Научная статья на тему 'SANOAT OQOVA SUVLARINI OG’IR METALLARDAN TOZALASH'

SANOAT OQOVA SUVLARINI OG’IR METALLARDAN TOZALASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
33
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
reagent / magnit va elektromagnit maydon / ultratovush / elektrokimyoviy / elektroflotasiya / elektroflotator / flokulyant / ion almashinish / membrana / sorbsiya (reagent / magnetic and electromagnetic field ultrasound / electrochemical / electroflotation / electroflotator / flocculant / ion exchange / membrane / sorption / ).

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Buta Oralovich Xushvaktov, Baxri Ruziyevich Fayziyev, Nuriddin Axmadovich G’ofurov, Norov Farxod Tursumurotovich

Sanoat korxonasining ishlab chiqarish oqova suvlaridan xrom (III) va ogir hamda rangli metall birikmalarini elektroflotasiyali ajratishdan iborat, ajratish jarayonida jarayonni jadallashtirish uchun har xil turdagi flokulyantlarni qollab elektroflotasiyali ajratish usulini ishlatilishi natijasida bu usulda ancha samarali natijalarga erishiladi deb hisoblaymiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SANOAT OQOVA SUVLARINI OG’IR METALLARDAN TOZALASH»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

SANOAT OQOVA SUVLARINI OG'IR METALLARDAN TOZALASH

Buta Oralovich Xushvaktov

Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand Davlat Arxitektura Qurilish Universiteti

katta o'qituvchi b.khushvaktov@samdaqi .edu.uz Baxri Ruziyevich Fayziyev "Samarqand suv ta'minoti" AJ Bulung'ir tuman filial boshlig'i Nuriddin Axmadovich G'ofurov

Muhandis quruvchi Norov Farxod Tursumurotovich Muhandis quruvchi

Annotatsiya: Sanoat korxonasining ishlab chiqarish oqova suvlaridan xrom (III) va og'ir hamda rangli metall birikmalarini elektroflotasiyali ajratishdan iborat, ajratish jarayonida jarayonni jadallashtirish uchun har xil turdagi flokulyantlarni qo'llab elektroflotasiyali ajratish usulini ishlatilishi natijasida bu usulda ancha samarali natijalarga erishiladi deb hisoblaymiz.

Annotation: We believe that much more effective results will be achieved in this way, due to the use of electroflotational separation method using different types of flocculants to accelerate the process in the separation process, consisting in electroflotational separation of chromium (III), heavy and non-ferrous metal compounds from the production effluent of different types of industrial enterprises.

Kalit so'zlar: reagent, magnit va elektromagnit maydon, ultratovush, elektrokimyoviy, elektroflotasiya, elektroflotator, flokulyant, ion almashinish, membrana, sorbsiya (reagent, magnetic and electromagnetic field ultrasound, electrochemical, electroflotation, electroflotator, flocculant, ion exchange, membrane, sorption,).

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Dunyoda sanoat korxonalarining jadal sur'atlar bilan o'sishi natijasida hosil bo'ladigan har xil turdagi ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash shu kunga qadar dolzarb mavzu bo'lib kelmoqda, shuning uchun ishlab chiqarish oqova suvlari tarkibi turlicha bo'lganligi sabab har xil turdagi sanoat korxonalaridan turlicha tarkibli oqova suvlar hosil bo'ladi. Shu nuqtai nazardan suv havzasini muhofaza qilish masalasi, asosan ushbu hududlardagi ifloslangan sanoat oqova suvlarini tozalash texnologiyasi va inshootlari bilan yechim topadi.

Yangi texnologiyalar bilan ta'minlanish holati ayrim hududlarda yetarli darajada yuqori emas deb hisoblaymiz. Amaldagi tozalash inshootlarida tozalangan ishlab chiqarish oqova suvlari har doim ham suv havzasiga tashlanadigan standart talabiga javob bermaydi.

