Научная статья на тему 'BUXORO AMIRLIGI IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA METALLURGIYA SOHASINING O’RNI'

BUXORO AMIRLIGI IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA METALLURGIYA SOHASINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abduraimova M.B.

XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi hududi hududi keskin qisqardi, ya’ni Farg’ona, Balx, Hisor, Termiz, Shahrisabz hududlari uning tarkidan chiqdi. Shuningdek, ko’chmanchilarning hujumlari, o’z navbatida qalmoq istilochilari ta’siri Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlariga ta’sir etdi. Ya’ni, karvon savdo yo’llarining to’sib qo’yilishi, tashqi savdoning zaiflashishi shahar hunarmandchiligiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Hunarmand va savdogarlar ayniqsa bundan jabr ko’rdi. Hunarmandlar o’z mehnati mahsulini qadrsizlangan pul evaziga berishni xohlamadi, xomashyo sotib olishning iloji yo’qligi sababli ustaxonalarda ish to’xtadi. XVI-XVII asrlarda Buxoro hunarmandlari orasida chuqur ijtimoiy tabaqalanish allaqachon sodir bo’ladi. Bunday keskin vaziyat XVIII asr oxiriga kelib mo’tadillashdi, ya’ni Mang’itlar sulolasi davrida Buxoro amirligi markazlashtirish siyosatini olib borishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tartibga solindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUXORO AMIRLIGI IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA METALLURGIYA SOHASINING O’RNI»

BUXORO AMIRLIGI IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA METALLURGIYA SOHASINING O'RNI

Abduraimova M.B.

NavDPI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11175057 XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi hududi hududi keskin qisqardi, ya'ni Farg'ona, Balx, Hisor, Termiz, Shahrisabz hududlari uning tarkidan chiqdi. Shuningdek, ko'chmanchilarning hujumlari, o'z navbatida qalmoq istilochilari ta'siri Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlariga ta'sir etdi. Ya'ni, karvon savdo yo'llarining to'sib qo'yilishi, tashqi savdoning zaiflashishi shahar hunarmandchiligiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Hunarmand va savdogarlar ayniqsa bundan jabr ko'rdi. Hunarmandlar o'z mehnati mahsulini qadrsizlangan pul evaziga berishni xohlamadi, xomashyo sotib olishning iloji yo'qligi sababli ustaxonalarda ish to'xtadi. XVI-XVII asrlarda Buxoro hunarmandlari orasida chuqur ijtimoiy tabaqalanish allaqachon sodir bo'ladi. Bunday keskin vaziyat XVIII asr oxiriga kelib mo'tadillashdi, ya'ni Mang'itlar sulolasi davrida Buxoro amirligi markazlashtirish siyosatini olib borishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tartibga solindi.

Buxoro amirligi ijtimoiy qatlamining asosini- raiyat, mahalliy o'rta xalq vakillari tashkil etgan. Aholining ko'pchiligi asosan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik tarmog'i bilan band bo'lgan. Kamdan-kam hollarda boshqa sohalarga e'tibor qaratilgan. Jumladan, konchilik sanoatiga e'tibor maxsus soha sifatida qaralmagan. Shunday bo'lsada, konchilik sanoati jamiyatning ijtimoiy soha salohiyatiga ta'sir etgan. Ruda konlaridan olingan ma'danlar hunarmandchilik sohasida, iqtisodiy tarmoqda, harbiy sohada o'z o'rniga ega bo'lgan va xomashyo mahsulotlari bilan ta'minlagan.

Buxorolik hunarmandlarning kasb mahorati, an'analari, nozik san'ati avloddan-avlodga o'tib kelgan. Mahsulotning hajmi va sifati, ishlab chiqarish texnologiyasi bo'yicha batafsil qoidalar mavjud bo'lib, ularni buzish ustaxona va shahar ma'muriyati tomonidan jazolanadi. An'anaviy shakllarning yuqori sifati va o'zgarmasligini saqlab qolgan hunarmandchilikdagi ushbu tartib ishlab chiqarish rivojiga to'sqinlik qilgan. Diniy xurofotlar, cheklovlar har qanday yangiliklar kirib kelishiga to'sqinlik qilgan [1.126].

