Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O’QITISH PSIXOLOGIYASI ZAMAMONAVIY YONDASHUVLAR VA KO’RSATMALAR'

CHET TILLARINI O’QITISH PSIXOLOGIYASI ZAMAMONAVIY YONDASHUVLAR VA KO’RSATMALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
360
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixologiya / chet tillar / o’qitish metodikasi / o’qituvchilar / xorijiy til / ingiliz tili. / psychology / foreign languages / teaching methods / teachers / foreign language / English.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sharifjon Tolqin Ogli Abdurahmonov

Ushbu maqolada chet tillarni o’qitishning zamonaviy psixologik usullari, yondoshuvlar va ko’rsatmalari keltirib o’tilgan. Chet tillarini o’rganish bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining mohiyati hamda chet tillarini o’rganish samaradorligini oshirishning psixologik tomonlari keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGY OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING MODERN APPROACHES AND INSTRUCTIONS

This article discusses modern psychological methods, approaches and guidelines for teaching foreign languages. The essence of the research work on the study of foreign languages and the psychological aspects of improving the effectiveness of the study of foreign languages are presented.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O’QITISH PSIXOLOGIYASI ZAMAMONAVIY YONDASHUVLAR VA KO’RSATMALAR»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2022

CHET TILLARINI O'QITISH PSIXOLOGIYASI ZAMAMONAVIY YONDASHUVLAR VA KO'RSATMALAR

Sharifjon To'lqin o'g'li Abdurahmonov

Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada chet tillarni o'qitishning zamonaviy psixologik usullari, yondoshuvlar va ko'rsatmalari keltirib o'tilgan. Chet tillarini o'rganish bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining mohiyati hamda chet tillarini o'rganish samaradorligini oshirishning psixologik tomonlari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: psixologiya, chet tillar, o'qitish metodikasi, o'qituvchilar, xorijiy til, ingiliz tili.

PSYCHOLOGY OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING MODERN APPROACHES AND INSTRUCTIONS

ABSTRACT

This article discusses modern psychological methods, approaches and guidelines for teaching foreign languages. The essence of the research work on the study of foreign languages and the psychological aspects of improving the effectiveness of the study of foreign languages are presented.

Keywords: psychology, foreign languages, teaching methods, teachers, foreign language, English.

KIRISH

Pedagogik psixologiyaning rivojlanish yillari davomida chet tilini o'rgatish va o'zlashtirish bo'yicha olib borilgan psixologik tadqiqotlar shuni ko 'rsatadiki ona tili kabi chet tilini ham o'zlashtirish nafaqat mutaxassis o'qituvchi va metodistlar, balki psixologlarning ham doimo diqqat markazida bo'lib kelgan. Chet tilini o'qitish metodikasi muammosi emas, balki nutq va grammatik-sintaktik tajribani o'zlashtirishning psixologik mexanizmlaridan to'g'ri foydalanish, tilshunoslikni adekvat o'zlashtirish va izohlash muammosidir.

ASOSIY QISM

Chet tillarini o'rganish muammosi bo'yicha ko'pgina olimlar psixologik tadqiqotlar olib borganlar jumladan K.D.Ushinskiy, P.F.Kapterev, A.P.Nechaev,

198

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2022

L.S.Vygotskiy, K.N.Kornilov, N.D.Levitov, A.N.Leontiyev, S.L.Rubinshteyn, D.N. Uznadze va boshqa mutafakkir olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar.

Hozirgi kunda yurtimizda chet tillarini o'qitish samaradorligini yanada oshirish bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, xorijiy ta'limda xorijiy tillarni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlarini va ularga nisbatan psixologik yondashuvlarni hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda mutaxassislarning hamkorligida zarur o'quv adabiyotlari, o'quv-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birga, xorijiy til o'qituvchilari aynan xorijiy til o'quvchilarining psixologik xususiyatlariga e'tibor berib borishlari ta'lim sifati va samaradorligini oshirishning zarur sharti hisoblanadi. Xorijiy ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan bugungi kunda o'qituvchilardan bir qancha muhim vazifalarni bajarish talab etiladi.

