Научная статья на тему 'CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANIDAGI UNDALMALARNING USLUBIY-SEMANTIK TAVSIFI'

CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANIDAGI UNDALMALARNING USLUBIY-SEMANTIK TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
199
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksikologiya / stilistik effect / denotativ ma’no / leksema / lison. / lexicology / stylistic effect / denotative meaning / lexeme / language.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — S. Ibodullayeva

Leksikologiya uchun so‘zlarning etimologiyasini belgilash juda muhim. Stilistika uchun esa so‘zlarning etimologiyasi uning muayyan matnda yoki nutq vaziyatida hosil qiluvchi uslubiy ta’sirining sababi va mohiyatini ochishga ko‘maklashgan vaqtdagina ahamiyat kasb etadi. Masalan, tilimizga rus tilidan kirib kelgan stantsiya, nomer kabi so‘zlar o‘ziga xos uslubiy effekt to‘g‘dirishi ham mumkin. Bu so‘zlarning har biri o‘z ishlatilish doirasida stilistik nuqtai nazardan betarafdir. Lekin ular tilimizdagi boshqa so‘zlar bilan o‘zaro maʼlum maʼno munosabatiga kirishish tufayli muayyan stilistik effekt kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL AND SEMANTIC DESCRIPTION OF VERSIONS IN CHOLPON'S NOVEL "NIGHT AND DAY"

For lexicology it is very important to determine the etymology of words. For stylistics, the etymology of a word becomes important only when it helps to reveal the cause and essence of its stylistic impact in a particular text or speech situation. For example, words such as station and number, which came into our language from Russian, can have a unique stylistic effect. Each of these words is stylistically neutral within its scope of use. But they acquire a certain stylistic effect by entering into certain semantic relations with other words of our language.

Текст научной работы на тему «CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANIDAGI UNDALMALARNING USLUBIY-SEMANTIK TAVSIFI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

CHO'LPONNING "KECHA VA KUNDUZ" ROMANIDAGI UNDALMALARNING

USLUBIY-SEMANTIK TAVSIFI Ibodullayeva Sevara Maqsud qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi ona tili o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7400330

Annotatsiya. Leksikologiya uchun so'zlarning etimologiyasini belgilash juda muhim. Stilistika uchun esa so'zlarning etimologiyasi uning muayyan matndayoki nutq vaziyatida hosil qiluvchi uslubiy ta'sirining sababi va mohiyatini ochishga ko'maklashgan vaqtdagina ahamiyat kasb etadi. Masalan, tilimizga rus tilidan kirib kelgan stantsiya, nomer kabi so'zlar o'ziga xos uslubiy effekt to'g'dirishi ham mumkin. Bu so'zlarning har biri o'z ishlatilish doirasida stilistik nuqtai nazardan betarafdir. Lekin ular tilimizdagi boshqa so'zlar bilan o'zaro ma'lum ma'no munosabatiga kirishish tufayli muayyan stilistik effekt kasb etadi.

Kalit so'zlar: leksikologiya, stilistik effect, denotativ ma'no, leksema, lison.

МЕТОДОЛОГО-СЕМАНТИЧЕСКОЕ ОПИСАНИЕ ВЕРСИЙ В РОМАНЕ

ЧОЛПОНА "НОЧЬ И ДЕНЬ"

Аннотация. Для лексикологии очень важно определить этимологию слов. Для стилистики этимология слова становится важной только тогда, когда она помогает раскрыть причину и сущность его стилистического воздействия в конкретном тексте или речевой ситуации. Например, такие слова, как станция и номер, пришедшие в наш язык из русского языка, могут иметь уникальный стилистический эффект. Каждое из этих слов стилистически нейтрально в пределах своей сферы употребления. Но определенный стилистический эффект они приобретают благодаря вступлению в определенные смысловые отношения с другими словами нашего языка.

Ключевые слова: лексикология, стилистический эффект, денотативное значение, лексема, язык.

METHODOLOGICAL AND SEMANTIC DESCRIPTION OF VERSIONS IN CHOLPON'S NOVEL "NIGHT AND DAY"

Abstract. For lexicology it is very important to determine the etymology of words. For stylistics, the etymology of a word becomes important only when it helps to reveal the cause and essence of its stylistic impact in a particular text or speech situation. For example, words such as station and number, which came into our language from Russian, can have a unique stylistic effect. Each of these words is stylistically neutral within its scope of use. But they acquire a certain stylistic effect by entering into certain semantic relations with other words of our language.