Buxoro shahar aholisining ko'p qismini tashkil etgan minglab hunarmandlar og'ir sharotlarda yashagan. Ularning ishi 14-16 soat davom etgan, topgan daromadi o'zini boqishga zo'rg'a yetgan. Ayniqsa, yosh hunarmandlarga qiyin bo'lgan. Ya'niki, hunarmandni tayyorlash 10-15 yil davom etgan. Bu vaqtda hunar

o'rganuvchi shogird nafaqat ustaxonada, balki hunarmandning oilasiga xizmat qilishi va barcha ishlarni bajarishi kerak bo'lgan. Shogird mehnati uchun haq olmagan. Erkin ishchilardan foydalanishga qiziqqan hunarmandlar tomonidan shogirdlik davri ataylab uzaytirilgan. Mustaqil ishlash huquqini olish uchun xalfa(shogird)ga hunar mahorati nafaqat qasddan yomon o'rgatilgan, hunarmandlar guruhiga kirish uchun pul tejashi ham kerak bo'lgan. Hunarmandchilik ustaxonasini faqat ustaning farzandlari yoki badavlat kishilar ochishi mumkin edi.

XVIII asrning ikkinchi yarmida ichki va tashqi savdoning tiklanishi, hunarmandchilik va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning o'sishi yuz bergan. Chunki paxtachilik va qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlari eksport uchun asosiy tovarlarni ishlab chiqarish uchun xomashyo bilan ta'minlagan. XIX asrning birinchi yarmiga kelib Buxoroda ijtimoiy hayot barqarorlashagan. Bu davrda to'qimachilik ishlab chiqarishning asosiy tarmog'i bo'lgan. Dehqonlar bu hunarmandchilik bilan asosan qishda, qishloq xo'jaligi ishlari tugashi bilan shug'ullangan. Amir saroyida turli mutaxassislikdagi hunarmandlar ishlagan. N.Xanikov 1840-yilda Buxoroda "temir quyish" zavodini eslatib o'tadi [1.128]. Birgina "rastayi chitfurush"da 284 ta do'kon borligi ta'kidlanadi. Hunarmandlar guruhi (gildiya)ga hunarmandlar yig'ilishida saylanadigan va amir tomonidan tasdiqlanadigan oqsoqollar turgan. Har bir ustaxonaning o'z nizomi bo'lgan, uni buzganlik uchun qattiq jazolangan.

Qo'shtirnoq ichida faqat ,,zavod" deyish mumkin bo'lgan Buxoro va Qo'qon temir quyish zavodlari XIX asrda asosan Yevropa cho'yan buyumlarini qayta eritish bilan shug'ullangan. Temirchilar, tokarlar, ohangarlar, misgarlar asosan chetdan keltirilgan metalldan yoki eski metall parchalaridan mahsulot ishlab chiqargan [2.67].

Kon muhandisi K.Butenev Buxoro sanoatining rivojlanishiga baho berar ekan, shunday deb yozgan edi: "Xatto hunarmandchilik kamolotining eng past pog'onasida turgan Buxoroda zavod ishi bo'lmaydi va hukumat shunday sharoitda ish tutar ekan, rivojlanishi qiyin. Davlat zavodlarining tashkil topishi qiyin masala, chunki bu yerdagi hukumat bunday zavodlarning foydasini ko'rmaydi ularni tashkil qilish uchun mablag' va bilimdon odamlarga ega emas. Shuningdek, zavodlar yaxshi ishlagan taqdirda ular xazinaga olinishidan qo'rqishadi" [3.148-149], deb ta'kidlaydi.

Tog'-kon mahsulotlari davlatlar orasida qimmatbaho sovg'a-salom va elchilik, yaxshi diplomatik munosabatlar uchun ham xizmat qilgan. N.Xanikov "Описание Бухарского ханства" kitobida "Buxoro xonligida XIX asrning 40-yillarida ishlab chiqarish turlaridan dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik hisoblanadi, manafakturalar cho'yan zavodidan boshqa umuman yo'qdir [4.111]"-deb yozadi. Demak, mazkur davrda cho'yan quyish, unga ishlov berish yaxshi

qo'yilgan.Yevropalik fuqaro nigohida "manafaktura", "zavod" holatida deb talqin etilishi, ushbu sohada bir qancha ilg'or ishlar amalga oshirilganligini anglash mumkin [5.15].

XIX asming birinchi yarmida Buxoro hunarmandchiligida hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. O'rta asr usullari ustunlik qilgan, asboblar juda ibtidoiy bo'lgan, bu ishlab chiqarishning yanada rivojlanishiga to'sqinlik qilgan. Shuni ta'kidlash joizki, hunarmandchilikning o'sishi ichki va tashqi savdoga bevosita ta'sir etgan. Xolbuki, XIX asrning birinchi choragida amirlikda ijtimoiy tarkibning ko'pchiligini hunarmand va savdogarlar tashkil qilgan.

