Научная статья на тему 'CHET TILLARNI O‘QITISHDA VIDEO MATERIALLARDAN FOYDALANISH'

CHET TILLARNI O‘QITISHDA VIDEO MATERIALLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim jarayoni / texnik vositalar / video va audio materiallar / tinglab-tushunish / dars samaradorligi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Botirbekova Gulchexra Abdumutalovna

Barchaga ma’lumki, ta’lim jarayoniga texnik vositalarni jalb qilish dars samaradorligiga erishishning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chet tillarni o‘qitishda video materiallardan foydalanish, talabalarga tilni til tashuvchilardan tinglash orqali o‘zlashtirishga yordam beradi va video tomosha qilish vaqtida ular tilni nafaqat lingvistik, balki paralingvistik ma’lumotlar orqali qabul qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, chet tilini o‘zlashtirishni osonlashtiradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARNI O‘QITISHDA VIDEO MATERIALLARDAN FOYDALANISH»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

CHET TILLARNI O'QITISHDA VIDEO MATERIALLARDAN

FOYDALANISH

Botirbekova Gulchexra Abdumutalovna

Kata o'qituvchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavxar ko'chasi 1, Toshkent 100149, O'zbekiston, tugmacha@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.13148519

Annotatsiya. Barchaga ma'lumki, ta'lim jarayoniga texnik vositalarni jalb qilish dars samaradorligiga erishishning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chet tillarni o'qitishda video materiallardan foydalanish, talabalarga tilni til tashuvchilardan tinglash orqali o'zlashtirishga yordam beradi va video tomosha qilish vaqtida ular tilni nafaqat lingvistik, balki paralingvistik ma'lumotlar orqali qabul qiladi. Bu esa, o'z navbatida, chet tilini o'zlashtirishni osonlashtiradi

.Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, texnik vositalar, video va audio materiallar, tinglab-tushunish, dars samaradorligi..

1 KIRISH

Taraqqiyot juda tez rivojlanayotgan bir vaqtda, zamonaviy bilimlar sari keng yo'l ochish, ta'limni rivojlantirishda texnik vositalardan unumli foydalanish bugunning talabiga aylandi. Oliy o'quv yurtlarida chet tillarini texnik vositalar muhitida o'qitishda dars samarasi va sifati, albatta, talabalarning dars vaqtidagi faolligiga, darsning jonli, qiziqarli tashkil qilinganligiga va ushbu texnik vositalar muxitidan foydalanib, ko'proq darslardagi ochiq muloqotning o'tkazilishiga bog'liq ekanligi sir emas. Ayni vaqtda, chet tillini texnik vositalar muhitida o'qitish samarali dars o'tishning asosiy mezonidir. Chunki, bu, talabalarning chet tilini o'rganish qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning til o'rganishga qiziqishlarini kuchaytirish, talabalar xotirasini mustaxkamlash, ularda o'z bilimiga ishonch kabi ko'nikmalarning shakllanishi va rivojlanib borishiga hizmat qiladi.

Bugungi kunda, zamonaviy o'quv yurtlarida chet tilini o'rgatish jarayonlarida texnik vositalardan keng foydalanilmoqda. Texnik vositalar: proyektor, noutbuk, kodoskop, televizor, videomagnitafon, audioaktiv va audiopassiv lingofon xonalarining uskunalari; nurli va tovushli texnik vositalar axborotni ko'rib qabul qilishda, talaffuzni o'rganishda katta imkoniyat yaratadi.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Chet tili o'qituvchilari o'rgatilayotgan tilni talabalarga yanada mustahkamroq singdirishlariga qulay muhit yaratishlari uchun bunday texnik vositalari va ko'rgazmali qurollarga murojaat etishlari maqsadga muvofiqligi bugungi kunda o'z isbotini topgani barchaga ma'lum. Shubxasiz, ushbu vositalardan mohirona foydalanish talabalarning qiziqishlarini oshirib, ularga mavzuni teranroq anglashlariga imkon yaratadi. Biroq, bu vositalar ichki ahamiyatga ega emas, ya'ni ularning vosita sifatidagi ahamiyati asosan ta'lim jarayonida qo'llanilishi bilan chambarchas bog'liqligini doimo yodda tutish lozim (D.Brene, Ingliz og'zaki nutqini o'rgatish (Teaching oral English), Longman

Grupp, Esseks, 1984). Texnik vositalarning vazifasi esa, ta'lim jarayonining samarali bo'lishini ta'minlashdan iborat.

