Научная статья на тему 'CREDIT ANALYSIS TOOLS, UNDERWRITER, CREDIT SCORING'

CREDIT ANALYSIS TOOLS, UNDERWRITER, CREDIT SCORING Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Alfraganus
Область наук
Ключевые слова
credit analysis of a loan / underwriter service / credit scoring / scoring models / creditworthiness assessment / credit rating / credit analysis of a loan / underwriter service / credit scoring / scoring models / creditworthiness assessment / credit rating

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — S. Xalikov

The article analyzes the role of underwriting services, credit scoring when conducting analyzes in lending as a vital necessity in the field of banking institutions, their scientific essence, criteria for practical application, as well as existing problems in the application of these criteria. It also examines how the use of underwriting and credit scoring methods affects various aspects of economic development

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CREDIT ANALYSIS TOOLS, UNDERWRITER, CREDIT SCORING

The article analyzes the role of underwriting services, credit scoring when conducting analyzes in lending as a vital necessity in the field of banking institutions, their scientific essence, criteria for practical application, as well as existing problems in the application of these criteria. It also examines how the use of underwriting and credit scoring methods affects various aspects of economic development

Текст научной работы на тему «CREDIT ANALYSIS TOOLS, UNDERWRITER, CREDIT SCORING»

S. Xalikov 1

K^DU'LAS^A TAHLIL VOSITALARI. ANDЕRRAYTЕRLAR KRЕDIT

SKORINGI

ИНСТРУМЕНТЫ КРЕДИТНОГО АНАЛИЗА, АНДЕРРАЙТЕРЫ, КРЕДИТНЫЙ

СКОРИНГ

CREDIT ANALYSIS TOOLS, UNDERWRITER, CREDIT SCORING

1 Alfraganus university "Moliya" kafedrasi o'qituvchisi . Toshkent, O'zbekiston. e-mail: saydilla_halikov@mail.ru. ORCID: 0000-0002-4683-8090

Annotatsiya. Maqolada kreditlashda tahlil vositalari, jumladan anderrayterlar xizmatlarini tashkil etish, skoring uslubini qo'llash orqali kreditlashning bugungi kundagi ilg'or raqamli modellarining hayotiy zarurat sifatida bank institutlari soxasidagi o'rni, ularning ilmiy mohiyati, amaliyotdagi qo'llash mezonlari hamda ushbu mezonlarni qo'llashdagi mavjud muammolar atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek anderrayter xizmatini xamda kredit skoringini qo'llash iqtisodiy rivojlanishning turli jabxalariga qanday ta'sir etish holatlari ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: kredit tahlili, anderrayter xizmati, kredit skoringi, skoring uslublari, kreditga layoqatlilik, kredit reytingi.

Аннотация. В стате анализируется рол служб андеррайтеров, кредитного скоринга при проведении анализов в кредитовании как жизненной необходимости в сфере банковских учреждений, их научная сущност, критерии практического применения, а также существующие проблемы применения этих критериев. Также рассмотрено, как исползование методов андеррайтинга и кредитного скоринга влияет на различные аспекты экономического развития.

Ключевые слова: кредитный анализ кредита, служба андеррайтера, кредитный скоринг, скоринговые модели, отсенка кредитоспособности, рейтинг кредита.

Abstract. The article analyzes the role of underwriting services, credit scoring when conducting analyzes in lending as a vital necessity in the field of banking institutions, their scientific essence, criteria for practical application, as well as existing problems in the application of these criteria. It also examines how the use of underwriting and credit scoring methods affects various aspects of economic development.

Key words: credit analysis of a loan, underwriter service, credit scoring, scoring models, creditworthiness assessment, credit rating.

KIRISH

Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar jarayoni ta'siri o'laroq Respublikamiz banklari ham o'z rivojlanishida yangi bosqichni boshdan kechirmoqda. Xalqaro hamjamiyatdagi iqtisodiy rivojlanishining hozirgi sharoitida bank xizmatlari bozori o'zining doimiy texnologik takomillashuvi hamda mijozlarga taqdim etilayotgan turli xil bank mahsulotlarining ortishi bir vaqtning o'zida kreditlash sifatini oshirish bo'yicha o'zaro ta'sir mexanizmlarini ishlab chiqilishini hamda bevosita amaliyotda qo'llanilishini talab etmoqda.

Bugungi kunda mijozlarning tijorat banklari tomonidan o'z strategiyalari doirasida taklif qilayotgan yangidan-yangi bank xizmatlariga bo'lgan istaklarini o'z vaqtida qondirish, ularning yangi bank xizmatlariga bo'lgan talablari tendensiyalarini oldindan aniqlash juda muhim omil hisoblanadi.

Binobarin bugungi kunda tijorat banklari strategiyasida nafaqat ilg'or bank mahsulotlari va xizmatlarini yaratish, ushbu yangi xizmat turlarini bank mijozlariga tez va sifatli taqdim etishni, balki bank xarajatlarini kamaytiruvchi samarali ichki jarayonlarini yaratishni ko'zda tutuvchi innovatsion faoliyatni amalga oshirish zarurati kun tartibidan muhim o'rin olmoqda.

