CHO'LPON - MILLATPARVAR SHOIR, MOHIR TARJIMON Xoliqova Dilobar Muxtorjon qizi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6671643
Annotatsiya. Maqolada yangi davr o 'zbek nasri rivojiga salmoqli hissa qo 'shgan Cho'lpon ijodidagi o'ziga xoslik xususida fikr yuritiladi. Milliy uyg'onish davri adabiyotida tutgan o'rni, she 'riyat, nasr, dramaturgiya, tarjimachilik va maqolanavislikdagi samarali ijodi haqida to 'xtalib o 'tiladi.
Kalit so'zlar: jadid adabiyot, milliy uyg'onish, ma'rifatparvarlik, tarjima, harakat va oqim, jaholat, kommunist, millat qayg 'usi, qatag 'on.
ЧОЛПОН - ПОЭТ-НАЦИОНАЛИСТ И ИСКУСНЫЙ ПЕРЕВОДЧИК
Аннотация. В статье рассматривается уникальность творчества Чолпона, внесшего значительный вклад в развитие современной узбекской прозы. Его место в литературе Национального Возрождения, его эффективная работа в поэзии, прозе, драматургии, переводе и написании эссе.
Ключевые слова: современная литература, национальное пробуждение, просвещение, перевод, движение и движение, невежество, коммунизм, национальное горе, репрессии.
CHOLPON IS A NATIONALIST POET AND A SKILLED TRANSLATOR
Abstract. The article discusses the uniqueness of Cholpon's work, which made a significant contribution to the development of modern Uzbek prose. His place in the literature of the National Renaissance, his effective work in poetry, prose, drama, translation and essay writing.
Keywords: modern literature, national awakening, enlightenment, translation, movement and movement, ignorance, communism, national grief, repression.
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng adabiyot va san'atning boshqa sohalarida bo'lganidek, adabiyotshunoslik sohasi fanida ham yangi davr boshlandi. Uzoq yillar davomida o'rganilishi taqiqlangan madaniy merosimizning qatag'on davri bilan bog'liq sahifalari qaytadan tiklanmoqda. Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Elbek singari yozuvchilarimizning asarlari xalqimizga qaytarilib, ularning hayoti va ijodi jiddiy ravishda o'rganildi va o'rganilishda davom etmoqda.
Turkistonda milliy uyg'onish va yoki jadidchilik harakatining o'rganila boshlaganiga qariyb yigirma yil bo'lishiga qaramay, jadidchilik namoyondalari va ularning ijodi bo'yicha talaygina ishlar amalga oshirildi. Bu harakat namoyondalarini o'rganishga bo'lgan qiziqish nafaqat O'zbekiston, Markaziy Osiyo, balki Germaniya, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Turkiya kabi mamlakatlardagi olimlarning ham faol shug'ullanayotganligini alohida ta'kidlab o'tish lozim.
TADQIQOT MATERIALLARI
Milliy uyg'onish davrining eng buyuk namoyondalaridan biri bo'lgan Cho'lponning shaxsiyati va hayoti haqida har xil qarashlar, talqinlar mavjud. Bu haqida taniqli adabiyotshunos
Dilmurod Quronov asosli dalillar bilan ilmiy izlanishlar olib borgan. D. Quronovning Cho'lpon haqidagi izlanishlari tahsinga sazovordir.
Natijalariga ko'ra O'zbekiston Milliy universitetida 1993-yili "Cho'lponning "Kecha va kunduz" romanida xarakterlar psixologizmi" mavzusida nomzodlik va 1998-yili "Cho'lpon poetikasi (nasriy asarlari asosida)" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. Bundan tashqari "Cho'lpon nasri poetikasi", "Istiqlol dardi. Cho'lponning ijtimoiy-siyosiy qarashlari tadriji" nomli kitoblari adabiyotshunoslik fanida fundamental manba sifatida o'rin qoldirdi.
TADQIQOT NATIJALARI
Olim Cho'lpon asarlarini nashrga tayyorlab, chop etish ishlarida ham faol qatnashgan. Jumladan, 1994-yilda Cho'lpon 3 jildlik asarlari to'plamining 2-jildini nashrga tayyorlagan, uni izohlar bilan ta'minlagan. Shu yili "Adabiyot nadir?" to'plamini nashrga tayyorlashda qatnashgan. 1997-yilda Andijon viloyati Cho'lpon jamg'armasi tashkil qilinganidan buyon jamg'armaning bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 2016-yilda 4 jildlik Cho'lpon asarlari to'plamini nashrga tayyorlash va chop ettirish bo'yicha guruhga rahbarlik qilgan hamda ushbu jildlikning 2-jildini nashrga tayyorlab, izohlar bilan ta'minlagan[2].
