Научная статья на тему 'BUXORO VILOYATIDA POMIDORLARNING ALTERNARIA SOLANI ZAMBURUG‘I BILAN KASALLANISHI DARAJASI'

BUXORO VILOYATIDA POMIDORLARNING ALTERNARIA SOLANI ZAMBURUG‘I BILAN KASALLANISHI DARAJASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Alternaria solani / tomato / disease / crop / spot.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — M.B. To‘Raboyev, I.M. Mustafaev, M.M. Iminova, G‘.S. Jo‘Rayev, J.J. Jo‘Raqulov

In this paper, Alternaria solani fungus that causes early blight and its symptoms on tomatoes and potatoes, the incidence rate in our study area and recommendations for disease control are presented.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUXORO VILOYATIDA POMIDORLARNING ALTERNARIA SOLANI ZAMBURUG‘I BILAN KASALLANISHI DARAJASI»

BUXORO VILOYATIDA POMIDORLARNING ALTERNARIA SOLANI ZAMBURUG'I

BILAN KASALLANISHI DARAJASI 1M.B. To'raboyev, 2I.M. Mustafaev, 3M.M. Iminova, 4G'.S. Jo'rayev, 5J.J. Jo'raqulov.

1,2,3,4,5O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Toshkent sh.,

O'zbekiston. e-mail: 1mirzaraxmat@inbox.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10936461

Abstract. In this paper, Ahemaria solani fungus that causes early blight and its symptoms on tomatoes and potatoes, the incidence rate in our study area and recommendations for disease control are presented.

Keywords: Alternaria solani, tomato, disease, crop, spot.

Аннотация. В данной статье представлены сведения о грибе Alternaria solani, вызывающем раннюю пятнистость и ее симптомы на томатах и картофеле, уровень заболеваемости в нашем районе исследований и рекомендации по борьбе с болезнью.

Ключевые слова: Alternaria solani, томат, болезнь, урожай, пятнистость.

Annotatsiya. Ushbu maqolada pomidor va kartoshkada alternarioz kasalligini keltirib chiqaruvchi Alternari solani zamburug'i haqida ma'lumot va Tadqiqot hududida kuzatilgan o 'simnliklarningpatogen bilan kasallanish darajasi va qarshi kurash uchun tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Alternaria solani, pomidor, kasallik, hosil, dog'lanish.

Pomidor dunyodagi eng ko'p iste'mol qilinadigan kartoshkadan keyin ikkinchi o'rinda turadigan sabzavot ekinlaridan biridir. Bugungi kunda dunyo miqyosida 5.6 mln gektar maydonda pomidor yetishtirilib, yalpi xosil 281.5 mln tonnani tashkil etadi (Ablazova M.M. va boshqalar 2022). Pomidorning mahsuldorligi va sifatiga turli zararkunandalar va fitopatogen mikroorganizmlar ta'sir qilib, 200 dan ortiq kasalliklarni keltirib chiqaradi (Ragupathi et al., 2020). Bu kasalliklar orasida Alternarioz kasalligi bu pomidorning A. solani (Ellis & Martin) Sorauer zamburug'i ta'sirida yuzaga keladigan eng xavfli kasalliklaridan biri xisoblanadi. A. solani nekrotrofik zamburug' bo'lib, pomidor, kartoshka, tamaki va boshqa ko'plab sabzavot va qishloq xo'jaligi ekinlarida kasallikni keltirib chiqaradi va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida jiddiy yo'qotishlarga olib keladi (Zhang et al., 2020). Alternarioz kasalligi tufayli dunyo bo'yicha pomidor hosili 79 % gacha yo'qotilishi haqida bir qancha ma'lumotlar mavjud (Chaerani R. and et all. 2006., Desta M. and et all. 2015., Dey P. and et all. 2019).

Yuqoridagi ma'lumotlardan farqli ravishda biz olib borgan mikologik tadqiqotlarimizda bodom o'simligining alternarioz kasalligi bilan kasallanish foizi, Buxoro viloyati pomidor dalalarida tarqalishi quyida qayd etilgan metodlar asosida aniqlandi.

Material va metodlar

2021-2023 yillarda Buxoro viloyatida olib borilgan mikologik tadqiqotlar davomida pomidor o'simligida alternarioz kasalligini keltirib chiqaruvchi Alternaria solani zamburug'i aniqlandi. Patogenning nisbatan hududda keng tarqalganligi va agressivligi yuqori ekanligi qayd etildi. Dalalarda alternarioz bilan zararlangan o'simlik qismlaridan mikologik gerbariylar tayyorlandi.

Zamburug' turini identifikatsiya qilishda va morfologik belgilarini o'rganishda Kern optiks OBN 132 Serial № OME21C1129 mikroskopidan foydalanildi. Zamburug'ning taksonomik nomi www.indexfungorum.org asosida berildi.

Kasallikning tarqalishi va o'rtacha tarqalishini aniqlashda Dementeva tomonidan keltirilgan usul va formulalardan foydalanildi (Dementeva 1984). P = n x 100/N%

Bu yerda: P - Kasallikning tarqalishi %, N - umumiy tekshirilgan o'simliklarning soni, n - kasal o'simliklar soni.