MUAMMONING MOHIYATI

Bugungi iqtisodiy rivojlanishning barqarorligini ta'minlashdagi moliyaviy xizmatlar dolzarbligi, jumladan, banklar faolligining ahamiyati bilan belgilanadi.

Ma'lumki, aholiga bank xizmatlari ko'rsatishdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish istiqbollari, bank faoliyatida yangi turdagi innovatsion xizmatlarni joriy qilish, ularni amalda tatbiq etish bilan bog'liq masalalarga bugungi kundagi bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida e'tibor qaratishni talab etmoqda.

Bugungi kunda tijorat banklarining chakana segmentga ajratayotgan kreditlari salmog'i ortib bormoqda. Mazkur segmentdagi tijorat banklarning ulushi ortishi va shu sababli raqobatning kuchayishi, chakana kreditlar segmentida bank rentabelligini oshirish zarurati banklarni ushbu jarayonlarning rentabelligi va kredit xavfini (tavakkalchiligini) boshqarishdagi yanada samarali usullarni izlashga majbur qilmoqda. Qolaversa, kam daromadli aholi qatlamining chakana kreditlarga bo'lgan ehtiyojining ortishi mazkur jarayonlarning yanada faollashiga olib kelmoqda.

Shu o'rinda, tijorat banklarida qarz oluvchilarning moliyaviy holatini aniqlash, ularning kreditga layoqatliligini tez tahlil qilish imkonini beruvchi skoring tahlil modelini joriy etish sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan qulay ko'maklashuvchi vosita sifatida ko'rilmoqda.

Zero, anderrayter xizmatlari hamda skoring tahlili kreditlash madaniyatini rivojlantiradi, foydali biznes ma'lumotlarini topish uchun muntazam ravishda ma'lumotlar bazasi bilan maslahatlashishga undaydi.

'Banklar ko'pgina hollarda mijozlariga chakana kreditlar berishdan bosh tortishi holatlari kuzatiladi. Bunday qarorga kelishga turli sabablar asos bo'ladi. Quyidagi 1-jadvalda bank tomonidan salbiy qaror qabul qilinishida qanday omillar ta'sir qilishini ko'rish mumkin.

1-jadval.

№ Sabablar

1 Bankning kredit siyosatiga va talablariga mos emasligi

2 Kredit tarixining yomon bo'lishi yoki mavjud emasligi

3 Past daromadlilik yoki daromadlarni tasdiqlash imkoni yo'qligi

4 Arizachining yuqori qarz yuki

5 Jismoniy shaxsning qisqa ish davri yoki ish stajining mavjud emasligi

6 Kredit uchun garovning yo'qligi yoki garovni sug'urtalashdan bosh tortish

7 Qalbaki va yolg'on ma'lumotlar taqdim etish

8 Bankning skoring tizimidan belgilangan talabdan past ball olish

9 Sudlanganlik va kredit bermaslikka asos bo'luvchi boshqa huquqbuzarliklarning mavjudligi

10 Banklarning qora ro'yxatida bo'lish

11 Shubhali yoki noqonuniy xatti-harakatlar

Kredit olish uchun arizani ko'rib chiqishda bank xodimi yoki bankning avtomatlashtirilgan tizimi «Kredit axborot tahliliy markazi»(KATM) kredit byurosiga so'rov yuboradi.

KATM bank mijozlarining kreditlari va boshqa ba'zi majburiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'playdigan, kredit axboroti sub'yektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, kredit axborotini foydalanuvchilarga taqdim etish, kredit skoringgini hisoblash va boshqa xizmatlarni ko'rsatuvchi tashkilotdir.

Kredit byurosiga quyidagi ma'lumotlar yuboriladi:

- mavjud kreditlari va ular bo'yicha mavjud qarzdorlik;

- boshqa mikrokredit tashkilotlaridagi qarzlari to'g'risidagi ma'lumot;

- chakana savdo do'konlaridagi muddatli to'lovlar to'g'risida ma'lumot;

- mijoz tomonidan taqdim etilgan garov va kafilliklar (birgalikda qarz oluvchi) ma'lumotlar.

Agar arizachining muddati o'tgan qarzdorliklari mavjud bo'lsa, bank xodimi ishonchsiz, deb hisoblaydi va u mijozga kredit berishdan bosh tortishi mumkin.

Agar kredit oluvchi past daromadga ega bo'lsa ham kredit oluvchiga rad javobi beriladi. Bundan tashqari, bu holatda nafaqat ish haqi va boshqa daromadlari miqdori, balki ularning qancha qismi kredit bo'yicha oylik to'lovni to'lashga sarflanishi ham hisobga olinadi. Ya'ni, bank mutaxassislari qarz oluvchining daromadlari va xarajatlarini inobatga olib, hisob-kitob ishlarini olib boradi va bunda faqat rasmiy daromadlar hisobga olinadi.

