"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / https://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 6 / December 2023
CHOLG'U IJROCHILIGI FANINI O'QITISHDA INNOVATSION
YONDASHUV
Javohir G'anisherovich Turatov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa ijrochiligi darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimotlar va elektron-didaktik texnologiyalardan, shuningdek audio va video yozuvlarni tinglash va namoyish etish orqali o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so'rovlar, test so'rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interaktiv ta'lim usullarini qo'llash kabi ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: ijrochilik, zamonaviy yondashuv, innovatsiya, texnologiya, ta'lim jarayoni, amaliy ijro, model
INNOVATIVE APPROACH TO TEACHING INSTRUMENTAL
PERFORMANCE
Javokhir Ganisherovich Turatov [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article discusses presentations and electronic didactic technologies using modern computer technologies in musical performance classes, as well as technical means, express questions, control questions, brainstorming, in practical exercises conducted by listening to and showing audio and video recordings, such information as presented as groupthink, working with small groups and using other interactive learning methods.
Keywords: performance, modern approach, innovation, technology, educational process, practical implementation, model
Ayni paytda mamlakatimizda ta'lim sohasida jiddiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Kirish. Ta'lim mazmunini yangilash, takomillashtirish va sifat ko'rsatkichlarini oshirish, barcha sohalarga keng kirib kelgan. Axborot texnologiyalari, interfaol usullardan unumli foydalana oladigan, kompyuter bilan erkin muloqot qila oladigan va o'z faoliyatida dars samaradorligini ta'minlay oladigan sohaning yetuk mutaxassislarini tayyorlash bugungi kunning muhim vazifalaridandir.
Hozirgi kunda ta'limning barcha bo'g'inlarida boshqa sohalar qatori musiqiy ijrochilik sohasiga ham katta e'tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2018-yil 28-noyabrda imzolangan "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038-sonli Qarorida madaniyat va san'atning barcha sohalari kabi musiqa ijrochiligini rivojlantirish, 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari" to'g'risidagi PQ-112-sonli Qarorida1 ham aniq vazifalar belgilab berilgan.
O'qitish jarayonining samaradorligini oshirishda ta'limga interfaol usullarni, innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish va ulardan mohirona foydalanish muhim o'rin tutadi. Zero, an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsalar, rivojlantiruvchi ta'lim mezonlariga muvofiq bilimlarni o'quvchilarning o'zlari o'rganishi, tahlil qila olishi, xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishiga yo'naltirilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan oliy o'quv yurtlarida tashkil etilayotgan ta'lim tizimi bo'lajak o'qituvchilarni o'z faoliyatlarida interfaol uslublardan, ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalana oladigan, ularni amaliyotga ijodiy va erkin qo'llay olish malakalarini shakllantirishga ham e'tibor qaratish lozim2
Barkamol avlod tarbiyasiga jiddiy e'tibor berish, ularni musiqiy merosimizga hurmat hissini muhabbatga, qiziqishga, mehrga aylantirish musiqiy ta'lim oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Yoshlarimizni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta'lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o'rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.
Har bir mamlakatning musiqa tarbiyasi g'oyaviy-siyosiy jihatdan xalqning ijtimoiy tuzumiga xizmat qiladi. Har bir xalqning maorifida musiqa tarbiyasi metodikasi pedagogikaning didaktik qonuniyatlariga va shu millatning musiqa madaniyati, tili va madaniy an'analariga asoslanadi. Shu bilan birga musiqa tarbiyasining tuzilishi, tizimi va ilmiy-metodik yutuqlari boshqa millatning ma'rifiy madaniyatiga ham ijobiy ta'sir etadi.
1 Lex.uz
2 Panjiyev Q. B.Rahimov. Sh.N. Trigulova A.X. "Musiqa ta'limi fanlarining taraqqiyot tendensiyalari va innovatsiyalari" T.2008. 14-bet.
Asosiy mazmun. Ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa ular egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Pedagog bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.3
Bugungi kunda ta'lim jarayonida foydalanilayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan biri bu interaktiv (elektron) doskalardir.
Interaktiv doska - bu kompyuterdagi tasvirlarni proyektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta'minot matn, rasm, video va audio ma'lumotlar va obektlar hamda internet resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi. Interaktiv doska nafaqat taqdimot ko'rinishidagi ma'lumotlarni, balki barcha turdagi ma'lumotlarni berish bilan birga odatiy matn yozish, dars jarayonida keltirilgan barcha ma'lumotlar va yozuvlarni dars yakunida fayllar ko'rinishida yozib olish va undan keynchalik ham foydalanish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari interaktiv doskadan videodarslarni yozishda foydalanish mumkin. Interaktiv doskalar ma'lumot olish samaradorligini oshiradi.