Keywords: lexicology, stylistic effect, denotative meaning, lexeme, language.

"Lisonning shakl va denonativ ma'no yaxlitligidan iborat birligini qamrab oluvchi sathi turlicha nomlanadi: leksik sath, leksik-semantik sath, leksik-frazeologik sath va h. Leksik sath birligi tilshunoslikda leksema deyiladi. Leksema - tilshunoslikning eng muhim va markaziy tushunchalaridan biri. Biroq uning mazmun va chegarasi hozirgacha aniq belgilangan emas." Masalan, o'zbek tilshunosligida leksema va so'z atamasining hozirgacha yonma-yon qo'llanayotganligi, leksemani morfemaning bir ko'rinishi sifatida qarash kabilar shular jumlasidan. Ulardan biri, ya'ni leksemaning lisoniy birlik bo'la olish-olmasligi masalasini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

olaylik. Ko'p tilshunoslar lisoniy birliklarni sanashganda, fonema, morfema va qolip bilan cheklanib, leksemani tilning alohida qurilish birligi sifatida tan olishmaydi va uni morfemaning bir ko'rinishi sifatida qarashadi. "Leksema morfemaning jamiyat a'zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo'lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatni shakllantiruvchi, nutqda grammatik morfemalarni o'ziga biriktira oladigan bir turi" degan ta'rif ham bor (H.Ne'matov, R.Rasulov. O'zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. - Toshkent: O'qituvchi, 1990.)

"Kecha va kunduz" romanida bunday hodisalar nihoyatda ko'p.

- Rost aytasan, mirza, - dedi mingboshi.

Ikkinchi darajali kesim bilan eganing munosabatini yarim predikativlik hisoblaydilar. Keyinchalik ajratilgan bo'laklar va hatto kirish, kiritmalar va undalmalar (Rudnev, Abdurahmonov) ham yarim predikativ qurilmalar doirasi birmuncha kengaydi. "Chunki ajratilgan bo'laklarning grammatik aloqasi fe'lli oborotlar grammatik aloqasidan birmuncha farq qiladi"

- Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo'lib tushdingiz?

Undalmalar asosan, badiiy, publitsistik hamda so'zshuv uslublari doirasida o'rganilgani holda ilmiy va rasmiy uslublar esa nazardan chetda qolib ketgan. Lekin undalma birliklardan ijobiy foydalanish usullari muammosi umumiy birlashtiruvchi xususiyatlaga ko'ra alohida tadqiqit ishi sifatida o'rganilmagan.

O'zbek tilshunosligida undalmalar me'yoriy, uni qo'llashda nutq madaniyati nuqtayi nazaridan nazariy va amaliy ahamiyati, undalmalardagi yechilishini kutayotgan juda dolzarb muammolar muammoligicha qolib kelmoqda.

Funksional-uslubiy komponent undalma birlikning ekspressiv-baho qismiga nisbatan ma'noviy qurilishiga bog'liqligi juda kam. Undalma birligining ma'no doirasidan tashqari va birlik tasnifiga, Tilshunoslar undalmani quyidacha guruhga bo'ladi:

"a) muayyan uslubga qo'llanish jihatidan bog'liq bo'lgan undalma birliklar" kishi otlari, atoqli otlar, ism, familyailar, kasb va turli unvonlar:

To'xtang, Dildora Anvarovna, Aliyev dedingizmi? Xo'sh, o'rtoq serjant, qanday vazifa bajardingiz?, -Xo'p, xo'jayin ! Shoshmang , men yana bir surishtiray . -Surishtirining nima keragi bor ? O'shalardan boshqa kim qiladi ? (Cho'lpon. Kecha va kunduz);

"b) funksional jihatdan muayyan uslubga bog'liq bo'lmagan undalma birliklar:" - Ha, xola, uyda nima qilasiz ? - deb so'radi Zebi.

- Uxlayin , bolam , men qari narsa , yarim kechagacha o'tira olamanmi ? Sizlar yosh -yalang , o'ynab - kulib ko'ngillarni yozinglar . Men orom olay ... kabilar. (Cho'lpon. Kecha va kunduz).

