Научная статья на тему 'BUZILGAN YERLARNI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISHNING CHORA TADBIRLARI'

BUZILGAN YERLARNI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISHNING CHORA TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yer fondi / qishloq xo‘jaligi / degradatsiya / tuproq qoplami / sho‘rlanish / eroziya / cho‘llanish / voha / unumdorlik / almashlab ekish / Meliorativ / gumus

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Nuriddinov Otabek Khurramovich

Maqolada yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sharoitida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni oqilona tashkil etish, foydalanish samaradorligini oshirish, sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorligini saqlash, oshirish va ulardan oqilona foydalanish, ikkilamchi sho‘rlanish jarayonlariga qarshi kurashda resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish muammolari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUZILGAN YERLARNI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISHNING CHORA TADBIRLARI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Central Asian Journal of

Education and Innovation

BUZILGAN YERLARNI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISHNING CHORA TADBIRLARINI.

Nuriddinov Otabek Khurramovich

doktrant

Email: [email protected] "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tatqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.12646949

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-June 2024 yil Ma'qullandi: 27- June 2024 yil Nashr qilindi: 30- June 2024 yil

KEY WORDS

yer fondi, qishloq xojaligi, degradatsiya, tuproq qoplami, sho'rlanish, eroziya, cho'llanish, voha, unumdorlik, almashlab ekish, Meliorativ, gumus

Maqolada yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sharoitida qishloq xojaligi yerlaridan foydalanishni oqilona tashkil etish, foydalanish samaradorligini oshirish, sug'oriladigan tuproqlarning unumdorligini saqlash, oshirish va ulardan oqilona foydalanish, ikkilamchi sho'rlanish jarayonlariga qarshi kurashda resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish muammolari tahlil qilingan.

Muammoning dolzarbligi. Keyingi yillarda respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta'sirchan nazoratni ta'minlash va yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida munosabatlarni kompleks tartibga solishda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yer resurslarini tizimli hisobga olish va ulardan foydalanishni nazorat qilish, davlat kadastrlarini tartibga solish, O'zbekiston Respublikasi kartografiya fondini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi doirasida yer qonunchiligiga rioya etish yuzasidan doimiy monitoring qilish tizimi ishlab chiqildi va joriy qilindi, ko'chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o'tkazish ishlari tashkil etildi, 21 ta davlat kadastrlarini integratsiyalashuvini nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Milliy geoaxborot tizimini tashkil etish ishlari boshlandi.

Shu bilan birga, yerdan foydalanish holatining tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, yerlardan foydalanishda muntazam davlat nazoratini ta'minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, yer resurslarini tizimlashtirilgan holda hisobga olish ishlari yetarli darajada samarali bo'lmayapti. Sohaga yuklatilgan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarish, ilmiy tadqiqot ishlarini tezkor va samarali amalga oshirishda tarmoqning moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermaydi. Amaldagi xodimlar soni, ayniqsa quyi pog'onada, yer resurslaridan foydalanishni nazorat qilish va ularning to'liq hisobini yuritish imkonini bermayapti.

Sohaning yetakchi xorijiy tashkilotlari bilan yaqin aloqalar o'rnatish, ilg'or xalqaro tajribalarni chuqur o'rganish va qo'llash, mutaxassislarning amaliyot o'tashlari va malakalarini oshirishni tashkil etishga yetarlicha e'tibor qaratilmayapti. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish

maqsadida:

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining: davlat kadastrlari, ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishga mas'ul hisoblanadigan, O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan, O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari lavozimini joriy etish;

O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi organlari tomonidan yerlardan xo'jasizlarcha foydalanganligi yoki ularni yaroqsiz holga tushirganligi, xo'jalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan o'zboshimchalik bilan chetga chiqilganligi, davlat yer kadastrini yuritish qoidalari buzilganligi, chegara va cheklov belgilarining yo'q qilinganligi yoki shikastlanganligi uchun O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalarning 100 foizi;

fuqarolarning uy-joyga doir mulk huquqini ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o'z vaqtida rasmiylashtirilmaganligi uchun undiriladigan jarimalarning 10 foizi;

kadastr hujjatlarini texnik xatlovdan o'tkazish va rasmiylashtirish bo'yicha davlat xizmatlariga belgilangan narxlarni 25 foiz oshirish hisobiga tushadigan mablag'larning (soliqlar hisoblangandan keyin) 100 foizi;

Keyingi yillarda respublikada yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta'sirchan nazoratni ta'minlash hamda yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohalaridagi munosabatlarni kompleks tartibga solishga yo'naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikamiz uchun o'ta dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan sug'oriladigan yerlar 4,3 million gektarni, yoki mamlakat umumiy maydonining 9,6 foizini tashkil etib, ularda barcha qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 95 foizdan ortig'i yetishtiriladi.

