Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
NAZARIY ELEKTROTEXNIKA FANI DARS MASHG'ULOTLARIDA INNOVATSION TARBIYA BERISHNING INTERFAOL USULLARIDAN
Namangan muhandislik-qurilish instituti Energetika kafedrasi katta o'qituvchisi
Maqolada Nazariy elektrotexnika fani dars mashg'ulotlarida talabalarga innovasion tarbiya berishning interfaol metodlardan foydalanish orqali, mavzuga talabalarni ijodiy yondoshishlari, fikrlarni keng ifodalay olishlari va shu bilan birga bir-birlarini nazorat qila olishlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: innovasion faoliyat, interfaol usullar, innovasion texnologiyalar, o'qitish usullari, kasbiy innovasion tayyorgarlik, innovasion tarbiya, kasbiy ko'nikma, ijodiy yondoshish.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДИК ИИОВАЦИОННОГО ВОСПИТАНИЯ НА УЧЕБНЫХ ЗАНЯТИЯХ ПО ПРЕДМЕУ ТЕОРЕТИЧЕСКОЙ ЭЛЕКТРОТЕХНИКИ
Зокирова Дилноза Неъматиллаевна
старший преподаватель кафедры Энергетика Наманганского инженерно -
строительного института ^урбонова Фотима ^ахрамоновна преподаватель кафедры Энергетика Наманганского инженерно -строительного института Нишонов Муроджон Мухаммаджон угли студент факультета Энергетика и охраны труди Наманганского инженерно-строительного института
АННОТАЦИЯ
В статье проведен анализ творческий под студентов к теме, способность все стронне выразить свойи мысли и в места с этим способность контролирования друг-друга через использование интерактивных методов инновационного воспитания студентов на учебных занятиях по предмету теоретическая электротехника.
FOYDALANISH
Zokirova Dilnoza Ne'matillaevna
Qurbonova Fotima Qaxramonovna
Namangan muhandislik-qurilish instituti Energetika kafedrasi o'qituvchisi Nishonov Murodjon Muxammadjon o'g'li
Namangan muhandislik-qurilish instituti Energetika va mehnat muhofazasi
fakulteti talabasi
ANNOTATSIYA
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Ключевые слова: инновационная деятельность, интерактивные методы, инновационные технологии, методы обучения, профессиональная инновационная подготовка, инновационная воспитание, профессиональные навыки, творческий подход.
THE USE OF INTERACTIVE METHODS OF IOVATION EDUCATION
AT TRAINING CLASSES ON THE SUBJECT OF THEORETICAL
ELECTRICAL ENGINEERING
Zokirova Dilnoza Nematillaevna
Senior Lecturer of the Energy Department of the Namangan Engineering
Construction Institute Kurbonova Fotima Kahramonovna
Lecturer of the Energy Department of the Namangan Engineering Construction
Institute
Nishonov Murodjon Muhammadjon ugli
Student of the Faculty of Energy and Labor Protection of the Namangan Engineering Construction Institute
ABSTRACT
The article analyzes the creative approach of students to the topic, the ability to express their thoughts more strongly and in places with this ability to control each other through the use of interactive methods of innovative education of students in the classroom on the subject of theoretical electrical engineering.
Keywords: innovative activity, interactive methods, innovative technologies, teaching methods, professional innovative training, innovative education, professional skills, creative approach.
KIRISH
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora -tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta'sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta'siri nuqtai - nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalarining asosiy vazifalari-talabalarni bo'lg'usi kasbiy innovatsion faoliyatiga tayyorlashdan iboratdir[1].
