Научная статья на тему 'BUXORO AMIRLIGINING TA’LIM TIZIMI'

BUXORO AMIRLIGINING TA’LIM TIZIMI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1365
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUXORO AMIRLIGINING TA’LIM TIZIMI»

International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Scientific-Theoretical and Practical Issues of DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-252-253_Psychology of Religion in Uzbekistan

BUXORO AMIRLIGINING TA'LIM TIZIMI

Xusniddin Xolmatov,

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanchi doktoranti

Yurtimizdagi Buxoro, Samarqand, Termiz, Nasaf, Xiva, Toshkent, Marg'ilon kabi shaharlar musulmon sharqidagi ilmiy-madaniy markazlar qatorida shuhrat qozongan. Samarqand ro'yi zaminning sayqali bo'lsa, Buxoro islom dinining quvvati va qudrati sifatida butun olamga ma'lum. Buxoro madrasalari tarixiga oid maxsus tizimga solingan ma'lumotlar XX asr boshlarida paydo bo'la boshladi. Mazkur madrasalari haqidagi muhim va qimmatli ma'lumotlarni Abdurauf Fitrat, Muhammad Sharif Sadri Ziyo, Said Mansur Olimiy, Sadriddin Ayniy kabi mualliflarning asarlaridan olishimiz mumkin.

XX asr boshlarida Buxoro Markaziy Osiyo, Kavkazorti, hozirgi Tatariston va Boshqirdiston hududlari uchun islom dinining markazlaridan biri sifatida muhim ahamiyatga ega bo'lgan.

Buxoro amirligida faoliyat yuritgan madrasalar soni manbalarda turlicha keltirilgan. Xususan, o'sha davrda yashab ijod qilgan Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniylarning yozishicha 200 ta madrasa bo'lgan. Turkiston general gubernatorligi hisoboti bilan bog'liq arxiv hujjatlarida 1914-yilda Buxoro amirligida 350 ta madrasa faoliyat yuritgani qayt etilgan[1].

Buxoro amiri Said Olimxon (1910-1920) hokimiyat tepasiga kelgach, barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim tizimida xam qator islohotlarni amalga oshirdi. Maktab va madrasalar faoliyatini takomillashtirishni davlat siyosati darajasiga ko'tarib, bu ishga bosh vazir (qushbegi) va bosh qozi (qozikalon)ni mas'ul qilib qo'ydi. Amir 1911 yil mart oyida "Ta'lim to'g'risida" farmon chiqardi. Unga ko'ra, madrasa talabalariga turli hoshiyalar o'qitilmasligi, tafsir va hadis rasmiy dars sifatida o'qitilishi; davlat xazinasiga olingan vaqflardan yig'ilgan pullarga shaharning turli yerlarida maktablar qurish hamda ularga muallimlar tayinlash; muallim olim, xushxat va xushqiroat bo'lishi; ularga maktablarning vaqflaridan tashqari davlat xazinasidan yillik 120 so'm maosh tayinlash; tahsil uchun bolalardan pul olmaslik; maktablarga bir nozir tayinlash va u xar oy maktabni taftish qilib amirga hisobot berishi belgilab qo'yildi [2].

Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida o'sha yilning aprel oyida shahardagi barcha maktablar muallimlari Registonga chaqirilib, Nasrullo qushbegi tomonidan ularning xar biriga 15

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

252

International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Scientific-Theoretical and Practical Issues of DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-252-253_Psychology of Religion in Uzbekistan

so'mdan maosh berilgan. Oylik tarqatilgach, qushbegi muallimlarga bolalar ta'lim-tarbiyasiga jiddiy qarab, sifatli darslar tashkil etishlari bo'yicha ko'rsatmalar bergan [3]. 1913 yil sentyabr oyining boshida Buxoro shaxrida yangi tipdagi 3 bo'limli: yozish va hisob xonasi, qiroatxonadan iborat maktab binosining qurilishi boshlanib, unga birinchi gishtini qozikalon qo'ygan [4].

Amir Olimxon buyrug'iga binoan, 1913 yilda Buxoro shahrida yangi madrasa qurilib, unda tafsir, hadis, kalom, usuli fiqh, hisob, tajvid, tarix fanlarini o'qitish yo'lga qo'yilgan. "Vaqt" gazetasida chop etilgan Imom Sobirjon Mustofiyning "Buxoroda madrasa ta'sis etiluv munosabatila" nomli maqolasida madrasaning bosh mudarrisi etib toshkentlik Xolmurod afandi tayinlangani, mudarris Sadriddin maxdum hisob, handasa, faroiz, mudarris Ibodulla Maxdum fatvo fanlaridan dars bergani haqida ma'lumot berilgan. Amir Olimxon bu madrasani tashkil etish haqida qushbegi nomiga buyruq chiqarganida mulla Qamariddinning ta'siri ostida bir necha mufti va beklar madrasani tashkil etilishiga qarshilik qiladilar. Ular madrasada dunyoviy fanlarning o'qitilishiga keng o'rin ajratilganidan norozi bo'lib, bu masalada Burxoniddin qozikalonga murojaat kilishgan. Qozikalon bu ishning boshida shaxsan amirning o'zi turganini aytib, ularning noroziligiga chek qo'ygan[5]. 1913 yil oktyabrda Amir Olimxon topshirigiga binoan Nasrullo qushbegi va Burxoniddin qozikalon shahardagi barcha madrasa mudarrislari faoliyati o'rganib, axloqiy yetuk va bilimli mudarrislarni tahsil berishga loyiq deb topganlar va noloyiqlari ishdan chetlashtirganlar[6].

Xulosa qilib aytganda, Amir Olimxon ma'rifatparvar xukmdor sifatida maktab va madrasalardagi ta'lim tizimini islox kilish va rivojlantirish mamlakat tarakkiyoti uchun nechogli axamiyatli ekanligini anglab, bu borada sezilarli uzgarishlarni amalga oshirdi.

REFERENCES

1. Asrorova L. Buxoro madrasalari tarixidan. - T.: "Hilol nashr" 2017.

2. Buxoro ("Vaqt" gazetasidan olingan) // "Tarjimon" (Bog'chasaroy), № 12, 1911 yil 18 mart.

3. Fitrat. Ikromot islox koroni hukumat Buxoro. (Buxoro hukumatining isloxkorona kadamlari) // "Oyna" (Samarkand), № 8, 1915 yil 30 yanvar.

4. Imom Sobirjon Mustofiy. Buxoroda madrasa ta'sis etiluv munosabatila // "Vakt" (Orenburg), 1915 yil 24 dekabr, № 1948.

5. Buxoroda muhim qaror // "Oyina" (Samarqand), № 10, 1913

yil 28 dekabr. - B. 245-246.

https://ares.uz/

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.