Dasturiy chora-tadbirlar doirasida tizimli ravishda yer resurslarini hisobga olish va yerlardan foydalanishni nazorat qilish, ko'chmas mulk obyektlari, kartografik fondni takomillashtirish yuzasidan yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yer qonunchiligiga rioya etish bo'yicha doimiy monitoring qilish tizimi ishlab chiqilib joriy etildi, ko'chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o'tkazish, 21 ta davlat kadastrlarini integratsiyalashuviga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Milliy geoaxborot tizimini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, o'tkazilgan tahlillar quyidagilarni ko'rsatmoqda:

joylarda yerdan oqilona foydalanishning o'z vaqtida oldini olish bo'yicha o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda yetarli darajada tizimli ishlar amalga oshirilmayapti;

qishloq aholi punktlarida va mahallalarda, ayniqsa, olis hududlarda yerlardan foydalanish holatini muntazam monitoring qilish ishlari yetarli darajada olib borilmayapti;

mavjud xodimlar soni yer resurslaridan foydalanishni nazorat qilish va ularning hisobini yuritishni to'liq amalga oshirish imkonini bermayapti.

Yuqoridagi kamchiliklar yerlardan oqilona va maqsadli foydalanish, shuningdek, tarmoqda qonun hujjatlariga rioya etish ustidan to'laqonli ta'sirchan nazoratni ta'minlash imkonini bermayapti.

Shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi faoliyatini samarali tashkil qilish, sohaga ilg'or fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb qilish chora-tadbrlari dasturi tasdiqlangan.

Qo'mita va uning hududiy bo'linmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo'limlarini xizmat avtomashinalari, joylardagi mutaxassislarni zamonaviy o'lchov asboblari, xizmat xonalari bilan ta'minlash belgilangan.

Yer resurslaridan oqilona foydalanish va qonun hujjatlariga rioya etilishi nazoratini ta'minlash kabi asosiy vazifalarni bajarish uchun qo'mita va uning hududiy organlari o'zlarining vakolatlari doirasida sudlarga beriladigan da'vo arizalari bo'yicha davlat boji to'lashdan ozod etilmoqda.

Tuproq biogen tuzilishga ega bo'lgan yerning ustki g'ovak qatlami bo'lib, u tabiatda hayot jarayonlarining kechishida, biosferada moddalar almashinuvini ta'minlashda muhim rol uynaydi. Namlik, issiqlik va mikroorganizmlar ta'sirida tuproqda organik moddalar doimo parchalanib va sintezlanib turadi. Tuproqqa aralashgan o'simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik moddalar mikroorganizmlar yordamida parchalanadi ya'ni chiriydi. Hosil bo'lgan bu chirindilar esa tuproqdagi mineral birikmalar bilan birga o'simlik tanasiga o'tadi va unda o'zaro reaktsiyaga kirishib, yangi organik moddalarni hosil qiladi. Bu organik moddalardan inson va hayvon ozuqa sifatida foydalanadi. Kelajakda ular o'simlik, odam va hayvon qoldiqlari bilan yana tuproqqa qaytadi va yana parchalanish jarayoniga uchraydi. Shu asnoda organik va mineral moddalar «tuproq-o'simlik-hayvon-tuproq» tizimidagi yopiq zanjirda aylanib yuradi. Bu esa, o'z navbatida, tabiiy holda tuproq unumdorligining saqlanib turishiga asos soladi.

Tuproq tabiatning murakkab tuzilgan hosilasi bo'lib, u qattiq, suyuq, gazsimon va tirik tarkibiy qismlardan iborat. Tuproqning qattiq qismi asosan mineral va organik moddalardan hamda qattiq zarrachalardan tarkib topgan bo'lib, bular tuproq umumiy massasining ma'lum bir qismini tashkil qiladi. Uning qolgan qismini esa zarrachalar orasidagi bo'shliqlarni egallagan suv, havo va tirik organizmlar tashkil qiladi. Bu tarkibiy qismlarning nisbati tuproq unumdorligini belgilaydi. Tuproqning unumdorligi ko'p jihatdan undagi makroelementlar ya'ni unda birikma holida uchraydigan mineral moddalar - alyuminiy, temir, kaliy, magniy, kaltsiy, fosfor, oltingurgurt, kremniy, shuningdek mikroelementlar va organik moddalar asosini tashkil qiluvchi gumus miqdoriga bog'liq.

