International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
MEMBRANALARNI QO'LLAB ISHLAB CHIQARISH OQOVA SUVINI
TOZALASH
Buta Oralovich Xushvaktov
Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand Davlat Arxitektura Qurilish Universiteti, katta o'qituvchi b.khushvaktov@samdaqi .edu.uz Baxri Ruziyevich Fayziyev "Samarqand suv ta'minoti" AJ Bulung'ir tuman filial boshlig'i Nuriddin Axmadovich G'ofurov Muxandis quruvchi
Annotasiya: Membrana texnologiyasiga asoslangan usullarning rivojlanishi moddalarni ketkazish uchun mikrofiltrasiyani, kolloid va bakteriyalarni ketkazish uchun ultrafiltrasiyani, ishlov beriladigan suvda mavjud bo'lgan erigan organik moddalar va qisman anorganik birikmalar miqdorini keskin kamaytirish uchun nanofiltrasiyani qo'llash mumkin. Agar biz to'qimachilik korxonasining ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalashni ko'rib chiqamiz, unda MF, UF va NF lar muvaffaqiyatli qo'llaniladigan namunaviy misollar to'g'ridan-to'g'ri, oltingugurt, kislota, faol bo'yoqlar, pigmentlar, sentetik ko'rinishli shlixtalar, poliakrilatlar va hatto ba'zi og'ir metallarni o'z ichiga olgan oqova suvlarni ajratish, ulushlash va tozalashni o'z ichiga oladi.
Annotation: The development of methods based on membrane technologies has allowed the use of microfiltration to remove suspensions, ultrafiltration to remove colloids and bacteria, nanofiltration to dramatically reduce the amount of dissolved organic matter and partially inorganic components present in the treated water. If we consider the treatment of industrial wastewater from textile enterprises, then typical examples where MF, UV, NF are successfully used include separation, concentration and treatment of wastewater containing direct, sulfurous, acidic, active dyes, pigments, synthetic types of dressing, polyacrylates and even some heavy metals.
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
Kalit so'zlar: membrana, ultrafiltrasiya, nanofiltrasiya, makromolekula, filtr, mikroorganizm, organik va mineral, to'qimachilik sanoat (membrane, ultrafiltration, nanofiltration, macromolecule, filter, microorganism, organic and mineral, textile industry).
Oxirgi yillarda dunyoda aholi soni va ehtiyojining ortishi natijasida odamlar ehtiyojini qondirish maqsadida har xil turdagi sanoat korxonalari soni jadal suratlar bilan ortib bormoqda. Shuning uchun atrof muhit va ekologik holat kundan-kunga murakkablashib bormoqda, shu nuqtai nazardan sanoat va ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash darajasi dolzarbligicha qolmoqda.
Bu masalalar yechimini topishda shu soha hodimlari tomonidan har xil turdagi tozalash ixcham qurilma va inshootlari ustida ilmiy izlanishlar olib borishni talab qiladi. Bu ixcham qurilmalar yordamida nafaqat sanoat oqova suvlarini tozlashda, shahar oqova suvlarini ham tozalash mumkin. Olimlar tomonidan bu masalalarning yechimlarini topish maqsadida har xil ilmiy izlanishlar olib borish natijasida har xil turdagi ixcham qurilma, tinitish va tindirish inshootlari hamda tozalash jarayonlarini jadallashtirish uchun inshootlar yaratilmoqda [8.9.15].
Membranali qurilmalarni qo'llab nafaqat ichimlik suvlariga ishlov berishda, ishlab chiqarish oqova suvlariga ishlov berishda ham keng qo'llanilib kelinmoqda, sababi boshqa turdagi ishlov berish qurilmalariga nisbatan qo'layligi, ixchamligi va sifatligi bilan ajralib turadi hamda shu sababli keng miqyosda ishlatilib ktlinmoqda deb hisoblaymiz.
Tahliliy natijalardan shular ma'lumki, sanoat korxonasi oqova suvlarini tozalashda kam chiqindili texnologiya va qurilmalarni yaratishda eng istiqbolli usuliga MF, UV va NF lar kiradi. Ultrafiltrasiyali membranalari 20 dan 1000 A gacha (yoki 0,002 - 0,1 mkm) teshik o'lchamiga ega bo'ladi hamda yupqa dispersli va kolloid aralashmalar, makromolekulalar, suv o'tlari, bir hujayrali mikroorganizmlar, o'simtalar, bakteriyalar va viruslarni tutib qolish amalga oshiriladi [1.2.3.4.5].
