Berdiyeva O.
O'zJOKU o'qtuvchisi
BUGUNGI IJTIMOIY TARMOQ HAMDA UNING YUTUQ VA
KAMCHILIKLARI
Annotatsiya. Ushbu Maqolada jurnalistika qonun-qoidalariga ko'ra, jurnalistik sohada ijod qilayotgan va bu borada qalam tebratayotgan insonlarda uchrab turadigan bir nechta kamchiliklar va yutuqlar xaqda so'z ketgan
Kalit so^zlar: estetik, feyk, fakt, janr, global, media, interyu.
Berdiyeva O. lecturer UzJOKU
TODAY'S SOCIAL NETWORK AND ITS ADVANTAGES AND
DISADVANTAGES
Annotation. In this article, according to the laws of Journalism, several shortcomings and achievements that occur in people who are creating in the journalistic field and are shaking pens in this regard have been mentioned
Keywords: aesthetic, fake, fact, genre, global, media, interview.
Kirish. Ma'lumki yurtimizda yosh va barkamol avlod tarbiyasiga katta ahamiyat qaratilmoqda. Buni mamlakatamizda olib borilayotgan keng islohotlar hamda ularning samaralarida ham ko'rish mumkin. Barchasining tag, zamirida mamlakatimiz ertasi uchun jismonan va ruhan sog'lom insonlar qoldirishdek ulug'vor maqsad mujassam. Bu ezgu yo'lda OAVning xizmati va hissasi ka tta. Zero Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida "Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori avvalo farzandlarimizning unib-o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir" deb ta'kidlanganidek, yosh avlod tarbiyasi va uning estetik didi, ma'naviyati hamisha millat va jamiyatning e'tiborida bo'lib kelgan.
Adabiyotlar sharhi. Jurnalistika sohasida "axborot ekologiyasi" sofligini ta'minlashning ahamiyati, bugungi kunda uzatilayotgan axborotlar orasida "feyk" yangiliklar va dezinformatsiya ulushi, media va axborot savodxonligi tushunchasining talqini, uning ahamiyati, qonuniyatlari va prinsiplari, jurnalistik ta'limdagi o'rni, jurnalist etikasi, onlayn insonning huquqlari, noodatiy axborot manbalari, katta miqdordagi axborot uyumidan kerakli axborotni to'plash mahorati, aholiga salbiy ta'sir o'tkazuvchi axborotlarni aniqlash, jurnalistika qonun-qoidalariga ko'ra, jurnalistik sohada ijod qilayogan va bu borada qalam tebratayotgan insonlarda
uchrab turadigan bir nechta kamchiliklar ham borki, ulardan ko'z yumib bo'lmaydi.1
Bundan tashqari, jurnalistlarga nisbatan jamoatchilik tomonidan tanqidiy fikrlarning ko'payib, axborot uzatishdagi ma'lumotlarning kechikishi va jurnalistlar orasida asarduzdlik hollarining kuchayganligi tezkor axborotga oshufta yoshlarning OAVga nisbatan fikrlarini yomon tomonga o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Buning uchun OAV xodimlari hujjatli yozishmalarga arzirli insonlar hayotini kuzatishi, jadal suratlarda ipidan-ignasigacha o'rganishi, auditoriyani chuqur mulohazaga undaydigan intervyular olishi, reportajlar tayyorlash, mazkur materiallarda nashr usullaridan keng foydalanishi, dramatik sahnaning borini boricha auditoriyaga ko'rsatishi kerakdir.
Ma'lum bir davrda janr deb atalgan materiallar esa keyinchalik boshqalariga birikib ketishi va ma'lum bir janrning elementi sifatida e'tirof etilishi ham bor haqiqat. Uni talab va ehtiyojlar barobarida, yuksak iste'dodlar yaratadi va ularning izlanishlari an'anaviy "qolip"dan chiqib ketadi. Bu bevosita ijodiy muhit, taraqqiyotining ildizlari va undan oldingi faoliyatning qay darajada mukammalligiga borib taqaladi. Mukammal yaratilgan OAV asarlari esa, yangilikka intiluvchan yoshlar ma'naviyatini sayqallashga, ularni to'g'ri yo'naltirishga xizmat qiladi.