Kasbiy innovatsion faoliyatiga tayyorlash o'z ichiga quyidagilarni oladi, ya'ni bir tomondan kasbiy innovatsion faoliyatida zarur bo'ladigan bilimlar asoslari bilan qurollantirish, boshqa tomondan esa, kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Umuman, ta'limning yangi maqsadlari ijodkor shaxsni shakllantirish, o'z faoliyatini mustaqil tanlashni shakllantirishni nazarda tutadi. Ta'lim jarayonining sifati aksariyat hollarda, talabaning qay darajada bilish sub'ekti bo'lishi, o'qish jarayonida faollik ko'rsatishi va mustaqil bilim olishga intilishi bilan belgilanadi [2].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi milliy istiqlol davri mutaxassisi zamonaviy iqtisodiy tafakkurga, rahbarlik, tashkilotchilik va tarbiyachilik malakasiga, o'z mutaxassislik faoliyatida zamonaviy elektron hisoblash texnologiyalaridan foydalanishning ilg'or usullarini qo'llashga, yuksak umuminsoniy madaniyatga, chet tillarni o'rganishga layoqatli bo'lishi lozim. U o'z bilimini doimiy ravishda yangilash va boyitib borish ehtiyojiga nisbatan tashabuskorligi va ma'suliyatliligi, zamonaviy bilimlarni o'rganish va ularni hayotga tadbiq eta olishi, yuksak g'oyaviy-siyosiy, ahloqiy sifatlarini birinchi navbatda milliy istiqlol mafkurasi, xalqimizning boy o'tmish madaniyati va ma'naviy qadriyatlari, ulug'vor an'ana va urf-odatlarini bilish qobiliyati bilan ajralib turishi lozim.
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimining bosh maqsadi -yuqori malakali kadrlar tayyorlash orqali raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va raqobatbardosh xizmatlar ko'rsatishdir. Bu mamlakatimizning iqtisodiy funksiyasida jamiyat taraqqiyotida borgan sari yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kasbiy ta'lim qancha yuqori bo'lsa, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda fan va ishlab chiqarish bilan o'zaro harakati yanada kuchli va samarali bo'ladi [3].
Bugungi kunda ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o'zlashtirish va o'zlashtirilgan bilimlarni o'zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ta'lim muassasalarining o'quv jarayonida zamonaviy o'qitish usullari - interfaol usullar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Bunday uslublarni o'ziga xosligi shundaki, ular faqat o'qituvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday hamkorlik o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bularga [4]:
- talabalarning o'quv mashg'ulotlari davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur qiladi;
- talabalarning o'quv jarayonida fanga bo'lgan qiziqishlarini doimiyligini ta'minlanishi;
- talabalarning fanga bo'lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
- o'qituvchi va talabalarining hamkorligidagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ta'lim sohasini taraqqiy ettirish dasturi va bu sohaga kiritilayotgan investitsiyalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishni ham o'z ichiga oladi [5].
Dars mashg'uloti vaqtida talabalarni mavzuga jalb qilish, mavzuni to'laqonli tushunish va mavzu bo'yicha mustaqil fikrlay olish uchun dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi (1-rasm).
1-rasm. Oliy ta'lim muassasalari talabalarini innovatsion tarbiyalashning
maqsad va metodlari
Elektrotexnika sohasidagi kasbiy innovatsion tayyorgarligini rivojlantirishda ko'proq texnologiyalar va zamonaviy axborot vositalari hamda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish negizida olib borilmoqda. Elektrotexnika sohasidagi kasbiy innovatsion tayyorgarligini rivojlantirishda o'qitish jarayonida ijobiy samara berayotgan o'qitish turlaridan darsdan tashqari mashg'ulotlar o'tkazishdir [6], [10].
Hozirgi zamon psixologiyasi va didaktikasi, fikr yuritish jarayonining boshlang'ich davri muammoli vaziyatligiga asoslanadi. Talabada biror narsani tushunishiga talab paydo bo'lgandagina u fikrlay boshlaydi [7], [8], [9].
Elektrotexnika sohasida ta'lim olayotgan talabalar auditoriyasida o'qituvchi avvalo mavzu bo'yicha innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda dars mashg'ulotini o'tadi, misol uchun muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo'yadi, masalalarni eksperimental topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani tashkil qiladi, xulosalarni to'g'riligini tasdiqlash uchun har bir talabadan ijodiy va tanqidiy fikrlarini bildirishlarini so'raydi. Har bir talaba energetika sohasida olgan bilimlarini umumlashtirib hodisalarning sabablarini
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
aniqlagan holda ularning kelib chiqishini tushuntiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bunga misol qilib quyidagi sxemasini tuzish mumkin (2- rasm).