"Birinchi guruhdagi undalma birliklarni o'z navbatida kitobiy, so'zlashuv va oddiy so'zlashuv tiplariga ajratish ham mumkin.

1. Undalmaning uslubiy ma'nosi va ma'no komponentlari Ma'lumki, tildagi barcha elementlar nominativ-mantiqiy ma'no ifodalash bilan birga uslubiy bo'yoqdorlikka ham ega. Ular o'ziga xos "ekspressiv-atmosfera bilan o'ralgan" bo'ladi." Mazkur holat lingvistikada turli nomlar bilan atab kelinmoqda O'zbek tilining izohli lug'atida qaridosh qa qarindoshlik so'zlari quyidagicha izohlangan:

"QARINDOSH 1 Bir avlod-ajdodga mansub bo'lgan kishilar, ota va ona tomonidan bo'lgan shaxslar (biri boshqasiga nisbatan). Ota tomondan qarindosh. Ona tomondan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qarindosh. Uzoq qarindosh. Yaqin qarindosh. Chatishgan qarindosh. Qadr bilmas qarindoshdan qadr bilgan yot yaxshi. Maqol. To'y, ma'raka - barisiga aralashaman. Mehmonlarini ham, qarindoshlarini ham taniyman. Oybek, Tanlangan asarlar. Avval qo'ni-qo'shnilar, keyin uzoq-yaqin qarindoshlar etib kelishdi. I. Rahim, Chin muhabbat.

2 Kelib chiqish manbasi bir bo'lgan, bir-birigayaqin. Turk va mo'g'ul tillari qarindosh tillar ekanligini ba'zi mutaxassislar.. isbotlamoqchi bo'ladilar. Gazetadan.

QARINDOSHLIK 1 Qarindosh ekanlik. Ona tomondan qarindoshlik. Qo'shnimizga qarindoshligini bilaman.

2 Qarindoshlarga xos bog'lanish, munosabat; insonlar o'rtasida qon jihatdan bog'lanish. Tojiboy g'o'ldirab, javob berdi: -Olaxo'ja maxsum mening tog'am bo'ladi. Ilgari qarindoshlik yo'li bilan uncha-muncha bordi-keldim bor edi. P. Tursun, O'qituvchi.

3 ayn. qarindoshchilik 1. Eringga aytib qo'y: qarindoshchilik qilmaganimda, hamma-laring yotardilaring.. yotadigan joylaringda. T. Malik, Ajab dunyo. O'zbek tili va mentalitetiga xos bo'lgan nutqiy muloqotda aynan qarindosh bo'lmasa-da, qarindoshlikni ifodalovchi, xola, tog'a, amaki, bolam, aka, opa, o'g'lim, qizim, bobo va buvi kabi so'zlar boshqalariga nisbata faol qo'llanilishini kuzatishimiz mumkin. Masalan:

- Gapni cho'zish nima kerak, xola? - dedi Enaxon. - Bolar ish bo'libdi, mening sho'r peshonam ekan , mayli!, - Aylanay, qizim, bu gapni sizga qandoq qilib eshittirishga hayronman.

Qani, gapiring, xola! - Nima deyishimga hayronman ... Mehmonlarni chaqirib qo'yibsiz. Endi, bir iloj qilib, qaytarish kerak. Kundoshlaringizga bildirmasdan ish tutish kerak. Qani, gapiring, xola! - Nima deyishimga hayronman ... Mehmonlarni chaqirib qo'yibsiz. Endi, bir iloj qilib, qaytarish kerak. Kundoshlaringizga bildirmasdan ish tutish kerak. (Cho'lpon. Kecha va kunduz).

Kecha va kunduz romanida undalmalarning tahlil shuni ko'rsatdiki, qarindoshlikni ifodalovchi xola va qizim so'zlari eng ko'p qo'llanilgan bo'li, usmlubiy jihatdan so'zlashuv va badiiy uslubga xos bo'lib, semantik jihatdan esa, aynan qarindoshlarga nisbatan ham qarindosh bo'lmagan shaxslarga nisbatan ham deyarli birdek qo'llanilgan.

