CHUST MADANIYATI
B Abdullayev
t.f.n., katta ilmiy xodimi Tursunaliyev Sanjarbek Narimonjon o'g'li
Farg'ona davlat universiteti.
Arxeologiya yo'nalishi 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7324320
Annotatsiya: Maqola so'ngi bronza va ilk temir davrida Farg'ona vodiysida vujudga kelgan ilk dehqonchilik madaniyati hisoblangan Chust madaniyati haqida. bunda aholining kelib chiqishi, asosiy mashg'ulotlari, kulolchiligi haqida ma'lumotlar tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Ilk temir davri, Chust madaniyati, Dalvarzintepa, xo'jalik turlari, sopol idishlar, shaharlar.
Chust Farg'ona vodiysini o'troq aholisini shimollik chorvadorlar bilan bog'lagan qadimgi yodgorlik hisoblanadi. Buvanamozor yaqinida ilk arxealogik tadqiqotlar olib borgan akademiklar Y.G. G'ulomov, A.A. Asqarov Ba M. Varonets, V. Sprishevskiy, Y.A. Zadneprovskiy, B.X. Matboboyev, U. Rahmonov va boshqalarni aytib o'tishimiz mumkin. Yevroosiyo xududlarida ilk metalni ixtiro qilinishi kishilik jamiyatida juda katta ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlarga olib keldi. Ish qurollarini yasalish mehnat unumdorligini oshirdi, xarbiy qurollarni yasalishi ovchilikni unumdorligini ustirdi. Xuddi shu davr ot aravani ixtiro qilinishi bilan xarakterlanadi va bu insonlarni bir yerdan ikkinchi yerlarga kuchib borishiga imkon yaratdi. Farg'ona vodiysida bronza davri yodgorliklaridan biri bu arxeologiya fanida shu yodgorlik nomi bilan "Chust madaniyati" deb nom olgan. Chust madaniyati o'tgan asrning 50 - yillarida leningradlik arxeolog olim Yu.A.Zadneprovskiy tomonidan ilk marta fan olamiga kiritildi (3agHenpoBCKHH.1962, 1978, 1998; KornoneHKo, 1985).Olim tomonidan Chust madaniyati haqida izlanishlar olib borib undan so'ng B Matboboyev tomonidan davom ettirildi. Farg'ona vodiysida bronza davri o'ziga xos tarixiy taraqqiyyotga ega bo'lib, unda arxaik elementlar uzoq davr mobaynida saqlanib qolgan.Chust madaniyati aholisi otroq dehqonchilik bilan shug'ullangan bo'lib, ularning dastlabki aholisi Qoradaryoning qadim deltasida joylashgan va bu an'ana boshqa yodgorliklarda ham qo'llaniladi (3agHenpoBCKHH. 1962, c, 11). Chust madaniyati nomi bilan ma'lum va mashhur bo'lgan dehqonc hilik madaniyatini goho bronza, ba'zida esa ilk temir davriga oid deb talqin qilib kelindi. Bronza davri buyumlarini spektral analiz qilish yo'li bilan Chust madaniyati mil. avv. XVI-XV asrlardan VII asrgacha davom etganligi aniqlanmoqda (AHopôoeB,
HcnoMOB, Mar6o6oeB. 2001 5,6.6). Ta'kidlash joizki, qadimgi shaharlar mavjud dehqonchilik vohalarining diniy-madaniy, iqtisodiy va hunarmandchilik markazlari sifatida paydo bo'lgan (Matbabaev, 2004. 