Научная статья на тему 'CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES) DORIVOR O’SIMLIGINING ZARARKUNANDALARI'

CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES) DORIVOR O’SIMLIGINING ZARARKUNANDALARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
chakanda / tabobat / areal / antropogen / zambrug‘ / bakteriya / plantatsiya / polifag / monofag / potentsial / vegitativ / genirativ / oligofaglar / tuxum / insektitsidlar.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Fayzullayev Burxon, Belyalova Leyla Enverovna, Malikov Dilshod

Zarafshon vohasi entomofaunasi juda xilma-xil bo‘lib bu yerda ko‘plab hasharotlar, o‘rgamchaklar va yana bir qancha umurtqasiz organizimlarni uchratish mumkin. Shuningdek bu yerda dorivor o‘simliklar qoplami juda keng tarqalgan, ular orasida chakanda (Hippophae rhamnoides) o‘simligi tabiiy sharoitda o‘sadigan kam sonli o‘simliklardan biri hisoblanadi. Zarafshon daryosi qirg‘oqlarida 100 gektardan ziyod maydonda chakanda saqlanib qolgan va o‘smoqda, O‘zbekistonning boshqa hech qayirida buncha maydonda chakanda uchramaydi. Bu o‘simlikning zararkunandalari Zarafshon vohasi sharoitida deyarli o‘rganilmagan. Bizning tadqiqotlarimizni maqsadi chakanda o‘simligiga zarar etkazuvchi hasharotlarning turlar tarkibini o‘rganish va bu dorivor o‘simlikni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishninhg ekologik zararsiz uyg‘unlashgan usullarini ishlab chiqishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES) DORIVOR O’SIMLIGINING ZARARKUNANDALARI»

CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES) DORIVOR O'SIMLIGINING

ZARARKUNANDALARI 1Fayzullayev Burxon, 2Belyalova Leyla Enverovna, 3Malikov Dilshod

1O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institute Samarqand mintaqaviy filiali direktori, b.f.n.dotsent, 2SamDU dotsenti, b.f.n, 3SamDU Kattaqo'g'on filiali assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10937949

Annotatsiya. Zarafshon vohasi entomofaunasi juda xilma-xil bo'lib bu yerda ko 'plab hasharotlar, o'rgamchaklar va yana bir qancha umurtqasiz organizimlarni uchratish mumkin. Shuningdek bu yerda dorivor o'simliklar qoplami juda keng tarqalgan, ular orasida chakanda (Hippophae rhamnoides) o'simligi tabiiy sharoitda o'sadigan kam sonli o'simliklardan biri hisoblanadi. Zarafshon daryosi qirg'oqlarida 100 gektardan ziyod maydonda chakanda saqlanib qolgan va o'smoqda, O'zbekistonning boshqa hech qayirida buncha maydonda chakanda uchramaydi. Bu o'simlikning zararkunandalari Zarafshon vohasi sharoitida deyarli o'rganilmagan. Bizning tadqiqotlarimizni maqsadi chakanda o'simligiga zarar etkazuvchi hasharotlarning turlar tarkibini o'rganish va bu dorivor o'simlikni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishninhg ekologikzararsiz uyg'unlashgan usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Kalit so'zlar: chakanda, tabobat, areal, antropogen, zambrug', bakteriya, plantatsiya, polifag, monofag, potentsial, vegitativ, genirativ, oligofaglar, tuxum, insektitsidlar.

Аннотация. Энтомофауна Зарафшанской долины очень разнообразна, здесь отмечается высокое разнообразие насекомых, пауков и других видов беспозвоночных животных. Среди широко распространенных лекарственных растений долины встречается ценное лекарственное растение- облепиха крушиновидная (Hippophae rhamnoides). На берегу реки Зарафшан сохранилось и произрастает более 100 га облепихи, в Узбекистане нигде больше не встречающаяся в таком большом количестве в естественном ареале. Вредители этого растения в условиях Зарафшанской долины изучены не достаточно. Целью наших исследований является определение видового состава основных вредителей облепихи и разработка интегрированных методов защиты этого ценного лекарственного растения от вредителей.

