Научная статья на тему 'BUYUK MUTAFFAKIR OLIM IBN XALDUNNING ISLOM DUNYOSIDAGI IQTISODIY QARASHLARI'

BUYUK MUTAFFAKIR OLIM IBN XALDUNNING ISLOM DUNYOSIDAGI IQTISODIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Islom / ribo / Ibn Xaldun / davlat feodalizmi / halol mehnat / dehqon / yer / “Kitob-ul-ibar” / soliq / savdo / bozor / “ishlab chiqarish” / “ishlab chiqaruvchilar” / “zaruriy” / “qo‘shimcha qiymat”.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Suyarov Ashirbek Mustafayevich

Maqolada muqaddas kitobimiz “Quroni karim”dagi iqtisodiy fikrlar, ta’limotlar, buyuk mutaffakir olim Ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zaydning islom dunyosidagi iqtisodiy qarashlari to‘g’risida fikr yuritilgan bo‘lib, muqaddas islom dinidagi iqtisodiy g‘oyalarning rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUYUK MUTAFFAKIR OLIM IBN XALDUNNING ISLOM DUNYOSIDAGI IQTISODIY QARASHLARI»

BUYUK MUTAFFAKIR OLIM IBN XALDUNNING ISLOM DUNYOSIDAGI IQTISODIY QARASHLARI

Suyarov Ashirbek Mustafayevich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, "Maktab menejmenti" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215768

Annotatsiya. Maqolada muqaddas kitobimiz "Quroni karim"dagi iqtisodiy fikrlar, ta'limotlar, buyuk mutaffakir olim Ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zaydning islom dunyosidagi iqtisodiy qarashlari to'g'risida fikr yuritilgan bo'lib, muqaddas islom dinidagi iqtisodiy g'oyalarning rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan.

Tayanch so'z va iboralar: Islom, ribo, Ibn Xaldun, davlat feodalizmi, halol mehnat, dehqon, yer, "Kitob-ul-ibar", soliq, savdo, bozor, "ishlab chiqarish", "ishlab chiqaruvchilar", "zaruriy ", "qo'shimcha qiymat".

Аннотация. В статье рассматриваются экономические идеи и учение нашей священной книги «Священный Коран», экономические взгляды великого мыслителя Ибн Халдуна Абдуррахмана Абу Зайда в исламском мире, а также этапы развития экономических идей в священном Коране. религия ислам сделано.

Ключевые слова: ислам, риба, Ибн Халдун, государственный феодализм, честный труд, земледелец, земля, «Китаб-уль-ибар», налог, торговля, рынок, «производство», «производители», «необходимое», «добавленное». ценить".

Abstract. The article examines the economic ideas and teachings of our holy book "The Holy Quran", the economic views of the great thinker Ibn Khaldun Abdurrahman Abu Zayd in the Islamic world, as well as the stages of development of economic ideas in the Holy Quran. religion islam done.

Key words: Islam, riba, Ibn Khaldun, state feudalism, honest labor, farmer, land, "Kitab-ul-ibar", tax, trade, market, "production", "producers", "necessary", "added " value".

Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana boshladi. Bu yerlarda pul, mehnat munosabatlari biroz yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy xo'jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, yer solig'ini yig'ish huquqini yo'qotgan emas. Shu sababli Sharqda «davlat feodalizmi»ning turli shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o'z aksini topdi. Iqlim va turar-joy sharoiti tufayli, bu yerlarda dehqonchilik asosan sun'iy sug'orish asosidagina olib borilishi mumkin edi. Ba'zi olimlarning fikricha, Sharqda yerga xususiy mulkchilikning yo'qligi va buning asosiy sababi sun'iy sug'orish ekanligini aytadi. Yer bor bo'lgani bilan sug'orishsiz hosil olish mumkin emas edi. Sug'orish inshootlari qurish, ta'mirlash jamoa ixtiyorida bo'lgan, qishloq jamoasi saqlangan. Sharqda yerga xususiy mulkchilik bo'lganmi, degan muammo hanuzgacha hal etilmagan. Bizningcha, ko'proq yerdan foydalanish huquqi bo'lgan. Bu mintaqada yerni suvdan ajratib bo'lmaydi.Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g'oyalarning asosi muqaddas kitobimiz "Qur'oni karim"da (arabcha qiroat, ya'ni o'qish) aks etgan (VII-VIII asrlar). VI asrning oxiri- VII asrning boshlarida Arabistonda feodal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da'vat kuchaydi. Bu harakat so'nggi din - Islomda o'z aksini topdi. Islom ta'limoti payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan "Qur'oni karim"da mujassamlangan. Yagona to'g'ri din bo'lgan Islomdagi yo'l-yo'riqlar