Koyima, qizim, - dedi ona, - o'rtog'ingni quruq jo'natmaysan. Osh-suvingga yetguligini eplaymiz.

Bu o'rinda qizim so'zi undalma sifatida o'z ma'nosida onaning o'z farzandiga nisbatan qo'llanilib kelgan.

Umrinisabibining ko'zlaridan o'pdi: - Bu yaxshiligingizni bir umr unutmayman, xola, -dedi. - Qizingizni, xudo xohlasa, o'zim to'y qilib, o'zim uzataman! Siz darrov jo'nang! Ana, mistovoqda non, likopchada mayiz bor, nondan, mayizdan olib, yo'lga tushing! Tez bo'ling, jon xola!

"Yaqinlik" tushunchasini ifodalovchi undalmalar

Bobimizning avvalgi qismida qarindoshlik tushunchasini ifodalovchi undalmalar haqida fikr yuritgan bo'lsa, ushbu o'rinda esa, qarindoshlik tushunchasining mantiqiy davomi, kontekstual jihatdan sinonim bo'la oladigan yaqinlik tushunchasini ifodalovchi undalmalar haqida fikr yuritamiz. O'zbek tilining izohli lug'atida YAQINLIK 1 Yaqin holatdalik. G'alabaning yaqinligi. Bozorning yaqinligi. Ish joyining yaqinligi. Otlarning kishnashi, odamlarning hoy-kuylashi manzilning yaqinligini bildirar edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2 Do'stona munosabat, yaqin munosabatda bo'lish (q. yaqin 4). Umidning «sen» degani Hafizaga juda yoqdi - bu juda yaqinlik belgisi. Mirmuhsin, Umid. Bu hammasi mening Elmurodga yaqinligim tufayli. Shuhrat, Shinelli yillar.

3 Yaqin ekanlik (q. yaqin 4). U bilan yaqinligingni bilaman." tarzida ifodalanib, bir ma'nosi do'stona yaqin bo'lish, hamkorlik va aloqalarning bor ekanligi bo'lsa, ikkinchisi qarindoshlik aloqalari ham mavjud. Buni yana-da aniqroq tushunish uchun yaqin so'zining izohini keltirishmiz o'rinli bo'ladi. "Yaqin [a. - haqiqiy bilim, qat'iy ishonch] 1 Oraliq masofa uncha katta bo'lmagan, uzoq emas. Eng yaqin yo'l - shu. Shaharga yaqin bir qishloqda yashaymiz. Bir-biriga yaqin uylar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar. Maqol. Qirg'oqqa yaqin yerda to'rt qoziq ustida kattakon bir qayiq turar edi. A. Qahhor, Xotinlar. To'nkalar juda ko'p, ham bir-biriga juda yaqin. Yer esa tosh-metin. Oybek, Tanlangan asarlar......

4 qo'shma Do'stona munosabatda bo'lgan, qadrdon, mehribon. Yaqin o'rtoq. Yaqin do'st. "Qiziq odam ekansiz", dedingiz. Ammo do'stingdan, yaqin bir odamingdan to'satdan shunday gap eshitish menga, albatta, og'ir. P. Tursun, O'qituvchi. Nazarida, notanish yigit allakimga, juda-juda yaqin odamga o'xshatayotgandek. A. Muhiddin, H. Tojiboev, Otash qalbli qiz. Mehmonlarni to'y egasining yaqinlari hurmat va sertakalluflik bilan kutib olishardi. O. Husanov, Shinavanda.

"Kecha va kunduz" asarida qarindoshli ma'nosini anglatuvchi so'zlar bilan ifodalangan undalmalar keng qo'llanilgan bo'lib, o'z va ko'chma ma'noda ham erkin qo'llanilgan.

- Aylanay, bolam, patiringni yop!

Undalmalarning uslubiy xoslanishiga ko'ra tahlil qilinganda esa rasmiy uslubga xos undalma sifatida taqsir leksemasini qo'llanilganligini kuzatishimiz mumkin.

- Qulluq, taqsir, xizmatingizni qilsam bo'ldi.

