Научная статья на тему 'CHIZMACHILIK FANI VA UNI O’QITISHNING METODIK KO’RSATMALARI'

CHIZMACHILIK FANI VA UNI O’QITISHNING METODIK KO’RSATMALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
136
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kongnitiv / grafika / texnologiya / dinamika / vizual / interfaol / interaktiv / mexanizm. / Когнитивная / графика / технология / динамика / визуальный / интерактивный / интерактивный / механизм.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fayziyeva S. G’

Ushbu maqolada chizmachilik fani va uni o’qitish metodikasining hozirgi kundagi ahamiyati, talabalarda ushbu fanni o’zlashtirishga ko’maklashuvchi turli pedagogik yondashuvlar, olimlarning fanni o’qitish usullari haqidagi bir nechta pedagogik tasniflari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A DRAWING OF SCIENCE AND A METHODICAL VIEW OF ITS TEACHING

In articles, several pedagogical classifications of the science of drawing and methods of teaching it, various pedagogical systems that help students master this science, and methods of teaching science are given.

Текст научной работы на тему «CHIZMACHILIK FANI VA UNI O’QITISHNING METODIK KO’RSATMALARI»

CHIZMACHILIK FANI VA UNI O'QITISHNING METODIK KO'RSATMALARI

Fayziyeva S.G'. Termiz davlat Pedagogika institutining "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" kafedrasi stajyor o'qituvchisi.

Annotatsiya. Ushbu maqolada chizmachilik fani va uni o'qitish metodikasining hozirgi kundagi ahamiyati, talabalarda ushbu fanni o'zlashtirishga ko'maklashuvchi turli pedagogik yondashuvlar, olimlarning fanni o'qitish usullari haqidagi bir nechta pedagogik tasniflari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Kongnitiv, grafika, texnologiya, dinamika, vizual, interfaol, interaktiv, mexanizm.

ЧЕРЧЕНИЕ КАК НАУКА И МЕТОДИЧЕСКИЕ УКАЗАНИЯ ПО ЕГО

ПРЕПОДАВАНИЮ Файзиева С.Г. - Термезский государственный педагогический институт, преподаватель-стажер кафедры изобразительного искусства и инженерной графики

Аннотация. В трех статьях дано несколько педагогических классификаций науки рисования и методики ее преподавания, различных педагогических систем, помогающих учащимся овладеть этой наукой, и методов преподавания науки.

Ключевые слова: Когнитивная, графика, технология, динамика, визуальный, интерактивный, интерактивный, механизм.

A DRAWING OF SCIENCE AND A METHODICAL VIEW OF ITS

TEACHING

Fayziyeva Salomat G'aybullaevna - trainee teacher of the Department of Fine Arts and Engineering Graphics of the Termez State Pedagogical

Institute.

Annotatsion. In three articles, several pedagogical classifications of the science of drawing and methods of teaching it, various pedagogical systems that help students master this science, and methods of teaching science are given.

Keywords: Cognitive, graphics, technology, dynamics, visual, interactive, interactive, mechanism.

3s----

Hozirgi paytlarda ta'lim muassasalarida "chizmachilik" fanining mazmuni va roli muhim ahamiyatga ega. Masalan, umum ta'lim muassasalarida "chizmachilik" fani o'quvchilarda grafik tasvirlarni o'qish va amaliyotda qo'llashning samarali usullarini shakllantiradi. Bu ularga grafik ma'lumotlarning keng dunyosida harakat qilish, grafik madaniyat bilan tanishish, turli xil odamlar bilan muloqot qilish vositasi sifatida grafik tilni o'zlashtirish imkonini beradi. Kasb-hunar kollejlarida esa oliy ta'lim muassasalarida ta'limni davom ettirishga, amaliy faoliyatda ishtirok etishga moslashtiradi. Ularda grafik axborot vositalari to'g'risida bilimlari shakllanadi, insonning turli xil amaliy faoliyatida, masalan, dizayn, texnologik va ijodiy faoliyat, badiiy dizayn kabi ko'plab sohalardagi ko'nikmalari rivojlanadi. Har qanday o'qitish usulida o'qituvchi va talabalarning faoliyati o'zaro bog'liq bo'lib, u o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishga, o'quv jarayonida talabalarni tarbiyalash va ularning bilim,ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Texnika, pedagogika universitet (institut, kollej) larining talabalari chizmachilik dasturida belgilangan majburiy yakka tartibdagi grafik vazifalar va tekshirish maqsadida beriladigan ishlami bajarishlari lozim. Grafik vazifa, ya'ni yakka tartibda bajariladigan ish deganda, o'tilgan mavzu asosida uyda (darsdan tashqari) mustaqil bajariladigan chizma tushuniladi. Grafik ish ma'lum format (bichim) da standart qonun- qoidalariga amal qilingan holda bajariladi.

Talabalarda grafik bilimlarni shakllantirish murakkab jarayon hisoblanib, o'quv jarayoni bilan chambarchas bog'langan. o'quv jarayonida hamma talabalaming o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, dars o'tish imkoniyati o'quv-grafik ishlarni bajarishda yakka tartibda yondashishdek yuqori bo'lmaydi. Shuning uchun o'qituvchi talabalar bilan dars jarayonida foydalana olmagan imkoniyatlami mustaqil grafik ishlarni chizayotganida amalga oshirishi mumkin. Ko'p yillik kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, talabalar asosan bilim va ko'nikmalarini yakka tartibdagi o'quv grafik ishlarni bajarish orqali olmoqdalar. Chunki dars jarayonida beriladigan nazariy bilimlar asosan grafik ishlar orqali amalda mustahkamlanadi.