28 b.). Qo'lga kiritilgan topilmalarni o'rganish bizning "Dalvarzin shahri uning barcha faol davrlarida muntazam kengayib va ta'mirlanib turgani" haqidagi farazlarimizni tasdiqladi (Abdullaev, 2005; 2007). Shaharning doimiy rivojlanishi, albatta, hunarmandchilik bilan bevosita bog'liq hisoblanadi. M.X. Isomiddinov qadmgi Sug'd madaniyati yodgorliklarini o'rganar ekan Chust madaniyati davri sopol idishlarning ishlab chiqarish usullariga e'tibor berib unda Zarafshon vohasi bronza davri yodgorligi sopoli bilan solishtirib ularning deyarli farqi yo'q ekanligini ularni orasidagi davriy sanasini aniqlashda asosiy e'tiborni sopol idishlarining tipologik jixatlariga qaratadi. Olimning kuzatishlariga qaraganda Chust va Sug'dning ilk temir davri yodgorliklaridan olingan sopol idishlari oraida katta farq na faqat ularning naqlarida, balkim yasalish usuli va pishirish texnologiyasida ham kuzatiladi. Shu va shunga o'xshat o'ziga xos xususiyatlariga asoslanib M.X. Isomiddinov Chust madaniyatini Zarafshon voxasining Sarazm madaniyati bilan tengdosh bo'lishi kerak, deb xisoblayd. Bunga yana bir dalil sifatida shuni ham aytish kerakkim oxirgi 15-20 yillar davomida Markaziy Osiyoning qator ilk temir davri yodgorliklaridan yangi radiokarbon taxlillari natijasida yodgorliklarning davriy sanasi mil. avv. 14-16 asrlarga qadar qadimlashtirildi. Shundan xulosa qilib Chust madaniyatining yuqori davri ancha qadimgi davrni qabul qilgan olimlarning fikrlariga qushilsak bo'ladi. Yana professor Isomiddinov domla tomonidan Dalvarzin va Chust sopollarida qora rangdan foydalanilgan va tagiga qizil fon berilganligini aytadi. Arxealogiyada sopol buyumlar madaniyatdagi katta birlikni, umumiylikni aniqlash uchun eng yaxshi omildir. Bu ommaviy tus olgan material bo'lib, uning ko'p topilishi arxeologiya nuqtai nazaridan turkumlarga bo'lish uchun ishonchli asos bo'lib xizmat qiladi. Shunga qo'shimcha qilib aytishimiz mumkinki, kulolchilik qadimgi madaniyatlarning ajralmas bir bo'lagi hisoblanadi. Zadneprovskiyning yozishicha Dalvarzindagi besh yillik ish davomida 100 000 dan ortiq kulolchilik parchalari topildi (3agHenpoBCKHH. 1962, 24-25). Sanab o'tilgan kulolchilik turlari barcha gorizontlarda uchraydi. Kulolchilikning turli gorizontlardagi farqlari deyarli sezilmaydi va bu Moino kulollarining umumiy tavsifidir. Y. A. Zadneprovskiy tomonidan o'rganishlar natijasida Dalvarzindan topilgan sopol idishlar bir necha turga bo'linib tavsiflanadi.
I tur - Bu turdagi kulolchilik guruch aralashmasi bilan yomon aralashgan massadan tayyorlanadi, idishlarning o'ti yetarli darajada kuchli emas, shuning uchun sinishda parcha bir xil bo'lmagan rangda bo'ladi. Ularning yuzasida turli rangdagi dog'lar bor - och jigarrangdan qora ranggacha. Bu xususiyat Chust kulolchiligiga xos xususiyatdir. Dalvarzin kulolchiligida ularning profillanishiga ko'ra uch guruh idishlar aniq ko'rinadi: qo'ng'iroq shaklida to'g'ri devorli konus shaklidagi idishlar.
II to - sopol. Loyning ta^ibi va ishlab chiqarish usuliga ko'ra, u I tuгdagi sopollaráan deyaгli farq qilmaydi.
III to - oq astañi keгamika. Dastlab u I todagi tuгli xil idish^ sifatida qaгaldi. Mateгiallaгning to'planishi ayniqsa ajгalib tuгadi.U asosan qoplamaning rangi bilan faгqlanadi. Ko'zalaг, devori tekis bo'lgan yassi tubli qozonlaT, kosalar va bu tuгdagi idishlaming boshqa shakllari ma'lum.