Demak, agar mijozning daromadlari rasmiy bo'lmasa yoki daromadlarini tasdiqlay olmasa, bank ularga kredit ajratishdan bosh tortishi mumkin. Banklar kredit ajratish bo'yicha qaror qabul qilishda har doim qarz oluvchining keyinchalik to'lovlarni amalga oshirish imkoniyati (kreditga layoqatliligi)ni baholaydi. Bu arizachining qarz yuki hisoblanadi. Bank kredit oluvchining barcha kreditlari bo'yicha o'rtacha oylik to'lovining o'rtacha oylik daromadiga nisbatini hisoblab chiqadi. Ya'ni kreditlar bo'yicha barcha to'lovlar qarz oluvchi daromadining 50-70 foizdan oshmasligi kerak.

Hisob-kitoblarda quyidagilar inobatga olinadi:

- qarz oluvchining rasmiy daromadlari miqdori, ya'ni aynan rasmiy va tasdiqlangan;

to'g'risida arizachini

- boshqa banklardagi barcha kreditlari bo'yicha oylik to'lovlari;

- qarz oluvchining yangi krediti bo'yicha amalga oshiradigan to'lovi va boshqalar.

Arizachining krediti ma'qullanmasligining sabablaridan yana biri - bu jismoniy shaxsning qisqa ish davri yoki ish stajining mavjud emasligidir.

Bank nuqtai nazaridan qaraganda inson bir joyda qancha uzoq ishlasa, u shunchalik mas'uliyatli hisoblanib, odatda bunday qarz oluvchilar bank oldidagi majburiyatlarini o'z vaqtida va to'la -to'kis bajarishlari kuzatilgan. Shu sababdan, banklar qarz oluvchining ish joyida qanchalik uzoq muddat ishlaganligiga ham jiddiy e'tibor qaratadi.

Qarz oluvchi kredit ta'minoti uchun biror bir mulkni garovga taqdim etganda, mazkur garov mulkini sug'urta qilish majburiy hisoblanadi. Ko'p hollarda esa qarz oluvchilar taqdim qilayotgan garov mulklarini sug'urta qildirishni xohlashmaydi va bu ham bank tomonidan kredit ajratishni rad etishga olib kelishi mumkin.

Bankka taqdim qilingan har xil turdagi noto'g'ri ma'lumotlar yolg'on ma'lumot sifatida qabul qilinishi mumkin:

- arizada shaxsiy ma'lumotlarni noto'g'ri yozish;

- aloqa uchun taqdim etilgan ma'lumotlarni xato berish kabi boshqa holatlar.

Kredit ajratish jarayonlarini elektronlashtirish hamda inson omili ta'sirini kamaytirish maqsadida elektron bazalardan ma'lumotlarni olish, uni tahlil qilish va qaror qabul qilishni avtomatlashtirish, "big data" va sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. Natijada bankda jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish 100 foiz avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshirilishiga erishilgan.

O'zbekiston bank tizimini transformatsiya qilish natijasida DAT "Xalq banki"ning bank strukturasi qayta ko'rib chiqildi va bankning xizmat ko'rsatish jarayonlarini optimallashtirish hamda kreditlash jarayonlarini anderrayterlar orqali bir bo'g'inli kreditlashga o'tkazish natijasida:

- mijozlar bilan ishlaydigan xodimlarning ulushini 16-20 foizdan 50 foizgacha ko'tarishga erishildi (halqaro bank amaliyotida bu ko'rsatkich 90 foizni tashkil etadi);

- bank binosining mijozlarga xizmat ko'rsatishda ishlatiladigan qismi 30-40 foiz edi, uni 55foizga oshirildi (halqaro bank amaliyotida bu ko'rsatkich 80-90 foizni tashkil etadi);

- 1 oyda 1 xodimga to'g'ri keladigan o'rtacha kreditlar soni 10 tani tashkil etardi, endi esa 22 tagacha oshirildi (halqaro bank amaliyotida bu ko'rsatkich 33 tani tashkil etadi);

- mijozlarga yanada qo'laylik yaratish va mijozlarning bankka kelmasdan bank xizmatlarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish natijasida masofaviy bank xizmatidan foydalanuvchilar salmog'i 11 foizdan 50 foizgacha (halqaro bank amaliyotida bu ko'rsatkich 85 foizni tashkil etadi) oshirishga erishildi.

Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi

DAT "Xalq bank"ning tashkiliy tuzilmasi (bankning 2022 yilgi moliyaviy hisobotidan).

Bankda Anderrayterlar xizmatini rivojlantirish va skoring modellarini tahlil qilish orqali, ushbu maqolada anderrayter xizmatining dolzarblagi hamda skoringning kuchli va zaif tomonlari yoritilib, shu jumladan skoring modeli haqidagi ba'zi noto'g'ri fikrlarga, xususan, ballar ortida qarzdorlik omili yashirin qolishi va kreditlar berish to'g'risida qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirishi haqidagi turli mulohazalarga oydinlik kiritiladi.

