Научная статья на тему 'ВНЕКЛАССНЫЕ РАБОТЫ ПО МАТЕМАТИКЕ'

ВНЕКЛАССНЫЕ РАБОТЫ ПО МАТЕМАТИКЕ Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
132
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
МАТЕМАТИЧЕСКИЕ ДЕСЯТИМИНУТКА / ЧАСЫ / КРУЖКИ / КОНКУРСЫ / ОЛИМПИАДА / МАТЕМАТИЧЕСКИЙ ВЕЧЕР / ВИКТОРИНА / МАТЕМАТИЧЕСКАЯ ПРЕССА
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ВНЕКЛАССНЫЕ РАБОТЫ ПО МАТЕМАТИКЕ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

УДК 518

Г.Н. Хакимова, М.Н. Рузиева ВНЕКЛАССНЫЕ РАБОТЫ ПО МАТЕМАТИКЕ

В данной статье рассматриваются способы и содержание внеклассных работ по математике в общеобразовательных школах.

Ключевые слова: математические десятиминутка, часы, кружки, конкурсы, олимпиада, математический вечер, викторина, математическая пресса.

Matematikadan sinfdan tashqari ish deyilganda o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog'liq bo'lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg'ulotlar tushuniladi.

Sinfdan tashqari ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.

- o'quvchilarning bilimlari va amaliy ko'nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish;

- o'quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish;

- matematika qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish;

- talabchanlik, irodani, mehnatga munosabatni, mustaqillikni, uyushqoqlikni tarbiyalash;

Sinfdan tashqari ish o' ziga xos bir qator xususiyatlarga ega.

1. O'z mazmuniga ko'ra, u davlat dasturi bilan cheklanmagan. Ammo, matematik material o'quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.

2. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning matematikaga turg'un qiziqishlari bo'lmaydi. Darsdan tashqari mashg'ulotlar oldin matematikaga qiziqishlari bo'lmagan o'quvchilarda ham, unga nisbatan qiziqish uyg'otishga imkon beradi. Shu sababli, mashg'ulotlarni hamma o'quvchilar bilan bir vaqtda o'tkazilgani ma'qul.

3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik prinsipi asosida quriladi. Bunda o'quvchilarga baho qo'yilmaydi, ammo mulohazalarni asoslab berish, topqirilik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning ratsional usullaridan foy-dalanish albatta rag'barlantirilishi kerak.

4. Mashg'ulotlar mazmuni va o'tkazilish shakllariga qarab 10-12 minut yoki 1 soatga ham mo'ljallangan bo'lishi mumkin.

5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko'p xilligiga qarab, mazmunining turli - tumanligi bilan xarakterlanadi. Mashg'ulotlarda matnli masalalar, hazil masalalar, matematik voqealar, rebuslar, fokus, boshqotir-gichga keng o'rin beriladi.

Sinfdan tashqari ish turlari quyidagilardan iborat: matematik on minutliklar, soatlar, matematika to'garak-lari, matematik konkurs va olimpiadalar, qiziqarli matematika kechalari va viktorinalar, matematik matbuot, matematik ekskursiya.

1. Matematik o n minutliklar va soatlar. Odatda, bu mashg'ulotlar haftasiga bir marta butun sinf bilan o'tkaziladi. Uni dam olish vaqtlarida, tabiatga, maktab hovlisiga chiqib o'tkazish mumkin. Uning mazmuni o'quvchilarda matematikaga qiziqish uyg'otish va topshiriqlar darslardagi matematik topshiriqlardan farq qilishi kerak; Topshiriqlar o'quvchilarga tushunarli bo'lishi, javoblarning tez topilishi va og'zaki bajarishni hisobga olin-ishi kerak.

Qiziqarli matematika soat - darsdan keyin sinfning hamma o quvchilari bilan otkaziladi. U oyida 1-2 marta o'tkazilishi mumkin, mashg'ulotlar I sinfda 20-25 minut, II sinfda 25-30 minut, III-IV sinfda 30-40 minut davom etishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Mashg'ulotlarni o'tkazish uchun qiziqarli masalalar, qiyinroq masalalar, rebus boshqotirgichlar, topishmoqlar va boshqalar material bo'lib xizmat qilishi mumkin.

2. Matematika togaraklar - sinfdan tashqari ishlarning sistematik ravishda otkazilib turiladigan shaklidan biridir. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziquvchi o'quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtiril-gan ish.

To'garaklar, ikkinchi yarim yillikda III-IV sinfdan boshlab oyiga 1-2 marta o'tkaziladi. To'garaklarda bir maktabning parallel sinflari o' quvchilar yoniga bir necha maktab o'quvchilari ham qatnashishi mumkin (matematika klubi).

