Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O‘QITISH BO‘YICHA PSIXOLOGIYA SOHASINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI'

CHET TILLARINI O‘QITISH BO‘YICHA PSIXOLOGIYA SOHASINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
27
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixologiya / chet tillar / o’qitish metodikasi / o’qituvchilar / xorijiy til / ingiliz tili.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Alimova Umida Raxmatillayevna, Darobov Raxmonjon Ravshan O’G’Li, Muhiddinova Mamlakat Nabi Qizi

Ushbu maqolada chet tillarni o’qitishning zamonaviy psixologik usullari, yondoshuvlar va ko’rsatmalari keltirib o’tilgan. Chet tillarini o’rganish bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining mohiyati hamda chet tillarini o’rganish samaradorligini oshirishning psixologik tomonlari keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O‘QITISH BO‘YICHA PSIXOLOGIYA SOHASINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI»

5. Д-р Джозеф, К. (1998). Психология изучения языка. Нью-Дели: издательство Discovery.

6. Burkhanovna K. D., Alisherovich M. R., Ugli N. B. U. Communication as the main source of personality development //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №№. 5. - С. 75-80.

7. Nosirovich, A. N., & Umarovich, N. B. (2022). CYBERSPACE IN THE REAL WORLD. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 7(10), 410-414.

8. Murotmusayev, Komiljon, and Bexruz Nizomov. "Internet tarmog'ida yolg'izlik va psixik jarayonlar." Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va i&iqbollar 1.1 (2022): 457-460.

9. Fayzullayeva, Gulrux. "Oilada muloqotchanlikka kirishishning psixologik jihatlari." Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va i&iqbollar 1.1 (2022): 469-471.

CHET TILLARINI O'QITISH BO'YICHA PSIXOLOGIYA SOHASINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Alimova Umida Raxmatillayevna

TDPU Amaliy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Darobov Raxmonjon Ravshan o'g'li TDPU Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 3-kurs talabasi

Muhiddinova Mamlakat Nabi qizi

Amaliy psixologiya yo'nalishi 3-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada chet tillarni o'qitishning zamonaviy psixologik usullari, yondoshuvlar va ko'rsatmalari keltirib o 'tilgan. Chet tillarini o'rganish bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining mohiyati hamda chet tillarini o'rganish samaradorligini oshirishning psixologik tomonlari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: psixologiya, chet tillar, o'qitish metodikasi, o'qituvchilar, xorijiy til, ingiliz tili.

Аннотация: В данной статье представлены современные психологические методы, подходы и инструкции по обучению иностранным языкам. Упомянуты сущность научно-исследовательской работы по изучению иностранных языков и психологические аспекты повышения эффективности изучения иностранных языков.

Ключевые слова: психология, иностранные языки, методика обучения, учителя, иностранный язык, английский язык.

Ab&ract: This article discusses modern psychological methods, approaches and guidelines for teaching foreign languages. The essence of the research work on the tiudy offoreign languages and the psychological aspects of improving the effectiveness of the tiudy of foreign languages are presented.

- 215 -

Keywords: psychology, foreign languages, teaching methods, teachers, foreign language, English.

Pedagogik psixologiyaning rivojlanish yillari davomida chet tilini o'rgatish va o'zlashtirish bo'yicha olib borilgan psixologik tadqiqotlar shuni ko 'rsatadiki ona tili kabi chet tilini ham o'zlashtirish nafaqat mutaxassis o'qituvchi va metodi&lar, balki psixologlarning ham doimo diqqat markazida bo'lib kelgan. Chet tilini o'qitish metodikasi muammosi emas, balki nutq va grammatik-sintaktik tajribani o'zlashtirishning psixologik mexanizmlaridan to'g'ri foydalanish, tilshunoslikni adekvat o'zlashtirish va izohlash muammosidir.

Chet tillarini o'rganish muammosi bo'yicha ko'pgina olimlar psixologik tadqiqotlar olib borganlar jumladan K.D.Ushinskiy, P.F.Kapterev, A.P.Nechaev, L.S.Vygotskiy, K.N.Kornilov, N.D.Levitov, A.N.Leontiyev, S.L.Rubinshteyn, D.N. Uznadze va boshqa mutafakkir olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Hozirgi kunda yurtimizda chet tillarini o'qitish samaradorligini yanada oshirish bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda jumladan O'zbeki&on Respublikasi Prezidentining "O'zbeki&on Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, xorijiy ta'limda xorijiy tillarni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlarini va ularga nisbatan psixologik yondashuvlarni hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda mutaxassislarning hamkorligida zarur o'quv adabiyotlari, o'quv-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birga, xorijiy til o'qituvchilari aynan xorijiy til o'quvchilarining psixologik xususiyatlariga e'tibor berib borishlari ta'lim sifati va samaradorligini oshirishning zarur sharti hisoblanadi. Xorijiy ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan bugungi kunda o'qituvchilardan bir qancha muhim vazifalarni bajarish talab etiladi.