IV to - kulrang va saгg,ish rangdagi tekis bo'lmagan tekis yuzasiga ega bo'lmagan keгamika.Taxmin qilish mumkinki, bunday sopol^ maxsus maqsadga ega edi. Biraq bu tuгdagi topilmalaг ko'p emas va ulami yetaгli darajada to'liqlik bilan tavsiflab bo'lmaydi.
V turi - qoгa-kulгang jilolangan sopollarBu butun sopollaг kompleksinini qiyosiy o^ganish uchun alohida qiziqish uyg'otadi. U faqat Chust madaniyatining Chimboy manzilgohida ma'lum. Bu kulolchilik butun majmua ichida loyning ta^ibi, rangi va sirtiga ishlov berish xususiyatiga ko'ra keskin ajralib turadi.
VI turi - kulrang loy (oshxona) sopoli. U lenta usulida, shuningdek mato shablonida, ohaktosh aralashmasi bilan loydan qilingan. Uquyidagi shakldagi idisЫaг bilan tavsiflanadi: qiггasi egilgan katta sharamon qozonlaг ko'zalaг, kostгyulkalar va mangallar Qishloqda mangallaг tez-tez uchraydi. UlaT ikkita tuг bilan ifodalanadi: yumaloq va to^b^^a^laT (o'lchami 38x32 sm).
VII turi - xamñga chamot qo'shilgan qalin devoгli sopollaг hisoblanadi (korchagi va xum). Sopollar shakli va nima uchun mo'ljallangani bilan ajralib turadi. Bu to sopoli oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo'ljallangan edi. Avvalo, shuni ta'kidlash kerakki, Dalvaгzin sopollaгida tutqicЫaг va nay^ juda kam uchraydi. Bizda qizil astarii, kichik belgilaг bilan jihozlangan idishlaming biг nechta bo'laklaгi bor Sopollaг majmuasida qoplamalaг muhim o'rin tutadi. Ulaг, qoida taгiqasida, disk shaklida, qiггali (diametгi 40 sm) yumaloq shaklga ega. Ulaгdan ba'zilarining ma^azida baland tayoqchalaг shaklida tutqichlari boг (XIII табл. 8). Chust madaniyatiga mansub guldor sopol buyurn^ topilgan. Sopol idisЫaг uy xujaligida ishlatilgan qozon, xumcha, tuvak, koza va tovoqlaгdan iboгat. Ulaг asosan qo'lda ishlangan va гangli geometrik chiziqlaг bilan naqshlangan (Заднепровский.1962. 25-29 бб.). Shuningdek olim tomonidan Chust sopollari haqida qo'lda yasalib ustidan naqsh berilgan deya tavsif ham beriladi. Demak, Zadnepгovskiyning fikriariga asoslanib Chust madaniyati aholisi kulolchilik chamdan foydalanmagan degan fifaga kelishimiz mumkin. Lekin bu oxiгgi xulosa emas. Chust madaniyati aTxeologik qazishmalarida Zadnepravskiy va uning shogiгdlaгi 30 yil davomida izlanishlaT olib boгdilaг (Исамиддинов. 2002. 58 бб.). Bundan biz bilishimiz mumkinki Chust madaniti aholisi hunarnandchilik bilan ayniqsa kulolchilik bilan yuksak daгajada shug'ullanganligini bilishimiz mumkin. Chust madaniyatigan mansub bo'lgan qozonto yupqa qilib ishlanib ovqatni tez
