Научная статья на тему 'CHET TILLARI, LOTIN TILI VA TERMINOLOGIYA ASOSLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI'

CHET TILLARI, LOTIN TILI VA TERMINOLOGIYA ASOSLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lotin tili / atamashunoslik / o’qitish metodikasi / chet tillari / dolzarb muammolar / yechim / Latin language / terminology / teaching methods / foreign languages / current problems / solutions

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Lola Sabitovna Sayfullayeva

Ushbu maqolada chet va lotin tillari va shuningdek terminologiyani o’qitishdagi dolzarb muammolar va unga yechimlar keltirib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, current problems and solutions in teaching foreign and Latin languages, as well as terminology, are presented.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARI, LOTIN TILI VA TERMINOLOGIYA ASOSLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

CHET TILLARI, LOTIN TILI VA TERMINOLOGIYA ASOSLARINI O'QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Lola Sabitovna Sayfullayeva

Toshkent davlat stomatologiya instituti, Lotin tili va xorijiy tillar kafedrasi assistenti

asatullaev 1991 @gmail .com

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada chet va lotin tillari va shuningdek terminologiyani o'qitishdagi dolzarb muammolar va unga yechimlar keltirib o'tiladi.

Kalit so'zlar: lotin tili, atamashunoslik, o'qitish metodikasi, chet tillari, dolzarb muammolar, yechim.

ABSTRACT:

In this article, current problems and solutions in teaching foreign and Latin languages, as well as terminology, are presented.

Keywords: Latin language, terminology, teaching methods, foreign languages, current problems, solutions.

АННОТАЦИЯ:

В данной статье рассматриваются актуальные проблемы и решения в области преподавания иностранных и латинского языков, а также терминология.

Ключевые слова: латинский язык, терминология, методика преподавания, иностранные языки, актуальные проблемы, решения.

Hozirgi globallashib borayotgan zamonda tillarni o'rganishga bo'lgan talab yanada ortib bormoqda. Dunyoning ayrim mamalakatlarida bolalarga erta yoshdan chet tilini, xususan, ingliz tilini o'rgatish davr talabi hisoblanmoqda. Biroq, shu o'rinda turli sohalarda, ayniqsa tibbiyot sohasida lotin tilini va shuningdek terminalogiyani ham o'rgatish tibbiyot sohasiga qiziquvchilar uchun samarali natijalarga olib kelmoqda. Biroq, chet va lotin tillarini shuningdek terminologiyani o'qitishda o'qituvchilar ba'zi bir muammolarga dush kelishmoqda. Quyida ushbu sohadagi dolzarb muammolar va ularga misollari keltirilgan:

O'quvchilar orasida motivatsiyaning yetishmasligi. Asosiy muammolardan biri o'quvchilar orasida motivatsiyaning yo'qligidir. Ba'zi bir o'quvchilarda orasida

531

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

tillarni, xususan chet va lotin tillarni o'rganishda qiziqish yo'qdir. Shu sababli, o'qituvchilar o'quvchilarni o'rganish va rivojlanishini davom ettirishga undash yo'llarini topishlari kerak. Masalan, ularga lotin tilini o'rganishi orqali qanday imkoniyatlarga ega bo'lishlarni aytib o'tishi mumkin. Garchi o'lik til bo'lsa-da, tilshunoslkkda va tibiyotdagi juda ko'plab tilsimlar aynan lotin tili orqali yechilgan.

O'qitish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan yetarli darajada foydalanilmayotganligi: Interfaol dasturlar, onlayn kurslar, mobil ilovalar va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o'quv jarayonini sezilarli darajada boyitishi mumkin, ayniqsa ingliz tilini. Lotin tilini o'qitishda esa arxeologiya, tarix va meditsinaga oid tadqiqotchilar tomonidan olingan real va natural videolar o'rganuvchilar uchun ayni muddao bo'lishi mumkin.

Terminologiyani o'rgatishdagi qiyinchiliklar. Yana bir dolzarb muammolardan biri terminologiyani o'qitishdagi qiyinchiliklardir. Terminologiyani o'zlashtirish o'rganishning muhim qismidir, ayniqsa tibbiyot, huquq yoki texnologiya kabi maxsus bilim sohalari haqida gap ketganda. Shu sababli, o'quvchilarni h ar xil sohalarga oid terminalogiyalarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishlari uchun, o'qituvchilar o'zlarining pedagogik mahoratlarini ishlatgan holda turli xil metod va usullardan foydalanishlari zarurdir. Misol uchun, lotincha dent so'zi ingliz tilida teeth so'ziga to'g'ri keladi. Dentist va dental so'zlarining kleib chiqishi ham ayni shu so'z o'zagiga borib taqalishini tushuntirish bolalarning tez va samarali o'qishiga olib keladi.

