International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
BTR- 80 BRONETRANSPORTIYORI UCHUN BrOF-10-1 BRONZA KUKUNIDAN FILTRLOVCHI ELEMENTLAR YARATISH
TEXNOLOGIYASI
Sirojev Hayotjon Xolmurotovich
podpolkovnik, T.f.f.d. (PhD) dotsent, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Texnik ta'minot kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada BrOF-10-1 bronza kukunidan tayyorlanadigan filtr elementi materiali ya'ni bronza kukunini press formaga erkin holda solib undan so'ng tashqi kuch ta'sirida majburiy bosim ta'sir ettirish texnologiyalari va ularning ishlab chiqarilgan filtrlovchi elementlarning xossa va xususiyatlariga ta'siri keltirilgan.
Kalit so'zlar: bronza kukunini, press forma, tashqi kuch ta'siri, zarrachalar, deformatsiya, geometrik shakl, texnologiya, moylash tizimi.
Аннотация: в данной статье рассмотрен материал фильтрующего элемента из порошка бронзы БрОФ-10-1, технологии свободного размещения порошка бронзы в пресс-форме с последующим его нагнетанием воздействия внешней силы, а также свойства и характеристики изготовленного фильтр элемента.
Ключевые слова: бронзовый порошок, пресс-форма, внешнее силовое воздействие, частицы, деформация, геометрическая форма, технология, система смазки
Abstract: this article discusses the material of the filter element made of bronze powder BrOF-10-1, the technology of free placement of bronze powder in a mold and free placement of bronze powder in a mold with subsequent injection. the effects of external force, as well as the properties and characteristics of the manufactured filter element.
Keywords: bronze powder, mold, external force action, particles, deformation, geometric shape, technology, lubrication system.
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
BrOF-10-1 bronza kukunidan tayyorlangan filtr elementlarining xossa va xususiyatlari asosan ularni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan belgilanadi. BrOF-10-1 bronza kukunidan tayyorlangan filtr elementlari olishning ikkita asosiy usuli mavjud:
- birinchi usulda bronza kukunini press formaga erkin holda solinadi, natijada metall kukunining zarrachalari tashqi kuch ta'sirida majburiy deformatsiyalanishini oldi olinishi bilan tavsiflanadi; bu usulda bronza kukunini zarralarining sferik shakli o'zgarmasdan, filtrlovchi elementning maksimal darajada o'tkazuvchanlik xossasini ta'minlashga yordam beradi;
- ikkinchi usulda ham bronza kukunini press formaga erkin holda solinadi va undan so'ng tashqi kuch ta'sirida majburiy bosim ta'sir ettiriladi buning natijasida bronza kukunning zarrachalari deformatsiyalanib o'zlarining geometrik shakllarini qisman yoki to'liq o'zgartirishi bilan tavsiflanadi.
Filtrlovchi elementlarini ishlab chiqarish usuli gabarit o'lchamlari, geometrik shakliga va ekspluatatsiya qilinadigan sharoitining talablari, xossalari hamda xususiyatlariga qarab, bronza kukunli materialni tashqi kuch ta'sirida bosim ostida yaratishning odatdagi quyida keltirilgan usullardan biri bilan amalga oshiriladi:
- tashqi kuch ta'sirida metall kukunlariga bosim ta'sirida qattiq qoliplarda metall kukunini statik presslash;
- elastik qoqoliplarga o'ralgan metall kukunlari yuqori bosim ostida suyuqlik bilan siqilgan gidrostatik presslash;
- og'iz bo'shlig'ini bosish, bunda plastik holatga keltirilgan metall kukuni qolipdagi kalibrlangan teshik orqali bosib chiqariladi;
- metall kukunlarni yupqa g'ovakchali lentalar shakliga aylantirish.
Bronza kukunli materialni tashqi kuch ta'sirida bosim ostida yaratish usulini tanlashda kukunning presslanish xossasi va qobiliyatini, ya'ni ma'lum bir bosim ta'sirida ma'lum bir shakl va zichlikdagi briket hosil qilish qobiliyatini hisobga olish zarurdir. [1,2]
Filtrlovchi elementlariga qo'yiladigan talablarga qarab presslash usuli tanlanadi (1-jadval).