ILMIY MUAMMONING QO'YILISHI

Mavzuning o'rganilganlik darajasi haqida fikr yuritish asnosida albatta, mavzuga doir doimiy ilmiy izlanishlar olib borilganligini, amaliy qo'llash bo'yicha ham tijorat banklari bilan muloqotlar olib borilganligini ta'kidlash lozim.

Lekin, aksariyat tadqiqotlar xorijiy, jumladan rus mualliflariga tegishli ekanligini qayd etish lozim bo'ladi. Mazkur o'rganilayotgan iqtisodiy yo'nalishdagi ilmiy adabiyotlarda ko'rib chiqilayotgan masalaning turli jihatlariga bag'ishlangan ko'plab nashrlar mavjud. Masalan, iqtisodiyotni rivojlantirishda bank kreditlarining rolini tahlil qilib, muallif M.Antonova «samarali rivojlanayotgan iqtisodiyotni bank kreditisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Alohida korxonalar va umuman mintaqa faoliyatining samaradorligi ko'p jihatdan banklarni kreditlash shartlari darajasiga bog'liq» - deb ta'kidlab o'tadi [1, 167].

Skoring - bu mijozni o'ziga xos xususiyatlarining ko'rsatkichlari (daromadining rentabel-lik darajasi, uning yoshi, qaramog'ida bo'lganlar soni va boshqalar)ga asoslangan qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash usuli deb hisoblash mumkin. Shu ma'noda tadqiqotchi Ye.Glinkina, amaliyot (iqtisodiy jarayonlar - A.N.) skoring usulidan foydalanishning sezilarli qulayligini tasdiqlaganligiga e'tibor qaratadi [4, 43].

«Skoringning asosiy vazifasi faqat mijozning qarzni to'lay olishi yo ololmasligi aniqlash emas, balki mijozning moliyaviy ishonchliligi va mas'ullik darajasi hamdir» - deb yozadi S.Losevskaya [7, 179].

Tadqiqotchi M.Kostikova kichik biznesni kreditlashning skoring modelini o'rganib, kichik biznes va bank mahsulotlari orqali aksariyat mahalliy kredit tashkilotlarini o'stirishning eng faol omillaridan biri» ekanligini ta'kidlaydi [6, 57].

Kredit skoringi mohiyatiga oydinlik kiritish maqsadida, S. Balinina «ushbu modelning o'ziga xos xususiyati shundaki, qarz oluvchidan olingan barcha ma'lumotlar maxsus dasturga kiritil-gan. Soddalashtirilgan shakldagi har bir javob uchun tizim ma'lum bir punktni belgilaydi va natijada berilgan ballar yig'indisidan kelib chiqib, qarz berish yoki bermaslik to'g'risida yakuniy qaror qabul qiladi. - deb xulosa qiladi [2, 169].

O'zbek iqtisodchi olimlar N.Karimov va M.Toshxo'jaevlar o'zlarining O'zbekistonda iste'mol kreditlarining skoring usulini rivojlantirish imkoniyati to'g'risida maqolalarida, «skoring tizimlarini rivojlantirish va amalga oshirish istiqbollari haqida gapirganda, ta'kidlash zarurki, ushbu faoliyat yo'nalishi kreditlar tarixi byurolari tizimining rivojlanishi bilan parallel ravishda rivojlanadi va skoring tizimi nafaqat ekspress kreditlashda, balki chakana kreditlashning barcha turlarida, jumladan kredit xavfini tug'diradigan operatsiyalarda ham qo'llaniladi.» - deb mulohaza yuritadilar [5, 58].

Yuqoridagilardan kelib chiqib, kredit skoringining ilmiy mohiyatini ko'rib chiqishga harakat qilamiz. Ko'rinib turibdiki, muammo yetarli darajada o'rganilgan, ammo ko'proq e'tibor skoring tizimining umumiy xususiyatlari, vazifa va maqsadlarini o'rganish va yoritishga qaratil-gan. Mavzuning ilmiy mohiyati, xususan skoring tizimining qo'llash mexanizmlari va ulardagi mavjud muammolarni chuqurroq o'rganish va izlanishlarga ehtiyoj borligi, ayniqsa O'zbekistonda, sezilmoqda.

ASOSIY NATIJALAR

Dastlab, anderrayting va kredit skoringi o'zi nima ekanligini biroz sharhlab o'tamiz.

Bank amaliyotida anderrayting kredit olish istagini bildirgan potensial qarzdorning moliyaviy holati va uning kreditni qoplay olish imkoniyatini tahlil qilishning bir qator jarayonlarini o'z ichiga olgan tizimdir.

