Научная статья на тему 'CHET TILLARNI ONLAYN TARZDA O'QITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI VA STANDARTLARINING O'ZIGA XOSLIKLARI'

CHET TILLARNI ONLAYN TARZDA O'QITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI VA STANDARTLARINING O'ZIGA XOSLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

409
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalqaor baholash dasturlari va standartlari / PISA / PIRSL / IELTS / Sifat va samaradorlik / GMAT.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nasiba Komil Qizi Jumayeva

Ushbu maqolada Yurtimizda chet tillarni online o'qitishda xalqaro baholash dasturlari va standartlari shu jumaladan ingliz tilini o'qitishdagi IELTS, CEFR, PISA, ICILS, PIRSL, TIMSS kabi xalqaro dasturlar va standartlarning o'ziga xosliklari va ularni qo'llash jarayonida qay darajada samarali bo'lishi, shuningdek ta'lim sifatini oshirishda xalqaro ta'limda erishlgan sifat va natijani O'zbekiston yoshlari orqali oshirish haqida yoritishga harakat qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARNI ONLAYN TARZDA O'QITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI VA STANDARTLARINING O'ZIGA XOSLIKLARI»

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

CHET TILLARNI ONLAYN TARZDA O'QITISHDA XALQARO BAHOLASH

DASTURLARI VA STANDARTLARINING O'ZIGA XOSLIKLARI

Nasiba Komil qizi Jumayeva

Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yo'nalishi talaba, Toshkent viyoti Chirchiq Pedagogika Instituti, Toshkent, Y30eKHCTOH j umayevanasiba@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Yurtimizda chet tillarni online o'qitishda xalqaro baholash dasturlari va standartlari shu jumaladan ingliz tilini o'qitishdagi IELTS, CEFR, PISA, ICILS, PIRSL, TIMSS kabi xalqaro dasturlar va standartlarning o'ziga xosliklari va ularni qo'llash jarayonida qay darajada samarali bo'lishi, shuningdek ta'lim sifatini oshirishda xalqaro ta'limda erishlgan sifat va natijani O'zbekiston yoshlari orqali oshirish haqida yoritishga harakat qilindi.

Kalit so'zlar: Xalqaor baholash dasturlari va standartlari, PISA, PIRSL, IELTS, Sifat va samaradorlik, GMAT.

KIRISH

Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq, shuningdek, xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlik Mahkamasi qarori qabul qilindi.

METODOLOGIYA

Ushbu qabul qilingan qaror orqali milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet

tillarga o'qitishning kompleks tizimi, ya'ni uyg'un kamol topgan, o'qimishli, zamonaviy

fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 596 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

integratsiyalashuviga yo'naltirilgan tizim yaratildi desak xato bo'lmaydi. Eng asosiysi bu qaror bilan hozirgi yosh avlod uchungina emas balki butun til o'rganuvchilar uchun juda katta ahamiyatga ega bo'lib, xorijiy til o'rganuvchilarni onlayn tarzda o'qitishda xalqaro baholash dasturlari va standartlari ham juda muhim rol o'ynaydi. Bu nima degani, ya'ni chet tillarni onlayn o'qitishda kamchiliklar va muammolarini yo'qotishda va yutug'li tomonlari bilan birgalikda samaradorligini oshirish uchun asosiy va yetakchi rol ijro etadi. Xalqaro baholash dasturlari va standartlari butun dunyo tan olgan baholash tizimlari bo'lib, ular chet tillarini o'qitishda yuqori natija erish va samaradorligini aniqlash uchun alohida o'rin tutadi.

Yangilanib borayotgan yangi O'zbekistonda Prezidentimiz tomonida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Ta'lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O'zbekiston Milliy ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo„l keladi. Bu xalqaro dasturlar orqali tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta'lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o'rni to'g'risida xulosalar chiqarish imkonini beradi. Xalqaro tadqiqotlar ta'lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o'tkazishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy

baholash tizimini yaratish imkonini beradi. Xalqaro standartlar darajasida yuqori

iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.

O'zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro

tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring

tadqiqotlarini o'tkazish madaniyati rivojlanadi, ta'lim sifatini baholashning xalqaro

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 597 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

standartlarga moslashuviga olib keladi. Milliy ta'lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qo'llaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi. Shunday ekan qanaqa baholash dasturlari mavju d? Ular quydagilar:

PISA - o'quvchilarni ta'limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi bo'lib, PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) - turli davlatlarda 15 yoshli o'quvchilarning savodxonligini (o'qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini baholovchi dastur.Bu dastur 3 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo'llanilgan.PISA bo'yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o'sishini ta'minlaydi.PISAda o'quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo'nalish bo'yicha aniqlanadi.PISAda o'quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo'nalish bo'yicha aniqlanadi.

PIRLS - matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot.

TIMSS - maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring.

ICILS - kompyuter va axborot savodxonligi bo'yicha xalqaro tadqiqot kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo'lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo'llanilmoqda

GMAT (The Graduate Management Admission Test) - bu ingliz tilidagi

standartlashtirilgan kompyuterlashtirilgan test, bu biznes maktablariga MBA

dasturlariga yoki menejment bo'yicha boshqa bakalavr dasturlariga hujjat topshirishda

nomzodlarning biznes va menejment bo'yicha keyingi ta'lim olish uchun tayyorgarlik

darajasini xolisona baholash imkonini beradi. IELTS, TOEFL iBT, GMAT, GRE, SAT

kabi xalqaro dasturlar ham juda muhim bo'lib, chet tillarni onlayn tarzda o'qitishda

erishilgan yutuq va kamchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi. GMAT-dan hozirda

dunyo bo'ylab 2500 dan ortiq biznes maktablari foydalanmoqda. GMAT-dan o'tishingiz

mumkin bo'lgan markazlar butun dunyoga tarqalgan va abituriyentlar uchun butun yil

davomida ochiqdir. GMAT xususiyatlari quydagilardan iborat: nutq, yozuv va

matematik ko'nikmalarni tekshiradigan umumiy ta'lim testi. Qiyinchilik shundaki, test

ingliz tilida topshiriladi va shuning uchun ingliz tilini yuqori darajada bilishni talab

qiladi. GMAT menejmentda zarur bo'lgan ko'nikmalarni sinab ko'rish uchun

mo'ljallangan. Biroq, bu maxsus bilimlarni talab qilmaydi va tor mutaxassislik sohalarini

qamrab olmaydi.GMAT testining o'ziga xos xususiyati shundaki, uning natijalari

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 598 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

yordamida inson salohiyatini aniqlash, biznes maktabida o'qish jarayonida uning muvaffaqiyatini taxmin qilish mumkin.

XULOSA

Jadallashib borayotgan bu muhim bir davrda davlatning ta'lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish uning kelajagini yanada mustahkamlash va metindek poydevor qurib borish bilan barobar hisoblanadi. Bundan xalqaro baholash dasturlaning o'ziga xosliklari va sinovlardan o'tib yuqori natijalarga erishi bu tizimning butun dunyo mamalakatlari o'z ta'lim tizimlarida qo'llashi uning ahamiyati naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

ВМТ Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqidan. 2017.22-sentabr

2. "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori.

3.WWW.CHISTENKOESCHOOL.RU

4. The GMAT Exam Advantage". The Official GMAT Web Site.

5. "GMAC Statistics". gmac.com. Archived from the original on May 4, 2012.

6. "GMAT™ Accepting Universities & Schools". Graduate Management Admission Council. Retrieved July 19, 2019.

7. "The GMAT Advantage". Archived from the original on July 15, 2013. Retrieved June 6, 2012.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.