Ключевые слова: облепиха, медицина, ареал антропоген, грибы, бактерия, плантация, полифаг, потенциал, вегетативные, генеративные, олигофаги, яйцо, инсектициды.

Abstract. The enthomofauna of the Zarafshan Valley is very diverse; there is a high diversity of insects, spiders and other species of invertebrate animals. Among the widespread medicinal plants of the valley there is a valuable medicinal plant - sea buckthorn (Hippophae rhamnoides). On the banks of the Zarafshan River, more than 100 hectares of sea buckthorn have been preserved and grow; nowhere else in Uzbekistan is it found in such large numbers in its natural habitat. The pests of this plant in the Zarafshan Valley have not been sufficiently studied. The goal of our research is to determine the species composition of the main pests of sea buckthorn and to develop integrated methods for protecting this valuable medicinal plant from pests.

Keywords: seabuckthorn, medicine, areal, anthropogene, fungi, bacteria, plantation, polyphagous, potential, vegetative, generative, oligophages, egg, insecticides.

Kirish. Hozirgi vaqtda chakanda muhim dorivor o'simliklar qatorida old o'rinlarni egallaydi. So'nggi 15 yil ichida chakanda o'simligi tabobat olamida keng tarqalgan bo'lsada, lekin uning tabiiy arealini antropogen omillar ta'sirida qisqarishi sodir bo'lmoqda. Bunga asosiy

sabablar qatoriga daryo o'zanlarining o'z o'rnini o'zgartirishi, muhofazaga olingan hududlarining insonlar tomonidan turli xil maqsadlarda foydalanib yuborilishi, shuningdek o'simliklarning turli xil kasalliklar va zararkunanda hasharotlar tufayli nobud bo'lish holatlarini ko'rsatish mumkin.

Markaziy Osiyo xususan, O'zbekistonda vodiy hamda voha hududlari geografik, ekologik va biologik jihatdan yaqqol ajralib turadi, vohaning asosiy suv manbasi bu Zarafshon daryosi hisoblanib bu daryo o'z navbatida Tojikiston va O'zbekistondagi bir qancha tog' tizmalaridan suv bilan to'yinadi. Daryo o'z yo'lida deltalar, irmoqlar, o'zanlarni hosil qilib, bu joylar atrofida juda keng miqyosda yashil hudud hosil qiladi. Bu yashil makonda juda keng o'simliklar qoplami va hayvonot dunyosi vujudga kelib bundan tashqari insonlar uchun yashash makoni sifatida xizmat qiladi. Zarafshon daryosi bo'yida juda katta to'qayzorlar, o'rmonlar va past tekisliklar mavjud bo'lib, bu yerlar turli maqsadlarda foydalaniladi.

Tadqiqot sharoiti. Biz oz tadqiqotlarimizni 2021-2023 yillarda Zarafshon tabiat milliy bog'i hududida o'suvchi chakanda o'simliklarida o'tkazdik. Zarafshon vohasi hududida chakanda o'simligining tabiiy arealda o'suvchi kamsonli plantatsiyasi mavjud bo'lib hududda o'simlikning zararkunandalari deyarli o'rganilmagan. Chakandaning asosiy zararkunandalaridan biri Rhagoletis batava pashshasi bo'lib, tajribalar Zarafshon milliy tabiat bog'ining markaziy qismida va shimoli-sharqiy qismidagi o'simliklarda o'tkazildi. Bu yerlarda chakanda o'simliging tarqalish populatsiyasi nisbatan ko'pligi inobatga olindi. Tadqiqotlar natijasida 50 ta zararlangan mevalar ajratib olinib ulardagi lichinkalarning kimyoviy va fizikaviy tasirlarga javob reyaksiyasi MBS-10 mikroskopida o'rganildi . O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining biokimyo laboratoriyasida standart texnikalarda mevalarning biokimyoviy va toksikologik tahlillari o'tkazildi. Tajribalar dispersiv tahlil usuli bilan qayta ishlandi (Dospexov, 1973).

