Научная статья на тему 'DARS VA DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA O‘QUVCHILARNING MATEMATIK SAVOXONLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI'

DARS VA DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA O‘QUVCHILARNING MATEMATIK SAVOXONLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf / o‘quvchilar / matematika / darsdan tashqari mashg‘ulotlar / o‘quvchilar bilimlari va amaliy ko‘nikmalari / mantiqiy tafakkur. / начальная школа / учащиеся / математика / внеклассная деятельность / знания и практические навыки учащихся / логическое мышление.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D.M.Daminova

maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika faniga qiziqtirish, o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtirishlari hamda iqtidorlarini rivojlantirish maqsadida darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil etishning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilib, tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO DEVELOP MATHEMATICAL LITERACY OF STUDENTS IN CLASSES AND EXTRA-CURRICULAR ACTIVITIES

в статье обсуждается важность организации внеклассной деятельности с целью заинтересовать учащихся младших классов математикой, усвоением учебного материала и развитием их талантов и даются рекомендации.

Текст научной работы на тему «DARS VA DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA O‘QUVCHILARNING MATEMATIK SAVOXONLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© D.M.Daminova1^_

1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini matematika faniga qiziqtirish, o'quv materiallarini yaxshi o'zlashtirishlari hamda iqtidorlarini rivojlantirish maqsadida darsdan tashqari qo'shimcha mashg'ulotlarni tashkil etishning ahamiyati to'g'risida fikr yuritilib, tavsiyalar berilgan.

MAQSAD: o'quvchilarni matematik madaniyat va etikaga oid tushunchalar bilan tanishtirish, ular orasida ilmiy va matematik adabiyotlarga qiziqish uyg'otish. Ushbu maqsadlar amalga oshirilishi natijasida o'quvchilarning matematik savodxonligi sezilarli darajada oshib, ular kelgusida ham o'z bilimlarini mustaqil ravishda chuqurlashtirish va kengaytirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni egallaydilar.

MATERIALLAR VA METODLAR: matematikaga oid turli kitoblar, darsliklar va qo'llanmalar. Matematik o'yinlar: Stol o'yinlari, krossvordlar, boshqotirmalar va matematik muammolarni yechish uchun o'yinlar. Elektron resurslar: Kompyuter dasturlari, mobil ilovalar, va onlayn platformalar. Matematik Musobaqalar: Test va topshiriqlar: Matematik olimpiadalar uchun maxsus test va topshiriqlar to'plamlari. Mukofotlar va sertifikatlar: Ishtirokchilarni rag'batlantirish uchun diplomlar, sertifikatlar va sovg'alar. Onlayn Resurslar: Video darslar: YouTube, Khan Academy kabi platformalardagi matematik video darslar. Veb-saytlar: Mathematica, Wolfram Alpha, Brilliant.org kabi saytlar. Mobil ilovalar: Photomath, Mathway, Khan Academy Kids va boshqa matematik ilovalar. Projekt faoliyatlari: Loyihalar uchun materiallar: Posterlar, chizmalar, grafikalar, modellash materiallari. Texnik uskunalar: Kompyuterlar, printerlar, proyektorlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'tkazish ko'plab afzalliklarni taqdim etadi. Ushbu usullar va materiallar yordamida amalga oshirilgan ishlanmalar, matematik faniga qiziqish uyg'otish va o'quvchilarning bilimlarini kengaytirishga qaratilgan edi.

Matematik to'garaklar va o'yinlar o'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishini oshirishda juda samarali bo'ldi. O'yinlar va interaktiv mashg'ulotlar orqali o'quvchilar matematik muammolarni yechishda ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdi. Matematik musobaqalar esa o'quvchilarning raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirdi va ularga yuqori maqsadlar qo'yishga yordam berdi. Musobaqalarda ishtirok etish orqali o'quvchilar turli murakkab muammolarni yechishga tayyorlanishdi va bu ularda mustahkam bilimlar shakllanishiga olib keldi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

XULOSA: o'quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirish uchun darsdan tashqari mashg'ulotlarni tashkil qilish samarali natijalar berdi. Ushbu tadbirlar o'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishda katta rol o'ynadi. Quyida ushbu mashg'ulotlarning asosiy natijalari va ahamiyati keltirilgan:

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, o'quvchilar, matematika, darsdan tashqari mashg'ulotlar, o'quvchilar bilimlari va amaliy ko'nikmalari, mantiqiy tafakkur.

