangan ta’lim shakli bo‘lib, nazariy ma’lumotlarni amaliy mashqlar orqali puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF TRAININGS IN LESSONS AS A NECESSARY CONDITION FOR DEVELOPING STUDENT COMMUNICATION COMPETENCY

In today's modern conditions, it is no secret to anyone that it is worthwhile to use innovative forms of education in order to increase the educational and cognitive activity of teachers and students, improve the quality of teaching and improve its effectiveness. It is known that practical games, problematic teaching, interactive education, module-credit system, distance learning, blended learning (mixed learning) and master classes used in educational practice today are recognized as innovative forms of Education. Training (training-train train from the English language) is a basic form of interactive training, which is an organizational event that allows you to master the theoretical ideas and ideas that need to be learned during practical work, exercises, exchange of communication. The training is aimed not only at the formation of effective skills of interaction of the individual in the educational sphere, but also at increasing the overall level of professional competence of the specialist. During the training, along with the acquisition of theoretical knowledge by teachers, cognitive, emotional and behavioral skills develop in them. This is a form of Education Designed for the student-student activity, ensuring a thorough acquisition of theoretical knowledge through practical exercises.

Текст научной работы на тему «DARSLARDA TRENINGLARDAN FOYDALANISH TALABALAR KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURIY SHARTI SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

DARSLARDA TRENINGLARDAN FOYDALANISH TALABALAR KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING

ZARURIY SHARTI SIFATIDA

Amirov Nurbek Islamovich

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti katta o'qituvchisi amirov. qarshi@mail .ru

Bugungi zamonaviy sharoitda o 'qituvchi va o 'quvchi-talabalarning o'quv-bilish faolligini kuchaytirish, o 'qitish sifatini oshirish hamda samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta'lim shakllaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi hech kimga sir emas. Ma'lumki, bugungi kunda ta'lim amaliyotida qo'llanilayotgan amaliy o'yinlar, muammoli o'qitish, interfaol ta'lim, modul-kredit tizimi, masofali o'qitish, "blended learning" (aralash o'qitish) va mahorat darslari ta 'limning innovatsion shakllari sifatida e'tirof etilmoqda. Trening - (ingliz tilidan training-train - o'qitmoq, tarbiyalamoq) interfaol mashg'ulotlarni amalga oshirishning asosiy shakli bo 'lib, u o 'rganilishi lozim bo 'lgan nazariy g'oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida o 'zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi. Trening bu nafaqat ta'lim oluvchilarda shaxslararo o 'zaro hamkorlikning samarali ko 'nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo'naltiriladi. Trening mobaynida o'qituvchilar nazariy ma'lumotlarni o'zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emotsional va xulq-atvor ko'nikmalari rivojlanib boradi. Bu o'quvchi-talabalar faoliyatiga mo'ljallangan ta'lim shakli bo'lib, nazariy ma'lumotlarni amaliy mashqlar orqali puxta o'zlashtirilishini ta 'minlaydi.

Kalit so'zlar: trening, innovatsion xarakter, axborot almashinuvi, kasbiy kompetentlik, izyuminka, interfaol strategiya, debrifing (xulosa), talabalar faoliyati.

In today's modern conditions, it is no secret to anyone that it is worthwhile to use innovative forms of education in order to increase the educational and cognitive activity of teachers and students, improve the quality of teaching and improve its effectiveness. It is known that practical games, problematic teaching, interactive education, module-credit system, distance learning, blended learning (mixed learning) and master classes used in educational practice today are recognized as innovative forms of Education. Training - (training-train - train from the English language) is a

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

basic form of interactive training, which is an organizational event that allows you to master the theoretical ideas and ideas that need to be learned during practical work, exercises, exchange of communication. The training is aimed not only at the formation of effective skills of interaction of the individual in the educational sphere, but also at increasing the overall level of professional competence of the specialist. During the training, along with the acquisition of theoretical knowledge by teachers, cognitive, emotional and behavioral skills develop in them. This is a form of Education Designed for the student-student activity, ensuring a thorough acquisition of theoretical knowledge through practical exercises.

Keywords: training, innovative character, information exchange, professional competence, izyuminka, interactive strategy, debriefing (summary), student activities.

Ma'lumki, bugungi kunda ta'lim amaliyotida qo'llanilayotgan amaliy o'yinlar, muammoli o'qitish, interfaol ta'lim, modul-kredit tizimi, masofali o'qitish, "blended learning" (aralash o'qitish) va mahorat darslari ta'limning innovatsion shakllari sifatida e'tirof etilmoqda. Trening - (ingliz tilidan training-train - o'qitmoq, tarbiyalamoq) interfaol mashg'ulotlarni amalga oshirishning asosiy shakli bo'lib, u o'rganilishi lozim bo'lgan nazariy g'oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida o'zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Maqolada bugungi kunda ta'lim amaliyotida qo'llanilayotgan amaliy o'yinlar, muammoli o'qitish, interfaol ta'lim, modul-kredit tizimi, masofali o'qitish, "blended learning" (aralash o'qitish) va mahorat darslari ta'limning innovatsion shakllarining afzalliklari va dolzarbligini bayon qilishda N.A. Muslimov, M.H. Usmonboyeva, D.M.Sayfurov, A.B.To'rayevlar hammuallifligidagi "Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari", O'.Tolipov va M.Usmonboyevalarning "Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot" nomli adabioytlari manba sifatida olindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi ta'lim amaliyotida pedagogik muloqot jarayonida oquvchi-talabalarda ko'pincha quyidagi holatlarga yo'l qo'yilishi ko'p kuzatiladi:

-tortinchoqlik;

-uyatchanlik;

-mustaqil fikr ayta olmaslik;

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

-noto'g'ri gapirishdan cho'chish kabilar.

Bugungi zamonaviy sharoitda o'qituvchi va o'quvchi - talabalarning o'quv-bilish faolligini kuchaytirish, o'qitish sifatini oshirish hamda samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta'lim shakllaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi hech kimga sir emas. Ma'lumki, bugungi kunda ta'lim amaliyotida qo'llanilayotgan amaliy o'yinlar, muammoli o'qitish, interfaol ta'lim, modul - kredit tizimi, masofali o'qitish, "blended learning" (aralash o'qitish) va mahorat darslari ta'limning innovatsion shakllari sifatida e'tirof etilmoqda. Pedagogga xos bo'lgan mahorat asosini tashkil etuvchi pedagogik muloqot madaniyati uning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar hamda rahbariyat bilan uyushtiriladigan muloqot jarayonida namoyon bo'ladi.Bunda, ayniqsa, pedagogning talabalar jamoasi bilan o'zaro muloqoti muhim ahamiyatga ega. Pedagog talabalar bilan muloqotga kirishish, uning samarali bo'lishiga intiladi [1]. Biz ushbu maqolada ta'limning innovatsion xarakterga ega ushbu shakllaridan trening va uning ahamiyati to'g'risida so'z yuritamiz.

Trening - (ingliz tilidan training-train - o'qitmoq, tarbiyalamoq) interfaol mashg'ulotlarni amalga oshirishning asosiy shakli bo'lib, u o'rganilishi lozim bo'lgan nazariy g'oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida o'zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi. Trening bu nafaqat ta'lim oluvchilarda shaxslararo o'zaro hamkorlikning samarali ko'nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo'naltiriladi. Trening mobaynida o'qituvchilar nazariy ma'lumotlarni o'zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emotsional va xulq-atvor ko'nikmalari rivojlanib boradi. Bu o'quvchi-talabalar faoliyatiga mo'ljallangan ta'lim shakli bo'lib, nazariy ma'lumotlarni amaliy mashqlar orqali puxta o'zlashtirilishini ta'minlaydi. U o'qituvchi tomonidan o'qitishni emas, balki o'quvchi-talabalar tomonidan mustaqil va faol o'rganishni ko'zda tutadi.Treninglar o'rganilishi lozim bo'lgan nazariy g'oya va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida o'zlashtirish imkoniyatini beradi va qatnashchilardagi o'zaro hamkorlikni, samarali muloqot ko'nikmasini shakllantirishga yo'naltiriladi. Har qanday trening quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:

1. Izyuminka (joziba - talabalar bilan ishlashning o'ziga hos ajoyib tomoni) qatnashchilarning treningga qiziqishini uyg'otish uchun qisqa bahs boshlash, savollar berish, qatnashchilar fikrini chalg'ituvchi (provakatsion) ta'kidlarni ilgari surish yoki qandaydir faoliyat turini faraz qilish. O'quv mashg'uloti qatnashchilarining dastlabki bilimlari va ularning hayotiy tajribalarini bog'lashga harakat qilish. Trening

887

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ahamiyati nimadan iborat ekanligi sabablarini tushuntirish. Odatda trening qatnashchilari birinchi mashg'ulotda o'zini noqulay sezishi, sizga nisbatan ishonchsizlik holatlari kuzatiladi. Unutmang, sizning har bir harakatingiz va e'tiboringiz qatnashchilar ishonchini qozonishigizga asos bo'ladi.

2. Talabalar uchun natijalarni ta'kidlash. Talabalarga treningdan qanday maqsad kutilayotganini auditoriyaga tushuntiring. Qatnashchilar trening natijasida: «Bu treningdan keyin nimalarni bilishim va nimalarni qilishim lozim?» degan savolga javob berishlari kerak.

3. O'qituvchi faoliyati. Trening uchun zarur dastlabki ma'lumotlar, zarur bilimlar (ma'ruza matni, hujjatlar, o'qish) va biror faoliyat turini o'tkazish uchun fan mazmunini namoyish qilish.

