Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISH USULLARI'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2072
127
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
dars / darsdan tashqari mashg’ulotlar / fakultativ mashg’ulotlar / yakka va guruh mashg’ulotlari. / lesson / extracurricular activities / optional activities / individual and group activities.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rahmonova Nasibaxon

Boshlang’ich sinf matematika darslari maktab yoshidagi bolalar uchun hisob-kitob jarayonlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning darsdan tashqari shakllari va ularni tashkil etish bo’yicha tavsiyalarga bag’ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF TEACHING MATHEMATICS IN EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN ELEMENTARY GRADES

Elementary math lessons are important for school-age children to learn calculation processes. This article is devoted to extracurricular forms of mathematics teaching in elementary grades and recommendations on their organization.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISH USULLARI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

BOSHLANG'ICH SINFLARDA DARSDAN TASHQARI MASHG'ULOTLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISH USULLARI Rahmonova Nasibaxon

Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti, Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi

201-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6803439

Annotatsiya. Boshlang'ich sinf matematika darslari maktab yoshidagi bolalar uchun hisob-kitob jarayonlarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning darsdan tashqari shakllari va ularni tashkil etish bo'yicha tavsiyalarga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: dars, darsdan tashqari mashg'ulotlar, fakultativ mashg'ulotlar, yakka va guruh mashg'ulotlari.

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ МАТЕМАТИКЕ ВО ВНЕУРОЧНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В

МЛАДШИХ КЛАССАХ Аннотация. Элементарные уроки математики важны для детей школьного возраста, чтобы научиться вычислительным процессам. Данная статья посвящена внеурочным формам обучения математике в начальных классах и рекомендациям по их организации.

Ключевые слова: урок, внеклассная работа, факультативная деятельность, индивидуальная и групповая деятельность.

METHODS OF TEACHING MATHEMATICS IN EXTRACURRICULAR ACTIVITIES

IN ELEMENTARY GRADES

Abstract. Elementary math lessons are important for school-age children to learn calculation processes. This article is devoted to extracurricular forms of mathematics teaching in elementary grades and recommendations on their organization.

Key words: lesson, extracurricular activities, optional activities, individual and group activities.

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, hozirda boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishni tashkil etishning ikki xil shakli mavjud:

1. Dars

2. Darsdan tashqari mashg'ulotlar.

Dars — maktab ta'limining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy o'quvchilar tarkibi bilan qat'iy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo'naltirilgan didaktik tadbirdir. Matematikadan o'quv ishlarini tashkil etishni darsdan tashqari mashg'ulotlarning asosiy vazifalari:

- o'quvchilarning bilimlarini, amaliy malakalarini chuqurlashtirish va kengaytirish;

- mantiqiy tafakkurni, topqirlikni, matematik ziyraklikni rivojlantirish;

- iqtidorli va qobiliyatli bolalarni aniqlash va ularni yanada o'sishiga yordam berish;

- matematika faniga qiziqishini shakllantirish;

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

- o'quvchilarni intizomli bo'lishga, mehnatga mehr qo'yishga, jamoa bilan ishlay olish ko'nikmalarini tarkib toptirishga, ularda umuminsoniy fazilatlarini shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI O'quv ishlarini tashkil etishda darsdan tashqari shakllari:

1. O'quvchilar bilan ishlab chiqarishga, tabiatga ekskursiyalar

2. Mustaqil uy ishlari

3. Fakultativ mashg'ulotlar

4. O'quvchilar bilan yakka va guruh mashg'ulotlari

Uy ishlari bu - o'quvchilarni darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil, individual ishlashlarini tashkil qilish shakllaridan biri. Uy ishlarini tashkil etish natijasida bolalarda quyidagi xislatlar shakllanadi: Shaxsni xafsalaligi, Mehnatsevarligi, Uyushqoqligi, Intizomliligi Mas'ulyatliligi, O'z o'zini nazorat qilishi Uy ishlarini tashkil qilishda quydagi talablar asosida bo'lishi lozim:

- Uyga beriladigan vazifalar o'quvchilarning bilimlariga mos kelishi kerak;

- Uy vazifalari va unga sarflaydigan vaqt meyor darajasida bo'lishi kerak;

- Uy vazifalarini bajarish bo'yicha korsatma bo'lishi kerak;

- Uy vazifalarini tizimli ravishda berib borish kerak;

- O'quvchilar muntazam uy ishlarini bajarishlari shart;

-Hamma o'quvchi o'z imkoniyatiga qarab har doim topshiriq olishi uy ishlarini individuallashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir;

- Uy vazifasini ko'rinishi va mazmuni turli-tuman bo'lishi zarur;

- Uy vazifasi o'qituvchi tomonidan tekshirilishi shart.