"O'zini [birovga] yaqin olmoq (yoki tutmoq) Kimsa bilan do'stona munosabat saqlamoq, o'zini shunday holatda tutmoq. Meni sevadimi? Chindan sevadimi yoki musofirlikning diqqinafasligidan o'zini menga yaqin tutib yuribdimi? Shuhrat, Shinelli yillar." tarzida berilgan bo'lib, bu yaqinlik asosan, yoshi kattalarga bobo, buvi, momo, tog'a, amaki, xola, qizim, o'g'lim, bolam, kabi qarindoshlik, xo'jayin, birodar kabi yaqinlikni ifodalovchi leksemalar bilan ifodalanadi.

"Fitna, qiz o 'lguring qani?", Fitna, puldan uzat! "

1-jadval

№ Undalma O'z ma'nosida Ko'chma ma'noda

necha marotaba necha marotaba

qo'llanilgan qo'llanilgan

1 Ahqmoq 2

2 Akbarali 4

3 Aziz do'stim 6

4 Benamoz 1

5 Betavfiq 4

6 Bolalar 3

7 Bolam 6 8

8 Do'stim 3

9 Domla 2

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE S UIF-2022: S.2 j ISSN: 21S1-3337

10 Enajon 1 2

11 Eshon 2

12 Fitna 15

13 Hakimjon 1

14 Jinni 2

15 Jon kelinbibi 1

16 Jon xola 1

17 Jonim 2

18 Jonim qaqa 1

19 Jonim Zebixon 1

20 Laylak 3

21 Maryam 1

22 Matxoliq 1

23 Mehmon 1

24 Miryoqub 24

25 Miryoqub aka 6

26 Mirza 2

27 O'g'ri 2

28 O'lmasjon 1

29 O'lmasxon 1

30 O'rtoqjon 3

O'rganilayotgan "Kecha va kunduz" asarida shunday undalmalar ham borki, semantik jihatdan qarindoshlik yoki yaqinlikka dalolat qilishini umumiy matn mazmunidan anglashimiz mumkin.

Bilasanmi, Maryam, mening ikki qizim, bir o'g'lim bor.

Shaxs nomlari (taxallus va laqablar ham) begonalik tushunchasini ifodalovchi undalma sifatida qayd etilishi to'g'ri emas deb hisoblaymiz. Turli hissiy bo'yoqdorlikka ega bunday undalmalar betaraf undalma sifatida alohida guruhga birlashadi. Ma'lum bo'ladiki, undalmalar uslubiy ma'nosining ikki komponenti o'rtasidagi munosabatlar turlichadir.

"Begonalik" tushunchasini ifodalovchi undalmalar

O'TILda begonalik quyidagicha izohlanadi:

"BEGONALIK 1 Begona kishining holatiga tushishlik. U [Elmurod] kun sayin aka-uka, yor-og'ayniga aylanib borayotgan kishilar orasida o'zining begonaligini unuta bordi. P. Tursun, O'qituvchi. Avvaliga yotsirash, begonalik uni qiynadi. Keyin esa Mirzoni odamlarning o'sha baland tog'lardek ulug' qalbi, pokizaligi o'ziga rom qilib oldi. «Yoshlik».

2 Yot, chet kishilarga xos bo'lgan munosabat. [Gulsumbibi:] Begona har vaqt begonaligini qiladi. Qizim baxtli bo'ladimi, o'tda yonadimi, Mirzakarimboyga bari bir. Oybek, Tanlangan asarlar. "

Bizning so'f mo'min-musulmonning bu urfiga ham amal qilmaydi, u o'z halol jufti Qurvonbibini hamma vaqt «Fitna» deb chaqiradi: «Fitna, sallamni ber!», «Fitna, qiz o'lguring qani?», Fitna, puldan uzat!»

Bu o'rinda fitna so'zi er kishining o'z xotiniga nisbatan qo'llanilayotgan bo'lsa-da, biroq ma'no jihatidan begonalikni ifodalaydi. O'TILda ushbu so'z quyudagicha izohlangan:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"FITNA [a. - maftun etish; yo'ldan ozdirish; isyon, g'alayon] salb. 1 G'arazli maqsadga erishish yo'lida birovni qoralash uchun qilinadigan yashirin xatti-harakat, buzg'unchilik. Fitna to'qimoq. Oraga fitna solmoq. Fitna qo'zg'amoq. Shu fitnani uyushtirgan odam Bo'taning savodsizligidan, uzoqni ko'rolmasligidan foydalanib, shu ishni qilgan. S. Ahmad, Hukm. Qorailon bilan o'ynashib bo'lmaydi! Amirzodalar orasiga nifoq solib, fitna bilan ne-ne kishilarni yoqalashtiradigan ham Qorailon! Mirmuhsin, Me 'mor.