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
Filtrlovchi elemenlarini qo'llanilish soxasiga qarab presslash usullari jadvali
Presslash usulining yutuqlari Presslash usulining kamchiliklari Filtrlovchi elemenlarini tayyorlashni tavsiya etilayotgan soxasi
Filtrlovchi elementlarni statik presslash usulida yaratish
1.Filtrlovchi elementlarining yuqori o'lchamli aniqliligi 2. Yuqori ishlab chiqarish ish unumdorliligi 1.Filtrlovchi elementning o'tkazuvchanlik xossasining g'ovakchalarda har xilliligi 2. Filtrlovchi elementlarni geometrik shakli va o'lchamlarining chegaralanganliligi ftulka va disk shaklidagi o'lchamlari uncha katta bo'lmagan filtrlovchi elentlarini ishlab chiqarish
Filtrlovchi elementlarni gidrostatik presslash usulida yaratish
Katta o'lchamli filtrlovchi elementlarining ishlab chiqarish Filtrlovchi elemenlarining g'ovakchalarini bir tekisda taqsimlash imkoniyatining mavjudligi Yupqa devorli qalinlikdagi filtrlovchi elementlari olish imkoniyatining kengliligi Ishlab chiqarish ish unumdorligining pastligi Yuqori g'ovaklilikga ega bo'lgan katta uzunlikdagi truba shaklidagi va har xil diametrli filtrlovchi elementlarini ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudliligi
Filtrlovchi elementlarni mundshtuk presslash usulida yaratish
Yuqori bir me'yorda o'tkazuvchanlik xossasiga ega bo'lgan katta o'lchamdagi truba shaklidagi va har diametrli filtrlovchi elementlarini ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudliligi Metall kukuniga plastifikatorlar qo'shish zarurliligi Press formalarning chegaralanganliligi Yuqori g'ovaklilikga ega bo'lgan katta uzunlikdagi truba shaklidagi filtrlovchi elementlarini ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudliligi
Filtrlovchi elementlarni prokatlash usulida yaratish
Yupqa devorli va g'ovaklikka ega bo'lgan list va lenta shaklidagi filtrlovchi elementlarni yaratish imkoniyati 1. Faqat oddiy shakldagi filtrlovchi elementlarini ishlab chiqarish mumkinliligi 2. Filtrlovchi elementlarning mustaxkamlilining pastligi Yuqori g'ovaklili list va lenta shaklidagi har xil qalinlikdagi filtrlvchi elementlarni ishlab chivarish uchun.
Metall kukunli filtrlovchi elementlarini pishirish jarayonida g'ovakchalar kanallarini sonini ko'paytirish, shuningdek, qoliplash jarayonini osonlashtirish uchun bir qator hollarda metall kukunlariga maxsus to'ldiruvchi moddalari qo'shiladi. To'ldiruvchi moddalarni tanlash uning fizik va kimyoviy xossalari va xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Filtrlovchi elementlarini tayyorlashda unga qo'shiladigan to'ldiruvchi moddalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: gigroskopik bo'lmasligi, xona haroratida parchalanmasligi, aralashtirish mobaynida metall kukuni bilan kimyoviy reaksiyaga kirmasliligi, metall kukunli filtrlovchi elementni pishirish haroratidan sezilarli darajada past haroratda parchalanishi. To'ldiruvchi sifatida ko'pincha polivinil spirti, mis xlorid, kerosin va zammoniy bikarbonatning 10% eritmasi ishlatiladi.
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
Filtrlovchi elementlarini tayyorlash uchun bronza kukunining aralashmasini tayyorlashda bronza kukuni hajmida tuldiruvchi moddasining bir xil taqsimlanishiga erishish kerak. Suyuq to'ldiruvchi moddasini (masalan, polivinil spirti eritmasi) ishlatganda, spirtning suvli eritmasi asta-sekin yaxshilab aralashtirilgan kukunga quyiladi. Namlikni chiqarib tashlash uchun aralashma vaqti-vaqti bilan aralashtirib, yuqori haroratda quritiladi. Bronza kukunlari ekssentrik aylanish o'qi bo'lgan aralashtirish barabanlarida (bochkali mikserlar), tebranma harakatlanadigan shar tegirmonlarida yoki maxsus ishlab chiqilgan qurilmalarda to'ldiruvchi bilan aralashtiriladi. [3,4]
Past pishirish haroratiga ega bo'lgan bronza kukunlaridan kichik o'lchamdagi filtrlovchi elementlarini tayyorlashda ko'pincha bronza kukunini erkin to'ldirish usuli qo'llaniladi. Bunday holda, bronza kukuni qolipga, odatda to'ldiruvchisiz yuklanadi. Bronza kukunini formaning hajmi bo'yicha teng ravishda taqsimlash, kemerli effektni va mumkin bo'lgan zona izolyasiyani yo'qotsh uchun, bu usul ko'pincha filtrlovchi element materialining formadagi shaklni silkitish yoki tebranishda foydalaniladi.
Tashqi kuch bosimi ortishi bilan g'ovaklilik (ochiq va umumiy) kamayadi (2-jadval).
2-jadval
Metall kukunining fraksion tarkibi Metall kukuninini presslash vaqtidagi g'ovaklilikning % pasayishi T /sm2
1 2 3 4
+0,1— 0,2 44/40 38/33 33/28 31/25
+0,2—0,3 43/40 36/33 32/28 30/25
+0,3—0,4 42/39 36/33 32/28 30/23
+0,8—1,0 33/29 29/27 26/24 24/21
Suratida umumiy g'ovaklilik, maxrajida ochiq g'ovaklilik
Bronza kukuni aralashmasi maxsus po'lat qoliplarda presslanadi. Qolibning asosiy qismlari yuqori va pastki qismlaridir. Bronza kukuni aralashmasi matrisaga solinadi, puanson yordamida siqiladi va u matrisa shaklini oladi.
1-rasm. Filtr elementlari
Tashqi kuch bosimi orqali tayyorlangan filtrlovchi elementlari disk, konus, ftulka, chechivisa va boshqa shakllarda bo'lishi mumkin (1-rasm).