Birinchi elektron interaktiv doskasi 1990-yillar boshida paydo bo'lgan. Birinchi elektron interaktiv doskasini ta'lim uchun Smart kompaniyasi tomonidan ixtiro qilingan. Kompaniya rahbariyati ta'lim vazirligiga murojat qildi. Ta'lim vazirligi ko'magida Yevropa va Rossiyaning ko'pgina ta'lim muassasalariga Smart board doskalari xarid qilindi. Hozirgi kunda bu doskalar Rossiyaning ko'pgina shaharlari va boshqa davlatlarda keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda elektron interaktiv doskalari boshlang'ich, o'rta va oliy ta'lim muassasalarida hattoki bolalar bog'chalarida ham keng qo'llanilmoqda. Interaktiv doskalar insonni - eshitish va xid bilish organlari bilan birga hayoliy hissiyotlarini ham harakatlanishiga imkon yaratadi, ta'lim jarayonini rivojlanishiga yaxshi yordam beradi. Chuqur o'rganish bu xid bilish motorikasi bilan bog'liq. "Menga aytib ber va men unutaman. Menga ko'rsat - va men eslab qolaman. Meni qiziqtir - va men yodlab olaman". Bu Xitoy maqoli eng yaxshi uslub bilan dars o'tilishini izohlab beradi va interaktiv doskasidan foydalanishda qo'l keladi.4
Bugungi kun yoshlarining kundalik hayoti kompyuter, telefon, internetning turli ijtimoiy tarmoqlari bilan uzviy bog'liq. Shu bois interaktiv doskalar yoshlarni bilim olishida kompyuter o'yinlari kabi tez qiziqtiruvchi hamda o'ziga tortuvchi qulay vosita hisoblanadi.
3 D.Soipova. "Musiqa o'qitish nazariyasi va metodikasi" Toshkent-2009-yil 9-bet.
4 K.Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari.T. «Fan», 2006 yil. 14-bet.
rTTTyjS^^Ä] 182 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Demak, biz dars jarayonini tashkil etishda interaktiv doskaning keng imkoniyatlaridan foydalansak, talabalarning o'zlashtirayotgan bilimlarini esda saqlash ko'nikmasini oshirishda va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasini rivojlantirgan bo'lamiz.
Ta'limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta'lim markazida bo'lishi va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlash uchun ta'lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan va o'z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o'quv va tarbiyaviy mashg'ulotlarini tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o'qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o'qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va ular egallagan bilimlarini o'quv-tarbiyaviy mashg'ulotlarda qo'llash malakalarini uzluksiz oshirib borishlari lozim.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda ta'lim mazmuni va o'qitish uslubiyotini takomillashtirishda musiqa ta'limining milliy, an'anaviy va hozirgi zamon yutuqlariga hamda ilg'or tajribalarga ijodiy tayanish maqsadga muvofiqdir.
Respublika o'quv yurtlaridagi ta'lim -tarbiya jarayoni ham shaklan, ham mazmunan jahon andozalariga yaqinlashtirilmoqda. Jumladan, o'quv reja dasturlari, darsliklar va boshqa qo'llanmalar qayta ishlanib takomillashtirilmoqda. Barkamol avlod tarbiyasiga jiddiy e'tibor berish, ularni musiqiy merosimizga hurmat hissini muhabbatga, qiziqishga, mehrga aylantirish musiqiy ta'lim oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Har bir mamlakatning musiqa tarbiyasi g'oyaviy-siyosiy jihatdan xalqning ijtimoiy tuzumiga xizmat qiladi. Har bir xalqning maorifida musiqa tarbiyasi metodikasi pedagogikaning didaktik qonuniyatlariga va shu millatning musiqa madaniyati, tili va madaniy an'analariga asoslanadi. Shu bilan birga musiqa tarbiyasining tuzilishi, tizimi va ilmiy-metodik yutuqlari boshqa millatning ma'rifiy madaniyatiga ham ijobiy ta'sir etadi.
Dunyoning juda ko'p mamlakatlarida bolalarga musiqiy tarbiyani berish, xor san'ati yordamida barkamol, mukammal rivojlangan shaxsni rivojlantirishida boy tajriba orttirilgan. Qator mamlakatlarda maktab hamda maktabdan tashqari tashkil topgan o'quv jarayoni, uning shakl va usullari shubhasiz katta qiziqish uyg'otmoqda.
Jahonning ko'pgina mamlakatlarida yosh avlodga musiqiy tarbiya berish ishlari umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lib, shaxsni shakllantirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to'liq foydalaniladi.
Zamonaviy innavatsion texnologiyalarni o'quv jarayoniga tadbiq etishda ko'p faktorlar salbiy ta'sir etadi, ularga:
1. ta'lim muassasalarining kompyuterlar va elektron vositalar bilan ta'minlanganlik darajasining yetarli emasligi;
2. ta'lim muassasalarining internet va boshqa axborot tarmoqlariga yetarlicha ulanmaganligi;
3. o'qituvchilarning zamonaviy kompyuter texnikasi bo'yicha malakasining yetishmasligi;
4. tahsil oluvchilarning ham kompyuterdan yetarli foydalana olmasliklari, elektron kitoblar bilan ishlashni bilmasliklari;
5. ta'lim muassasalari rahbariyatining ta'limni bu sohasiga jiddiy e'tibor bermasliklari va h.k.
"Cholg'u ijrochiligi" darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimotlar va elektron-didaktik texnologiyalardan, shuningdek audio va video yozuvlarni tinglash va namoyish etish orqali o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so'rovlar, test so'rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interaktiv ta'lim usullarini qo'llash nazarda tutilgan.
Bugungi davrdagi ta'lim muammolarini hal qilishda, musiqa o'qituvchisi zamon bilan hamnafas qadam tashlab, axborot texnologiyasi va ilg'or pedagogik texnologiya malakalarini to'liq o'zlashtirish va shular asosida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishi lozim.
Xulosa. Hozirda ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilmoqda. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda har bir darsning mavzusidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtirish, dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirish, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Panjiyev Q. B.Rahimov. Sh.N. Trigulova A.X. "Musiqa ta'limi fanlarining taraqqiyot tendensiyalari va innovatsiyalari" T.2008.
2. D.Soipova. "Musiqa o'qitish nazariyasi va metodikasi" Toshkent-2009-yil
3. K.Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari.T. "Fan", 2006 yil.