XX asr boshida Buxoro hunarmandchilikning ko'pgina sohalari taraqqiy etgan o'lka sifatida qayd etiladi. Shunisi ahamiyatliki, Buxoro amirligida ayniqsa ipakchilik va qog'oz ishlab chiqarish eng taraqqiy etgan sohalardan hisoblanadi. Mamlakatda hunarmandlarning ko'pchilik qismi sezilarli guruhi temirchilar, payvandchilar, misgar va zargarlar qaysiki, o'zlarining kasbiga ixtisoslashgan mahalla dahalarida istiqomat qiladi. Misgar va zargarlar, Buxoro shahrining markaziy hududlarida yashagan. Bunday hunarmandchilik sohalari Yevropa shahar sanoatchiligi tipida bo'lmay, qo'l mehnatiga asoslangan tizimni uzoq vaqtlardan buyon davom ettirib keladi. XX asr boshlariga kelib amirlikda paxta tozalash, jun, moy va press zavodlari tashkil qilina boshladi. Ayniqsa, amirlikning Yangi Buxoro, Chorjo'y, Qorako'l, Qiziltepa, Eski Buxoro, Ziyovuddin, Kerki, Termiz, G'ijduvon, Zirabuloq hududlarida yangi ishlab chiqarish sohasiga asoslangan zavodlar tashkil topa boshlaydi. Bu amirlik iqtisodiyotining endi jonlanayotganini ifodalaydi. Buxoroning sharqiy bekliklarida tog'li hududlar ko'p bo'lganligi va bekliklarni muhofaza qilish talabi natijasida qurol-yarog' ishlab chiqarishga bo'lgan ehtiyoj ortadi. Masalan Yurchi, Boysun, Sherobod bekliklarida temir, ko'mir rudalaridan foydalanilgan[2.56]. Temir va charm buyumlar ishlab chiqarish Boysunda, zargarlik buyumlari Denovda ishlab chiqilgan.

D.N.Logofetning boshqa asarlarida shunday ma'lumotlar keltirilgan: "Barcha qishloq va shaharlarda mahalliy hunarmandlar tomonidan yumshoqroq temirdan taqa, bolta, soxta temir, o'roq, o'roqlardan tashqari nihoyatda sifatli pichoqlar, xanjarlar Hisor, Qalayxumb va G'armda yasalgan" [6. 273-274].

Darvozlik temirchilarning yuksak kasbiy san'ati haqida gapirganda, temirni Damashq usulidan faqat Darvoz va Qoratog'da qo'llaganligini alohida ta'kidlash lozim. Yuqorida aytilgan usul quyidagicha amalga oshirilgan: usta sifatli temirni olib, pechda qiziguncha qizdirgan, bolg'a bilan urib, qalayga aylantiradi va suv o'rniga yog'da sovutadi va yana bir qolip tayyorlab bo'lgach, ikkala qolipni ham qizdiradi. Yana urish natijasida qalay tasmaga aylanib, yana egilib qolgan. U bu harakatni qirq marta takrorlaydi, har safar uni suv o'rniga yog'da sovutadi. Natijada

nihoyatda yupqa, o'tkiг va qattiq po'lat qilich tayyoгlandi. Uning dastasi fil suyagidan qilingan, dastasida halqa va qilich uchi uchun g'ilofga o'xshash teshik qilingan. Bunday qilichni o'rtada ushlab turish va kerak bo'lganda uni yechish juda qulay bo'lgan. Bu usul Damashq usuli deb atalgan, chunki bu qilich yasash usuli o'rta asriaMa Damashq shahrida (Suгiya poytaxti) qo'llanilgan. Bu usul bilan yasalgan qilichni usta xaridor oldida sinovdan o'tkazgan. Bunday qilich biï zarta bilan barmoq uzunligini kesib tashlaydi. Barcha ustalar bu ishni bajara olmaydi. Bunday yod^lex juda kam edi. Ulaming o'z bгendi boг edi, ulaT shu oгqali qaysi ustaning hunarmandchiligi ekanligini aniqlashlari mumkin edi. Masalan, uch yarim oy shaklidagi shunday belgili qilichda usta an'anasiga ko'ra yulduz, bodom yoki ustaning nomi ko'rinishidagi belgilaг o'yib yozilgan bo'lsa, demak, bu qilich yasagan falon hunarmandning qilichi dushmanning boshini kesmasa, ustaning xotini uch marta taloq qilinadi. Ya'ni, hunaimand o'z mahsulotining yuqori sifatini kafolatlagan.