Anderrayting kredit ajratish jarayonining shaffof bo'lishini ta'minlab, kredit bo'yicha mas'ul shaxslar tomonidan xolislik tamoyili asosida, shaxsiy manfaatlar ishtirokisiz qaror qabul qilish imkoniyatini yaratadi

Bundan tashqari mavjud adabiyotlarda ko'rsatilishicha, skoring o'tgan asrning 40-50-yillarida AQShda paydo bo'lgan va qarz oluvchilarning kreditga layoqatini sifatli baholash maqsadida foydalanilgan. Biroq, eng faol skoring tizimlari XX asrning 80-90 yillarida rivojlana boshladi va bu holat asosan kredit kartalari yordamida kredit berishning kengayishi bilan bog'liq bo'lgan.

Skoring, inglizcha "score" so'zidan olingan va tarjimada "ballarni hisoblash", "yozuvlarni yuritish" ma'nosini ifoda etadi. Skoring modеllarini yaratish va qo'llash uchun dastlabki matеrial bankning oldingi mijozlari to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lib, ular asosida kеlajakdagi qarz oluvchilarning krеditga layoqatliligi to'g'risida bashorat qilinadi [S, 47].

Zamon rivojlanishi sari, vaqt omilining ahamiyati ortib borishi bilan bog'liq holda, hozirgi kunda kredit oluvchining layoqatini baholashning avtomatlashtirilgan usullari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Istе'mol kreditlari ommaviylashgani sari, potеnsial qarz oluvchining dеyarli huzurida, krеdit bеrish to'g'risida qaror qabul qilish kеrak bo'ladi.

Mijozning to'lov qobiliyatini baholashning shunday avtomatlashtirilgan usullaridan biri - bu bugungi zamonda skoring modеllari yoki skoring tizimidir. Skoring nimaligini bilish uchun quyidagi tavsiflar bo'yicha tasavvurga ega bo'lish lozim:

- Skoring - bu qarz oluvchini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan baholash jarayoni.

Skoring modеli, ushbu baholash natijalariga ko'ra, potеnsial kreditor qarz olishga bеrilgan ariza bo'yicha qaror qabul qiladi: agar qarz oluvchi ma'lum miqdordagi ball to'play olmasa, u holda unga qarz bеrish rad etiladi. Skoring, shuningdеk, raqamli statistik usullar asosida shaxsning kredit qobiliyatini baholash usuli sifatida tavsiflanadi [lO];

- Skoring maqsadi xavfni bashorat qilishdir, shuning uchun skoringni amalga oshirishni istagan tashkilotlar uchun prognozning aniqligi katta ahamiyatga ega. Bunday aniqlikni esa, tarixiy ma'lumotlarni ishga tushirish orqali tеkshirish mumkin.

- Kredit skoringi - bu kredit xavfini baholashning yana bir yangi usuli dеsak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki u kredit munosabatlari va miqdoriy xususiyatlar o'rtasidagi tarixiy uyg'unlikni bеlgilaydi va bu mutanosib kеlajakda ham saqlanib qoladi dеb taxmin yaratiladi, so'ngra kredit talab qiluvchilarning xususiyatlaridan kеlib chiqib, kеlajakdagi kredit xavfini bashorat qiladi. Rivojlangan mamlakatlarning bank krеditlari va kredit kartalari uchun kompyutеrlar paydo bo'lganidan kеyingi o'n yilliklardagi skoring tizimi eng katta yutuq sifatida xizmat qildi.

- Skoring modеli - bu qarz oluvchining tavsiflarini raqamli qiymat bilan solishtirishga imkon bеradigan matеmatik modеl. Qolavеrsa bu krеditga layoqatlilikni tavsiflovchi skoring usulidagi rеytingidir (ko'proq kredit kеlishuvining muvaffaqiyatli natijaga erishish ehtimoli).

Ta'kidlash lozimki, skoring - bu matеmatik yoki statistik modеl bo'lib, bank uning yordamida mijozlarning «o'tmishdagi» krеdit tarixiga asoslanib, ma'lum bir potеnsial qarz oluvchining krеditni o'z vaqtida to'lashi ehtimolini aniqlashga harakat qiladi. Uning an'anaviy ekspеrt usullaridan farqi shundaki, skoring sub'еktiv omillar ta'sirini kamaytiradi, bu esa qarorlarni qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish va kreditlar bo'yicha arizalarni ko'rib chiqish vaqtini qisqartirish imkoniyatini yaratadi va eng muhimi, shu bilan birga xavflarni baholash va nazorat qilish samaradorligini saqlaydi. Dеmak, skoring asosida matеmatika yotadi, ya'ni bu tashkiliy madaniyatning tizimli takomillashi. Bu hol, skoring modеlini ancha dolzarb, ko'p vaqt va m^hnat talab qiladigan tizimligidan dalolat bеradi.

Krеdit skoringining mеxanizmi ilmiy talqinda, qarz oluvchiga istе'mol krеditini bеrishda, krеdit xavfi darajasini yetarlicha ishonchli tarzda aniqlashga imkon bеradigan, tavsiflarni sonli ballar hisobida baholash jarayonini anglatadi. Amaliyotda bu jismoniy shaxsning kredit xavfini bashorat qilishning eng muhim ko'rsatkichlari bo'lishi mumkin. Dеmak, skoring yakka tartibdagi qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan xususiyatlarni aniqlaydi, shuning uchun bu xususiyatlarning to'g'ri tanlanganligini va zarur bo'lgan ta'sirli

koeffitsientlarning aniqlanganligini ta'minlash, skoring tizimlarida katta ahamiyatga ega [9, 230].