2 Ma'lum siyosiy maqsadga erishish niyatida yashirin til biriktirish yo'li bilan davlatga, siyosiy rahbarga, tashkilotga yoxud shaxsga qarshi qilingan harakat. Fitna uyushtirmoq.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3 kam qo'll. ayn. fitnachi. Fitna odam. Bunday fitna xotinni ko'rmaganman. S. Zunnunova, Olov.

4 s. t. Urishqoq, janjalkash. O'zingiz bilasiz, fitna odamlar ko'p. A. Qahhor, Sarob. -Odamzodning fitnasi yomon bo'ladi. Ko'ngli ochiqlikka ne yetsin, - dedi Inog'omjon. Mirmuhsin, Umid."

Gap mazmunidan ma'lum bo'ladiki, So'fi tomonidan o'zining turmush o'rtog'iga nisbatan qo'llagan "fitna" so'zi begonalikni ifodalashga xizmat qiladi.

O'zbek tilida nomlardan keyin ota, opa, amaki, tog'a, xola, aka, uka va b. qarindoshlikni ifodalovchi otlarning qo'shilishi natijasida so'z birikmasi yasalishi keng tarqalgan. Ma'lumki, so'z birikmasi kamida ikkita mustaqil so'z turkumining intonatsion, grammatik, semantik birikishidan tashkil topadi. Lekin tarkibida yordamchi so'zlar (bog'lovchilar, ko'makchilar) bo'lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, undalmalarning juda katta qismi hokimi ot yoki otlashgan so'z bo'lgan so'z birikmalari bilan ifodalanadi. Aytilgandek, so'zlovchining nutqi tinglovchiga, ya'ni ikkinchi shaxsga qaratilgan bo'ladi.

Umuman olganda undalmalar, ilmiy uslubdan tashqari, barcha nutq uslublarida uchraydi degan xulosa badiiy asar tili doirasida tekshirilganda to'g'ri degan xulosaga kelish mumkin. So'zlashuv nutqida undalmali gaplar aytilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini jalb qilish hamda so'zlovchining o'z suhbatdoshiga munosabatini ifodalash uchun ishlatiladi. Badiiy nutqda esa, ayniqsa, she'riyatda undalmalar nutqning obrazliligini, emotsionalligini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Undalma monologik va dialogik nutqda, murojaat, shior, buyruq, chaqiriq, e'lonlarda,gazeta sarlavhalarida ko'p ishladi.

REFERENCES

1. Джурaeвa Н. Pa3pa6oTKa фoрмaльнoй мoдeли грaммaтики oфициaльнo-дeлoвoгo стиля узбекс^го языга и eёпрoгрaммнaя рeaлизaция. Aвтoрeф.дисс....кaнд.фил.нaук. -Тaшкeнт. 2012. - С. 177.

2. Дзю6a К. A. Cnoco6bi фoрмирoвaния нaимeнoвaний тoргoвых MapoK. - TaM6oB, 2014. -B.12.

3. Кевин Д. "Кучли бренд сиpлapи: ^aндaй к;илиб сaвдo брендининг узига хoслигигa эришиш мумкин" / Кевин Дpoбo; тpaнс инглиз тилидaн - М.: Aлпинa бизнес китo6лapи, 2005 .-- 276 б.

4. Менглиев Б. Ba б.Зaмoнaвий узбек тили. II жилд. - ^шкет: Мумтоз суз, 2011. - 313 6.

5. Менглиев Б. Хрзирги узбек aдaбий тили.-^apши: Нaсaф, 2005.-172 6.

6. Менглиев Б., X,aмpoeвa Ш. Тилшyнoсликнинг aмaлий мaсaлaлapи. - Гepмaния: Globe, 2020. 97 6.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

7. http://demo.patrickpantel.com/Content/verbocean

8. http://elar.urfu.ru/bitstream/10995/1388/ /

9. http://h248.it.helsinki.fi/hanco/

10. http://h248.it.helsinki.fi/hanco/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.