Qolib qismlarining ishchi sirtlari 8-9-chi tozalik sinfiga qadar ishlov berilib silliqlanadi.
Filtr elementi o'ichamlari balandligining diametriga nisbati 4 dan, devor qalinligining balandligiga nisbati 3 dan ortiq bo'lgan hollarda ikki tomonlama presslash qo'llaniladi. Bronza kukunni qolipga yuklashdan oldin, keyinchalik presslashning xususiyatlarini aniqlaydigan press forma hajmiga etadigan bronza kukunining massasini hisoblash kerak. Filtrlovchi elementga to'liq etadigan bronza kukuning miqdori ya'ni dozasi massa hisobida yoki volumetrik usul bilan amalga oshirilishi mumkin. Biroq, massa dozasi yoki metall kukuning massasi filtr elementini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan kukun miqdorini aniqroq aniqlash imkonini beradi. [5,6]
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
Bronza kukuninidan olinadigan filtrlovchi element balandlik chegarasi bo'yicha presslash usulida filtrlovchi elementning umumiy hajmi bo'yicha zichlikning bir xil bo'lishini ta'minlay olmaydi, bu esa o'z navbatida katta o'lchamdagi yoki katta uzunlikdagi (balandlik) filtr elementlarini olishni qiyinlashtiradi, 3-jadvalda turli muhitlarda pishirilgan bronza metalining kukunidan tayyorlangan filtr elementlarini sinovdan o'tkazish natijalari ko'rsatilgan.
Har xil muxitlarda pishirilgan bronza kukunidan tayyorlangan filtrlovchi elementlarning sinov natijalari
3-jadval
Bronza kukunidan tayyorlangan Filtrlovchi element Filtrlovchi elmentni Havo bo'yicha ishlab G'ovakchalarni o'lchami mkm G'ovaklilik Buzvorish
filtrlovchi geometrik pishirish chiqarish % bosimi kG
эlementlarning Pishirish muxiti shakli harorati °S unumdorligi dm3 /min Maksimal o'rtacha
830 130—140 240 170 34—36 500
Vodorod Halqa 850 90—100 230 150 28—30 700
830 120—130 260 150 30—32 1000
Endogaz Halqa
850 110—120 270 150 31—32 1600
Dissosialangan 830 60—80 130 90 32—34 800
amiak Halqa 850 30—50 100 60 26—28 1200
Vodorod 830 215—225 300 150 35—38 250
850 220—240 230 140 38—40 600
Dissosialangan amiak Konu s 830 230—240 300 180 38—40 300
Konu s 850 230—250 270 175 37—40 800
Konu s 830 180—210 140 100 35—39 270
850 180—220 150 100 36—39 700
=600 mm suv ustuni/min qiymatida
Jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, dissosilangan ammiakda pishirishda havo unumdorligi va filtrlovchi elementlarning g'ovakchalari hajmi vodorod va endogazda pishirish muxitiga qaraganda ancha kichik bo'ladi.
Vodorod va endogazda pishirilgan filtr elementlarining filtrlash xossalari taxminan bir xil bo'lib, endogazda pishirilgan filtrlovchi elementining mexanik xossasi vodorodda pishirilgan filtrlovchi elementlariga qaraganda bir oz yuqoriroqdir.
[7]
Shunday qilib, endotermik atmosferada vodorodda pishirilgan filtrlovchi elementlar bilan bir xil filtrlash va mustahkamlik xususiyatlariga ega elementlarni olish mumkin.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Белов С.В. и др. Средний размер пор пористых материалов// Порошковая металлургия.2002. № 10.- С 60-62.
2. Косторнов А.Г. Параметры пористой структуры проницаемых материалов. //Порошковая металлургия// 2008.-№ 4- С 34-40.
3. Каламазов.Р.У., Мамарахимов.Х.М., Шакиров Ш.М., Тураев.Ф.Р. Рол размеров частиц в прессование порошковых материалов // Журнал Вестник ТашГТУ.- Т. 2004. № 3. - С.94-97.
4. Мамарахимов.Х.М. Установка горячего прессования порошковых материалов // Журнал Вестник ТашГТУ.- Т. 2007. №4.- С.56-59.
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
5. Мамарахимов Х.М. Сирожев Х.Х. Методика исследования свойств исходных порошков и многофункционального фильтрующего материала // Журнал Вестник Академии Вооруженных Сил РУ. - Т. 2019. -№ 3 (31). - С.88-91.
6. Мамарахимов Х.М. Сирожев Х.Х. Определение фильтрующих и механических свойств порошковых проницаемых материалов // Журнал Вестник Академии Вооруженных Сил РУ. - Т. 2019. № 3 (31). - С.92-95.
7. Мамарахимов Х.М. Сирожев Х.Х. Определение оптимальных режимов спекания фильтрующих элементов из металлических порошков бронзы марки БРОФ 10-1 // Журнал Хдрбий таълим ва фанда инновациялар Академии Вооруженных Сил РУ. - Т. 2019. № 3 (31). - С.88-91.