Научная статья на тему 'CHET TILINI O‘RGАNISHDА TАRJIMАNING ROLI'

CHET TILINI O‘RGАNISHDА TАRJIMАNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodika / zamonaviy yondashuvlar / taʼlim va til / tarjima amaliyoti / tarjima pedagogikasi / asliyat matni / methodology / modern approaches / education and language / translation practice / translation pedagogy / original text.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muminova, Dilshodaxon Abduvaxitovna

Chet tilini oʼrganishda tarjimaning roli, til oʼrganish usuli sifatidagi samaradorligi va til oʼrganishdagi ahamiyati ulkan bo‘lib, mazkur maqolada aynan bu usulning talabalarni o‘qitishdagi ahamiyati keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF TRANSLATION IN LEARNING A FOREIGN LANGUAGE

The role of translation in learning a foreign language, its effectiveness as a language learning method, and its importance in language learning are huge, and the importance of this method in teaching students is widely covered in this article.

Текст научной работы на тему «CHET TILINI O‘RGАNISHDА TАRJIMАNING ROLI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023

CHET TILINI O'RGANISHDA TARJIMANING ROLI

Muminova Dilshodaxon Abduvaxitovna

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Dotsent v.b., filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Tel: +998997608887, e-mail: dilshodamuminova! 10@gmail.com

Chet tilini o 'rganishda tarjimaning roli, til o 'rganish usuli sifatidagi samaradorligi va til o 'rganishdagi ahamiyati ulkan bo 'lib, mazkur maqolada aynan bu usulning talabalarni o 'qitishdagi ahamiyati kengyoritilgan.

Kalit so'zlar: metodika, zamonaviy yondashuvlar, ta'lim va til, tarjima amaliyoti, tarjima pedagogikasi, asliyat matni.

The role of translation in learning a foreign language, its effectiveness as a language learning method, and its importance in language learning are huge, and the importance of this method in teaching students is widely covered in this article.

Key words: methodology, modern approaches, education and language, translation practice, translation pedagogy, original text.

Bizga ma'lumki, xorijiy tillarni o'qitish va o'rganishdagi eng samarali yondashuvlar masalasi ko'p yillar davomida muhokama qilingan va ular ustida b ir qancha tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.

XX asrning boshlarida til o'qitishning zamonaviy yondashuvlariga asos solingan va ularning rivojlanishi bugungi kunda auditoriyada qo'llaniladigan til o'qitish va o'rganish usullari uchun asos bo'lgan. Yillar davomida ko'plab til o'qitish va o'rganish borasidagi yondashuvlar o'z davrida til o'qitish metodikasida ustunlik qilib keldi. Har bir dominant usul yoki yondashuv o'zi ishlab chiqilgan muayyan davrning g'oyalari va innovatsiyalarini o'zida aks ettiradi. Jamiyatning qadriyatlari va g'oyalari o'zgara boshlagach, ta'lim va til o'rganishga oid g'oyalar ham rivojlanib boradi. Mana shunday rivojlanish davrida chet tilni o'qitish va o'rganishda tarjima ham o'ziga xos ahamiyat kasb etdi.

Chet tilni o'rganishda tarjimaning roli bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, ularda tarjimani til o'rganish usuli sifatida samaradorligi va til o'rganishdagi ahamiyati e'tirof etilgan. Jumladan J.Pim "tarjimani ikki tilda mustaqil ravishda o'qish, tinglash, gapirish va yozish bilan bir qatorda, til auditoriyasida qo'llanilishi kerak bo'lgan beshinchi ko'nikma" deb hisoblash kerakligini ta'kidlaydi. Uning

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

fikricha, agar dars jarayonida bu amaliyot amalga oshirilsa, til o'rganish mashqlarida tarjima amaliyotining qo'llanilishi tarjimani o'qitish usuli sifatida rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo'ladi. Bu, shuningdek, dars jarayonida til o'qitish va o'rganishda tarjimaning o'rni va qo'llanilishini kuchaytiradi. Aytish mumkinki, tarjima hech bir holatda auditoriyada o'qitishdan butunlay chetda qolmasligi maqsadga muavofiqdir

MUHOKAMA VA NATIJALAR

An'anaviy tarjima mashg'ulotlari mavjud yondashuvlarda eng samarali deb hisoblangan til o'rganish usullariga mos ravishda o'zgartirilishi kerak. Jumladan, kommunikativ mashqlarni tarjima bilan birgalikda bajarish tadqim etilayotgan axborotni yanada samarali bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Shu o'rinda tarjimaning asosiy mohiyatiga e'tibor qaratsak. G'. Salomov "tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayon, so'z san'ati ekanligini" ta'kidlab o'tgan. Bu fikrni mulohaza etgan holda tarjimaga so'z san'ati, deb ta'rif bersak to'g'ri bo'ladi.

Chunki, o'zga tildagi ma'lumotni o'z tilida qayta bayon etish so'z san'ati bilan bog'liq hodisadir. Tarjima - badiiy va lug'at faoliyatining o'ziga xos turi. Tarjima badiiy, ilmiy ijod kabi til, tafakkur va fantaziya bilan ish ko'radi . Q. Musaevning fikriga ko'ra, "insoniyat faoliyatining murakkab shakli bo'lmish tarjima - bir tilda yaratilgan nutqiy ifodani (matnni), uning shakli va mazmun birligini saqlagan holda, o'zga til vositalari asosida qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayondir" . Darhaqiqat, tarjima - ijod mahsulidir. Bir tildagi ijod mahsulini o'zga tilda yaratish ijodkorning ijod mahsuli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Q.Musaev fikriga qo'shilamiz.