Ko'pchilik sanoat (galvanika, teriga ishlov berish, to'qimachilik, metallurgiya va kimyo sanoati) korxonalarining oqova suvlari asosan og'ir metallardan iborat manbalar hisoblanadi. Oxirgi yillarda sanoat shlamlaridan foydalanib ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash usullari ham yo'lga qo'yilmoqda [5.18].

Og'ir metall birikmalaridan iborat ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlari, metall va ularning qotishmalarini kimyoviy va elektrokimyoviy ishlov berish natijasida, ayrim sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlaridan paydo bo'ladi. Ayrim sanoat korxonasining ishlab chiqarish jarayonida asosan mahsulotlarga ishlov berish jarayonlarini yuvishda og'ir metall birikmalari asosida paydo bo'ladi.

Teri, galvanika, kimyo, to'qimachilik va metallarga ishlov berish korxonalarida og'ir metallardan iborat oqova suvlar mahsulotlarga ishlov berish jarayonlarida paydo bo'ladi. Masalan teri, kimyo va to'qimachilik korxonasida terini oshlash, kaliyni kimyoviy tozalash uchun siyog' va bo'yoqlar ishlab chiqarishda jun, paxta ishlari hamda mato va tolalarni tayyorlash, bo'yoqlashlar natijasida og'ir metallarlan iborat oqova suvlar hosil bo'ladi [2.3.4].

Agar bu turdagi oqova suvlarni tarkibidagi og'ir metallardan xrom (IV) ning ulushi 1 mg/l bo'lganda, biofiltr yuzasida qobiq hosil bo'lishini tezlashtiradi va tindirgichlarda cho'kmalarni hosil bo'lishini sezilarli kamaytirishga olib keladi,

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ulushi 2 - 5 mg/l bo'lganda oqova suvlarni biologik inshootining mikroflorasiga zararli ta'sir ko'rsatadi [1.7.8].

Og'ir metallardan xrom (III) ulushi 1 mg/l bo'lganda, bu turdagi oqova suvlarni tozalash inshootlarida cho'kmaning bijg'ishini kechiktiradi, 10 mg/l ulushda metantenklarda cho'kmaning bijg'ishini to'xtatadi. Past haroratlarda xrom (III) birikmasining cho'kmaga tushishi juda sekinlashadi [1.8].

Oxirgi yillarda elektro - kimyoviy, membrana, sorbsiya va boshqa usullar yordamida ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash va qayta ishlatishning tobora samarali usullari ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda [2.3.4].

Shu bilan birga, ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash samaradorligiga talablar yuqori va murakkabdir, shuning uchun har doim ham iqtisodiy jihatdan oqlab bo'lmaydigan texnologiya va texnik yechimlardan foydalanishga olib keladi, ularni amalga oshirishda katta kapital xarajatlarni sarflash talab etiladi.

Bunday turdagi ishlab chiqarish va shahar oqova suvlarini tozalash usullarini taxminan quyidagilarga ya'ni ulushlashda (adsorbsionli, ion almashinish, nanotexnologiya va ixcham qurilma); cho'kma qismini ajratishda (tindirish, filtrlash, elektrokoagulyasiya, flotasiya, elektroflotasiya) bo'lish mumkin [1.6.8.13].

Sanoat oqova suvlarini tozalash bo'yicha adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib, ishlab chiqarish oqova suvini tozalash jarayonining samaradorligini oshirish uchun tozalash usullarini 3 guruhga ajratish mumkin, bular asosan kimyoviy, fizik va texnologik. Shulardan eng keng tarqalgan kimyoviy usullarga quyidagilar pH muhitini boshqarish, koagulyasiya, flokulyasiya, cho'ktirishlar kiradi. Fizik usulga, ishlab chiqarish oqova suvini magnit va elektromagnit maydon, ultratovush va ionlashtiruvchi nurlantirishlar kiradi. Texnologik usulga reagent va uning ulushini qo'laylashtirish va tozalanadigan suvga uni kiritish ketma - ketligi, qurilma tuzilishini takomillashtirish, jadallashtirishning gidrodinamik holatini qo'laylash va boshqalar kiradi [1.9.10.11.12.19.20].