Muhokama va natija. Bugungi jurnalistika, umuman har jabhada paydo bo'lgan har qanday yangilik, ixtiro, janr yo usul ommalashishi uchun ta'sir qiladigan kuch va vosita kerak. Hamma bir metodning ortidan ergashadi, deb o'ylash noo'rin. Negaki usulni jamoatchilik tushunishi uchun ma'lum vaqt o'tadi. Yana, ijodkorlar hammasi ma'lum muddatdan so'nggina uslubni o'zlashtirib, keyinchalik yozishga kirishadi. Ular auditoriya ichida yurishadi va bunga munosabatni tezda aniqlashadi, shundan so'ng tahririyat uchun ijobiy va foydaliligini bilgach "kuch"larini shunga yo'naltirishadi.
"Axborot asri" deya ta'rif berilgan XXI asrda insoniyat hayotida axborot va unga munosabat tushunchasi tubdan o'zgardi. Dunyo mamlakatlarining rivojlanganlik darajasi, mavqei, salohiyati u yerda nechog'li axborotlashgan jamiyat barpo etilganligi bilan belgilanmoqda. Jamiyatning axborotlashganlik darajasi, demokratiyaning ustivor ko'rsatkichi hisoblanadi. "Hozirgi davrda matbuot, ommaviy axborot vositalari shunday qudratli kuchga aylanmoqdaki, o'z kelajagini o'ylaydigan xalq va millat buni sezmasligi, his etmasligi mumkin emas"2.
Mana shunday bir davrda ommaviy axborot vositalarini isloh etish muhim masalaga aylandi. Zero, "Umumiy davlat tizimi tarkibiga kiradigan jurnalistika ayni chog'da jamiyatning o'ziga xos ijtimoiy instituti hisoblanadi. Ya'ni tizim ichidagi tizim..." 3 . Shunday ekan, jurnalistikaning ijtimoiy pozitsiyasi
1 Н.Муротова. ЖУРНАЛИСТИКАДА МЕДИА ВА АХБОРОТ САВОДХОНЛИГИ. Baktria press. Тошкент
2 Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч.- Т.: Маънавият, 2008. 135-б
3 Асиме Н. Формы и методы воздействия СМИ на формирование общественного мнения. - Минск 1998
jamiyatning ijtimoiy pozitsiyasidan kelib chiqadi va bu ikki pozitsiya o'rtasidagi uyg'unlik saqlanishi zarurligi o'z-o'zidan ko'rinadi. Bunday uyg'un mavqeiga ko'tarilish jurnalistning faoliyat mezonlaridan biridir.
Axborot tarqatuvchi asosiy sub'ekt - jumalist. Global miqyosda aytadigan bo'lsak, axborot asrimizning taqdiri ham ko'p jihatdan jurnalistning zimmasida. Media tizimlarida ham axborot madaniyatning ijtimoiy-siyosiy, milliy-mahalliy, manaviy-ma'rifiy, huquqiy, falsafiy, e'tiqodiy, iqtisodiy umuminsoniy aspektlari haqida ham birinchi navbatda axborot madaniyatini shakllantiruvchi bosh sub'ekt-jurnalist qayg'urishi kerak bo'ladi. Jurnalist shaxsi mutlaqo yangicha qiyofa hosil qilayotgan ushbu jarayonini rossiyalik tadqiqotchi Irma Kumilganova "Jurnalistning sub'ektivlashuvi" deb ta'riflaydi4.
Qolaversa, xalqimiz ommaviy axborot vositalari buyuk o'tmishdagi allomalarimizning ham fanga ma'lum bo'lmagan ilmiy meros tadqiqotlari haqida ham ko'plab ma'lumotlarni bilib oladi. Aytish kerakki "Biz bu bebaho me'roslardan xalqimizni ayniqsa yoshlarimizni qancha ko'p bahramand etsak, milliy ma'naviyatimizni yuksaltirishda jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma'rifiy qurolga ega bo'lamiz"5.