A. Rojoning fikrining takidicha esa, "ikki til o'rtasidagi tarjima jarayoni tarjimon tomonidan biror asliyat tilidagi yozma matnni tarjima tilidagi yozma matnga, biror asliyat tilidagi og'zaki matnni boshqa tarjima tilidagi og'zaki matnga o'zgartirishdir" . M.Snel-Xornbi esa, tarjimaga "bir tilda ifodalangan axborotni boshqa tilga o'girish yoki o'sha tilning belgilarini joylashtirish jarayoni yohud harakati" deb ta'rif beradi. J.Katfordning fikricha esa "tarjima bir tildagi matn materialini boshqa tildagi matn materialining ekvivalenti bilan almashtirishdir" .

R.Bellning ta'kidlashicha "tarjima asliyat tilida ifodalangan narsaning semantik va stilistik ekvivalentligini saqlagan holda tarjima tilida ifodalashdir" .

Ye.Nayda va S.Taber "tarjima manba tilidagi ma'lumotni, birinchidan, ma'no terminlari, ikkinchidan, uslub terminlari jihatidan eng yaqin ekvivalentini tarjima tilida qayta yaratishdan iborat," jarayon deb hisoblaydi. Demak, olimlarning tarjimaga bergan tavsif va ta'riflarga yondashgan holda tarjimani quyidagicha izohlash mumkin: tarjima asliyat matnidagi og'zaki yoki yozma shakldagi har qanday

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

so'z, gap, matn va hokazolarni, asliyat va tarjima tillarining lingvistik: sintaktik, semantik, stilistik xususiyatlari hamda ekstralingvistik: lingvokulturologik, pragmatik va kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda tarjima tiliga olib o'tish jarayonidir.

K.Klaudi tarjima pedagogikasi borasida so'z ketganda "pedagogik tarjima" va "asl tarjima" o'rtasidagi farqni ko'rsatib o'tish lozim ekanligini takidlab o'tadi .

Ular o'rtasidagi farq uchta belgiga asoslanadi: tarjimaning vazifasi, ob'ekti va tarjima kimga mo'ljallanganligi. Pedagogik tarjimada tarjima jarayoni til o'rganishda muhim usul sifatida qaraladi; tarjima qilishdan maqsad o'quvchiga tillar o'rtasidagi farqlardan xabardor bo'lib, ushbu farqlarni anglay olishiga yordam berish hamda tilni bilish darajasini tekshirishdan iborat. Asl tarjimada esa tarjima qilish jarayonining maqsadi asliyat matn o'z kontekstida qanday ishlayotgan bo'lsa, tarjima matn kontekstida ham xuddi shunday ishlaydigan tarjima matnini yaratishdir.

Shuning uchun ham pedagogik va asl tarjimada tarjimaning o'rni va vazifasi juda xilma-xildir: birinchi holatda tarjima til o'rganish jarayonidagi usul bo'lsa, ikkinchi holatda esa tarjima ushbu faoliyat jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Pedagogik tarjimaning maqsadi "til o'rganuvchining tilni bilish darajasi" haqida ma'lumot olishdir va pedagogik tarjimani qabul qiluvchisi bu - o'sha ma'lumotga harihoh bo'lgan til o'qituvchisi yoki imtihon oluvchisidir. Asl tarjimaning maqsadi esa "manba matnida mavjud bo'lgan voqelik haqidagi ma'lumot" va bu ma'lumotni turli tillarda so'zlashuvchilarga yetkazish bo'lib, qabul qiluvchi esa "voqelik haqida ma'lumot olishni istaydigan tarjima tili o'quvchisi" hisoblanadi. A. Vermes to'g'ri takidlaganidek: "pedagogik tarjimada asosiy e'tibor tilga, professional tarjimada esa tilning mazmuniga qaratiladi" Bundan tashqari, pedagogik tarjimalar odatda talabalarning til ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida ularning til bilimlarini tekshirish va baholash uchun qo'llaniladi. Asl tarjimalar kamdan-kam hollarda baholanadi. Ayrim baholanadigan tarjimalar ham mavjud bo'lib, ular odatda adabiyotshunoslar tomonidan ko'rib chiqiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinkiTarjima o'quvchini ikki tilni solishtirish va qiyoslashga va ular o'rtasidagi tarkibiy farqlarni bilishga yordam beradi, bu esa yangi tilni o'rganishda juda samarali bo'ladi. Tarjima til o'rganishda samarali qo'llanishi uchun tarjima so'zlarni birma-bir o'girish emas, balki ma'noni olib o'tishga e'tibor qaratish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Bell R. Translation and Translating. - London and New York: Longman, 1991. -

2. Catford J. A Linguistic Theory of Translation. - London: OUP, 1965. - P.20.

P.5.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

3. Ingo, R. 1989. Kääntäminen kieltenopetuksessa. In Nuopponen & Palmberg (eds.),

4. Klaudy K. 2003. Languages in Translation. Budapest: Scholastica.

5. G'afurov I, Mo'minov O, Qambarov N. Tarjima nazariyasi. -T.: Tafakkur bo'stoni, 2012. - B.7.

6. Musaev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. - T: Fan, 2005. - B.8.

7. Salomov G'. Tarjima nazariyasiga kirish. - T.: O'qituvchi, 1978. - B.93.

61-67.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.