Yer osti va yer usti suvlarini hamda sanoat oqova suvlarini ham tozalashda kimyoviy modda, koagulyant va flokulyantlar qo'llab suvlarni tozalashga nisbatan
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
membranali tozalash usuli ancha kam xarajatli deb hisoblaymiz va hosil bo'lgan chiqindi ya'ni shlamlarni sanoat oqova suvlarini tozalashda ishlatish mumkin [6.7.10.11.13.14.17].
Shu bilan birgalikda yer osti va usti suvlarini tozalashda ham membranali usullardan to'g'ri foydalanish mumkin va bu suvlar tarkibidagi tuzlar miqdorini saqlab qolishga olib keladi, kimyoviy moddalardan foydalanmasdan suvni tinitish va zararsizlantirish imkonini beradi [6.16].
To'qimachilik sanoati oqova suvi katta miqdorda og'ir metall ionlari bilan ifloslanganligi sababli tadqiqotlar shu turdagi korxonaning alohida sexlaridagi oqova suvlar misolida olib borildi. Bo'yaqlash, oqlash va shu kabi sexlarning oqova suvlaridan namunalar olindi. Ayrim og'ir metall (umumiy temir, kadmiy, mis, nikel, xrom olti va uch valentli, rux) ionlari miqdori bo'yicha sexlarning oqova suvlari tahlil qilindi. Korxonada ishlov beriladigan matolarni qayta ishlov berish texnologiyasi va ishlatiladigan uskunalar turiga qarab, oqova suvlarning og'ir metall tuzlari bilan ifloslanish darajasi juda turlichadir. Tahlil uchun olingan barcha namunalarda kadmiy, mis, nikel va rux ionlari ulushining oshishi ko'zatildi, xrom ionlari barcha namunalarda mavjud emas.
Oxirgi yillarda shu soha hodimlari tomonidan an'anaviy usullarga nisbatan ixcham, arzon va ishlatish uchun qulay bo'lgan suvni tozalashning yangi istiqbolli usullarini izlashga tobora ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Bu turdagi qurilmalarga membranali usullar bilan sanoat oqova suvlarini tozalashga qaratilgan.
Bu korxonada og'ir metall tuzlari bilan eng ko'p ifloslangan oqova suvlar, yuvish va bo'yaqlash tarmoqlaridan hosil bo'ladi. Bu turdagi og'ir metall ionlarining ruxsat etilgandan ulushidan ortiqchaligi bir necha martagachani tashkil qiladi. Bo'yaqlash va yuvish sexlarining oqova suvlaridagi iflosliklar asosan oltingugurt dioksidi, faol, kubikli, erimaydigan oksidli bo'yaqlar, kaustik soda, natriy gidrooksid, oltingugurt dioksidi, namlagichlar, rongalit, karbomidlardan iboratdir [1.2.3.4.5].
Amaliyotda ultra va nanofiltrasiya usuli bilan bo'yoqlash sexining oqova suvlarini og'ir metall tuzlaridan ajratish va tozalash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi. Bu ish, membrana qatlami ustidagi hosil bo'ladigan og'ir metall ionlarining yuqori
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) j ISSN: 2181-4163 j Impact Factor: 8.2
ulushli qatlamini bartaraf qilish uchun faol dinamik aralashtirgichda amalga oshirildi. Tizimdagi bosim 0,05 - 1,5 MPa ballonlar yordamida amalga oshirildi va ajratish moslamasiga o'rnatilgan bosim o'lchagich bilan boshqarildi [1.2.3.4.5]. Membrana unumdorligi dastlabki oqova suv va permeatdagi og'ir metall ionlarining ulushiga qarab aniqlanadi.
Bo'yoqlash sexining oqova suvlaridan og'ir metall ionlarini tozalashning eng qo'lay ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha bir qator tajribalar o'tkazildi. Membranali qatlamga kirish bosimi va dastlabki oqova suv harorati, membranalarni og'ir metall ionlariga ishlashi va unumdorligiga ta'sirini o'rganamiz [1.2.3.4.5].