Tadqiqot usullari. Materiallar va usullar shuni ko'rasatadiki Rhagoletis batava pashshasi yashirin hayot tarzi va murakkab rivojlanish doirasiga ega. Puparium (soxta pilla) shikastlangan daraxtlar ostida, asosan, 1-5 sm chuqurlikda g'umbagini yorib chiqadi. Lichinkalarning pupatsiyasi pashsha parvozi boshlanishidan taxminan bir hafta oldin sodir bo'ladi. Rhagoletis batava pashshasi Tophritidae oilasi va Diptera turkumiga kiradi.

1-rasm. A-g'umbag, B-zararlangan meva, C-imago, D-lichinka

Pashsha termofil hasharotlarga mansub. Voyaga etgan hasharotlarning parvozi harorat sharoitlariga bog'liq. Lichinkalarning chiqishi 6 haftagacha davom etadi; eng faol inkubatsiya taxminan bir hafta davom etadi va odatda iyul oyining birinchi yarmida sodir bo'ladi. Voyaga etgan hasharotlar chakanda mevalari bilan oziqlanadi, meva po'stini tuxum qo'yuvch azosi orqali teshadi. Parvoz, juftlashish va tuxum qo'yish holati faqat issiq havoda sodir bo'ladi.

Parvoz boshlanganidan 6-14 kun o'tgach, urg'ochilar tuxum qo'yishni boshlaydilar, ular tuxumlarni birma-bir meva po'sti ostiga qo'yadi. Ba'zida bitta rezavorda 2-3 ta tuxum qo'yilishi mumkin. Bitta urg'ochisining tuxum qo'yish mahsuldorligi 200 ta va undan ko'p bo'ladi. Zarafshon vohasidagi lichinkalarning ochib chiqishi iyul oyining birinchi yoki ikkinchi o'n kunligida boshlanadi va avgust oyining ikkinchi yoki uchinchi o'n kunligida tugaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar odatda kichik va shaffof bo'ladi, keyinchalik ular sarg'ish rangga ega bo'ladi va uzunligi 7 mm ga etadi. Ular tanasining old qismida ikkita qora xitin jag'lari joylashgan va orqa uchida meva yuzasida lichinkalarni ushlab turadigan bir juft och jigarrang so'rg'ichlar mavjud. 34 hafta ichida lichinkalar meva pulpasi bilan oziqlanadi. Bitta meva nobud bo'lgandan so'ng, lichinka keyingisiga o'tib, bir bo'lakdagi mevalarning 50-100 % gacha zarar etkazadi. Lichinkalar egallagan mevalar yumshatiladi, asta-sekin deformatsiyalanadi, qorayadi va tushmasdan quriydi.

2-rasm. Zararlangan chakanda mevasi

Ikki- uch yilgi kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, Rhagoletis batava pashshasi soni yildan-yilga sezilarli darajada o'zgarib, biotik va abiotik muhit omillariga bog'liq. Muayyan yillarda populiyatsiyaning xususan 2023-yilda 70% abiotik omil qishning sovuq kelishi munosabati bilan nobud bo'lgani aniqlandi. Kiyingi o'rinda tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki 2021-yilda populiyatsiyaning 40% ga yaqin qismi nobud bo'ldi yoki kasalliklarga chalindi, bunga asosiy sabab esa yog'ingarchilikning ko'p bo'lishi tufayli hasharotlar parvozi cheklanishi, buning oqibatida ozuqaning yitishmasligi va bakterial kasaliklarni kelib chiqishini tushunish mumkin. Zarafshon vohasi hududining keskin continental va subcontinental iqlim sharoitida Rhagoletis batava pashshalari sonining o'zgarishiga abiotik muhit omillari ko'proq ta'sir qiladi. Chakanda o'sadigan maydonlarini uzoq (2-3 hafta) suv bosganda zararkunandalarning populiyatsiyasi 2-6 marta kamayadi. Qor qoplami kam bo'lgan yillarda tuproq yuzasining muzlashi tufayli va hasharotlarning parvozi ularning qo'shimcha oziqlanishi paytida, shuningdek, tuxum rivojlanishi davomida g'ayritabiiy issiqlik yoki sovuq iqlim sharoitida organizmlarning nobud bo'lishiga olib keladi. Ko'pgina lichinkalar tuproqqa kirib, pulpa hosil qilgandan keyin yoki 90% tabiiy sabablarga ko'ra nobud bo'ladi.