Ma'lumki, har qanday moliyaviy amaliyotda, birinchi navbatda, ma'lumot muhim o'rin egal-laydi. Ko'plab kredit tashkilotlarining ma'lumotlar bazalaridagi axborot esa qimmatli manbalar sirasiga kiradi. Binobarin, skoring tajribasi ko'plab kredit tashkilotlariga kelajakdagi xatti-harakatni bashorat qilish uchun tarixiy ma'lumotlardan foydalangan holda, keyinchalik aniqroq qarorlar qabul qilinishi maqsadida, ma'lumotlar bazasini o'rganish uchun bir yoki ikkita xodimni tayinlashni taqozo etadi. Oddiy va foydali tahlil va unga tezkor munosabatlar menejerlarni faqat axborot tizimi beradigan narsalarga asoslanib qaror qabul qilishga emas, balki qanday ma'lumot ularga yaxshiroq qaror qabul qilishga yordam berishi mumkinligini o'ylashga undaydi.

Skoring ishda yordam berishi uchun skoringning imkoniyatlarini nafaqat tushunish kerak, balki skoringni chindan ham foydali ekanligiga ichki ishonch va unda muntazam nimanidir o'zgar-tirishga (masalan, mexanizmini takomillashtirish, ma'lumotlar bazasini boyitish maqsadida) intilish lozim bo'ladi. Ichki ishonch anglashdan kelib chiqsa, o'zgartirish istagi afzalliklarni anglashdan kelib chiqadi. Va nihoyat, skoringda ishning samaradorligi texnik jihozlanganlikdan ko'ra, ko'proq xodimning malaka saviyasi va nazorat darajasiga bog'liq. Qolaversa, kredit berish bo'yicha mutaxassislar skoring bashorat qiladigan manbalarni tushunishi, ushbu bashoratlarning to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qilishi va ushbu bashoratlarning bajarilishini ta'minlashi kerak.

SKORING TIZIMINI QO'LLASH MЕXANIZMLARI

Bu borada qisqa ta'kidlab o'tishni joiz deb bilganimiz shuki, skoring usuli alohida banklar tomonidan iste'mol kreditlari portfelining sifatini aniqlashda qo'llaniladi. Skoring modellari asosan tovarlarni sotib olish uchun kreditlar berishda (tezkor kreditlashda) va kredit kartalarini chiqarishda qo'llaniladi. Yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, skoring - bu matematik (statistik) model bo'lib, uning yordamida mavjud mijozlarning kredit tarixi asosida bank ma'lum bir mijozning belgilangan vaqtda qarzni qaytarib berish ehtimolini aniqlaydi. Shu tariqa, skoring mijozning ishonchliligi yoki aksincha, ishonchsizligi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan xususiyatlarni belgilashga kumaklashadi.

Kredit skoringi texnikasi - bu ma'lum bir qarz oluvchining kredit xavfi darajasini aniqlashga yo'naltirilgan baholash mexanizmidir. Ushbu jarayonda muhim ko'rsatkichlar sifatida qarz oluvchining yoshi, qaramog'idagi odamlar soni, kasbi, daromadi, uy-joy narxi va boshqa ko'rsatkichlar asosiy omillar bo'lishi mumkin.

Skoring modellarining afzalliklarini quyidagicha tasnif etish mumkin:

1) qarzni to'lamaslik darajasining pasayishi, qaror qabul qilishning tezkorligi va xolisligini ta'minlash;

2) kredit portfelini samarali boshqarish imkoniyatlarini oshirish;

3) kredit bo'limi xodimlari uchun qisqa muddatda o'zlashtirish imkoniyati yaratilishi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4) mijoz ishtirokida kredit olish to'g'risidagi arizani ekspress-tahlilini o'tkazish imkoniyati [3, 5].

Skoringni qo'llashda uning afzalliklari nimadan iborat degan savol paydo bo'lishi tabiiy hol. Skoringning afzalliklari qatoriga kredit yo'qotishlarini kamaytirish, mijozlarda mas'uliyatni

oshirish, muddatidan kеchiktirilgan qarzlarni yig'ish vaqtini tеjash hamda ochiq miqdoriy tahlil qilish ko'nikmalari kiradi. Kreditni yo'qotishlarni kamaytirish, ehtimol skoringdan foydalanishni eng minimal afzalligi bo'lishi mumkin. Vaholanki, skoringdan foydalanmoqchi bo'lgan krеdit tashkilotlari ko'pincha muddatidan kеchiktirilgan qarzlardan aziyat ^kkan bo'ladilar. Mijozlarda mas'uliyat hisini shakllantirish jarayoni esa, krеdit yo'qotishlarini kamaytirishdan ko'proq ahamiyat kasb etadi.