TADQIQOT NATIJASI

Darsdan tashqari vaqtlarda o'quvchilar bilan o'tkaziladigan individual va guruh mashg'ulotlar maqsadi: o'quvchilarni o'zlashtirgan bilimidagi kamchiliklarni bartaraf qilishda ularga yordam berish, o'quvchilarni ilm olishdagi qoloqliklarning oldini olish. Bu mashg'ulotlar odatda individual yoki guruh mashg'ulotlarida o'tkaziladi.

Matematik o'n minutliklar: 1-sinfda haftasida bir marta butun sinf o'quvchilari ishtirokida o'tkaziladi. Sinf chegarasidan tashqarida (kuni uzaytirilgan guruhlarda, tabiatda, ekskursiyalarda) o'tkaziladi. Darsda beriladigan topshiriqlardan farqlanuvchi qiziqarli topshiriqlar berilishi maqsadga muvofiq. Topshiriqlar mazmuni bolalar bilim saviyasiga mos bo'lishi kerak. Javoblar tez topilishi kerak. Hisoblashlar og'zaki bajarilishi kerak. Masalan: 10 ichida sanash ko'nikmalarini shakllantirish (sholg'om ertagi asosida) 2) Sanash ko'nikmalarini rivojlantirish. O'n ichida qo'shish va ayirish (mashg'ulot maktab hovlisida o'tkaziladi).

MUHOKAMA

Boshlang'ich sinflarda matematika o'qituvchisi tashabbusi bilan matematik burchakning tashkil qilinishi ham muhimdir. Bunda matematik devoriy gazeta, matematikadan ko'rsatmali qurollar, yangiliklarni ifodalovchi sonli dalillar keltirilgan yozuvlar, o'quvchilarning namunali daftarlari, geometrik figuralar naborlari va boshqalar tayyorlanadi. Ular, asosan, o'quvchilar va ota onalar yordamida o'qituvchi boshchiligida tuziladi. Burchakni nazorat qilish uchun mas'ul o'quvchilar belgilanadi. Bu esa o'quvchilarning o'zini va o'zganing mehnatini qadrlash imkoniyatini beradi.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

Matematik ekskursiyalar.

O'quvchilarning aniq hayotiy ma'lumotlarni, turmushda uchraydigan harakatlarni kuzatish, tahlil qilish va dars jarayonida va dars jarayonida to'plagan ma'lumotlardan foydalanish maqsadida o'tkaziladi. O'quvchilardan puxta tayyorlanishni talab etadi. Maktabga yaqin joylardan ustaxonalar, ishlab chiqarish tashkilotlari va boshqa joylarga ekskursiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Qo'shimcha qilib aytganda, ekskursiyalar fanlararo aloqadorlik uchun yetarli material to'plash imkoniyatini beradi. XULOSA

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarda matematika darslarini dars mashg'ulotlari davomida turli interfaol metodlar, multimedia vositalari va innovatsion hamda pedagogik texnologiyalar yordamida tashkil etish,o'quvchilarni darsdan tashqari mashg'ulotlarda ham matematik ziyrakligini oshirish maqsadida turli mashg'ulotlar yo'lga qo'yish boshlang'ich sinf matematika fani o'qituvchilari oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. L.Sh. Levenberg va boshqalar. "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi" Toshkent: "O'qituvchi" 1985-yil.

2. Bikbayeva N. va boshqalar. "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi" Toshkent: "O'qituvchi" 1996-yil.

3. N. Boltayev, O. Qodirov "Boshlang'ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar" Toshkent: "O'qituvchi" 1982-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.