Sanoat oqova suvlaridagi og'ir metallardan xrom ionini adsorbsionli chiqarish uchun odatda, faollashtirilgan ko'mir vodorodi, temir birikmasi ishlatiladi, masalan, sorbent sifatida Fe(OH)3, har xil tabiiy materiallar, daraxt qipig'i, uchuvchi kullar,

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

oksil moddasidan iborat materiallar (jun, patlar, shoxlar) va boshqalarni ishlatish mumkin [1.2.3.4.].

Ion almashinish yo'li bilan mahalliy sikllardagi yuvish suvlaridan, og'ir metallardagi xrom ionlarini chiqarish uchun ishlatish mumkin. Bu usul eritmadagii ionlar va ion almashinish qatronlari (qora saqich) yuzasida mavjud bo'lgan ionlar orasidagi almashinishga asoslangan [2.3.4.].

Og'ir metallardan xrom (VI) ni xrom (III) ga tiklash uchun yuqorida tavsiflangan kimyoviy usullardan tashqari, elektrokimyoviy usullar biri masalan, elektrokoagulyasiyani ishlatish mumkin. Usulning afzalligi qurilmaning ixchamligi, reagentlar bilan tiklagich va cho'ktirgichga ehtiyoj mavjud emasligi, ko'p qirraligi va xizmat ko'rsatish soddaligidir. Bu usulning istiqbolli bo'lib ketishi uchun to'sqinlik qiluvchi omil, bu metall va elektr energiyasining sarfi kattaligi kiradi [1.10.14.15.16.17.].

Og'ir metallarning olti valentli xrom ionlaridan oqova suvlarni Cr(OH)3 shaklidagi xromning reagentli cho'ktirish va cho'kmaning flotasiyali ajratish umumlashgan tasvir orqali tozalash usuli mavjud.

Dunyodagi olimlari sanoat oqova suvlarini, og'ir metall xromdan tozalash uchun mo'ljallangan nanozarracha Fe(III) oksidi va mog'orlarga asoslangan magnit nanomaterialni yaratganlar [1.2.3.4.].

Og'ir metallarning kam eriydigan xrom birikmasini ajratish uchun xromdan iborat sanoat oqova suvlarini tozalash jarayonida suvga ishlov berish bosqichi quyidagi ko'rinishlarga ega bo'ladi: birinchi bosqich - xrom (VI) ionlarini xrom (III) ga kamaytirish; ikkinchi bosqich - xrom (III) ionlarini xrom (III) gidrooksid shaklidagi eritmani ishqorlash orqali cho'ktirish; uchinchi bosqich - eritmadan xrom (III) gidrooksidni ajratish [1.10.14.15.16.17].

Og'ir metallarning kam eriydigan xrom (III) birikmalarini elektroflotasiyali ajratib olish jarayoniga nisbatan bizning muhim vazifalarimizdan biri jarayon samaradorligi va tezligini oshirishda asosiy omillarni aniqlash hamda ularni boshqarish yo'llarini aniqlashdir.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (3У) j ISSN: 2181-4163 j Impact Factor: 8.2

Shu sababli, og'n metallning kam eriydigan xram (III) birikmalarini eruvchanligi, dispersiya tavsiflari va zarracha zaryadining suvli eritmalardagi elektraflotasiya faolligiga ta'sirini tahlil qilish va elektгoflotasiyali tozalash jaгayonining samaradoriigiga maksimal ta'siг ko'гsatadigan omillami aniqlash dolzart bo'lib qoladi.

Og'iг metallaráagi xгom (III) ni dispeгs fazasi, xram ionlarini dastlabki ulushi 50 mg/l bo'lganda zan-alaming eгuvchanligiga, eritmadagi pH muhitining ta'siгini o'гganamiz [1.10.14.15.16.17].