To'garak mashg'ulotlarini o'tkazishda o'quvchilar katta mustaqillik va tashabbus ko'rsatadilar: ular qis-qacha tarixiy ma'lumotlar tayyorlaydi; ko'rgazmali qurollar tayyorlaydi, matematika kechalariga tayyorgarlik ko'radilar.

Shu bilan bir qatorda ular to'garakda turli masalalar yechadilar, rebus, boshqotirgichlar, topishmoqlarni topadilar, didaktik o'yinlar o'tkazadilar.

Matematika to'garagini o'tkazish uchun uning oldindan ish rejasi tuziladi.

© Хакимова Г.Н., Рузиева М.Н.

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

ISSN 2223-4047

3. Matematika konkurs va olimpiadalar - matematik konkurslar qiyin masalalar yechish va o'tkir zehn, tez tushuna olishni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarish bo'yicha o'ziga xos musobaqalardir. Uning asosiy maqsadi tez tushunadigan, ziyrak matematikni, yaxshi sinfni aniqlashdan iborat. Konkurs mavzusi va uni o'tkazish vaqti oldindan belgilanadi. Masalan: masalalar yechish, geometrik topshiriqlar, og'zaki va yozma hisoblashlar.

Tajribalarda aniqlanishicha, o' quvchilar 100 ichida amallarni o' rganishi bilanoq konkurslar o'tkazish mum-kinligini ko'rsatmoqda. Matematika olimpiadalar maktabning hamma sinflarini ham jalb qilgan holda o'tkaziladi. Olimpiadalar yiliga bir marta matematikaga qobiliyati ko'proq o'quvchilarni aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Olimpiada boshlang'ich sinfning 4 - sinfida o'tkazilishi mumkin. Olimpiadalar qatnashchilarning tarkibiga qarab maktab, tuman, shaharda o'tkazilishi mumkin.

Maktabda olimpiadani maktab direktori tasdiqlagan komissiya boshqaradi. Komissiya topshiriqlarning mazmunini, qatnashchilarni tanlash shartlarini aniqlaydi, olimpiada o'tkazilish vaqtini belgilaydi.

4. Matematik kechalar va viktorinalar - matematika kechalarini matematika to'garagining hisoboti tariqasida, shuningdek o'quvchilar nomerlashni yozma va og'zaki hollarini o'rganib olganlaridan keyin o'tkazish mumkin. Uning maqsadi o'quvchilarning matematikadan bilimlarini amalda tadbiq qilish qobiliyatlari, og'zaki va yozma, tez hisoblash ko'nikmalari, fazoviy tasavvurlarini hisobga olishdan iboratdir. Uning mazmuni tarixiy ma'lumotlar, hisoblashlar va qiziqarli masalalar va matematik o'yinlardan iborat bo' ladi.

5. Matematikmatbuot - boshlang'ich sinflarda chiqariladigan gazeta mazmuni koproq qiziqarli material-lar asosida tashkil qilinadi. Uni to'garak a'zolari chiqarishi mumkin. Gazeta, odatda matematik burchak deb atalu-vchi burchakka osib qo'yiladi.

Matematika burchagida matematikaga tegishli o'quv asboblari, materiallari saqlanadi.

6. Matematik ekskursiyalar. - ning asosiy maqsadi - konkret hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish va o'quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish. O'quvchilar bunda ishchilarning mehnatlarini kuzatadilar va mahsulot hajmini, materiallar sarfini, ish umumini, tejamkorlikni tavsiflovchi son ma'lumotlarini qayd qilib boradilar. Ekskursilardan olingan «Jonli» sonlar o'quvchilarning o'z masalalarini tuzishi va yechishlariga, ko'rgazmali qurol tayyorlashlariga asos bo'ladi.

Matematikadan sinfdan tashqari ishlar o'quvchilar qobiliyatini rivojlantirishga, ular tafakkurini o'stirishga va ularni o'zalrini namoyon qilishlari uchun keng yo'l ochib beradi. Bu ayniqsa, boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun muhim ahamiyatga ega.

Библиографический список

1. Исмоилова М.Н. Бошлангич синфларда масалани модсллаштириш // Учсн^1й XXI века. — 2017. — № 6(20). — С. 35-37.

ХАКИМОВА ГУЛСАРА НОРМУРОТОВНА - преподаватель, средняя школа №«24 Каракулского района Бухарской области, Узбекистан.

РУЗИЕВА МАВЛУДА НОРМАМАТКИЗИ- преподаватель, средняя школа №24 Каракулского района Бухарской области, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.