ПУТИ РАЗВИТИЯ МАТЕМАТИЧЕСКОЙ грамотности учащихся на УРОКАХ И ВНЕУЧЕБНОЙ МЕРОПРИЯТИЯХ_

© Д. М. Даминова1Н

1Термиский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье обсуждается важность организации внеклассной деятельности с целью заинтересовать учащихся младших классов математикой, усвоением учебного материала и развитием их талантов и даются рекомендации.

ЦЕЛЬ: познакомить студентов с понятиями математической культуры и этики, вызвать у них интерес к научной и математической литературе. В результате реализации этих целей существенно повысится математическая грамотность учащихся, и они приобретут знания, навыки и умения, необходимые для самостоятельного углубления и расширения своих знаний в будущем.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: различные книги, учебники и пособия по математике. Математические игры: настольные игры, кроссворды, головоломки и игры с решением математических задач. Электронные ресурсы: компьютерное программное обеспечение, мобильные приложения и онлайн-платформы. Математические олимпиады: тесты и задания: специальные наборы тестов и заданий для математических олимпиад. Награды и сертификаты: Дипломы, сертификаты и призы для поощрения участников. Интернет-ресурсы: Видеоуроки: видеоуроки по математике на таких платформах, как YouTube и Академия Хана. Веб-сайты: Mathematica, Wolfram Alpha, Brilliant.org. Мобильные приложения: Photomath, Mathway, Khan Academy Kids и другие математические приложения. Проектная деятельность: Материалы для проектов: Плакаты, рисунки, графика, материалы для лепки. Техническое оборудование: Компьютеры, принтеры, проекторы.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: трансфер имеет множество преимуществ. Разработки, проведенные с помощью этих методов и материалов, были

Iqtibos uchun: Daminova D.M. Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarning matematik savoxonligini rivojlantirish yo'llari. // Inter education & global study. 2024. №5.

B.82-88.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

направлены на ¡пробуждение интереса к математике и расширение знаний учащихся.

Математические кружки и игры оказались очень эффективными в повышении интереса учащихся к математике. Посредством игр и интерактивных занятий учащиеся развивали творческое и критическое мышление при решении математических задач. Математические олимпиады повышали конкурентоспособность учащихся и помогали им ставить перед собой высокие цели. Участвуя в конкурсах, студенты готовились к решению различных сложных задач, что приводило к формированию прочных знаний.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: организация внеклассной деятельности по развитию математической грамотности учащихся дала эффективные результаты. Эти мероприятия сыграли большую роль в повышении интереса учащихся к математике, углублении их знаний и развитии практических навыков. Ниже приведены основные результаты и важность этих упражнений:

Ключевые слова: начальная школа, учащиеся, математика, внеклассная деятельность, знания и практические навыки учащихся, логическое мышление.

Для цитирования: Даминова Д.М. Пути развития математической грамотности учащихся на уроках и внеучебной мероприятиях. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 8288.

WAYS TO DEVELOP MATHEMATICAL LITERACY OF STUDENTS IN CLASSES AND EXTRA-CURRICULAR ACTIVITIES_

© Daminova M. Dilbar1®

1Termiz State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in the article, the importance of organizing extra-curricular activities in order to interest elementary school students in mathematics, mastering educational materials and developing their talents, is discussed and recommendations are given.

AIM: to introduce students to the concepts of mathematical culture and ethics, to arouse their interest in scientific and mathematical literature. As a result of the implementation of these goals, students' mathematical literacy will significantly increase, and they will acquire the knowledge, skills and abilities necessary to independently deepen and expand their knowledge in the future.

MATERIALS AND METHODS: books and textbooks: Various books, textbooks and manuals on mathematics. Math Games: Board games, crosswords, puzzles, and math problem-solving games. Electronic resources: computer software, mobile applications and online platforms. Mathematical Olympiads: tests and assignments:

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

special sets of tests and assignments for mathematical Olympiads. Awards and certificates: Diplomas, certificates and prizes to encourage participants. Online Resources: Video Tutorials: Math video tutorials on platforms like YouTube and Khan Academy. Websites: Mathematica, Wolfram Alpha, Brilliant.org. Mobile apps: Photomath, Mathway, Khan Academy Kids and other math apps. Project activities: Materials for projects: Posters, drawings, graphics, materials for modeling. Technical equipment: Computers, printers, projectors.