hayotning barcha sohalarini qamrab olgan bo'lib, shu jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng o'rin berilgan. "Qur'oni karimdagi asosiy g'oyalardan biri barcha musulmonlarning qardoshligi bo'lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdi. Halol mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug'landi, barcha boylik shu asosda paydo bo'lishi o'qtirildi".[1.38-b.] Bu muqaddas kitobda Alloh taolo savdoga katta ahamiyat bergan, sudxo'rlikni, ya'ni ribo' (sudxo'rlik foizi) ni harom qilgan, mulkning Islom huquqshunosligida foyda miqdori 10 foiz qilib belgilangan. Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd (1332-1406) ning hissasi benihoya kata.U Tunisda tug'ilgan, 1382 yili Kohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo'lgan. Asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»- 1370y.). U birinchilardan bo'lib tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, g'arb olimlari Makiavelli, Monteskega katta ta'sir ko'rsatdi.Olimning konsepsiyasi «ijtimoiy tabiat» ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyusiyasi) oddiylikdan sivilizasiya saridir.

"Ibn Xaldunning bu asaridan tarjima «Ijtimoiy fikr» jurnalining 1998 yil 1- sonida (158-165-betlar) keltiriladi. Asarning «Kitobi avval» qismida «inson jamoasining farqli tomonlarini: shohlik hokimiyati, odamlarning daromadlari.» ni o'rganish asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Olim: «Insonga xos bo'lgan jihatlarga yashash uchun mablag', narsa topishga intilish, bu uchun mehnat qilish zaruriyati ham kiradi», deb yozadi. Davlatning yashash davr va bosqichlari keltiriladi, u beshga bo'linadi va nihoyatda ibratlidir. Mehnat qilinmasa «bozor munosabati ham barham topadi»". [2.38-b] «Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog'liqdir», deb yozadi olim. Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar yana aholining o'ziga qaytib keladi. «Aholining boylik manbaini bozor va savdo munosabatlari tashkil yetadi», deganda olim xuddi bugungi iqtisodiy g'oyani qo'llab-quvvatlaydi. Merkantilistik g'oya klassik maktab fikrlari bilan to'ldiriladi. «Savdogar moliga narx qo'yishda barcha sarf-xarajatlarni hisoblab narx yozadi». Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar yekishdan chetlanish haqidagi fikri ham qimmatlidir.Soliqlarni faqat davlat, ayrim hukmdorlar foydasiga yig'ish jamiyat tanazzuliga olib kelishi aytiladi.