Tahlillar natijasida olingan tajribalardan ko'rinib turibdiki, membranali qatlamga kirish bosimini oshishi va boshlang'ich suv haroratining ko'tarilishi bilan membranalarning ishlashi bir oz 7 va 15 % gacha oshadi. Og'ir metall ionlari uchun membranalarni ianlashda deyarli bosim yoki haroratga bog'liq emas va quyidagilardan iborat: og'ir metall ionlarini turiga qarab barcha turdagi membranalarni 45 dan 100 % gacha ishlatish mumkin. Ultrfiltrasiyali membranalarning o'ziga xos o'tkazuvchanligi, modelli eritmalarni ajratishda 60 - 95 l/(m2*soat), ishlab chiqarish oqova suvlarini ajratishda 50 - 65 l/(m2*soat), nanofiltrasiyali membranalari uchun solishtirma o'tkazuvchanlik ishlab chiqarish oqova suvlarini ajratishda 15 dan 35 l/(m2*soat) gacha o'zgaradi [1.2.3.4.5].
To'qimachilik sanoati oqova suvlaridan og'ir metall tuzlarini tozalash bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida, membranalarning bir soatlik ishlash jarayonida, uning o'tkazuvchanligining sezilarli darajada pasayishi 20 - 25 %, 4 soatdan keyin esa 50 - 60 % ligi aniqlandi. Membranalarning ishlash jarayonida tiklanish qobiliyatini o'rganish uchun membranalarni suv bilan shuningdek kislota, ishqor va sintetik yuvuvchi vositaning eritmalari bilan yuvish usullari har xil harorat, ulush, rN va daqiqalar davomida o'tkazildi [1.2.3.4.5.12].
Yuvishdan oldin va keyin membranalarning o'tkazuvchanligi va unumdorligi aniqlandi. Olingan ma'lumotlarga asoslanib, ishlash jarayonida membranalarni yuvish uchun 3-5 g/l ulushli sulfoksil kabi sintetik yuvish vositalaridan foydalanish kerak degan xulosaga kelindi. Sulfoksil preparati ko'proq afzalroqdir, chunki u
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
yuqori biologik parchalanish (95 % gacha), kam ko'piklanish qobiliyati va yaxshi eruvchanligi bilan ajralib turadi [1.2.3.4.5.9.15].
Bu turdagi yuvish vositasidan foydalanish tanlab olingan og'ir metall ionlarini kamaytirmasdan membrananing o'tkazish qobiliyatini dastlabki qiymatdagi holatgacha olib keladi.
Membranalar bilan ishlashda shuni nazarda tutish kerakki, barcha polimer membranalar ham zich teshikli radiusga ega bo'lmasligi mumkin. Shunday qilib, ionogen yoki qutbli guruhlarga ega polimerdan tayyorlangan membranalar gidratasiya paytida teshiklar radiusini kamaytirishga qodir bo'ladi. Boshqa tomondan, shuni ta'kidlash kerakki, nanomembrana teshiklarining kattaligi molekula va ionlarning kattaligidan ancha katta va nanodegradasiyadagi unumdorlik elak samarasi bilan bog'liq emas. Buning sababi teshiklar yuzasining kuch maydoni ta'sirida molekula va ionlar ulushining o'zgarishidir.
Yarim o'tkazuvchan membranalarning eng muhim xossasi ularning umumiy g'avokligi va g'avok radiusi bo'lib, bu ularning ishlashi va unumdorligini belgilaydi. Chunki, membranalarning umumiy g'avokligi, ularni ishlab chiqarish usuliga va turlariga bog'liq holda 10 dan 80 % gacha oraliqda bo'ladi [1.2.3.4.5].
To'qimachilik, oziq-ovqat, kimyo va shunga o'xshash sanoat korxonalarining oqova suvlarini qayta ishlatish jarayonida BM laridan foydalanish imkoniyati o'rganilmoqda. Oxirgi mahsulotning kerakli ulushini olish uchun BM ning tasvirlari va hisoblari o'rganildi.
Baromembrana jarayonlarining texnologik ko'rsatkichlarini hisoblash va soddalashtirish tasvirlari ishlab chiqildi. Har qanday holatda ham biz tekshirish olib borganda shu narsaga amin bo'ldikki, barchasidan ko'proq og'ir metall ionlarni tutib qolishda baromembrana usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lib chiqdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Осадчий, Ю.П. Ультрафильтрация отработанных трансмиссионных масел текстильного оборудования // Ю.П.Осадчий, В.А.Масленников,
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
А.В.Маркелов / Технология текстильной промышленности. Иваново. 2013. №5. - С.126-129.