O^ganish^ jarayonida quyidagilaг ma'lum bo'ldi, pH muhiti 7 - 8 bo'lganda og'ñ metall xram (III) ni 95 % dan ortig'i kam eriydi, bu esa oqova suvlarni elektraflotasiya yo'li bilan tozalashga imkon beradi degani. pH 7,8 bo'lganda eng kam qoldiq ulushiga erishiladi va 0,05 mg/l ni tashkil qiladi. pH qiymatlari 9 ga ko'tarilganda filtratdagi og'ñ metall xrom (III) ning qoldiq ulushi keskin oshadi [1.10.14.15.16.1У].

Og'ñ metall xrom (III) ning dispeгs fazasi zan-alarining Z - potensial qiymatlariga pH ning ta'siгi o'гganamiz.

O^ganish^ natijasida Z - pH bog'liqlik egri chizig'i abssissa o'qini pH=7,8 da kesib o'tishi aniqlandi, keyin esa zarca^ yuzasi qayta zaiyadlanadi, zaгyad belgisi ijobiydan salbiyga o'zgaradi. Elektгokinetik potensiallar qiymatining keskin pasayishi kuzatilada, eritmaning pH qiymati 10 gacha ko'tarilganda, Z - potensial qiymati minus 28 mV gacha kamayishi ko'zatildi [1.10.14.15.16.17].

Natijada eritmani pH darajasiga qaгab og'iг metall xrom gidгooksid zaггalaгining o'гtacha kattaligini 7 dan 13,5 mikrangacha oshirishiga olib kelindi. Zaггachalaг o'lchami 10 mikrandan kichik bo'lgan mayda dispere faza miqdoгi 88 % dan 34 % gacha kamaydi. Eritmaning pH qiymatini 10 gacha oshirish dsr qiymatining 5 mikrongacha pasayishga va maydi dispers fazalarning umumiy miqdorini У0 % gacha oshirishga olib kelish mumkin [1.10.14.15.16.1У].

Og'ú" metallning kam eriydigan xram (III) birikmalarini va og'ñ metall ionlarini elektroflotasiyali ajratib olish jarayoniga nisbatan bizning asosiy vazifamiz jarayon samaradorligi va tezligini oshirish uchun asosiy omillarni aniqlash, ularni boshqarish

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

yo'lini aniqlash, elektroflotasiyali jarayonini jadallashtirish va samaradorligini oshirishdir.

Dastlabki tajriba shuni ko'rsatadiki, ikki birikmali tizimlar aralashmasining flotasiyalashda jarayon tezligi va qoldiq ulushi, birinchi navbatda, pH muhitining qiymatiga, birikmalarni nisbatiga, olinadigan ionlarning holatiga va flokulyantlarning mavjudligiga bog'liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Перфильева А.В., Колесников В.А., Ильин В.И. Способ очистки сточных вод от ионов трехвалентного хрома // Успехи в химии и химической технологии: сборник научных трудов / Российский химико-технологический университет им. Д.И. Менделеева. - М.: РХТУ им. Д.И. Менделеева, 2013. -Том ХХВИИ, № 7 (147). - С. 26-30.

2. Jo'rayev, O. J., Xushvaktov, B. O., & Norullayev, A. (2024). TO'QIMACHILIK SANOATI OQOVA SUVLARINI TOZALASH USULLARI TAHLILI. Interpretation and researches.

3. Jo'rayev, O., Xushvaktov, B., & Norullayev, A. (2024). TO'QIMACHILIK KORXONASI OQOVA SUVINI TOZALASHDA MEMBRANALARNI QO'LLASH. Interpretation and researches, (8 (30)).

4. Boboyeva, G., & Xushvaktov, B. (2024). TO'QIMACHILIK KORXONASI OQOVA SUVINI TOZALASHDA MEMBRANA TURINI TANLASH. " Science Shine" International scientific journal.