4. Interfaol strategiya - treningning o'zagidir. Interfaol uslubiyotda foydalanadigan ish tartibini qisqacha bayon qilish. Interfaol uslub-bu jamoaviy muhokamani tashkil etish, fikrlarni erkin aytish, muhokama, tahlil va faoliyatni baholashdir. Umuman treningdagi faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha qadamlarini chizib chiqish. Guruhda ishlash uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib borish. Talabalar tushunganlik darajasini muntazam nazorat qilib borish. Treningni yakunlashga vaqt yetishi uchun, uning har bir qismini diqqat bilan tashkil qilish. Bu yerda treningni o'tkazish uchun mo'ljallangan savollar muhim ahamiyatga egaligini e'tibordan chetda qoldirmaslik. O'qituvchi mashqlarni talabalar tomonidan bajarish jarayonida topshiriqlarni to'g'ri bajarishini kuzatib borishi lozim.

5. Debrifing (xulosa) baholash. Talabalar o'zlari yod olgan va o'zlashtirgan bilim(yo'nalish)lari bo'yicha xulosa qiladilar, o'zlashtirgan ma'lumotlar va malakalarni boshqa holatlarda, bir-birlari bilan ishlashda qo'llashni muhokama qiladilar. Bu - treningni baholash qismidan iborat bo'lib, bunda «Talabalar nimani o'rgandilar?» savoliga javob olinadi. Trening davomida qatnashchilar o'rgangan yoki ko'rsatgan bilimlari natijalar bilan mos kelishini tekshiriladi [2].

Treninglar an'anaviy o'quv mashg'ulotlaridan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:

-bunda ta'lim oluvchilar yoki ishtirokchilar guruhi yoshi va bilim jihatdan bir xil bo'lmaydi;

-trening jarayonining asosiy maqsadi ishtirokchilarni o'zaro muloqotga chorlash va faollashtirishdan iborat etib belgilanadi;

-o'qitish va tarbiyalashning shakl, metod va vositalari trening maqsadidan kelib chiqib tanlanadi va individuallashtiriladi. Yaxshi trening har doim o'qituvchi va talabalarning o'zaro hamkorlikdagi harakatlariga asoslanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Treningni o'tkazish texnikasi. Talabalar bilan noverbal (so'zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hokazo) aloqa o'rnatish:

-gapirayotganingizda har bir talabani ko'z ostingizda tuting. hammaga bir xil e'tibor bering, siz guruxdagi ba'zi talabalarga xayrixoh bo'lib qolmang;

-xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat qiling (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan qoching, shuningdek, guruhga o'zingiz ko'rinmaydigan joydan turib gapiring);

-qatnashchilarning bosh qimirlatishi, tabbassumi va hatti-harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanliligiga hohishi borligiga e'tibor bering;

-guruh qarshisida turing. O'qish va trening boshlanganda o'tirmang (xotirjam, shu bilan birga maqsadli va qat'iy bo'ling). Verbal (nutqiy) aloqa o'rnatish:

-savollarni shunday tuzingki, qatnashchilar gapirsin. Bunda sizga ochiq savollar yordam beradi: «Siz bu haqda nima deysiz?», «Nimaga?», «Qanday? «Agar? va hokazo. Agar tinglovchi «ha», «yo'q» deb javob bersa, «Nega shunday gapiryapsiz?» deb so'rang.

-o'z ovozingiz ohangiga e'tibor bering, asta-sekin va aniq gapiring; -qatnashchilarni o'zingizdan ko'proq gapirishga undang. O'zingiz va qatnashchilarning so'zga chiqish vaqtlarini hisobga olib boring;

-hamma savollarga faqat o'zingiz javob bermang. Qatnashchilar bir-birining savollariga javob berishi mumkinligini unutmang. Bu sizning zaxirangizni ko'paytiradi. «Kimdir bu savolga javob bera oladimi?» deb so'rang;

-qatnashchilarning fikrini o'z so'zingiz bilan takrorlab, bir oz o'zgartirib ifoda qiling. Bu sizga gapiruvchini tushunishingizni yetarli darajada nazorat qilishga imkoniyat beradi va muhokama savollarini tushunishni kuchaytiradi;

-bahs umumlashtirilgan natijalari mohiyatini har bir ishtirokchi to'g'ri tushunganiga va to'g'ri yo'nalishda ketayotganligiga amin bo'ling. Bu qarama-qarshiliklarni ko'rish va xulosa chiqarish uchun qulay fursatdir;

-shaxsiy tajribangiz mazkur bahsga mos kelsa, qatnashchilar fikrlarini mustahkamlang. «Bu menga o'tgan yilgi voqeani eslatadi» - deyishingiz mumkin. Treninglarni samarali amalga oshirishda o'qitish metodlarining tanlanishiga katta ahamiyat berish zarur [3].

REFERENCES

1. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To'rayev A.B, Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari - Toshkent, 2015. - 39-41 bet.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

2. Tolipov O', Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - T. Fan, 2005. - 77-81b.

3. Qudratov T., Nutq madaniyati asoslari / OO'YU uchun o'quv qo'll. - T. "Pedagog", 1993.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.