Darslarda texnik vositalar yordamida videodan foydalanishning bir qator afzalliklari mavjud bo'lib, ulardan eng asosiysi, tugal fikrni o'zida mujassam etgan vaziyatlarni talabalarga namoyish etish bilan ifodalanadi. Shuningdek, video qaxramonlariga tegishli ma'lumotlar, ya'ni ularning yoshi, jinsi, o'zaro munosabati, ijtimoiy holati, kiyinish uslubi va h. ham ko'rish, ham eshitish orqali o'zlashtiriladi. Bundan tashqari, paralingvistik ma'lumotlar, ya'ni qo'l harakati, yuz ifodasi va ish-harakat sodir bo'layotgan shart-sharoitni ham osonlikcha anglash mumkinligi, tilni egallash jarayonini ancha yengillashtiradi. Videolardan darslarda foydalanishning yana bir ijobiy tomoni shundaki, talabalarning jonli, tabiiy tilni o'ziga hos jixatlari bilan tinglash imkoniyatiga ega bo'ladi. 3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Ma'lumki, xorijiy tillarni o'rganuvchilar, odatda, tili o'rganilayotgan insonlar nutqini nisbatan kamroq tinglaganliklari uchun tabiiy sharoitlarda ma'lum muammolarga duch kelishadi. Shuning uchun ham, videolar tilni alohida-alohida holatlarda emas, aksincha, to'liqligicha ma'lum sharoitda ifoda etganliklari uchun tinglab-tushunish malakasini rivojlantirishda muhim axamiyat kasb etadi.

Kentuki shtatining ma'rifiy studiyasi a'zosi Milli Fenzining ta'kidlashicha, o'qituvchilar video darslarini uch qismda tashkil etishlari lozim. Mazkur qismlar asosan namoishdan avvalgi (pre-viewing), namoish davomidagi (viewing) va namoishdan keyingi (post-viewing) faoliyatlarini o'zida mujassam etadi. Quyida mazkur fikrga oid bir misol keltirmoqchimiz:

Pre-viewing. Talabalar ko'rishi rejalashtirilgan videoga tayyorlanadi. YA'ni, ularga videoga aloqador bir qancha savollar bilan murojaat etish mumkin. Masalan:

a. Do you like music?

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

b. What is your favorite group?

So'ng, talabalar video bilan tanishtiriladi: "Hozir Angliyaning butun dunyoga mashxur musiqiy guruhi haqida video tomosha qilamiz".

Viewing. Video namoish etiladi. Bunda besh-o'n daqiqalik video namoishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki, mustaxkamlash bosqichda turli mashq va vazifalarni bajarish orqali, namoish xatto, bir soatga ham cho'zilishi mumkin. Shuning uchun, talabalarga dars davomida uzoq vaqt video ko'rsatish tavsiya etilmaydi.

1. Post-viewing. Namoishdan so'ng, ko'rilgan video yuzasidan turli mashqlar bajarish mumkin. Masalan,

2. savollar berish:

c. When was the Beatles' last concert?

d. Who came and stopped the concert?

2. talabalar bilan yangi so'zlar ustida ishlash:

a. Soon there was a large crowd.

b. The Beatles realize their first song Love me

Do.

3. ko'p ishlatilgan birikmalar, iboralar va jargon so'zlarga alohida e'tibor qaratish lozim. Chunki ular og'zaki nutqda tez-tez uchraganligi sabab, talabalar uchun tinglab tushunish malakalarini rivojlantirishda muhim axamiyat kasb etadi.

