Научная статья на тему 'CHANG MUSIQA CHOLG‘USINING TARIXIY BOSQICHLARI'

CHANG MUSIQA CHOLG‘USINING TARIXIY BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
285
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqa / risola / chang / changak / bukilgan / qо'l barmoqlari / afsona / Music / pamphlet / dust / claw / bent / fingers / myth.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Malika Ismoil Qizi Kaynarova

Ushbu maqolada asosan chang musiqa cholg'usining tarixiy bosqichlari va bir qancha olimlarning, chang musiqa cholg'usi haqida ilmiy fikrlari bayon etilan. Hamda musiqaga bag'ishlangan risolalardan malumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article focuses on the historical stages of dusty music and the scientific views of a number of scientists on dusty music. There is also information from music brochures.

Текст научной работы на тему «CHANG MUSIQA CHOLG‘USINING TARIXIY BOSQICHLARI»

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

CHANG MUSIQA CHOLG'USINING TARIXIY BOSQICHLARI

Malika Ismoil qizi Kaynarova

O'zDSMI, Cholg'u ijrochiligi mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada asosan chang musiqa cholg'usining tarixiy bosqichlari va bir qancha olimlarning, chang musiqa cholg'usi haqida ilmiy fikrlari bayon etilan. Hamda musiqaga bag'ishlangan risolalardan ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Musiqa, risola, chang, changak, bukilgan, qo'l barmoqlari, afsona

ABSTRACT

This article focuses on the historical stages of dusty music and the scientific views of a number of scientists on dusty music. There is also information from music brochures.

Key words: Music, pamphlet, dust, claw, bent, fingers, myth.

Chang paxlaviy va forsiy tillarga mansub atama bo'lib, u asrlar davomida bir necha ma'nolarni anglatgan. Dastlab, maishiy hayotda "chang" so'zi ostida "gard, to'zon" tushunilgan (bugungi kunda bu tushuncha saqlanib qolingan). To'zon deganda tasavvurimizda shamol natijasida hosil bo'lgan aylana, shoxlari egilgan daraxtlar, qaddi bukilgan o't-o'lanlar gavdalanadi ya'ni, egik shaklda bo'lgan ko'rinish namoyon bo'ladi.

Keyinchalik "chang - hayvonlar panjasi, changak, qushlarning tirnog'i, changallamoq, yovvoyi hayvonlar o'z o'ljasini changallashi" kabi ma'nolarda qo'llanilgan. Hatto odam qo'l barmoqlarining tabiiy holati ham egik ko'rinishdadir. Misollardan ko'rinib turganidek, "chang" tushunchasi mazmunan har xil (to'zon, qushlar tirnog'i, qo'l barmoqlari va h.k.), shaklan bir xil (egri, egik) ma'nolarni anglatgan.

Bora-bora jamiyki egilgan va bukilgan narsalarga nisbatan "chang" iborasini keng qo'llash odat tusiga kirib borgan. Jumladan, Ku Tay afsonasida "Qadim zamonda Inchyu shaharida chang toifasida Ku Tay otlig' bir bek bor edi.... "(2.30). kabi misrada chang atamasi ostida bekning bukchayib qolgan qomati tushunilgan. Ajdodlarimiz tomonidan bitilgan rivoyatlarda chang iborasi qomati egik ko'rinishdagi cholg'uga nisbatan qo'llanilganini kuzatish mumkin:

Iskandar davrida ikki donishmand Arastu va Aflotun yashagan ekan. Shoh

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

ulardan birini (Aflotunni) kuchli olim sifatida tan olardi. Bundan xabar topgan Arastu sahrolarga ketib makon topadi. U yerda Arastu ruhi hamisha osmonlarda uchib yurar ekan. Kunlarning birida u uchinchi osmon falagida Zuhro yulduzini ("Nahii falak") ko'rib qoladi va uning ko'z oldida ajib bir surat namoyon bo'ladi. Arastu bu suratni yuragiga jo qilib, yerga tushgach, shu shaklda chang cholg'usini yasaydi. Bundan xabar topgan Aflotun va shoh, uning (Arastu) oldiga boradilar va g'ayritabiiy manzaraning guvohi bo'ladilar: butun borliq sukunatga tushgan, qushlar va yovvoyi hayvonlar chang sadosi ta'sirida mas uyquda. Aflotun va shoh bu manzaradan hayratga tushganlar (3.67).

Quyidagi ma'lumotda o'tmishda iste'molda bo'lgan chang cholg'usi rezonatori egik ko'rinishda bo'lganiga ishora qilingan. O'rta asr manbalarida chang iborasi nafaqat shaklga, balki musiqa cholg'usiga nisbatan qo'llanilganini guvohi bo'lamiz.

1. "Shohnoma"ning qisqacha lug'atida chang quyidagicha ta'rif qilingan: 1) nohun, hayvon panjasi; 2) mashhur musiqa cholg'usi; 3) changak, changallamoq.