2. Jo'rayev, O. J., Xushvaktov, B. O., & Norullayev, A. (2024). TO'QIMACHILIK SANOATI OQOVA SUVLARINI TOZALASH USULLARI TAHLILI. Interpretation and researches.
3. Jo'rayev, O., Xushvaktov, B., & Norullayev, A. (2024). TO'QIMACHILIK KORXONASI OQOVA SUVINI TOZALASHDA MEMBRANALARNI QO'LLASH. Interpretation and researches, (8 (30)).
4. Jo'rayev, O., Xushvaktov, B., & Artikboyev, X. (2024). TO'QIMACHILIK SANOATI OQOVA SUVINI TOZALASHDA MEMBRANALI TEXNOLOGIYANI DOLZARBLIGI. Interpretation and researches, (9 (31)).
5. Boboyeva, G., & Xushvaktov, B. (2024). TO'QIMACHILIK KORXONASI OQOVA SUVINI TOZALASHDA MEMBRANA TURINI TANLASH. " Science Shine" International scientific journal.
6. Xushvaqtov, B. O. (2023). YER OSTI QATTIQ SUVLARINI YUMSHATISH USULLARINING TAHLILI. GOLDEN BRAIN, 1 (2), 334-337.
7. Buta Oralovich Xushvaktov, Murod Namazovich Mirzayev, Nuriddin Axmadovich G'ofurov, & Ulziya Ayapovna Mirzabekova. (2023). SANOAT OQOVA SUVLARINI SHLAMLAR YORDAMIDA TOZALASH. Innovative development in educational activities, 2(18), 202-206. https : //doi.org/10.5281/zenodo .8396971.
8. Xushvaktov, B. O. (2023). YAKKA TARTIBDA JOYLASHGAN KICHIK AHOLI HUDUDINING OQOVA SUVINI TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 2(24), 396-400.
9. Mirzayev, M. N., & Xushvaktov, B. O. (2024). BIOLOGIK TOZALASHDA IXCHAM QURILMANI QO'LLAB SHAHAR OQOVA SUVINI TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 3(2), 157-161.
10. Xushvaqtov, B. O. (2023). OQOVA SUVLARNI TOZALASHDA HOSIL BO'LADIGAN CHO'KMALARGA ISHLOV BERISH. Innovative Development in Educational Activities, 2 (4), 24-27.
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
11. Xushvaktov, B., Mirzayev, M., & Zokirov, M. R. (2023). FLOKULYANTLARNI QO'LLAB CHINNI ISHLAB CHIQARISH KORXONASINING OQOVA SUVLARINI TOZALASH. Interpretation and researches, 1(18).
12. Xushvaktov , B. O., & G'ofurov, N. A. (2023). SANOAT OQOVA SUVLARINI XROM (III) DAN TOZALASHDA pH MUHITINING TA'SIRI. Innovative Development in Educational Activities, 2(15), 86-90. Retrieved from https: //openidea.uz/index.php/idea/article/view/1582.
13. СУЮНОВ, Ж., & ХУТТВАКТОВ, Б. (2020). Сут Заводининг Окова
Сувларини Коагулянтлар Ёрдамида Тозалаш. ECLSS Online 2020b, 157.
14. Boboyeva, G. S., & Xushvaktov, B. O. (2024). SUT VA SUT
MAHSULOTLARIGA ISHLOV BERISH KORXONASI OQOVA SUVINI
TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 3(3), 36-41
15. Oralovich, B., Xolov, F., & Namazovich, M. (2024). SHAHAR OQOVA
SUVINI BIOLOGIK TOZALASHDA IXCHAM QURILMANI
QO'LLASH. Interpretation and researches, 2(1 (23)).
16. Mirzayev, M., Xushvaktov, B., & Mirzabekova, U. (2024). YER OSTI
QATTIQ SUVL ARIGA IXCHAM QURILMA YORDAMIDA ISHLOV
BERISH. Interpretation and researches.
17. Oralovich, B., & Zokirov, M. R. (2023). KOAGULYANT VA
FLOKULYANTLARDAN FOYDALANIB CHINNI ZAVODI OQOVA SUVLARINI TOZALASH. Interpretation and researches, 7(17).