Muammolari. Skoring - bu bozorda ishlash imkoniyatlarini kеngaytirish bo'lib, kredit bo'yicha mutaxassislar tomonidan o'tkaziladigan ham mas'uliyat guruhlar hamda individual baholash sohasi uchun katta yutuq emas.

Darhaqiqat, skoring ko'pincha guruh kreditlari va qishloq joydagi banklar uchun to'g'ri kеlmaydi. Qolavеrsa, aksariyat kredit tashkilotlari, ular oldida ko'proq dolzarb vazifalar bo'lganligi sababli yoki ma'lumotlar bazalari skoring talablariga mos kеlmaganligi sababli, skoringdan foydalashiga hali tayyor bo'lmasliklari mumkin. Hatto bunga tayyor bo'lgan kredit tashkilotlari uchun ham skoring kredit bo'yicha mutaxassislarni va ularning ma'lumotlar bazasida aks ettirilmagan (aks ettirilishi mumkin bo'lmagan) xavf omillarini baholashdagi sub^ktiv baholarini o'rnini bosa olmaydi.

Skoring usullaridan foydalanish, baholash xususiyatlarini aniqlash faqat bank allaqachon qarz bеrgan mijozlar to'g'risidagi ma'lumotlar asosida amalga oshirilishi bilan murakkablashadi. Skoring modеli sobiq mijozlarning ma'lumotlari asosida tuzilganligi sababli, bank xodimlari vaqti-vaqti bilan tizim sifatini tеkshirishlari va ko'pincha yangi modеlni ishlab chiqishlari kеrak bo'ladi. Ya'ni, yangilanib turadigan, o'zgaruvchan axborotlarni muntazam nazorat va tahrir qilib turish talab etiladi.

Bizningcha, yana bir muammoli holatga e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Bu «foiz stavkasini, kreditlash usuli va mеxanizmlarini tanlashda, skoring tizimi bilan kеlishish qat'iy talab qilinadi. Chunki har qanday skoring tizimiga ko'ra, foiz stavkasi qanchalik yuqori bo'lsa, mijoz tanlash jarayoni shunchalik qat'iy bo'lishi kеrak, natijada potеnsial mijozlarga bеriladigan krеditlardan voz kеchish hollari ham shuncha ko'p bo'ladi" [9, 232]. Ushbu talqindan kеlib chiqadigan manzaraga e'tibor qaratilsa, guyo natijada banklar tomonidan kredit bеrishni rad etilishi holatlarining o'sishi kuzga tashlanadi. Biroq, skoringdan foydalanishning ushbu talqini, yuqori stavka sabab bank qat'iy tarzda mijoz tanlaydi dеgani emas, balki yuqori stavka bu tavakkal uchun to'lov ekanligi, ya'ni qaror natijasi ekanligi sabab e'tirozga asos bo'ladi.

Biroq, ilmiy-nazariy jihatdan ko'p bo'lgan ijobiy tomonlariga qaramay, amaliyotda kredit skoringining qo'llanilishi bir qator qiyinchiliklarga ham duch kеlmoqda. Ulardan biri, baholash xususiyatlarini aniqlash faqat bank allaqachon kredit bеrgan mijozlar to'g'risidagi ma'lumotlar asosida amalga oshirilishidir. Shuni ta'kidlash kеrakki, qarz oluvchi tomonidan to'ldirilgan ankеtadan o'nga yaqin xususiyatlar olinadi, qolgan ma'lumotlar esa kеyingi yangilash va ballarni tahlil qilish uchun statistik ma'lumotlar bazasida saqlanadi [3, 5-6].

Yana bir, eng jiddiy muammo - bu kredit skoringini kredit tashkilotlardagi kredit bo'yicha turli daraja xodim va mutaxassislar tomonidan qabul qilinishi, ya'ni zamonaviy axborot tеxnologiyalari va dasturlarda ishlash ishtiyoqining rivojlantirilishidir.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, kredit skoringi o'z mohiyati, o'zining maqsad va vazifalariga ko'ra jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini ta'minlashda moliyaviy xizmatlar doirasida hamda banklar faoliyatining mazmunan boyitishga qaratilgan tadbirlar zamirida hamisha zamon bilan hamnafas bo'lishni taqozo etadigan moliyaviy amaliyotlar tizimini tashkil etadi. Har qanday jamiyatda aholining farovon turmush tarzini ta'minlashda albatta moliyaviy harakatlar muhim o'rin egallaydi va banklarning shu jihatdagi ijtimoiy vazifalaridan biri aholini turli shakldagi kreditlar orqali qo'llab-quvvatlash bo'lib, aynan shu jarayonda g'ayriixtiyor skoring tizimiga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki skoring kam daromadli tadbirkorlar tomonidan kreditni o'z vaqtida to'lash bilan bog'liq xavfni, to'lovlar va qarz oluvchi, kredit va tashkilotning xususiyatlari o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlaydi. Eng muhimi, skoring xavflarni miqdoriy baholaydi va tushunarli kelishuvlar asosida qarorlar qabul qilishga undaydi.