Akademik Naim Karimov Cho'lpon haqida shunday yozgan edi: "Cho'lponning ulug'vorligi shundaki, u XX asr o'zbek adabiyotini yangi pog'onaga ko'tarib, o'zbek adabiy tilining shakllanishi va ravnaq topishiga ulkan hissa qo 'shibgina qolmasdan, xalqda "Vatan", "Millat", "Istiqlol" tushunchalarining teran ma'no kasb etishiga ham mislsiz darajada katta ta'sir ko'rsatdi. O'zga so'zlar bilan aytganda, u xalqda hurriyat tuyg'usini uyg'otdi, uning ko'zidagi g'aflat pardasini olib tashladi, unda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hislarini tarbiyaladi. Uning fuqarolik jasorati xuddi shundadir"[3].
MUHOKAMA
Adabiyotimizda Cho'lpon singari millat masalasini, milliy g'urur, milliy ozodlik tuyg'ularini hech ham to'xtamasdan, hech tanaffuslarsiz ko'tarib chiqqan ijodkor yo'q. Cho'lpon butun umr, hayotini millatga tikkan va shu yo'lda yashab o'tgan ijodkor edi. Cho'lpon ham boshqa jadidchilar kabi ijodida ma'rifatchilikni kuylagan holda boshlagan edi. Uning "Qurboni jaholat", "Do'xtur Muhammadyor" asarlarida ham aynan ziyoli, o'qimishli kishilarning jaholat qurboni bo'lganliklari aks etgan. Cho'lpon o'zining ma'rifatparvar g'oyalarida jaholatning qanchalik daxshatli og'riq, tuzalmas kasallik ekanligini ko'rsatib o'tgan.
Adabiyotning millat hayotidagi o'rni va roli haqida o'n yetti yoshida maqola yoza olganligi ijodning, adabiyotning millat uchun naqadar kerakligi xususida ega bo'lganligidan dalolat beradi. Bu xususiyati kelgusi yosh avlod uchun o'rnak bo'lsa arziydigan ishidir.
Shoir ijodi keng bo'lsa-da, hayotlik chog'ida uchtagina kitobi bosilib chiqqanligi hammamizga ma'lum: "Uyg'onish" (1922), "Buloqlar" (1923), "Tong sirlari" (1926). Ko'rinib turibdiki, vafotiga qadar (1938) o'n ikki yil vaqt bor edi. Ammo biror kitobi bosilib chiqmadi. Iste'dod qancha yorqin bo'lsa, e'tibor birinchilardan bo'lib qaratilganidek, ma'rifatparvarlarni yo'q qilish yuzasidan olib borilgan ishlarda ham Cho'lpon birinchilardan bo'ldi. 1926-yildan boshlab kommunistlar oyoqqa turib olgandan so'ng Turkiston millatining "gullari"ni qirish ishlari olib borildi, Cho'lpon ijodi qoralanib, "millatchi shoir" degan nom bilan hujum boshlandi. Shundan so'ng shoir ko'zga ko'rinmaslik, ijoddan to'xtab qolmaslik uchun tarjima bilan
shug'ullandi. Shekspirning "Hamlef'ini, Pushkinning "Boris Godunov", "Dubrovskiy" asarlarini, Gogolning "Tergovchi", Gorkiyning "Ona" romanini mohirlik bilan tarjima qila oldi. XULOSA
Shoir lirikasiga to'xtalganimizda, yuqorida aytib o'tganimizdek, ma'rifatparvarlik g'oyalari ochiq-oydin aks etib turganini sezamiz. Xalqni, millatni qoloqlikdan olib chiqish, "malla"larga bo'yin egmaslik tuyg'ulari yo'g'rilgan birgina "Ko'ngil" she'rini olsak: Tiriksan, o'lmagansan, Sen-da odam, sen-da insonsen, Kishan kiyma, Bo'yin egma,
Ki, sen ham hur tug'ilg'ansan!
-bunday jasoratli hayqiriq, bunday millatni yuksaltirishga, ko'nglini uyg'otishga, chetdan kelgan har kimga ham bo'yin egavermaslikka, "Sen ham odamsan, "malla"lardan hech kaming yo'q" deya fikrni singdirishda Cho'lpondek boshqa ijodkor bo'lmagan. Insonning yuragidagi ajib hislarni uyg'ota olgan va uni da'vat eta olgan chaqiriqlari bilan ajralib turgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/dilmurod-quronov/
2. O'sha manba.
3. Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-majmua / B. To'xliyev [va boshq.], - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. 35 -b.
4. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). Shuhratning "Mardlik afsonasi" balladasi va Mirkarim Osimning "To'maris" tarixiy hikoyalarida vatanparvarlik, vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'ularining ulug'lanishi. Scientific progress, 2(3)