2. Muxammad G'iyosiddinning "G'iyos ul-lug'ot"da: "chang - qo'l barmoqlari; soz nomi; va ja'miki egilgan narsadir; chang so'zining birinchi belgisini barmoq deb tushungan kishilar xato qilgan bo'lurlar" (4,55). Ya'ni, olim chang atamasi ostida avvalo musiqa cholg'usini tushunish lozimligini aytib o'tib, uni qo'l barmoqlarining bukilgan holati bilan qiyoslaydi va egik ko'rinishda bo'lganiga ishora qiladi.

3. "Xorijiy so'zlar lug'ati"da: "chang forscha atama bo'lib, uning istilohiy ma'nosi «ham, egri, egik»ni, lug'aviy ma'nosi "1)musiqa cholg'ulari (arfa, lira); 2) qo'l barmoqlari, kaft; 3) egri, ham, egik; 4) musiqada 1/8; 5) ilgak, ilintirmoq, chang solmoq ma'nolarini anglatgan.

Sharhlarni tahlil qiladigan bo'lsak:

-musiqa cholg'ulari (arfa, lira) - o'tmishda arfa turlaridan birini chang deb atalishi;

-qo'l barmoqlari, kaft - changning tashqi ko'rinishi qo'l barmoqlarining bukilgan holatiga o'xshashligi;

-egri, ham, egik - chang cholg'usining shakli, ya'ni tovush kuchaytirib beruvchi rezonator qutining egikligi;

-musiqada 1/8 - keng qamrovli tushuncha. Birinchidan, 1/8 bu komma, ya'ni musiqa akustikasida eng kichik tinglab, ajratib bo'lmaydigan interval (bir butun tonning 1/8 bo'lagi).(1,47) Ikkinchidan, musiqa riyozat ilmi, unda mavjud o'lchovlar ijroga, shaklga, torga, tovush miqdoriga nisbatan matematik hisob-kitobi asosida amalga oshirilgan. Uchinchidan, 1/8 o'lchovi cholg'u shakliga nisbatan berilgan bo'lishi mumkin (skripkada 1/8, 2/4, 4/4 kabi). O'tmishda musiqa cholg'ulari

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

muayyan bir qolipda yasalmagan, balki mo'ljallangan marosimga qarab ular turli

hajmlarda bo'lgan.

-ilgak, ilintirmoq, chang solmoq - qo'l barmoqlari bilan cholg'u torlarini changallab, chertib olish demakdir.

Xulosa shuki, o'rta asr chang cholg'usi rezonatori egik arfasimon ko'rinishda bo'lib, torlari qo'l barmoqlarida chertib (changallab) ijro qilingan.

Chang cholg'usini ancha takomillashgan ko'rinishi haqida XVI asrning ikkinchi yarmi XVII asr o'rtalarida ijod qilgan sozanda, alloma Darvesh Ali Changiy o'zining «Risolayi musiqiy» (3,71) asarida bayon etgan. Risola yangi sulolaning ko'zga ko'ringan vakili Imomqulixonga bag'ishlangan bo'lib, xalq mashshoqlari orasida «Tuhvatussurur» ("Quvonch tuhvalari") nomi bilan mashhur bo'lgan (3,76).

Unda zamonasining musiqa cholg'ulari, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli ma'lumotlar, hamda tarixiy ahamiyatga molik rivoyatlar yoritib berilgan. Darvesh Ali o'zining sevimli cholg'usini "chang-cholg'ular kelinchagi, soz va nozlar parisidir"(3,69) -deya ta'riflab, uni majoziy qiyoslash bilan birga, chang torlari, ijro uslublari, hususiyatlari haqida ma'lumotlar bergan.

A.Semenov tomondan tarjima qilingan "Sredneaziatskiy traktat o muzike Darvisha Ali (XVIIv.)" asarida "...yetti maqomni ijro etish uchun changning yigirma olti tori va yetti pardasi (ton) bo'lgan," risolaning III-bobida ("O'n ikki maqomning yaratilishi") "komil sozanda, o'n ikki maqomni changning o'ttiz ikki torida, qonunning yigirma to'rtta mis torida va udning o'n ikki torida yuksak darajada ijro qilishi lozim",-deya qayd etilgan.

REFERENCES

1. Akbarov I. Musiqa lug'ati. -T.: 1997. -137 b.

2. Raxmon N. Turk xoqonligi. -T.: 1987. -129 b.

3. D.Rashidova Darvesh Ali Changiy. // Jurnal . Sovet O'zbekistoni san'ati. 10/1978y,-18b.

4. Darvesh Ali Changiyning "Risolai musiqiy" asarining beshta qo'lyozmasi mavjud bo'lib, ulardan №468/1-2, №449, №7005/5 -Toshkentda, №171/1-Tojikistonda, №2002- Leningradda saqlanmoqda. Ushbu risolaning №449 raqamli qo'lyozmasi to'liq ko'rinishda bo'lib, musiqaga oid matni rus tiliga sharqshunos olim A.Semenov, to'liq matni olima D.Rashidova tomonidan tarjima qilingan. № 468 raqamli qo'lyozmani o'zbek tiliga B.Ashurov tarjima qilgan.

5. Muxammad G'iyosiddin. "G'iyos ul-lug'ot" I-tom. - Dushanbe: 1987.-265b.

6. Slovar inostrannix slov. -M.: 1982. -56 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.