2021-2023 yillar davomida Buxoro viloyatining barcha tumanlaridagi pomidor dalalarida olib borilgan mikologik tadqiqotlar davomida ba'zi dalalardagi pomidorlarda alternarioz kasalligi alomatlari kuzatildi (1-rasm).

C

1-rasm: Alternaría solani zamburug'i bilan zararlangan pomidor bargi (A), mevasi (B) va zamburug'ning mikroskopik ko'rinishi.

Ushbu zamburug' pomidor barglarini, mevalarini zararlaydi. Kasallik belgisi bargda quruq, dumaloq dog'lar xosil bo'ladi. Ular asta sekin birlashadi va barglar nobud bo'ladi. Zamburug' bilan zararlangan o'simlik qismlari mo'rt bo'ladi va sinib ketadi. Kasallik kuchli rivojlangan dalalarda o'simlik barglari butunlay qurib qolishi natijasida o'simlik nobud bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, tadqiqot hududagi o'simliklarni zararlanishini baxolash uchun tanlangan nazorat xududidan 100 ta o'simlik ketma-ket sanaldi. Ulardan 65 tasi sog'lomligi va 35 tasida kasallik alomatlari kuzatildi. Nazorat uchastkamizdagi kasallikning tarqalishi va zararlanish darajasini aniqlash uchun matematik xisoblashlar orqali aniqlandi (Dementeva 1984).

P = n x 100/N%.

Bu yerda: P - Kasallikning tarqalishi %, N - umumiy tekshirilgan o'simliklarning soni, n -kasal o'simliklar soni.

Bunga ko'ra, nazorat uchastkamizdagi pomidorlarning ushbu patogen bilan zararlanish darajasi 35% tashkil qildi.

Bundan tashqari, A. solani Buxoro viloyatining kartoshka dalalarida ham kuzatildi. Kartoshkadagi belgilari o'simlikda birinchi alomatlari 15-20 sm balandlikdagi yosh o'simliklarning barglarida gullashdan oldin to'q jigarrangdagi konsentrik dog'lar xosil bo'ladi. Poyasi to'q qo'ng'ir rangdagi dog'lar ustidan qora rangdagi mog'or bilan qoplanadi.

Alternarioz kasalligi belgilari kuzatilgan xududlarda qarshi kurashish chora-tadbirlari o'z vaqtida olib borilmasa xosilning katta qismi nobud bo'lishi mumkin. Masalan, Braziliyada alternarioz bilan kasallanish natijasida pomidorning 35-78% va kartoshkaning 5-40% xosil yo'qotilishi kuzatilgan (Keiji va boshqalar 2021). A. solani zamburug'i pomidordan tashqari kartoshka o'simligida ham keng tarqalganligini inobatga olgan holda kasallikka qarshi bir vaqtda qarshi kurashish va almashlab ekish qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Zhang D, Yu S, Yang Y, Zhang J, Zhao D, Pan Y, et al. Antifungal effects of volatiles produced by bacillus subtilis against Alternaria solani in potato. Front Microbiol. 2020; 11:1196. https://doi.org/10.3389/fmicb.2020.01196 PMID: 32625175

2. Ragupathi KP, PR Renganayaki, S Sundareswaran, S Mohan Kumar and A Kamalakannan Tomato early blight (Alternaria solani): Location and transmission. Journal of Pharmacognosy and Phytochemistry 2020; 9(6): 2012-2015

3. Keiji Jindo, Albartus Evenhuis, Corné Kempenaar, Clâudia Pombo Sudré, Xiaoxiu Zhan, Misghina Goitom Teklu, and Geert Kessel. Review: Holistic pest management against early blight disease towards sustainable agriculture. Pest Management Science. 2021 Feb 27. doi: 10.1002/ps.6320.

4. Chaerani R, Voorrips RE, Roeland E, Tomato early blight (Alternaria solani). The pathogen, genetics and breeding for resistance. Journal of General Plant Pathology.2006;13:335-347.

5. Desta M, Yesuf M. Efficacy and economics of fungicides and their application schedule for early blight (Alternaria solani) management and yield of tomato at south tigray. Ethiopia Plant PatholMicrobiol. 2015;6:1-6.

6. Dey P, Ramanujam R, Venkatesan G, Nagarathnam R. Sodium alginate potentiates antioxidant defense and PR proteins against early blight disease caused by Alternaria solaniinSolanum lycopersicum linn. PLoSONE. 2019;14(9).

7. Ablazova M.M., Fayzullayeva A.A., Qaraxanov J.A., Isroilov D.R. 2022y. Pomidor agrobiotsenozida g'o'za tunlamining rivojlanishi va zararini monitoring qilish asosida biologikkurash usullari. Agro kimyo ximoya va o'simliklar karantini Maxsus son 2. 1 b.

8. Dementeva M.I. Fitopatologiya. - M.: Agropromizdat, 1984. - 25-303 s.

9. www.indexfungorum.org. (Murojaat etilgan sana 29.03.2024)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.