Tadqiqot natijalari. Bu o'simlikda asosan polifag va monofag hasharotlar: Cacopsylla sp., Gelechia hippophaella, Capi tophorus elaeagni, Capitophorus hippophaes, Capitophorus similis va Rhagoletis batava. kabi turlar keng tarqalgan. Ko'proq uchraydigan polifag zararkunandalaridan kuya, ayniqsa Archips rosana va Phyllopertha horticola kabilar ilgari noma'lum monofag Cacopsylla sp. ba'zi plantatsiyalarga jiddiy zarar etkazishi mumkin, ammo oxirgi yillar davomida plantatsiyalarda bu turlar kamdan-kam uchrayotgan edi. Bugungi kunda faqat Gelechia hippophaella va Rhagoletis batavani Zarafshon vohasida chakanda o'simligining asosiy va potentsial muhim zararkunandalari sifatida nomoyon bo'la boshladi. Bungacha umurtqali hayvonlarning ba'zi vakillari - qushlar (Cor vus corax, Corvus cornix va Sturnus vulgaris) va sutemizuvchilar (Capreolus capreolus va Sus scrofa) o'simlikning vegitativ va genirativ organlariga qisman zarar yitqizayotgan edi.

Natijalar shuni ko'rsatadiki dunyo bo'ylab hozirgi kunda chakanda o'simligiga Rhagoletis batava pashasi jiddiy zarar yitqizmoqda. Ko'pgina turlar oligofaglar bo'lib, faqat bir nechta bir-biriga yaqin o'simliklarga hujum qiladi. Oxirgi uch yil ichida Rhagoletis batava pashasi zararini kompleks nazorat qilish bo'yicha Zarafshon milliy tabiat bog'ida bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Pashshaning parvoz davrini kuzatish uchun sariq yopishqoq tuzoqlardan foydalaniladi. Meva sirtida tuxum qo'yishning oldini olish uchun kaolinni mexanik to'siq sifatida qo'llash samarasiz bo'lib hisoblanadi. Kaolin bilan ishlov berish mevalarda oq qoldiqlarni qoldirishi sababli, bu usul bu pashshaga qarshi qo'llanilmaydi. Yaqinda ne'ft mahsulotlaridan tayorlangan yangi preparat meva yuzasida silliq qatlam hosil qilib, tuxum qo'yishning oldini olishi uchun foydali ekanligi ko'rsatilgan. Hozirgi vaqtda Rhagoletis batava pashshasiga qarshi kimyoviy vositalar (insektitsidlar) "eski" fosfororganik birikmalarning (Dimethoate) qo'lanishi va neonikotinoidlarning nojo'ya ta'siri bo'yicha bahs-munozaralar tufayli bu birikmalarni qo'llash taqiqlanmoqda.