2-rasm Talabaning fanni bilish darajasini aniqlash sxemasi
Bu usulni qo'llash jarayonida talabalarni fanga yoki mavzuga oid bo'lgan ma'lumotlar darajasini va qanchalik talabaning qiziqish me'yorini bilib olish bilan birga bilimini sinovdan o'tkazish mumkin. Yana bir qiziqarli tomoni shundaki, har bir guruh yoki talaba yangi mavzu bo'yicha tushunmagan qismlarini savol sifatida yozib qo'yishi va raqib guruh yoki talabalar o'rtasida almashtirgan holda savollarga javob berishlari mumkin. Dars oxirida mavzuga qo'yilgan talab qay darajada bajarilganligi o'qituvchi va talabalar o'rtasida umulashtirilib baholanadi.
Energetika sohasidagi oliy ta'lim muassasasi talabalaridagi faollikni rivojlantirish, mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish hulosa chiqarish, elektrotexnika tomonlarini taqqoslab, tahlil etib uni jahon standartlari talabiga javob berishi yoki o'zi olib borayotgan ilmiy izlanishlari, ixtirolarini afzal tomonlarini tushuntirib, jahon
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bozorida o'z o'rnini topadigan raqobatdardosh mahsulot ishlab chiqqanini e'tirof etish, o'z fikrini tushuntira olish malakasini shakllantirish bugungi kunning talabidir.
Xulosa qilib aytganda, ta'limda talabalarga innovasion tarbiya berish jarayonida pedagog-o'qituvchilarning kasbiy malaka va pedagogik maxoratlari, axborot resurs markazi faoliyati, axborot texnologiyalari, jumladan internet tapmog'idan foydalanish yo'llarini izlaydilar.
Nazariy elektrotexnika fani dars mashg'ulotlarida talabalarga innovasion tarbiya berishning interfaol metodlardan 1-rasm va 2-rasmdagi sxemalar orqali, mavzuga talabalar ijodiy yondoshadilar, fikrlarni keng ifodalay oladilar va shu bilan birga bir-birlarini nazorat qila oladilar.
REFERENCES
1. Узбекистан Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси. 2019 йил 8 октябрдаги ПФ-5847-сон.
2. Отамирзаев, О. У., & Зокирова, Д. Н. (2018). Тажриба машгулотларини мустакил урганишга ундовчи таълим бериш оркали олиб бориш. Современное образование (Узбекистан), (3).
3. Отамирзаев, О. У., & Шарипов, Ф. Ф. (2017). Методика проведения лабораторных занятий с интерактивными методами. Science Time, (2 (38)), 270-
4. Зокирова, Д. Н. (2021). INTEGRATION OF PROFESSIONAL AND EDUCATIONAL DISCIPLINES INTO TRAINING OF SELF-LEARNING MOTIVATED STUDENTS. Современное образование (Узбекистан), (6), 24-28.
5. Отамирзаев, О. У., Зокирова, Д. Н., & Вахобова, С. К. (2016). Использование интерактивных методов при преподавании электротехники. Science Time, (2 (26)), 445-448.
6. Отамирзаев О. У., Зокирова Д. Н., Вахобова С. К. Методические рекомендации по организации самостоятельной работы студентов //International scientific journal. - 2016. - №. 4 (1). - С. 26-28.
7. Otamirzaev, O. U., & Zokirova, D. N. (2019). PROBLEMS ARISING WHEN APPLYING THE "BOOMERANG" METHOD IN THE COURSE OF TRAINING AND METHODS FOR THEIR ELIMINATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 7(11), 270-274.
8. Zokirova D. N. Goals And Objectives Of Organizing Independent Work Of Students //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 01. - С. 179-182.
XULOSA
273.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
9. Sayfullayeva, D. A., Tosheva, N. M., Nematova, L. H., Zokirova, D. N., & Inoyatov, I. S. (2021). Methodology of using innovative technologies in technical institutions. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7505-7522.
10. Nematillaevna Z. D. Problems in providing independent learning education and ways to prevent them //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - T. 11. - №. 1. - C. 1431-1436.