pishirishga mo'ljallanganligini olimlar tomonidan ayti o'tilgan.Keyingi davrlarda Chust madaniyatiga tegishli buyumlar boshqa hududlardan ham topib o'rganilganligini manbalardan ko'rishimiz mumkin. Yoz I, Kuchuk I va Chust tipidagi rangli sopol idishlar O'rta Osiyoning ko'p joylarida uchraydi. Ular Janubiy Turkmanistondagi Kopetdog' atrofida joylashgan Anovtepa, Elkantepa, Ulug'tepa, Shimoliy Afg'onistondagi Tillatepa, Surxondaryodagi Jarqo'ton va Bandixontepa I, Orta Amudaryo qismidagi Odoytepa yodgorliklarida topilgan. (Ж. Кабиров, А. Сагдуллаев. 1990, 144-145). Yana shuningdek Chust madaniyatiga oid sopol buyumlar Samarqand hududida joylashgan Afrosiyob yodgorligining quyi qatlamidan,janubiy Sog'diyonaning bosh shahri bo'lgan Yerqorg'on shahri xarobasining pastki qatlamidan, Shahrisabz hudududida joylashgan ilk o'rta asrlarga oid bo'lgan To'rtko'ltepa yodgorligining quyi qatlamidan va qadimgi Baqtirya hududidagi Kuchuktepa, Bo'yrachi, Qizilcha, Maydatepa kabi yodgorliklardan topilgan. Lekin, Chust madaniyati qadimgi Baqtiryada keng rivojlana olmadi (Rahmonov Е., Nuriddinov Т., Davronov В. 2017. 110-111 bb). Chust madaniyati yodgorliklaridan topilgan moddiy madaniyat buyumlar asosida Farg'ona vodiysi tarixining so'nggi bronza davr dehkonchiligi, chorvachiligi va hunarmandchiligining o'ziga xos qirralari ochib berilib, Chust davri mudofaa inshootlarining O'rta Osiyo fortifikaniyasidagi roli va o'rni aniqlandi (Хакимов A.A. 2009. 54,55 бб). Manbalarda keltirilishicha, so'ngi bronza davrida qabilalarning ko'chish jarayonlari bo'lib o'tdi. Bu jarayonlardan Farg'ona vodiysi ham chetda qolmadi.Chust madaniyati sopollari Markaziy Eron, Markaziy Hindiston sopol idishlariga ham o'xshab ketishi aytiladi.Bu,albatta, o'sha davrdagi madaniyatlar almashinuvidan darak beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Исамидцинов М.Х. Истоки городской культуры Самаркандского согда (проблемы взаимодействия культурных традиций в эпоху раннежелезного века и в период античности). Издательство народного наследия имени А.Кадыри. Ташкент-2002. 58).
2.Заднепровский. Древнеземледельческая культура Ферганы. М-Л., 1962.
3. Анорбоев А., Исломов У.И., Матбобоев Б.Х. 2001.5-6 б.
4. Матбабаев. Б. Х., 2004. С. 28
5. Заднепровский.1962,С.24-25
6. Абдуллаев.Б. 2005. С. 132.
7. Кабиров Ж. Сагдуллаев А.С. 1990, 144,145 б.
8. Rahmonov Э, Nuriddinov Т. Davronov. Arxealogiya o'quv uslubiy qollanma Toshkent-2017. 110,111 b.
9. Хакимов A.A. Фаргона водийси илк шахарсозлик маданийатига оид
археологик кашфийотлар тарихи. Фаргона водийси тарихи янги тадкикотларда мавзуидаги Республика илмий анжуман материаллари Фаргона - 2009. 54,55 б.
10. Архиовский А.В. Археология асослари. Укитувчи нашриёти-1970. 75,
76 б.
11. Абдуллаев Б.М. ^адимги Фаргона урбанизациясининг айрим хусусиятлари // O'zbekiston arxeologiyasi. 2016. № 2 (13)
12. Internet (electron) malumotlari;
www google.uz.; www ziyo.uz.kutubxonasi.Анорбоев А., Исломов У.И., Матбобоев Б.Х. 2001.5-6 б. Aim.uz.