Daryo bo'yi ko'p hollarda fauna va filoraga boyligi tufayli qo'riqxona pitomnik va yana shunga o'xshash bog'larni vujudga kelishiga olib keladi. O'simliklar orasida turli shifobaxsh va dorivor o'simliklar mavjud bo'lib, bu o'simliklar orasida chakanda (Hippophae rhamnoides) o'z o'rniga ega bo'lgan dorivor o'simlik hisoblanadi. Chakanda daraxtining mevasi va undan olinadigan moylar inson organizimidagi juda ko'plab xastaliklarga davo bo'lishi qadimdan ma'lum va mashhur hisoblanadi. Zarafshon milliy tabiat bog'i chakanda o'simligining tog'yonbag'ridan uzoqroq joyda o'sadign kamsonli hududlardan biri hisoblanadi , bog'da juda ko'plab dorivor o'simliklar tarqalgan bo'lib bu o'simliklarni dorivorlik xususiyati hali yitarlicha o'rganilmagan. Biz tajribalarimiz davomida chakanda o'simligigining foydali xususiyatlari va o'simlik mevasiga zarar yitkazuvchi hasharot - Rhagoletis batava pashshasining biologik va ekologik xususiyatlarini o'rgandik. Rhagoletis batava pashshasi bizning hududda yaqin uch to'rt yil ichida paydo bo'lgan deb taxmin qilmoqdamiz bu turkumga yaqin boshqa turlar vodiy taraflardan xususan Farg'onada aniqlangan Rhagoletis cerasi-gilos pashshasining yaqin qarindoshi hisoblanadi bu pashsha o'simlik mevasi ayni g'arq pishgan vaqtda mevaga o'z tuxumlarini qo'yib ketadi, buning oqibatida zararlangan mevalarda so'lish, bujmayish va aynish holatlari kelib chiqadi. O'simlik mevasida pashshaning lichinkasi rivojlanadi, bu lichinka meva eti bilan oziqlanib mevaning batamom yaroqsiz holatga kelishiga sabab bo'ladi. Hozirgi kunda zararli hasharotlarga qarshi kurashda qo'riqxonalarda turli xil kimyoviy purkovchi insektisidlarni qo'lash taqiqlanganligi bois bu zararkunandalarning keskin oshib o'z arealini kengaytirib olishga ya'ni biologik progresga olib kelayotganini ko'rmoqdamiz va biz bu jarayonda zararkunandalarga qarshi

ularning tabiiy entomofaglarini topib biologik kurash yo'llarini ishlab chiqish borasida tadqiqotlar olib borayapmiz.

Xulosalar.

1. Zarafshon milliy tabiat bog'i chakanda (Hippophae rhamnoides) o'simligining tog'yonbag'ridan uzoqroq joyda o'sadign kamsonli hududlardan biri hisoblanadi.

2. Zarafshon vohasi sharoitida chakanda o'simligida asosan polifag va monofag hasharotlar: Cacopsylla sp., Gelechia hippophaella, Capi tophorus elaeagni, Capitophorus hippophaes, Capitophorus similis va Rhagoletis batava kabi turlar keng tarqalgan.

3. Chakanda o'simligi bilan oziqlanadigan fitofag hasharotlardan eng asosiysi Rhagoletis batava pashshasi bo'lib hisoblanadi.

REFERENCES

1. Бронштейн Ц.Г. Материалы по фауне и биологии жуков-листоедов (Chrysomelidae) Зеравшанской долины. Труды СамГУ. Нов.сер. Вып. 109, Самарканд. -1961 СТРАНИЦЫ????

2. Гиляров М.С. Изучение беспозвоночных животных как компонента биоценоза. Программа методика биоценологических исследований. - М.,1996. - С. 16-21.

3. Зокиров К.З. Флора и растительность бассейна реки Зарафшан. Ч.1. Растительность. -Тaшкент, АН УзССР. - 1995. - 103c.

4. Палий В.Ф. Методика изучения фауны и фенологии насекомых. Воронеж, 1970. - 185 с.

5. Фасулати К.К. Полевое изучение наземных беспозвоночных животных. М.: Высшая школа, 1971. - 386 с.

6. Халимов Ф. З. Особенности взаимоотношений капустных мух и их энтомофагов на разных по устойчивости сортах капусты. Автореферат диссертации к.б.н. С.-Петербург. -1995. -21c.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.