Til o'rganishning va uni o'rgatishning psixologik o'ziga xosligi chet tilidagi matnni idrok etish, chet tilidagi so'zlarni xotirada saqlash bilan xorijiy til o'quvchilari chet tilini o'zlashtirishi jarayonida ularning o'zga tildagi tafakkuri kengayib borishini ta'minlashning psixologik jihatlarini bilishni talab qiladi. O'qituvchi xorijiy til o'quvchilarining rivojlanishiga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni o'rganishi, o'quvchilar aqliy taraqqiyotining psixologik qonuniyatlaridan xabardor bo'lishi, o'quvchining psixologik taraqqiyotiga faol ta'sir qiluvchi omillarni o'rganishi ular bilan bo'ladigan munosabatlar uchun zarur psixologik ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Xorijiy til o'quvchisining chet tilida mustaqil, erkin fikrlash doirasini kengaytirish ular bilan suhbatlarni to'g'ri tashkil eta olishga ham bog'liq. O'quvchi yoshlar maktab bilan birga o'z hayoti o'rtasidagi bog'liqlikning psixologik jihatlarini anglashi lozim. Bugungi kunda o'quvchi maktabda chet tili darslarini o'zlashtira olmayotgan holatlarni ushbu masala bilan bog'liq bir qator muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Bola ilk bor maktabga borib, sistematik ravishda aqliy mehnat bilan shug'ullanishni boshlaganida kattalarning, ota-onalari va ko'proq ituvchilarining yordamiga muhtoj bo'ladi.

Xorijiy til o'qituvchilari chet tilini o'rgatish darslarida xorijiy tillarni o'qitishga bo'lgan zamonaviy psixologik yondashuvlarni to'g'ri tashkil etishlari lozim. Ular chet tilini o'rgatish bo'yicha pedagogik mahorati va kasbiy kompetentlik darajasini oshirish yuzasidan o'z pedagogik faoliyatlariga innovatsiyalarni tatbiq etishning samarali shakllarini, didaktik vositalar va elektron o'quv materiallarini yaratish texnologiyalarini bilishlari hamda ulardan ta'lim jarayonida foydalanishlari o'quvchilarning xorijiy tillarni o'rganishi sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Xorijiy til o'qituvchilari ingliz tilini o'rgatishda psixologik mashqlarni to'g'ri qo'llay olishlari lozim. Xorijiy til

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2022

o'quvchilarning tilni o'zlashtirishdagi hadiksirashi, chalg'ishi va charchashini yotishga hamda salbiy o'zgarishlarning oldini olishga qaratilgan psixogimnastika mashg'ulotlarini ham o'z vaqtida qo'llay olishi o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liq. Dars jarayonida bolaning psixik jarayonlari - diqqati, fikrlashi, idroki, tasavvuri, xotirasi va ta'lim olishga qiziqishlari o'yinlar yordamida rivojlantiriladi.

Guruhli o'yinlardan foydalanish muloqot ko'nikmalari, bir-birini o'zaro tushunish, sherikchilik, o'zaro mas'uliyatni sezish kabi xislatlarni rivojlantirishga ham yordam beradi. Xorijiy tillardan ingliz tilini o'rgatishda o'qituvchi emotsional-hissiy birlikni shakllantirish bilan qisqa psixogimnastika mashqlarini tashkil etishini ko'rib chiqamiz. Ingliz daqiqa, ya'ni English minut mashqini bajarishda uni faqat takrorlash bilan mashq qilish kerak emas. O'qituvchi "Men baxtliman", iborasini o'rgatayotganida o'quvchilar o'zlarining baxtliliklarini his qilishlariga erishishga e'tibor berishi kerak.

• I am happy - Men baxtliman deganda o'quvchi ikki qo'lini ozgina ko'tarib, baxtli bo'lgan kayfiyatini namoyon qilishi kerak.

• I am cheerful - Men tetikman deganda o'quvchilar qo'lining ikki bosh barmog'ini ko'rsatishi.

• I am merry - Men quvnoqman deganda o'quvchilar boshlarini ikki tomonga qimirlatishlari ularda ijobiy emotsionallikni shakllantirib boradi.

Xorijiy til, ingliz tili darslarida ijodiy ko'tarinkilik muhitini vujudga keltirish o'quvchining qiziqishini, bilish jarayonini, nutqi, shaxslararo munosabatlari, ijtimoiy moslashuv malakalarini rivojlantirib boradi. Ushbu jihatlar o'qituvchi tomonidan tashxis etiladi va sifat o'zgarishlar dinamikasi tahlil etib boriladi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib psixolog olim A.K.Shamshetovaning ilmiy maqolalaridan foydalanilgan holda xulosa qilish mumkinki, xorijiy til o'qituvchilari ingliz tilini o'rgatishda o'quvchining psixologik individual xususiyatlarini hisobga olib va ularga mos keladigan ikki yoki besh daqiqali ingliz tilida kayfiyatni ko'taruvchi psixogimnastika mashqlarini to'g'ri tashkil etib borishlari dars samaradorligini oshiribgina qolmay, o'quvchilarda pozitiv emotsional munosabatlarni ham shakllantirib borishiga e'tibor qaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob

2. Миролюбов А.А., История отечественной методики обучения иностранным языкам. - М.: Ступени, 2002

3. Гальскова Н.Д. Современная методика обучения иностранным языкам: М.: Глосса, Москва, 2000

XULOSA

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2022

4. www.lex.uz

5. www.hozir.org

201

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.