Tuproqdagi tirik jonivorlarning ahamiyati to'g'risida yuqorida aytib o'tildi. Bu jonivorlar orasida ayniqsa mikroorganizmlar ko'p bo'lib, ular tuproq zarrachalari orasidagi bo'shliqlarda joylashgan. Taniqli o'zbek olimi M.V. Muxamedjonov ma'lumotiga qaraganda 1 gektar unumdor tuproqdagi mikro-organizmlar soni 3-3,5 mlrd bolib, yarim metr qalinlikdagi 1 gektar tuproqda ularning massasi 8-12 tonnaga yetadi. Yil davomida bu mikroorganizmlar avlodi 18-27 martagacha almashadi. Rus olimi V.A. Kovdaning hisoblariga ko'ra tuproqdagi mikroorganizmlar biomassasining yillik yig'indisi o'sha maydonda o'sgan o'simlik fotomassasiga teng, ba'zi unumdor yerlarda esa hatto undan 1,5-2 baravar ortiq. Qora tuproqlarda va boshqa unumdor yerlar tuprog'ida mikroorganizmlar biomassasining yillik yig'indisi gektariga 20-50 tonnaga yetadi.

Shunday qilib, tuproqning unumdorligini ta'minlashda uning barcha tarkibiy qismlari

ishtirok etadi. Shuning uchun ham hakli ravishda aytish mumkin-ki, tuproq o'zining bu tarkibiy qismlari bilan birgalikda organik hayotning manbaidir va shu bilan birga uning o'zi ham organik hayotning hosilasidir, binobarin ular bir-biri bilan doimo o'zaro ta'sirda bo'ladi. Darhaqiqat, o'simlik tuproqdagi oziq moddalar va suvni o'zlashtirib o'sadi va rivojlanadi. Hayvonlar o'simliklar bilan ozuqlanadi. Natijada iste'mol qilingan oziq moddalar yana tuproqqa qaytadi va unda parchalanib yana o'simlik o'zlashtiradigan minéral moddalarga aylanadi. Shunday qilib, tuproq «hayot» deb ataluvchi zanjirning muhim halqalaridan biridir. U o'simliklar uchun, demak hayvonlar va pirovardida inson uchun ham zaruriy omildir.

Tuproqning inson va hayvonlar uchun yana bir ahamiyati shundaki, tuproq tarkibidagi mikroelementlar tirik organizmlar tarkibida ham uchraydi. Hozirgi vaktda o'simlik va hayvonlar organizmida 60 ga yaqin kimyoviy modda borligi aniqlangan. Bu kimyoviy moddalar biomikroelementlar sifatida oziq-ovqat bilan odam organizmiga tuproqdan o'tadi. Odam qoni tarkibida aniqlangan 24 xil va ona sutidagi 30 xil mikroelementlarning barchasi inson uchun zarur moddalar bo'lib, tuproqda u yoki bu elementning yetishmasligi ularning oziq - ovqat mahsulotlarida va demak odam organizmida ham yetishmasligiga olib keladi. Buning ta'sirida organizmda modda almashinuvi buzilib, kishi turli kasalliklarga chalinishi mumkin.

Yerdan foydalanish masalasi tahlili tashlanadiki, unga ko'ra

yana shunday holat ham ko'zga maydonlarini kengaytirishning

davomida dehqonchilik qilinadigan yer imkoniyati yo'q. Masalan, YUNEP ma'lumotlariga ko'ra yangi yerlarning o'zlashtirilishi 2000 yilga borib jami o'zlashtirilgan yerlar maydoni 3,2 mlrd. gektarga yetkazilsada, dehqonchilik qilinadigan yerlar aholi jon boshiga 1975 yildagiga qaraganda amalda ikki baravarga kamayadi. Buning sababi aholi soni ko'payib borishi bilan birga ko'p yerlar eroziyaga uchrab ishdan chiqadi, bir qism yer esa shaharlar va sanoat kommunikatsiyasi ko'rilishiga sarf bo'ladi. Amerikalik mutaxassis Braun (1978) bashoratiga ko'ra 1975-2000 yillar orasida Yer yuzining shahar aholisi sonining taxminan ikki baravarga ko'payib, 3 mlrd. dan oshadi, shunga ko'ra shaharsozlikka qo'shimcha 63 mln. gektar yer ketadi.

Insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida tuproqning sifati buzilib, hosildorligi pasayishi kuzatilmoqda. Jamiyat o'zining rivojlanish tarixida 2 mlrd. gektarga yaqin yerni ishdan chiqargan. Faqatgina suv va shamol ta'sirida, qum bosish va sho'rlanish oqibatida har yili Yer yuzida 6-7 mln. gektar yer xo'jalik oborotidan chiqib ketmoqda. Bu hol hakli ravishda mutaxassislarni tashvishga solmoqda. Chunki tuproqning hosil bo'lishiga qaraganda uning maydoni kamayishi minglab marta tez boradi. Masalan, 10 sm. qalinlikdagi tuproq hosil bo'lishi uchun 1400-1700 yil kerak. Shunday qalinlikdagi tuproqni suv eroziyasi 20-30 yildayoq ishdan chiqarish mumkin. Ba'zan esa bu jarayon uchun faqat bitta suv toshqini kifoya qiladi.

Umuman olganda, tuproqning holati biz unga qanaqa ta'sir o'tkazishimizga bog'liq bo'ladi. Odam o'zining dehqonchilik faoliyatida tuproqda hosil yetishtiradi va uni yig'ishtirib oladi. Bu demak - u tuproqda yetishtirilgan organik moddalarni olib, uni kambag'allashtiradi. Ayni vaqtda u tuproqni o'gitlaydi, almashlab ekish va boshqa agrotexnik tadbirlarni qo'llaydi va shu asosda tuproqni boyitib, uning unumdorligini qayta tiklaydi. Bunday tadbirlarning o'z vaqtida bajarilmasligi, faqatgina shu kunning foydasini ko'zlab ish tutish tuproqni eroziyaga uchratish, uning sho'rlanish va botqoqlanishi oqibatida ishdan chiqishini tezlatishi mumkin.Bunday achchiq saboqlar O'zbekiston dehqonchiligida ham uchraydi. Hozirgi vaqtda

uchradi. Hozirgi kunda yer chorvachiligi ham jiddiy zarar

foydalanish oqibatida respublika Chorvachilik uchun yaylov sifatida

respublikaning umumiy maydoni 44,9 mln. gektar bo'lib, shundan 28,1 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Sug'oriladigan ekinzorlar maydoni esa 4,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Oldingi yillarda respublikada cho'l zonalarini o'zlashtirish, yangi yerlar ochib dehqonchilik qilishni kengaytirish avj olgan edi. 1975-1985 yillar davomida 1 mln. gektar yangi yerlar o'zlashtirildi. Bu ish hatto shiorbozlikkacha ko'tarilib «ovchining zo'ri sher otar, yigitning zo'ri yer ochar» degan shior ham paydo bo'lgan edi. Lekin bu ish o'zining kutilgan samarasini bermadi. Sababi, dehqonchilik agrotexnikasiga e'tibor yetarli bo'lmadi, almashlab ekish texnologiyasi o'rnini paxta yakka hokimligi egalladi.

Kartalar me'yoridagidan kattalashib ketdi, ixotazorlar kamaydi, melioratsiya ishlari susaydi. Oqibatda tuproqning turli eroziyalarga chalinishi, sho'rlanish va botqoqlanishi tezlashdi, daryolar suvining dehqonchilikdagi sarfi ko'paydi, Orol dengizi halokat yoqqasiga keldi, undan tarqalayotgan tuzli qum atrof hududlar tuprog'iga yog'ilaboshladi. Shunday qilib, yo'l qo'yilgan bu xatoliklar oqibatida Qoraqalpog'iston, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining 9095% maydoni sho'rlandi. Faqatgina Buxoro viloyatida 270 ming gektar sug'oriladigan yerlarning 53 ming gektari shamol eroziyasiga uchradi. Tog'oldi hududlariga joylashgan Farg'ona vodiysi va Toshkent viloyatining ko'p miqdoridagi maydonlari suv eroziyasiga

resurslaridan noto'g'ri ko'rmoqda.

foydalanilayotgan 22 mln. gektarning 6 mln. gektari shamol eroziyasiga va 3 mln. gektari suv eroziyasiga uchragan

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xurramovich, N. O. (2021). Modern Improved Geodesical, Geoformatical and Cartographic Methods in Creation of the Atlas of Cultural Heritage Monuments in Bukhara Region. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали,1(1), 43-47.

2. Xurramovich, N. O. (2021). Reconstruction of Damaged Land in Farmers and Agricultural Farms. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 1(1), 48-53.

3. Imomov, S., Nuriddinov, K., & Nuriddinov, O. (2021). Thermal regime for convective drying products. InE3S Web of Conferences(Vol. 264, p. 04055). EDP Sciences.