4. alohida so'zlar talaffuziga e'tibor berish: heard, Saville Row, crowd, public,

5. video matni yoki dialogining yozma matni ayrim so'zlari tushirib qoldirilgan holda kartochkalar sifatida tarqitilib, talabalardan ularni to'ldirish so'raladi:

a. The Beatles' last_was in January.

b. The Beatles weren't good _ at the

time.

6. videoning ma'lum qismi ko'rilgach, uni to'xtatib, talabalarga muxokamaga sabab bo'luvchi hamda ularni mantiqiy fikrlashga undovchi bir qancha savollar berish ham mumkin.

Namoishdan keyingi (post-viewing) faoliyat mavzuni mustaxkamlash qismi bo'lib, unda berilgan mashqlarni bajarish davomida videoni bir necha bor takroran ko'rish tinglab tushunishni rivojlantirishga yordam beradi.

Shuningdek, yuqorida berilgan bu texnologiyani nafaqat video uchun, balki audio darslar uchun ham qo'llash mumkin. 4 TAHLIL VA NATIJALAR Ko'plab olimlar tomonidan chet tilini o'qitishda samarali natijaga erishishni ko'zda tutgan turli xil metod va vositalartaklif qilinadi. Albatta ulardan foydalanish darsning qiziqarli bo'lishi, rangbarangligini oshirishi uchun hizmat qiladi. Chet tili darslarida video materiallardan foydalanish ham shular jumlasidandir.

www.in-academy.uz

Mashg'ulotlarda video darslardan foydalanishni reja qilgan o'qituvchi albatta, materialni auditoriya bilim darajasi, psixologiyasi va yoshini inobatga olgan holda tanlashi lozim. Mavzu ham iloji boricha zamon talabidan kelib chiqqan holda, uquvchining e'tiborini tortishi kerak. Mos material tanlangandan so'ng, unga oid mashqlar ishlab chiqiladi. Darsda video materialdan foydalanishdan avval texnik vosital sozligini ham tekshirish maqsadga muvofiqdir. HULOSA

Hulosa qilib aytganda, dars davomida qanday texnik vositalardan foydalanish o'qituvchining hohishi, tanlovi, mahorati va, albatta, imkoniyatiga bog'liq. Ulardan o'z o'rnida va o'z vaqtida mohirona foydalanish chet tili o'qitish darslarida samarali natijaga erishishga imkon yaratibgina qolmay, talabalarda darsga bo'lgan qiziqishning ortishiga ham sabab bo'ladi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] Tojiyev M., Salaxutdinov R, Barakayev M., Abdalova S. Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari. Toshkent, 2001.

[2] Avliyakulov N.X., Zamonaviy o'qitish texnologiyalari. Toshkent, 2001.

[3] McInnerney, J., and T.S.Robert. 2004. Collaborative or cooperative learning?

[4] Shukin A.N. "Teaching foreign languages: theory and practices" 2004, p 416

[5] Rapatsevich, YE.S. Pedagogika. Bolshaya sovremennaya ensiklopediya/YE.S. Rapatsevich. - Minsk: Sovremennoye slovo. - 2005

[6] Pedagogika №4, 2004: Periodicheskoye izdaniye / V.S Lazarev, B.P Martirosyan. - Pedagogicheskaya innovatika: obyekt, predmet i osnovniye ponyatiya - S. 12-14.

[7] Professionalnoye obrazovaniye №7 2006: Periodicheskoye izdaniye / V.D. Larina - Model innovatsionnoy deyatelnosti uchrejdeniya profobrazovaniya -C.5.

[8] Sharipova S.B., Kodirov B.E. "The role of vocabulary in developing the communicative competence" Academic research in educational sciences 2 (1), 50-54, 2021

[9] Botirbekova G.A. "Effective methods for foreign language teaching" Yevroaziyskiy jurnal sotsialnix nauk, filosofii i kulturi 3 (1), 81-85, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.