Ma'lumki, matbuot - ijtimoiy informatsiya yig'ish va tarqatishning asosiy vositasi sifatida insoniyatning madaniy taraqqiyotga ega bo'lgan hayotida muhimo'rin tutib keladi. Shu boisdan u insoniyat bilan birlikda rivojlanib, taraqqiy etib boraveradi. Bu ommaviy axborot vositalarining turli-turli yangi ko'rinishlari vujudga kelishida ham o'z ifodasini topadi.
Internet boshqa ommaviy axborot vositalari kabi o'z faoliyatida jurnalistikaning axboriy, tahliliy va ayrim hollarda badiiy-publitsistik janrlari qo'llaniladi. Internetda xabar, yangiliklar janri turli ko'rinishlarda keng o'rin oladi. Shu bilan birlikda unda kengaytirilgan xabar, hisobot, suhbat (intervyu), maqola kabi janrlar doimiy qo'llaniladi. Yuqorida aytilganidek ayrim hollarda lavha, esse, ocherk, feleton va badiiy publitsistikaning boshqa janrlari ham internetdan o'rin olishi mumkin. Shunday texnika mo'jizasidan ba'zi buzg'unchilarning o'ta g'arazli maqsadlarda foydalanayotganlarini taassuf bilan aytish mumkin. "Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko'rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tarkibiy ravishda ko'zdan kechiradigan bo'lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g'oya va ta'limotlar bilan yovuz va zararli g'oyalar o'rtasida azaldan kurash mavjud bo'lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko'ramiz,- deb ta'kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz.- Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig'iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo'q, deb beparvo qarab bo'lmaydi. Ana shunday kayfiyatga
4 Кумилганова И.А. Нравственные критерии в профессиональной журналистской деятельности.: -Автореф. Дис.....канд. Филол.наук.-М .: МГУ. 1992. 14с
5 Каримов И.А. юксак маънавият -енгилмас куч. - Т.: Маънавият, 2008. 48-бет.
berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas"4. Bugungi kunda globallashuvning jadallashuvi sharoitida milliy ma'naviyat mavjudligining o'zi yetarli emas, unda tashqi tahdidlarga qarshi qaratilgan ichki ruhiy qudrat, uning amal qilishi va faoliyat ko'rsatishi ham zarur bo'ladi5.
Xulosa. Shunday ekan bugungi kunda bizga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib o'z ustimizda koproq ishlab Jurnalistlar jamiyatning faol odamlari hisoblanadi. Ularning har bir so'zi, xatti-harakati kishilar ko'z o'ngida gavdalanadi. Shu bois davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan har kontent yuzasidan tahliliy munosabatlarini bildirishi muhim. Bu esa o'znavbatida bosma ommaviy axborot vositalarida, televidenie, radio, internet saytlarida ham etiborliroq bolishimiz saviyasiz kontentlarga etiborni kamaytirishimiz muhim deb o'ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Н.Муротова. ЖУРНАЛИСТИКАДА МЕДИА ВА АХБОРОТ САВОДХОНЛИГИ. Baktria press. Тошкент -
2. Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч.- Т.: Маънавият, 2008. 135-б
3. Асиме Н. Формы и методы воздействия СМИ на формирование общественного мнения. - Минск 1998
4. Каримов И.А. Бизнинг бош максадимиз - жамиятни демократлаштириш янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислох этишдир. - Т.: Узбекистон, 2005. 51-б.
5. Кумилганова И.А. Нравственные критерии в профессиональной
журналистской деятельности.:- Автореф. Дис.....канд. Филол.наук.-М.:
МГУ. 1992. 14с
6. Каримов И.А. юксак маънавият -енгилмас куч. - Т.: Маънавият, 2008. 48-бет.
7. Отамуродов С. Глобаллашув ва миллат. -Т.: Янги аср авлоди, 2008. - 170 б.
4 Каранг: уша асар, 112-113 б.
5 Каранг: Отамуродов С. Глобаллашув ва миллат. -Т.: Янги аср авлоди, 2008. - 170 б.