4. Otabek Xurramovich Nuriddinov, Kurbon Hafiz O'G'Li Jurayev, & Xonnazar Zokir O'G'Li Qo'Ziyev (2022). Increasing the biological activity of salinated soils of Bukhara region with the help of various fertilizers. Science and Education, 3 (11

5. Nuriddinov Otabek Xurramovich, Hamroyeva Zarina Bekmurodovna, & Ochilova Zuhira Abror qizi. (2022). The Place and Role of Ecology in Geographic Information Systems. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 14, 51-54. Retrieved from https://zienjournals.com/index.php/tjm/article/view/2699

6. Nuriddinov Otabek Xurramovich, Hamroyeva Zarina Bekmurodovna, Ochilova Zuhira Abror Qizi, & Qoziyev Xonnazar Zoyir ogli. (2022). Increasing the Biological Activity of Salinated Soils of Bukhara Region With the Help of Various Fertilizers. Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences, 10, 23-26. Retrieved from https://www.zienjournals.com/index.php/tjabs/article/view/2694

7. Nuriddinov Otabek Xurramovich, Hamroyeva Zarina Bekmurodovna, Ochilova Zuhira Abror qizi, & Qo'ziyev Xonnazar Zoyir o'g'li. (2022). The Main Problems of Ensuring the Implementation of the Uniform State Policy Directed to the Wise Use of Earth Resources and Their Protection. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 14, 31-34. Retrieved from

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

https://www.zienjournals.com/index.php/zjssh/article/view/2707

8. Tuxtayeva, X. T., Egamova, D. A., & Hamroyeva, B. Z. (2022). The Potential of Ecotourism in the Economic and Social Development of Bukhara Region. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 8, 155-158.

9. Karimov, E. K., Bobozhonov, S. U., Mukhammadov, K. M., & Akhtamov, S. (2021, June). POSITION AND EFFECTIVE USE OF LAND FOR AGRICULTURE OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. In E-Conference Globe (pp. 50-53).

10. Karimov, E., Abdualiyeva, Sh. (2021, April). THE IMPORTANCE OF THE ECOLOGICAL SITUATION IN THE USE OF LAND RESOURCES. In E-Conference Globe (pp. 35-37).

11. Egamova Dilchehra Adizovna, Bobojonov Said Utkirovich, & Mukhamadov Kamariddin Mukhtarovich. (2021). IMPROVEMENT OF SOIL RECLAMATION (ON THE EXAMPLE OF BUKHARA REGION). Euro-Asia Conferences, 5(1), 285-286.

12. Egamova, D. A., Azimova, S. J., Muxamadov, Q. M., & Bobojonov, S. (2021). LABOR RELATIONS ON THE FARM. Актуальные научные исследования в современном мире, (62), 23-26.

13. Rahimberdievich, A. S., & Akhrorov, A. K. (2022). Contamination of Irrigated Soils with Toxic Substances and Protection of Them. International Journal of Human Computing Studies, 4(4), 66-70.

14. Rahimberdievich, A. S., & Akhrorov, A. K. (2022). Contamination of Irrigated Soils with Toxic Substances and Protection of Them. International Journal of Human Computing Studies, 4(4), 66-70.

15. Shuhrat Bafoyevich, A. (2022). DEVELOPMENT OF WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF THE USE OF FARM LAND. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN

EDUCATION,

1(11),

Retrieved

from

93-96.

http://interonconf.org/index.php/idre/article/view/280

16. Shukhrat Bafoyevich Adizov. (2022). SOCIO-ECONOMIC ASPECTS OF LAND USE IN FARMING. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION, 1(8), 60-70.

17. Adizov Shuhrat Bafoyevich. (2022, July 16). FERMER XO'JALIGI YER MAYDONLARI O'LCHAMLARINI MAQBULLASHTIRISH USLUBIYATINI TAKOMILLASHTIRISH. https://doi.org/10.5281/zenodo.6845959

18. Adizovna, E. D., & Nematovich, S. J. (2022). ADVANTAGES OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN GROUND MONITORING. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 10(11), 1-4.

19. Rustamov, M., Bobomirzayev, P., & Fayzimurodov, J. (2022). KUZGI YUMSHOQ BUGDOYNING "JASMINA" NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA" SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 258-263.

20. . Bobomirzaev, P. X. (2017). Influence of sowing dates on wheat growth and development in the south of the republic. Agro Ilm. Tashkent, 2, 46.

21. .Bobomirzaev, P., Khalilov, N., & Rakhimov, A. (2017). PHOTOSYNTHETIC ACTIVITY DURUM WHEAT DEPENDING ON TIME AND NORMS OF SEEDING SOUTH UZBEKISTAN. РЕДАКЦИОННЫЙ СОВЕТ, 1, 201718.

22. . Халилов, Н. Х., & Бобомирзаев, П. Х. (2014). Узбекистонда бугдой селекцияси, уругчилиги ва етиштириш технологияси (Монография). Самарканд: Зарафшон нашриети

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.