Hunarmandlik kasbi otadan o'g'ilga o'tib kelayotgan avlod an'anasidiг. Shu bilan birga, taniqli kasbiy shaxslar o'zlarining haqiqiy ta'lim maktabiga ega bo'lgan. Bu maktabni o'tash va "o'zlashtirib olish" uchun otalaг o'g'illaгining bu kasbga qiziqishini sezib (asosan otalari shu kasbda bo'lgan) ulami Buxoro, Fa^'ona va Toshkentga olib ketgani haqida dalillar mavjud. Ta'lim muddati shartli ravishda belgilanmagan, ko'pincha 3-4 yil va ba'zan 5-6 yilgacha va undan ko'p. Bu asosan talabaning qobiliyatiga va o'qituvchining kasbiy darajasiga bog'liq edi. Kasb-hunar ta'limi davrida talaba o'qituvchisining uyida yashagan va unga zarur uy ishlarida yordam bergan. Vaqti-vaqti bilan imkoniyatga qarab, bo'lajak hunamandning otasi bolaga hunamandga sovg'ato (odatda kiyim-kechak va oziq-ovqat) bilan tashrif buyurib, uning ahvoli va kasbiy ta'lim darajasi bilan bevosita tanishgan. Talaba otasi oldida o'zining kasbiy yutuq darajasini amalda ko'гsatishi keгak bo'lgan. Mashg'ulot tugagach, ota xo'jayinning kasbiy darajasi va ta'siriga mos keladigan sovg'ala! hamda cho^a mollaгi (asosan sigiгlaг) bilan usta uyiga kelib, katta ziyofat bergan. Ta'lim berish jaгayoni tugagach, domla xalq huzuгida shogiгdiga fotiha be^an: "Keksa temiгchi Dovud, kamaringni bog'lab, kasbingga baгaka beг". Bu rasm Daгvazda " belbog' " nomi bilan mashhuг bo'lgan. "Keksa qo'l" ijodkoming qaytishi yoki chol duosi qishloq ahli tomonidan juda muhim voqea sifatida kutib olingan. Yosh hum^and^^ otasi yana ziyofat uyushtirib, qo'ni-qo'shnilari oldida ham alohida tantana bilan nishonlagan. Uzoq va yaqin viloyatlardan kelgan hunarmandlar mashhur Darvoz ustalariga shogirdlikka kelib, kasbiy tayyorgarlik va tajriba orttirishgan.

Tabiatshunoslik, tarix va etnologiyaning tuгli yo'nalishlari olimlaгining kuzatishlaгiga ko'гa B.L. Grombchevskiy, P. E. Kosyakov, N. Kosinenko, D. I.

Mushketov, D. D. Nalivkin, M. S. Andreev va boshqalar XIX asr oxiri - XX asr boshlarida bu mamlakatda ilmiy kuzatishlar olib borgan, temir ishlab chiqarish sohasini tahlil qilgan. Ruda va temir qazib olishning tegishli davri kuzning oxirida, dala ishlari tugallanganda boshlanadi. Bu davrda bir guruh kishilar ruda qazib olish va uni eritish bilan shug'ullanadi. Kuzda bu ishni qila olmaganlar erta bahorda bu ishni qiladilar.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, temirchilik holatining yuqorida tilga olingan ushbu qisqacha tavsifi ham Darvoz hududida hunarmandchilikning bu turi sezilarli darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Shuningdek, Buxoro amirligida rudalarga ishlov berish texnikasi taraqqiy etmagan bo'lsada, hududlar miqyosida "kichik" ustaxonalarda mahalliy ustalar tomonidan an'ana va xo'jalikning bir sohasi sifatida qaralib, ajdoddan-avlodga yetkazib kelingan. Xullas, bu an'ana o'ziga xos ma'danga ishlov berish texnikasi mavjud ekanligini isbotlaydi hamda raiyatning ehtiyojini ta'minlashga xizmat qilganini ko'rsatadi.

Adabiyotlar:

1. История Бухары с древнейших времен до наших дней. Т.:Фан.,1976.С.126

2. Массон М.Е. К истории горного дела на территории Узбекистана. - Т., 1953. - C. 67.

3. Бутенев К.Ф. Заводское дело в Бухаре / Горный журнал. Кн.11 (ноябрь) 1842. - C. 148-149.

4. Хаников Н. Описание Бухарского ханства. - Спб., 1843. - С. 111.

5. Тураева С.Р. Бухоро хонлиги ижтимоий-ик;тисодий хдётида тог-кончилик ишларининг тутган урни ( Х асрлар) // Утмишга назар, №20 (2019). 15-б.

6. Логофет Д.Н. Бухарское ханство под русским протектаратом. - Т. 1. -Спб., 1911. - С. 273-274.

7. Кандахаров, А. Х. (2016). Кармана и его значение в Бухарском ханстве.

Современные проблемы социально-гуманитарных наук, (1), 114-117.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.