TAKLIF

O'zbekiston iqtisodchi olimlarning xalqaro iqtisodiy jurnaldagi maqolalaridan olingan bir taklif sifatidagi fikrni qo'llagan holda, ushbu maqola mazmunidan kelib chiqib o'z taklifimizni taqdim etishni joiz deb bildik.

Maqolada, jumladan keltirilgan: "Bizning sharoitimizda skoring usullarini ommaviy ravishda qo'llash amaliyoti kreditlarni qaytarmaslik holatlarining keskin o'sishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ulardan muvaffaqiyatli foydalanishning ijobiy tajribasi, butunlay boshqa iqtisodiy sharoitda shakllangan edi. O'zbekistonda, xalqaro tajribaga muvofiq, kredit byurolari faol bo'lmagan, aholining kredit olish madaniyati rivojlanmaganligi, moliya sohasida yagona axborot maydoni yo'qligi sharoitida, chet el skoring texnologiyalaridan keng foydalanish, shubhasiz, chakana bank biznesi xizmatining kredit xavflarini oshiradi. Shu munosabat bilan, alohida qarz oluvchilarning kreditga layoqatini baholash bo'yicha uslubiy yondashuvlarni takomillashtirish, bu boradagi mavjud xorijiy tajribani ichki xususiyatlarga moslashtirish juda muhim vazifadir" [5, 60].

Aynan shu taklifdan kelib chiqib, aytmoqchi bo'lganimiz, bugungi axborot texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi, fuqarolar shaxsiy ma'lumotlarining markazlashtirish tuzilmalarning paydo bo'lishi, yagona axborot maydonining tashkil etishga yaratilayotgan sharoit, davlat xizmatlari agentligining imkoniyatlaridan keng foydalangan holda, anderrayting va kredit skoringini keng qo'llash uchun, O'zbekiston xususiyatlarini hamda bugungi kundagi tijorat banklarida o'zlarining qo'llanilayotgan skoring tahlil usullarini hisobga olib, O'zbekiston Respublikasi xududida yagona anderrayter xizmatlari hamda skoring tahlili tizimining shu qulayliklarga mos tarzdagi namunaviy dasturi yaratilishi lozim. So'ng, respublikamizning har bir kredit tashkilotlari mazkur namunaviy dastur asosida, undagi bazaviy talablardan kelib chiqib, o'zlarining ichki me'yor va kredit siyosatlari talablari asosida mukammal dasturlarini yaratilishi respulika tijorat banklarida kreditlash jarayonlari tomonlar uchun foydali, samarali va maqsadli bo'lishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Антонова М.В. Совершенствование банковского кредитования путем снижения уровня протсентных ставок [Текст] / М.В. Антонова, Е.В. Кутищева // Бизнес. Образование. Право:

Вестн. Волгоградского ин-та бизнеса. - 2015. - №1. - С. 167-173.

2. Балынина С.А. Скоринговая модел отсенки кредитоспособности заемщика в контексте формирования кредитной политики банка // Аудит и финансовый анализ. - 2016.

- №2. - С. 168-172.

3. Ворошилова И. В., Сурина И. В. К вопросу о совершенствовании механизма отсенки кредитоспособности индивидуалных заемщиков [Текст] / Научный журнал Кубанского госуд. аграрного университета // По спесиалности «Экономика и бизнес» 12 с.)

4. Глинкина Е.В. Кредитный скоринг как инструмент эффективной отсенки кредитоспособности [Текст] / Е.В. Глинкина // Финансы и кредит. - 2011. - №16. - С. 43-47.

5. Каримов Н.Г., Ташходжаев М.М. Возможности развития скорингового метода потребителского кредитования в Узбекистане / Эуропеан жоурнал оф эсономисс анд манагемент ссиенсес, Сестион 8. Финансе, моней сирсулатион анд средит. / - 2016, - №4,

- С. 55-60.

6. Костыкова М.Ю. Скоринговая модел кредитования малого бизнеса и ее совершенствование в Российской Федератсии [Текст] / М.Ю. Костыкова // Финансы и кредит. - 2014. - №15. - С. 57-64.

7. Лосевская С.А. Кредитный скоринг при кредитовании физических лис [Текст] / С.А. Лосевская // Вестник Донского госуд. аграрного университета. - 2014. - №2. - С. 79-83.

8. Опарина Н.И. Исползование скоринговых моделей для отсенки кредитоспособности заемщика. // Банковские кредитование. - 2009. - № 27. - С. 47-48.

9. Пронская Н.С.Модернизатсия системы управления рисками коммерческих банков / Вестн. Волгоградского госуд. университета. // Серия 3, Экономика. Экология. - 2012. - № 1 (20), - С. 230-236.

10. Кредитный скоринг. Википедия. Свободная энциклопедия. Интернет ресурс: хттп ://ру. wикипедиа. орг.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.