DISCUSSION AND RESULTS: transfer has many advantages. The developments carried out using these methods and materials were aimed at awakening interest in mathematics and expanding students' knowledge.

Math clubs and games have proven to be very effective in increasing students' interest in mathematics. Through games and interactive activities, students developed creative and critical thinking in solving mathematical problems. Mathematical Olympiads increased the competitiveness of students and helped them set high goals for themselves. By participating in competitions, students prepared to solve various complex problems, which led to the formation of solid knowledge.

CONCLUSION: organizing extracurricular activities to develop students' mathematical literacy gave effective results. These events played a big role in increasing students' interest in mathematics, deepening their knowledge and developing practical skills. Below are the main results and importance of these exercises:

Key words: elementary school, students, mathematics, extracurricular activities, students' knowledge and practical skills, logical thinking

Matematikadan sinfdan tashqari ish deyilganda o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog'liq bo'lgan material asosida ixtiyoriylik printsipiga asoslangan mashg'ulotlar tushuniladi. Sinfdan tashqari ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - o'quvchilaming bilimlari va amaliy ko'nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish; - o'quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish - matematikaga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish; - talabchanlik, irodani, mehnatga munosabatni, mustaqillikni, uyushqoqlikni va insoniylikni tarbiyalash. Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: 1. Matematik o'n minutliklar, soatlar. 2. Matematika to'garaklari. 3. Matematik konkurs va olimpiadalar. 4. Qiziqarli matematika kechalari va viktorinalar. 5. Matematik matbuot. 6. Matematik ekskursiya

Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega: 1. O'z mazmuni bo'icha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan bilimlar o'quvchilarning kuchiga mos bolishi kerak. 2. Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha

For citation: Daminova M. Dilbar. (2024) 'Ways to develop mathematical literacy of students in classes and extra-curricular activities', Inter education & global study, (5), pp. 82-88. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

barcha o'quvchilarni jalb qilishi, ya'ni qiziqarli bo'lishi zarur. Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar ham qiziqish yordamida faol o'quvchilarga aylanishi mumkin. 3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashg'ulotlarga baho qo'yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. 4. Mashg'ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha mo'ljallangan bo'lishi mumkin. 5. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli- tumanligi.

Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o'tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, berilgan malumotlari etishmaydigan yoki berilgan malumotiari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, o'yinlar, fokuslar, boshqotirmalar tarixiy malumotlar berish va boshqalar kiradi. ; Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o'tkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak: 1. Darsda o'quvchilar olgan bilim, malaka va Ko'nikmalarni hisobga olgan holda o'tkaziladi. 2. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning xohishi, xavaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi. Academic natijalar Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg'otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o'xshash bo'Imasligi kerak. Mashg'ulot o'tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material boiib xizmat qiladi. Matematik to'garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng Ko'p tarqalgan turidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqishi bor o'quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. Matematik to'garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi: Matematika to'garagiga o'quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.

Darsdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud: matematikadan mustaqil uy ishlari, o'quvchilarning alohida va guruhli ishlari, matematik sayohatlar, matematikadan sinfdan tashqari ishlar.

a) matematikadan mustaqil uy ishlari. Uy vazifasining mazmuni bir tomondan darsda o'rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog'i kerak. Uy ishi barcha bolalar uni mustaqil bajarishga tayyor bo'lganlaridagina samaralidir. Boshlang'ich sinflarda o'quvchiga beriladigan uy vazifalari hajmi sinfda bajarilgan ish hajmining yarmini tashkil etish kerak. Uy vazifalarni bajarishlari uchun 1- sinfda 1 soatgacha, 2- sinfda 1 - 1,5 soat, 3- sinfda 1,5 - 2 soat, 4- sinfda 2 soat vaqt ajratilishi kerak.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

b) O'quvchilarning alohida va guruhli ishlar. Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, o'quvchilarnig o'zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat.

c) matematik sayohatlar. Matematik sayohatlarning maqsadi - aniq hayotiy dalil va taassurotlarni talab qilish.

Sayohat o'tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo'lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo'lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o'zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan o'rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, jamoa xo'jaligi va boshqa joylarga sayohatlar o'tkaziladi.

Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin.

d) matematikadan sinfdan tashqari ishlar.

2. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati.

Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog'liq bo'lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba'zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.

Matematika to'garagiga o'quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.

Natural sonlar mavzusiga doir misollar.

1-Topshiriq. Kemada 218 nafar yo'lovchi va 191 nafar yekipaj a'zosi bor. Kemada qancha odam bor?

2-Topshiriq. Bo'yoq 5 litrlik bankalarda sotiladi. Sanjarga 37 litr bo'yoq kerak. U nechta banka sotib olishi zarur? A) 5 B) 6 C) 7 D) 8

3-Topshiriq. 600 ta kitobni har bir qutiga 15 tadan joylashtirish kerak. Nechta quti kerak bo'lishini aniqlash uchun quyida keltirilgan qaysi amaldan foydalanish mumkin?

A) 15 ga 600 ni qo'shish B) 600 ni 15 ga ko'paytirish

C) 600 dan 15 niayirish D) 600 ni 15 ga bo'lish

4-Topshiriq. Marjonada 50 zed bor. Har bir kitobning narxi 12 zed. Marjona qancha kitob sotib olishi mumkin?

5-Topshiriq. Poyezd yertalab soat 7 dan 52 minut o'tganda birinchi shahardan chiqib, ikkinchi shaharga shu kuni kunduzi soat 11 dan 06 minut o'tganda yetib boradi. Poyezd qancha vaqt yo'l yurgan?

6-Topshiriq. Poyezd Toshkentdan yertalab soat 8:45 da jo'nadi. U Samarqandga

2 soat 18 minutda yetib keldi. Poyezd Samarqandga soat nechada yetib keldi?

A) 11:15 B) 11:13 C) 11:03 D) 10:53

7-Topshiriq. Damir avval 4,8 km masofani mashinada, so'ngra 1,5 km masofani avtobusda bosib o'tdi. Damir qancha masofani bosib o'tgan?

6,3 km B) 5,8 km C) 5,13 km D) 4,95 km

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Matematika to'garagiga o'quvchilar jalb qilish o'quvchilarni matematik savodxonligi oshishiga yanada katta hissa qushadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Jumayev M.E. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi T.: Ilm-Ziyo, 2022

2. Jumayev M.E. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasidan laboratoriya mashg'ulotlari- T.: Ilm-Ziyo, 2016.

3. IEA TIMSS. Trends in Mathematics and Science Study. O'quvchilarni matematika fanidan baholash bo'yicha mashq daftari. №1. 4-sinflar uchun. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Toshkent 2020 yil.

4. IEA TIMSS. Trends in Mathematics and Science Study. O'quvchilarni matematika fanidan baholash bo'yicha mashq daftari. №2. 4-sinflar uchun. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Toshkent 2020 yil

5. Mukhtarova L.A. Ways of formation of ecological culture in children of primary age // AJMR:Asian Journal of Multimensional Research Journal. Vol 10, Issue 4, April, 2021. - Pp 648-652. (Impact Factor 7.699).

6. Muxtarova L.A. Yoshlarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga doir masalalarda innovatsion yondashuv. Ilim ham jamiyet. Илмий-методик журнал. -Нукус, 2020. 4-сон. - Б. 84-86 б.

7. Muxtarova L.A. Boshlang'ich ta'limda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishning metodologik asoslari // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi ilmiy-nazariy jurnali. 2021, 12-сон. - В. 657-662.

8. Daminova Dilbar. PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES OF FORMING MATHEMATICAL LITERACY SKILLS OF PRIMARY SCHOOL PUPILS. Web of Scientit: International Scsientific Research Jornal. ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 3, March., 2023. 971-976 b.

9. Daminova Dilbar. ISSUES OF MATHEMATICAL LITERACY DEVELOPMENT IN WORLD SCIENCE. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 Vol. 11, Issue 03, March. (2023). 307-311 b

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Daminova Dilbar Melimurodovna, Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, [Даминова Дильбар Мелимуродовна, преподаватель кафедры методики начального образования], [Daminova M Dilbar, Teacher of the Department of Primary Education Methods,]; manzil: O'zbekiston, Termiz sh., I.Karimov ko'chasi, 288b-uy [адреа ул. И. Каримова, 288б, Термезское ш., Узбекистан], [address: st. I. Karimova, 288b, Termez city, Uzbekistan]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.