Til o'rganishning va uni o'rgatishning psixologik o'ziga xosligi chet tilidagi matnni idrok etish, chet tilidagi so'zlarni xotirada saqlash bilan xorijiy til o'quvchilari chet tilini o'zlashtirishijarayonida ularning o'zga tildagi tafakkuri kengayib borishini ta'minlashning psixologik jihatlarini bilishni talab qiladi. O'qituvchi xorijiy til o'quvchilarining rivojlanishiga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni o'rganishi, o'quvchilar aqliy taraqqiyotining psixologik qonuniyatlaridan xabardor bo'lishi, o'quvchining psixologik taraqqiyotiga faol ta'sir qiluvchi omillarni o'rganishi ular bilan bo'ladigan munosabatlar uchun zarur psixologik ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Xorijiy til o'quvchisining chet tilida mu&aqil, erkin fikrlash doirasini kengaytirish ular bilan suhbatlarni to'g'ri tashkil eta olishga ham bog'liq. O'quvchi yoshlar maktab bilan birga o'z hayoti o'rtasidagi bog'liqlikning psixologik jihatlarini anglashi lozim. Bugungi kunda o'quvchi maktabda chet tili darslarini o'zlashtira olmayotgan holatlarni ushbu masala bilan bog'liq bir qator muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Bola ilk bor maktabga borib, si&ematik ravishda aqliy mehnat bilan shug'ullanishni boshlaganida kattalarning, ota-onalari va ko'proq ituvchilarining yordamiga muhtoj bo'ladi.

Xorijiy til o'qituvchilari chet tilini o'rgatish darslarida xorijiy tillarni o'qitishga bo'lgan zamonaviy psixologik yondashuvlarni to'g'ri tashkil etishlari lozim. Ular chet

tilini o'rgatish bo'yicha pedagogik mahorati va kasbiy kompetentlik darajasini oshirish yuzasidan o'z pedagogik faoliyatlariga innovatsiyalarni tatbiq etishning samarali shakllarini, didaktik vositalar va elektron o'quv materiallarini yaratish texnologiyalarini bilishlari hamda ulardan ta'lim jarayonida foydalanishlari o'quvchilarning xorijiy tillarni o'rganishi sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Xorijiy til o'qituvchilari ingliz tilini o'rgatishda psixologik mashqlarni to'g'ri qo'llay olishlari lozim. Xorijiy til o'quvchilarning tilni o'zlashtirishdagi hadiksirashi, chalg'ishi va charchashini yotishga hamda salbiy o'zgarishlarning oldini olishga qaratilgan psixogimna^ika mashg'ulotlarini ham o'z vaqtida qo'llay olishi o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liq. Dars jarayonida bolaning psixik jarayonlari - diqqati, fikrlashi, idroki, tasavvuri, xotirasi va ta'lim olishga qiziqishlari o'yinlar yordamida rivojlantiriladi.

Guruhli o'yinlardan foydalanish muloqot ko'nikmalari, bir-birini o'zaro tushunish, sherikchilik, o'zaro mas'uliyatni sezish kabi xislatlarni rivojlantirishga ham yordam beradi. Xorijiy tillardan ingliz tilini o'rgatishda o'qituvchi emotsional-hissiy birlikni shakllantirish bilan qisqa psixogimna^ika mashqlarini tashkil etishini ko'rib chiqamiz. Ingliz daqiqa, ya'ni English minut mashqini bajarishda uni faqat takrorlash bilan mashq qilish kerak emas. O'qituvchi "Men baxtliman", iborasini o'rgatayotganida o'quvchilar o'zlarining baxtliliklarini his qilishlariga erishishga e'tibor berishi kerak.

• I am happy - Men baxtliman deganda o'quvchi ikki qo'lini ozgina ko'tarib, baxtli bo'lgan kayfiyatini namoyon qilishi kerak.

• I am cheerful - Men tetikman deganda o'quvchilar qo'lining ikki bosh barmog'ini ko'rsatishi.

• I am merry - Men quvnoqman deganda o'quvchilar boshlarini ikki tomonga qimirlatishlari ularda ijobiy emotsionallikni shakllantirib boradi.

Xorijiy til, ingliz tili darslarida ijodiy ko'tarinkilik muhitini vujudga keltirish o'quvchining qiziqishini, bilish jarayonini, nutqi, shaxslararo munosabatlari, ijtimoiy moslashuv malakalarini rivojlantirib boradi. Ushbu jihatlar o'qituvchi tomonidan tashxis etiladi va sifat o'zgarishlar dinamikasi tahlil etib boriladi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib psixolog olim A.K.Shamshetovaning ilmiy maqolalaridan foydalanilgan holda xulosa qilish mumkinki, xorijiy til o'qituvchilari ingliz tilini o'rgatishda o'quvchining psixologik individual xususiyatlarini hisobga olib va ularga mos keladigan ikki yoki besh daqiqali ingliz tilida kayfiyatni ko'taruvchi psixogimna^ika mashqlarini to'g'ri tashkil etib borishlari dars samaradorligini oshiribgina qolmay, o'quvchilarda pozitiv emotsional munosabatlarni ham shakllantirib borishiga e'tibor qaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. -Toshkent. 2007.1-2 -kitob

2.Миролюбов А.А. История отечественной методики обучения иностранным языкам. - М.: Ступени, 2002

3. Гальскова Н.Д. Современная методика обучения иностранным языкам: -М.: Глосса, Москва, 2000

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.