5. Buta Oralovich Xushvaktov, Murod Namazovich Mirzayev, Nuriddin Axmadovich G'ofurov, & Ulziya Ayapovna Mirzabekova. (2023). SANOAT OQOVA SUVLARINI SHLAMLAR YORDAMIDA TOZALASH. Innovative development in educational activities, 2(18), 202-206. https://doi.org/10.5281/zenodo.8396971.

6. Xushvaktov, B. O. (2023). YAKKA TARTIBDA JOYLASHGAN KICHIK AHOLI HUDUDINING OQOVA SUVINI TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 2(24), 396-400.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

7. Mirzayev, M. N., & Xushvaktov, B. O. (2024). BIOLOGIK TOZALASHDA IXCHAM QURILMANI QO 'LLAB SHAHAR OQOVA SUVINI TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 3(2), 157-161.

8. Buta Oralovich Xushvaqtov. (2023). OQOVA SUVLARNI TOZALASHDA HOSIL BO'LADIGAN CHO'KMALARGA ISHLOV BERISH. Innovative Development in Educational Activities, 2(4), 24-27. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/765.

9. Xushvaktov, B., Mirzayev, M., & Zokirov, M. R. (2023). FLOKULYANTLARNI QO'LLAB CHINNI ISHLAB CHIQARISH KORXONASINING OQOVA SUVLARINI TOZALASH. Interpretation and researches, 1(18).

10. Xushvaktov , B. O., & G'ofurov, N. A. (2023). SANOAT OQOVA SUVLARINI XROM (III) DAN TOZALASHDA pH MUHITINING TA'SIRI. Innovative Development in Educational Activities, 2(15), 86-90. Retrieved from https: //openidea.uz/index.php/idea/article/view/1582.

11. CYTOHOB, & XYfflBAKTOB, E. (2020). CyT 3aBogHHHHr O^OBa CyBnapHHH Koarynanraap EpgaMHga To3anam. ECLSS Online 2020b, 157.

12. Boboyeva, G. S., & Xushvaktov, B. O. (2024). SUT VA SUT MAHSULOTLARIGA ISHLOV BERISH KORXONASI OQOVA SUVINI TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 3(3), 36-41.

13. Oralovich, B., Xolov, F., & Namazovich, M. (2024). SHAHAR OQOVA SUVINI BIOLOGIK TOZALASHDA IXCHAM QURILMANI QO'LLASH. Interpretation and researches, 2(1 (23)).

14. Oralovich, B., & Namazovich, M. (2023). XROM (III) DAN IBORAT SANOAT OQOVA SUVLARINI TOZALASH. " Science Shine" International scientific journal, 7(1).

15. Xushvaktov, B. (2023). AVTO PARK OQOVA SUVLARINI FLOKULYANTLAR YORDAMIDA TOZALASH. Interpretation and researches, 1(16).

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

16. Xushvaqtov, B., Mirzayev, M., & Asadullayev, F. (2023). SANOAT KORXONASI OQOVA SUVLARINI XROM (III) DAN TOZALASH. Interpretation and researches, 1(8).

17. Jo'rayev, O., Xushvaqtov, B., Artikboyev, X., & Samadov, J. (2023). AVTOZAVOD OQOVA SUVINI XROM BIRIKMALARIDAN TOZALASH USULINING TAHLILI. Interpretation and researches, 1(6).

18. Sabirova, D., & Xushvaktov, B. (2024). SANOAT CHIQINDILARIDAN QAYTA FOYDALANISH USULLARI TAHLILI. Interpretation and researches, 2(5 (27)).

19. Zokirov, M. R., & Xushvaktov, B. (2024). TERIGA ISHLOV BERISHDAGI OQOVA SUVLARDAN SULFIDLARNI TOZALASH. Interpretation and researches, 2(3 (25)).

20. Oralovich, B., & Zokirov, M. R. (2023). KOAGULYANT VA FLOKULYANTLARDAN FOYDALANIB CHINNI ZAVODI OQOVA SUVLARINI TOZALASH. Interpretation and researches, 1(17).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.