Ibn Xaldun dastlab birgalikda «ishlab chiqarish» faoliyatiga katta e'tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar «ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan iborat deydi. U «Odamning kelib chiqishida mehnatning o 'rni»ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san'atning rivoji bevosita «mehnat unumdorligining o 'sishi» bilan bog'liq deydi. «Oddiy» va «murakkab» mehnat farqlangan, mehnat bo'lmasa, buyum ham bo'lmas edi, degan muhim qisqacha xulosalar chiqariladi. Olim fikrlarida «zaruriy» va «qo'shimcha mahsulot», «zaruriy va qo' shimcha mehnat» tushunchalari farqlanadi. U «tovarning iste'mol qiymati» va «qiymat» tushunchalarini ta'rifladi. Zamon va makonda o'z zamondoshlaridan ancha ilgari bu g'oyalarni berdi. «Oldi-sotdi bitimi asosida teng ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi ayirboshlanadi»,[3.29-b] «agar bu hunarmandchilik mahsuli bo 'lsa - unga sarflangan mehnatiga teng», «daromad qiymati esa sarflangan mehnat ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan o 'rni va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi». Bunda tovarlarni tenglashtirish mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya'ni mehnatning roli va tovarning foydaliligi ham hisobga olinmoqda, bu juda muhim.Qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot uchun tabiiy zarurat deb bilgan va fiziokratlardan ilgarilab ketgan.Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim hunarlar boshqa hunarlarni o'z ichiga oladi: masalan, duradgor yog'ochdan ishlangan buyumlarni, to'quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va hokazo, ya'ni ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovar-pul munosabatlari tahlil etilgan, narxlar bozorga olib chiqilgan tovarlar massasiga bog'liqligi aytilgan. Nonga baholarni mo'tadil ushlab turish, farovanlik manbai ekanligi

ko'rsatiladi. Soliq tizimini tartibga solish kerakligi qayd etiladi; uningcha soliq pasayishi ijtimoiy hayotni yuksaltiradi.Bundan deyarli 600 yil avval bozor tushunchasiga izoh beriladi. Ibn Xaldun fikricha: «Bozor - bu hunarmandchilikni mukammallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning garovidir». Shunisi diqqatga sazovorki, Ibn Xaldun taqdir taqozosi bilan Amir Temur bilan Damashqda uchrashgan (asir tushgan) va u bilan suhbat qurgan. Ko'p sohalarda, jumladan iqtisodiyotga oid asarlar muallifi, katta domla ekanligini bilib qolgan Amir Temur Ibn Xaldunni asirlikdan qutqarib, o'z vataniga qaytishga va ijodiy ishini davom yettirishga imkon bergan. Bu olijanoblik ilmga bo'lgan hurmat ramzidir.

Bu davr uchun Ibn Xaldunning iqtisodiy g'oyalari nihoyatda muhimdir, u o'z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi, oddiy va murakkab mehnat, zaruriy va qoshimcha mahsulot, tovarning iste'mol qiymati va umuman qiymatning farqini ta'riflab berdi, ayirboshlash tamoyilini (sarflangan mehnatning yarmi) to'g'ri talqin etdi, sarflangan mehnat bilan birga shu tovarning odamlarga zarurligi ham muhimligini ta'kidladi. Uning asarlarida mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlari, savdoning boylik yaratishdagi roli, soliq tizimining xalq farovonligiga ta'siri asosan to'g'ri tahlil etib berilgan.Hozirgi zamon o'quvchilari, yoshlari uning qimmatbaho iqtisodiy ta'limotlarini o'rganib, o'zlariga kerakli xulosalarni chiqarishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Toshmatov Sh.X, X.S.Asatullaev, Z.B.Allaberganov Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik. T., 2019 y. 352 b

2. A. Razzoqov, Sh. Toshmatov, N. Ormonov, P. Xoshimov, F.Egamberdiyev Iqtisodiy ta'limotlar tarixi.O'quv qo'llanma. T.: 2005 y. 436 b.

3. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik.-Toshkent.: «Iqtisod - moliya» - 2007 y. 320 b.

4. Musurmanov, A. N., Satbarov, А. А., Suyarov, А. М., & Xakimova, I. X. (2023). Clustered Disciplinary Factors Of School Lessons In Modernized Education Conditions As A Social Pedagogical Problem. Boletin De Literatura Oral-The Literary Journal, 10(1), 2605-2614.

5. Mustafayevich, S. A. (2023). Yoshlarning Iqtisodiy Tafakkurini Rivojlantirishda Sharq Mutafakkirlari Iqtisodiy Qarashlarining O 'Rni. Научный Фокус, 1(7), 1142-1145.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.