Pedagogikada o'qitish usullarining bir nechta tasnifi qabul qilingan. Masalan, mashhur rus pedagogi V. I. Xarlamov o'qitish usullarini besh guruhga ajratadi:

l.O'qituvchi tomonidan bilimlarni og'zaki taqdim etish va o'quvchilarning bilim faoliyatini faollashtirish usullari.

2.Ma'ruza, suhbat, materialni og'zaki taqdim etishda tasvirlash va ko'rsatish usuli; 3.O'rganilayotgan materialni birlashtirish,suhbat, o'quv qo'llanmalari bilan ishlash, talabalarning yangi materialni tushunish va o'zlashtirish bo'yicha mustaqil ishlash ko ' nikmalari.

4.Bilimlarni amalda qo'llash, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish bo'yicha amaliy mashgu'lotlar.

■w-

'¿S---'

5. Talabalarning bilimlari, ko'nikma va malakalarini tekshirish va baholash usullari, talabalarning ishini kuzatish, og'zaki so'rov, test ishlari, dasturlashtirilgan nazorat, uy vazifalarini tekshirish va boshqalar.

Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo'lgan: u texnik vositalar haqidagi ta'limot deb hamda o'qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta'riflari mavjud. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo'ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o'quv-pedagogik jarayonni oldindan loyiqalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o'qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o'quv jarayonini loyihalash g'oyasini ilgari suradi.

Ta'limning tizimliligi va ketma - ketlik prinsipi, o'quv mashg'ulotlarining ma'lum bir chastotasini belgilashni o'z ichiga oladi. Bu esa o'z navbatida boshqa didaktik prinsipni, fanni o'rganish ketma-ketligini amalga oshirishga imkon beradi. Chizmachilik fani boshqa fanlar (matematika, geometriya,mehnat ta'limi, tasviriy san'at) tizimida chizma elementlarini ko'rsatish, uning tarqalish sohasini ochish (mashinalar, mexanizmlar ishlab chiqarish va h.k) orqali amalga oshiriladi. Bilimlarni izchil ifoda etish-bu materialni qismlarga bo'lib o'rganish, undagi asosiy fikrlarni ajratib ko'rsatish va o'rganilayotgan faktlarni tahlil qilish va umumlashtirish bilan tanishtirib, umumiy g'oyani aniq ko'rsatish. Chizmachilikni o'qitishda eng muhim omillaridan biri sifatida ong va faollik printsipi o'qituvchini o'quvchilarda grafik bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirishni, ularning mohiyatini o'rganish qobiliyatini shakllantirishga yo'naltiradi. Ilg'or o'qituvchilar darslarni talabalar o'rganilayotgan materialni faol idrok etadigan, tahlil qiladigan va umumlashtiradigan tarzda tashkil etishga intilishadi. Talabalarga ushbu darsda shakllangan bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlashga hissa qo'shadigan o'rganilayotgan mavzuga mos keladigan turli xil muammolarni hal qilish taklif qilinishi kerak. Talabalar tomonidan materialni yaxshiroq o'zlashtirishni ta'minlaydigan vizualizatsiya, interfaol va interaktiv metodlardan, shuningdek, jadvallar, plakatlar, dinamik qo'llanmalar, elektron doskalar yordamida amalga oshiriladi.

Chizmachilikni o'qitish metodikasi quyidagi asosiy muammolarni o'rganadi:

1. Chizishni o'rganishning aniq maqsadlarini, uning o'quv predmeti sifatida kognitiv va tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash (nima uchun o'rgatish kerak?)

2. Ta'limning mazmuni va tuzilishini aniqlash (nimani o'rgatish kerak?) 3. Talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkam egallashini ta'minlaydigan eng oqilona o'qitish usullari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish (qanday o'qitish kerak?)

4. Talabalar tomonidan bilimlarni o'zlashtirish jarayonini o'rganish. (talabalar materialni qanday o'zlashtiradilar?) (1-sxema).

1-sxema

âttk

Chizmachilikni o'qitish metodikasi

Umumiy metodika Xususiy metodika

Fanning nazariy asoslaridagi masalalarini ko'rib chiqadi; fanning mazmuni va tuzilishini aniqlaydi; o'qitish usullari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi; o'qitish usullarini tanlaydi, tahlil qiladi va o'rganadi; o'qitish vositalari. Dastur mavzularini o'rganish; grafik ishning mazmuni va bajarish ketma-ketligini (tartibini) tushunish va amaliyotda qo'llash, tushunchalarni shakllantirish; ko'rgazmali qurollardan foydalana olish; grafik va amaliy ishlarning mazmunini ko'rib chiqish;

Adabiyotlar

1. Rahmonov I. "Chizmalarni chizish va o'qish", Toshkent, O'qituvchi, 1992-y.

Abdurahmonov A."Chizmachilikdan grafik ishlar tizimi" Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2005

3. Sayidaxmedov N.S. A.Ochilov. "Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyixasi'-Toshkent: RTM, 1999.

4. Ro'ziyev E.I. A.O.Ashirboyev "Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi" Fan va texnoogiyä, toshkent-2010y

5. Беженарь Ю.П."! мени П.М. Машерова 20

.V

<

У

авания черчения" Витебск ВГУ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.