Madaniy konteksga yetarli darajada e'tibor qaratilmayatganligi. Chet tillarini o'qitishda ushbu til qo'llaniladigan mamlakatlarning madaniyati va an'analari elementlarini kiritish juda muhim hisoblanadi. Shu sababga ko'ra, talabalarga tilni chuqurroq anglash uchun nafaqat tilni, balki madaniy jihatlarini ham o'rgatish zarur. Til xalq madaniyatining in'ikosidir va uning madaniyatini tushunmasdan turib, to'liq o'rganish mumkin emas, chunki faqat shaklni o'zlashtirish kommunikatsiya jarayonida muvaffaqiyatsizlikka va ba'zan ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. [Lesoxina. A. M. 2012. 13-15]. Misol uchun, Lotin tilini o'qitish jarayonida qadimgi Rim davlatining madaniyatini tushuntirish bunda ulkan ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

Sinfda o'quvchilar sonining ko'pligi. Keyingi dolzarb muammolardan biri sinfdagi talabalar sonining ko'pligidir. Bu esa o'qituvchilar uchun ma'lum bir miqdorda stressni keltirib chiqaradi, chunki ko'p sonli o'quvchilarni o'qitish uchun o'qituvchilardan ko'proq kuch va mehnat talab qilinadi. Ular sinf o'quvchilarini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Shuning uchun, tibbiyot

532

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

oliygohi talabalari o'rganish jarayonida guruhlar sonini ko'paytirib, ulardagi bola sonini kamaytirish va har bir talabaga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir.

Kommunikativ ko'nikmalarga e'tiborning yetishmasligi. Tilni o'rganish nafaqat grammatika va lug'atni o'zlashtirishni, balki nutq, tinglash, o'qish va yozish kabi amaliy kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishga ham qaratilishi kerak. Ushbu jarayon aynan ingliz tilini o'qitish metodikasiga mos keladi.

Lotin tiliga "O'lik tili" sifatida qaralishi. Lotin tilini o'qitishdagi asosiy muammolardan yana biri "O'lik til" sifatida hisoblanishidir. Ya'ni ushbu til hech bir aholi tomonidan ona tili sifatida so'zlashilmaydi. Bu talabalar uchun zamonaviy kontekstda lotin tilini o'rganishning amaliy qo'llanilishi yoki dolzarbligini ko'rishni qiyinlashtirishi mumkin. Va aynan shu jihat talabalarda motivatsiyaning yo'qolishiga olib keladi.

Lotin tilini o'qitish uchun yetarli resurslar va malakali o'qituvchilarning yetishmasligi. Yana bir muammolardan biri lotin tilini o'qitishda unga mos resurslarning soni cheklanganligidir. Shuningdek ushbu tilni o'qitish bo'yicha o'qituvchilarning yetishmasligi ham Lotin tilini samarali ravishda o'qitish uchun to'siq bo'lib qolmoqda.

Chet tillari, lotin tili va terminologiyani o'rgatishdagi ushbu dolzarb muammolarni hal qilish til ta'limi samaradorligini oshirish va talabalarni turli til va madaniy kontekstlarda muvaffaqiyatli muloqot qilishga tayyorlash imkonini beradi.

REFERENCES

1. Banks, T. (2008). Foreign Language Learning Difficulties and Teaching Strategies. California: Dominican University.

2. Rasulova, N.A. Challenges and Solutions in English Language Teaching to Students

3. J. J. Jalolov, G.T. Makhkamova, Sh.S. Ashurov. INGLIZ TILI O'QITISH METODIKASI

4. Lesoxina A. M. Formirovanie u studentov yazykovyx vuzov umenij izvlekaf lingvokurturologicheskuyu informaciyu v processe chteniya inoyazychnyx tekstov raznyx zhanrov: na materiale ispanskogo yazyka: dis. ... kand. ped. nauk. SPb., 2012. 224 s.

533

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.